Tarixiy, nazariy va amaliy manbashunoslik Tarixiy manbashunoslik



Yüklə 49,54 Kb.
səhifə2/13
tarix28.11.2023
ölçüsü49,54 Kb.
#137160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Amaliy manba

Nazariy manbashunoslik.Nazariy manbashunoslik yo'nalishi amaliy manbashunoslik tajribasini umumlashtiradi, yozma manbalarning vujudga kelishi va ularning real tarixiy sharoitni o'zida aks ettirish qonuniyatlari, manbalarni izlab topish, turkumlash, tavsifga olish, tartibga solish asoslarini ishlab chiqadi va ularni ilmiy muomalaga kiritishning, amaliy o‘rganishning eng maqsadga muvofiq asosiy usul va yo'llarini aniqlaydi va amaliyotga tavsiya etadi.
Amaliy manbashunoslik.Amaliy manbashunoslik binoan o‘rganish, izlab topish, tavsif etish va o‘zi topgan, mavzu uchun yangi va kerakli ma’lumotlami ilmiy muomalaga olib kirishni nazarda tutadi.
Amaliy manbashunoslikda tadqiqotchi o‘zi uchun biror mavzuga oid manbalarni tanlab olgandan keyin ularning har birini tashqi yoki moddiy- texnik belgilari va ichki mazmuniga ko‘ra guruhlarga ajratib ilmiy talilil etishi lozim.


Manbashunoslik sohasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Manbashunoslik va tarix fanining yordamchi sohalari
Manbashunoslik tarix fanining bir qator yordamchi sohalari - paleografiya, diplomatika, geraldika, sfragistika, epigrafika, numizmatika, metrologiya va xronologiya qo‘lga kiritgan yutuqlariga tayanadi.
Paleografiya (yunon. Paleo — qadimiy, grapxo — yozaman; qadimiy yozuv) qadimiy qo'lyozma asarlarning qog'ozi, muqovasi, siyohi, yozuvi va yozish usullarini tekshiradi.
Diplomatika (yunon. Diploma — ikki buklangan qog'oz; hujjat) rasmiy hujjatlarni o'rganish va tahlil qilish bilan shug'ullanadi.
Geraldika (yunon. Gerald — gerb, belgi, nishon) qadimiy gerblar, turli-tuman nishon va belgilar (masalan, qadimgi turkiy qabilalarning tamg'alari)ni o'rganadi.
Sfragistika (yunon. Spragis — muhr) qadimiy muhrlar (podshohlar, xonlar, amirlar va qozilar muhrlari) va ularning yozuvlarini tekshiradi.
Epigrafika — (yunon. Epi — ustida, tepasida, grapxo — yozuv; biron narsa; buyum ustidagi yozuv) tosh, metall buyumlar, yog'och va boshqa qattiq buyumlar ustiga o‘yib yozilgan qadimgi bitiklarni o'rganadi.

Yüklə 49,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə