Tarixiy, nazariy va amaliy manbashunoslik Tarixiy manbashunoslik



Yüklə 49,54 Kb.
səhifə3/13
tarix28.11.2023
ölçüsü49,54 Kb.
#137160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Amaliy manba

Numizmatika (lotin. Numis — pul) qadimiy pullarni: ashyosi, shakli, vazni, yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaqtini tekshiradi.
Metrologiya (yunon. Metron — o'lchov, logos — tushuncha, bilim; o‘lchovlar haqida tushuncha) o'tmishda turli mamlakat va xalqlar orasida amalda bo'lgan og'irlik, masofa va sath o'lchovlarini o'rganadi.
Xronologiya (yunon. Xronos — vaqt, logos — tushuncha, bilim) vaqt haqida tushuncha, qadimgi xalqlar orasida va mamlakatlarda amalda bo'lgan yil hisobi vataqvimni o'rganuvchi soha. Abu Rayhon Beruniyning “Osor ul-boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) nomli asari turli taqvimlarni o‘rganishga bag‘ishlangani uchun Yevropada “Xronologiya” nomi bilan mashhur.
Bulardan tashqari manbashunoslik filologiyaning matnshunoslik fani bilan yaqindan hamkorlik qiladi, uning tajribasiga asoslanib tadqiqot olib boradi.’
Ayrim olimlaming fikriga ko‘ra, manbashunoslik hamda arxivshunoslik, muzeyshunoslik aynan bir maqsadlarni ko'zlaydi. Manbalarni 0‘rganish jarayonida filologiyaning matnshunoslik hamda germenevtika (yunoncha — talqin etish) ham muhim o‘rin tutadi.
Arxeografiya - yozma manbalami ilk tavsifga olish yoki ularni qidirib topib, birinchi marta tavsiflash, ilmiy muomalaga olib kirishni nazarda tutadi. Bu ilmiy yo'nalish Respublikamiz Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va sobiq Qo’lyozmalar institutida boshlangan bo’lib, ma’lum davrgacha Farg’ona vodiysi, Samarqand, Buxom va Xorazm viloyatlariga qator arxeografik ekspeditsiyalar uyushtirilgan. Ularda A. Murodov, A.lrisov, LAbdullayev, A.Ahmedov, B.Hasanov, OJalilov, M.Hakimov, A. Madraimov, Yu. Tursunov va boshqalar ishtirok etganlar. Bular natijasida bir qancha nodir qo’lyozmalar va hujjatlar aniqlanib, davlat xazinalariga olib kelingan.
Yozma manbalarning asosiy turlari
Yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy turidir. Insonning ijtimoiy faoliyati, aniqrog'i kishilarning o'zaro munosabatining natijasi o'laroq yaratilgan va o'sha zamonlarda sodir bo'lgan ijtimoiy- siyosiy voqealarni o'zida aks ettirgan manba sifatida o'rta asr (VI—XIX asrlar) tarixini o'rganishda muhim o'rin tutadi. Yozma manbalar o'z navbatida ikki guruhga bo'linadi:

  1. Oliy va mahalliy hukmdorlar mahkamasidan chiqqan rasmiy hiijjatlar (yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, moliyaviy-hisobot daftarlari, rasmiy yozishmalar). Bunday hujjatlarning 34 turini mutaxassislar aniqlaganlar.

  2. Narrativ (lotin. Narratio — qissa, hikoya) yozma manbalar. Bunday manbalardan biz tarixiy, geografik va kosmografik, biografik, agiografik, memuar asarlar, sayyoh va elchilar esdaliklarini ko'rib chiqamiz.

Aksariyat yozma asarlar nasrda ijod etilgan. Ayrim tarixiy asarlar, jumladan, Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma», Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asari she’riy yo‘nalishda yozilgan.
Ijtimoiy-siyosiy, ayniqsa, iqtisodiy munosabatlarga oid masalalarni o‘rganishda rasmiy hujjat, moliyaviy-hisobot daftar va yozishmalarning ahamiyati benihoya kattadir. Rasmiy hujjatlar ijtimoiy-siyosiy hayotni ma’lum yuridik shaklda bevosita va ko‘p hollarda aynan qayd etishi bilan qimmatlidir. Lekin ularning orasida, ayniqsa, rasmiy yozishmalarda soxtalari ham uchrab turadi. Shuning uchun ham ulardan foydalanilganda diqqat-e’tibor va zo‘r ehtiyotkorlik talab qilinadi. Hujjatlar ustida ish olib borganda, undan biron ijtimoiy-siyosiy voqea yoki faktni talqin etish uchun foydalanish jarayonida, bittasi bilan kifoyalanmasdan, o'xshash bir necha hujjat, manbalarni qo'shib o‘rganmoq zarur. Chunki, bitta hujjatda faqat bir kelishuv yoki fakt ustida gap boradi. Shuning uchun faqat bir hujjat bilan ma’lum ijtimoiy-siyosiy masala ustida qat’iy fikr yuritib, umumlashtirib qat’iy xulosaga kelib bo‘lmaydi.
Ikkinchi guruh asarlar to‘g‘risida shuni aytish kerakki, ular hukmron sinfning topshirig'i bilan yozilgan va shu tufayli ularning sahifalarida ko'proq podshohlar va xonlar, amirlar va yirik ruhoniylarning hayoti va faoliyati yoritilgan, moddiy boylik yaratuvchi mehnatkash xalqning tarixi esa ko'p hollarda chetlab o'tilgan.
Xullas, bu asarlarda, ya’ni yozma manbalarda hukmron sinfning dunyoqarashi o‘z ifodasini topgan, o‘sha sinfning maqsad va manfaatlari ifoda etilganligi bilan ajralib turadi.
Bulardan tashqari yozma manbalarni tavsiflashning qomusiy yoki ensiklopedik tamoyili ham mavjud. Biz uning namunasini «O'zbekiston ensiklopediyasi» va «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» sahifalarida ko‘rishimiz mumkin.
Mustaqillik davrida manbashunoslikka oid B.A.Ahmedovning «O'zbekiston xalqlari tarixi manbalari» va «O'zbekiston tarixi manbalari» asarlari chop etilgan edi. Olim manbalarning yozilgan tillariga qarab va yana huquqiy hujjatlar, yozishmalar, geografiya va kosmografiyaga oid asarlar, biografik, memuar asarlar, sayyohlarning, elchilarning esdaliklari mavjudligini qayd etadi.


Yüklə 49,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə