Tarixiy, nazariy va amaliy manbashunoslik Tarixiy manbashunoslik


Sharq qo’lyozmalari va ularning sivilizatsiya tarixidagi o’rni



Yüklə 49,54 Kb.
səhifə11/13
tarix28.11.2023
ölçüsü49,54 Kb.
#137160
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Amaliy manba

Sharq qo’lyozmalari va ularning sivilizatsiya tarixidagi o’rni

Sharq yozma manbalarni turkumlashning yagona aniq bir qoidasi hozirgacha ishlab chiqilmagan. Mavjud qo‘lyozma manbalar fihristi bir qismi asarlar tili nuqtayi nazaridan kelib chiqib, tuzilgan. Masalan, Angliyaning Britaniya muzeyida saqlanayotgan sharq qo‘lyozmalari yirik sharqshunos Charlz Ryo tomonidan, ularning qaysi tilda yozilganiga qarab, arab, tors va turkiy tildagi qo'lyozmalarni alohida-alohida tavsifga olib fihrist tuzilgan. Fransiya poytaxti Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanayotgan sharq qo'lyozmalari haqida Edgar Bloshe ham shu tartibda katalog tuzgan.


Toshkentdagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti xazinasidagi qo‘lyozmalar birinchi bor saqlanayotgan tashkilot “O'zbekiston Fanlar akademiyasi Sharq qo'lyozmalari majmuasi” nomi ostida turli tildagi va turli mavzudagi asarlar tavsifga olinib, ularning o‘n bir jildi nashr etilgan. Hozir qo‘lyozmalarni qaysi fan sohasiga oidligiga qarab tavsifga olish boshlab yuborilgan bo‘lib, mana shunday kataloglar chop etilmoqda.
Ba’zi manbashunoslar qo'lyozmalarni mazmuniga qarab, asarda qaysi masala bayon etilganiga qarab turkumlashni lozim topsalar, ularning boshqa bir guruhi asarning kelib chiqishiga, ya’ni qayerda va qachon yozilganligiga qarab turkumlashni ma’qul ko'radilar. Yana bir guruh olimlar esa ularni rasmiy hujjatlar, tarixiy, geo-kosmografik va biografik asarlar kabi turlarga bo'lib o'rganishni tavsiya qiladilar. Manbalarni avtograf, ya’ni muallifning o‘z qo‘li bilan yozilganligiga yoki ko‘chirilgan nusxa ekanligiga qarab turkumlash hollari ham uchraydi.
XX asrning umumiy taraqqiyoti o'zbek manbashunosligini shakllanishiga olib keldi. Toshkentda 1870-yili davlat kutubxonasi tashkil etilib, uning sharq qo'lyozmalari bo‘limi ochilgan. XX asr boshlarida ushbu kutubxonada yuzdan ortiq qo'lyozma jamlangan. Samarqandda qo'lyozmalar kutubxonasi mavjud bo'lgan. Jadidlar tomonidan Toshkentda “Turon” kutubxonasi ochilib, undaturkcha, tatarcha va ozarbayjoncha nashrlar jamlangan.

Yüklə 49,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə