Tarbiyaviy ishlar



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/110
tarix22.03.2024
ölçüsü16 Kb.
#184034
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   110
Tarbiyaviy ishlar metodikasi

Rivoycit.
U lug‘ 
shoir 
Alisher 
Navoiyning 
Pahlavon 
Muhammad degan shogirdi ham do‘sti bor ekan. Shoir uni juda 
yaxshi ko ‘rar, shogirdi b o is a ham qadrdon, sirdosh do‘sti, deb 
bilar ekan. Kunlardan bir kuni Pahlavon Muhammad kichik bir 
gunoh qilib qo‘yib, shu tufayli Sulton Husaynning qattiq 
g"azabiga uchrabdi. Voqea bunday b o iib d i: Sulton Husayn g kazab 
otiga minib turgan bir paytda Pahlavon M uhammadning gunoh ish 
qilib q o ‘yganini yetkazishibdi. Husayn Boyqaro:


- Pahlavonning soqol-mo‘ylovini qirib tashlanglar, so‘ng 
kaltadum libos kiydirib, koccha-ko‘yda sazoyi qilinglar, - deb 
buyruq beribdi.
Pahlavonning bunday jazoga giriftor boiganini Alisher 
Navoiyga aytishibdi. Navoiy, agar bu jazo amalga oshirilsa, 
Pahlavon Muhammadning izzat-nafsi kamsitilib, u bunga chiday 
olmasligini anglab, uni bunday sharmandalikdan qutqazish 
harakatiga tushibdi. Tezlikda Husayn Boyqaro huzuriga yetib 
borib:
- Sultoni bokaram, m a’lumingizki, men va Pahlavon 
Muhammad yoshligimizdan bir xil kiyinamiz, birga soqol- 
lmVvlov qo'yib, do‘st-birodar b o iib yuramiz. U boshqa kiyinib
men boshqa kiyib yursam, o krtadagi ahd buzilib, gapimiz tuzsiz, 
o ‘zimiz subutsiz boMib qolamiz. Buyursangiz, mening soqol- 
m o‘ylovlarimni 
qirsinlar, 
menga 
ham 
huddi 
Pahlavon 
Muhammadga berilgandek kalta libos kiygizilib, do'stim bilan 
birga sazoyi qilsinlar, - debdi.
Navoiyning shogirdi hamda docstiga b o ‘lgan sadoqatini, 
mehr-oqibatini ko ‘rgan Husayn Boyqaro g bazabidan tushib 
qolganini o ‘zi ham bilmay qolibdi va:
- Pahlavonning gunohidan o ‘tdim, jazo qoldirilsin, - deb 
farmon beribdi.
Biz tarixda katta njobiy fazilatlari bilann kom qozongan ulug‘ 
bobolarimizdan hamisha ibrat olib yashaymiz. Oilada, maktabda, 
ko‘cha-kuyda, 
mahallada, 
davralarda 
yoshlarimizni 
do‘st 
orttirishga chaqiramiz. Yoshlikda bogiangan dobstlik iplari 
mustahkam b o iad i, uni g ‘iybat, tuhmat shamollari uza olmaydi. 
D o ttin g bilan bir umrga bog ian ib qolsang, kayfiyating yaxshi 
bo‘lsa uni baharn ko‘rgani, diqqat b o llsang uni yozgani 
do‘stingnikiga borasan, mehmon b o iasan yoki d o ttin g ham 
shunday holatlarda senikiga keladi, ko'nglini yozadi.
Mehmonnavozlik do‘stlikni mustahkamlovehi omillardan 
biridir. Chunki mehmonni kuzatish jarayonida mezbondagi 
saxiylik, pazandalik, tozalik, inson ko'nglini olish kabi olijanob 
fazilatlar namoyon b o ia d i. D o‘stlik an ’analariga sadoqatli oilaga
159


mehmon kelishi bayramga, xursandchilikka aylanadi. 0 ‘zbekiston 
xalq shoiri Erkin Vohidovning “D o‘st bilan obod uying” g ‘azalida 
bu haqda ajoyib fikrlar bor.
D o‘st bilan obod uying.
Gar bo‘lsa u vayrona ham,
D o‘st qadam qo‘ymas esa 
Vayronadir koshona ham.
Intizor har uy qadrdon 
Dilkusholar bazmiga.
Gar bosh qo‘ysa qabohat,
Y ig‘lagay ostona ham.
D o‘st qidir, do‘st top jahonda,
D o‘st yuz ming b o is a oz.
K o‘p erur bisyor dushman.
B o‘Isa u bir dona ham.
Abu Ali lbn Sinoning fikricha, insonda axloqiy sifatlarning 
kamol topishida yaxshi xushtabiat, ilmli do‘st katta o ‘rin tutadi. 
“Yaxshi do‘st ojizdir, - deydi olim, - unda kishining butun yaxshi 
yoki yomon tomonlari aks etadi”. Yaxshi do ‘st o ‘z vaqtida 
o ‘rtog‘ining yomon qiliqlarini ko‘rsatadi, o ‘zining maslahati va 
xulq-odobi bilan ulami bartaraf etishga yordam beradi.
Ibn Sino do‘stlikning ueh xil ko'rinishini avtib o ‘tadi.
1. Haqiqiy do‘stlik - bunda do‘stlar har qanday sharoitda, 
jumladan hayotda yuz bergan eng og ‘ir damlarda ham birga 
bo‘ladilar.
2. Boylik, amal-daraja tufayli bog‘langan do‘stlik.
3. Yagona maqsad va g ‘oyaviy birlik asosidagi do‘stlik.
Bulardan birinchi va uchinchisi mustahkam, haqiqiy va
buzilmas, ikkinchisi esa, muvaqqat va mustahkam bolm agan
soxta do‘stlik ekanini ta ’kidlaydi.
Fors-tojik adabiyotining mumtoz namoyondasi Abdurahmon 
Jomiy fikricha, kishi muayyan hayot kechirib tarbiyalanar ekan, 
demak, boshqa odamlar bilan aloqasiz yashay olmaydi. Har bir 
kishining do‘stona, o ‘zgalaming yordamisiz kamolotga erishishi 
juda qiyin. Shuning uchun ham har bir kishining o ‘ziga munosib,
160


haqiqiy dolsti va yor-birodan b o iish i lozim.
Chin do'st ul dobstligi oshaversa gar 
D o‘stidan yomonlik k o ‘rganida ham,
Boshiga ming jafo toshi y o g ilsa,
Mehr uyi u toshdan bo Mar mustahkam, -
deb Jomiy do'stlikka katta baho beradi.
Birov bilan do‘st tutingan kishi o lz do'stining kamchiliklarini 
bartaraf qilishga, yaxshi xulq sifatlarini e ’zozlashga yordam 
berishi kerak. Lekin. ikkinchi tomondan, do‘stlarining aybini 
o'zigagina aytish lozim, ammo begonalar oldida kamchiligini 
aytib. mulzam qilish chin do'stning ishi emas. Hayotda haqiqiy 
do‘stlardan tashqari, soxta nodon do‘stlar ham uchrab turadi. 
“Soxta do"stdan oshkora dushman afzal” deyishadi. Ayrim soxta 
do'stlar borki, ular boshqalarning boyligiga uchib, shaxsiy 
manfaatlari yo‘lida do‘st boMishga intiladilar. Bunday qalbaki 
do'stlikni Jomiy kattiq qoralaydi.
Jomiy haqiqiy do'st do‘stlikning hamma qonun-qoidalariga 
rioya qilishi, dolstiga har qanday y o i bilan yordam ko‘rsatishga 
intilishi, agar zarur bo‘lsa, hatto jonini berishi kerakligini 
ta'kidlaydi. Bunday do'stlikning namunalari o ‘zbek xalq og‘zaki 
ijodida, yozma adabiyotida ham ardoqlanib, og‘izdan-ogizga 
ko'chib, ulug'lab kelinadi. 
Masalan, o ‘zbek xalq dostoni 
“AlpomislV’da uning yetakchi obrazlari Alpomish va Qorajon 
o itasid ag i do‘stlik tufayli asar voqealaridagi ziddiyatlar yaxshilik 
bilan hal b o iad i. Chunki, bu do'stlik Alpomish bilan Qorajon 
o itasid ag i samimiyat, adolat g'alabasi uchun kurash yoiid ag i 
yagona maqsad bilan mustahkam b o g ian g an do‘stlikdir.
Alisher Navoiy do‘stlik, rostgobylik, o ‘rtoqlik madhini baralla 
kuylagan va shu g ‘oyani rivojlantirishga hissa qo‘shgan. U Farhod 
bilan Shopur, Majnun bilan Navfal, Shirin bilan Mehinbonu 
obrazlarini yaratib, ana shu obrazlar timsolida kishi kishiga do‘st, 
birodar b o iish i haqidagi azaliy orzularini benazir madh etgan. 
Inson va uning qadr-qimmati Navoiy ijodida markaziy oi'inni 
egallaydi. Navoiyning fikricha, xalqni o ‘ylagan kishigina haqiqiy


insondir. Shuning uchun ham shoirning:

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə