Tarixiy, nazariy va amaliy manbashunoslik Tarixiy manbashunoslik


Temuriylar saltanati tarixiga oid forsiy tarixiy manbalar



Yüklə 49,54 Kb.
səhifə7/13
tarix28.11.2023
ölçüsü49,54 Kb.
#137160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Amaliy manba

Temuriylar saltanati tarixiga oid forsiy tarixiy manbalar
Mavlono Nizomuddin Shomiy yoki mavlono Nizomuddin Shanbiy, Shanbi G'ozoniy asli Tabrizning shimoli-g'arbiy tarafida, undan ikki mil masofada joylashgan joyda tug'ilgan. Tarixchi “Zafarnoma” asari bilan mashhur bo'lgan. 1393-yili Amir Temur xizmatiga qabul qilingan, 1404-yilgacha u bilan bo'lib, sohibqironning harbiy yurishlarida voqeanavis va voiz mansabida ishtirok qilgan.
1402-yili Amir Temur unga o'zining tarixini aniq va sodda tilda yozib berishni buyurgan.
"Muntaxab ut-tavorixi Mu’iniy” nomli Temuriylar davriga oid asar muallifi Mu’iniddin Natanziydir. U Isfahon shahriga qarashli, undan qariyb yigirma farsah masofada joylashgan Natanz shahrida tug‘ilgan. Ch.A.Storining ma’lumotiga qaraganda asli seistonlik bo'lgan1. Fors viloyatining hokimi lemuriy Iskandar Mirzo (Amir Temuming nabirasi, Umarshayxning o‘g‘li, 1415-yili inisi Boyqaro Mirzo tomonidan o'ldirilgan) saroyida xizmat qilgan. I'avlatshoh Samarqandiyning so’zlariga qaraganda: “Mu’iniddin Natanziy Sulton Iskandar davrida iroqi Ajam va Forsda shuhrat topgan olimlar va shoirlar jumlasidan bo'lib..., ilmda o‘z zamonasining yetakchisi edi va Mirzo Iskandarning maqoma va holati hamda tarixini yozgan”.
Majmu at-tavorix” yoki “Zubdat ut-tavorix” nomli asar muallifi Hofizi Abru nomi bilan mashhur bo'lgan yirik geograf va tarixchi olimdir. Uning haqiqiy ismi Shahobuddin Abdulloh ibn Lutfulloh ibn Abdurashid al- Xavofiydir. Abdurazzoq Samarqandiyning so'zlariga qaraganda Hofizi Abru Hirot hududidagi Xavofda tug'ilgan. Hamadonda tahsil ko'rgan va 1430- yilda Zanjonda vafot etgan. Boshqa tarixiy manbalarning ma’lumotlariga va uning so'zlariga qaraganda Hofizi Abru AmirTemurva Shohruh saroyida istiqomat qilgan va har ikkala hukmdor bilan yaqindan munosabatda bo'lgan. Agar u Amir Temur bilan faqat saroydagina yaqin suhbatdosh bo'lgan bo'lsa, Shohruh bilan uning yurishlarida biiga bo'lgan. Bulardan biri tarixiy-geografik mazmunda bo'lib, 1414—1420-yiliar orasida yozilgan. U X asrda arab tilida bitilgan noma’lum bir kitob asosida yozilgan. Yu.E.Borshevskiyning so'zlariga qaraganda, bu “Kitob al- masolik va-l-mamolik” deb atalib, Hasan ibn Ahmad Muhallabiyning qalamiga mansub bo'lgan. Shohruh Mirzo 1414-yili Hofizi Abruga mazkur asarni fors tiliga tarjima qilish va boshqa manbalar asosida qayta ishlashni topshirgan.
Tarixnoma” yoki “Zayli Zat'arnoma” (“Zafarnoma”ga qo‘shimcha”) deb ataladigan muhim tarixiy asar muallifi Xoja Tojuddin as-Salmoniydir. U yetuk xattot bo‘lib, Muzat'tariylar saroyida, devoni inshoda xizmat qilgan. AmirTemur Sherozni egallab, Muzaffariylarsulolasi barham topgandan keyin 1393-yili boshqa ilm ahli bilan Samarqandga olib kelingan va saroy xizmatiga tayinlangan.
Xoja Tojuddin as-Salmoniy mazkur asarida Amir Temuming so'nggi yillari va Shohruh Mirzoning tarixini yozishni niyat qilgan edi. Lekin, taqdir taqozosi bilan maqsadiga erisha olmaydi. Faqat 1404—1409-vilIar tarixini yozib bitirishga ulguradi,-xolos.



Yüklə 49,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə