Tarixiy, nazariy va amaliy manbashunoslik Tarixiy manbashunoslik


Aka-uka Pazuxinlar elchiligi to‘g‘risida manbalar



Yüklə 49,54 Kb.
səhifə10/13
tarix28.11.2023
ölçüsü49,54 Kb.
#137160
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Amaliy manba

Aka-uka Pazuxinlar elchiligi to‘g‘risida manbalar.Aka-uka Pazuxinlar Markaziy Osiyo xonliklarining umumiy ahvoli, xonliklarga, Eron va Hindistonga Astraxan orqali olib boradigan karvon yo‘li haqida keng ma’lumot jamlaganlar.
Aka-uka Pazuxinlar kelib chiqishi aslzoda (dvoryan) avlodi. Katta Pazuxin - Boris Andreevich Pazuxin 1667-1673-yillarda stolnik mansabida davlat xizmatida bo'lgan va inisi Semyon Ivanovich bilan birgalikda 1669—1671-yillarda Buxoro, Balx va Urganchga yuborilgan Rossiya elchiligiga boshchilik qilgan. Oradan sakkiz yil o'tgach, 1679- yili Qrimga elchi qilib yuborilgan. Yo‘lda isyonchi rus kazaklarining hujumiga duchor bo'lgan va olishuv paytida o'ldirilgan.
Aka-uka Pazuxinlar (elchilik tarkibida 10 kishi bo'lgan) Buxoroga Yoyiq-qalmoq ulusi va Xiva orqali borganlar, qaytishda esa Eron-Shemaxa va Boku orqali qaytishgan.
Turkiston General-gubernatorligi devonxonasi materiallari – O’rta Osiyo tarixiga oid manbalar


Avesto, Behistun – qadimgi epigrafika yodgorligi sifatida


«Avesto» .Zoroastrizm — otashparastlik (miloddin awalgi VI — milodning VI asri) dinining muqaddas kitobi bo'lib , miloddin avvalgi VI — milodning VI asrlarida yozilgan, Eron hamda 0‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati, e'tiqodi, tili, adabiyoti va qisman tarixini o‘rganishda asosiy manba hisoblanadi.
Asaming yozilgan joyi haqida turlicha fikrlar mavjud. Birguruh olimlar — fransuz J.Darmsteter, Ozarbayjon olimi 1.Aliyev, “Avesto” Midiya — hozirgi Eronning shimoli-g‘arbiy qismi va Ozarbayjonda yozilgan, desa, ko‘pchilik — V.V.Struve, S.P.Tolstov, F.Altxaym va boshqalar Amudaryo bo'yida joylashgan viloyatlarda, Balx va Xorazm oralighda yaratilgan, deb hisoblaydilar. Oxirgi flkr so'ngi vaqtlarda Eron olimlari, masalan Ibrohim Pur Dovud tarafidan ham e’tirof etildi.
Avesto” matni to'liq saqlanmagan. Bizgacha, uning juda oz qismi yetib kelgan, xolos. Ma’lumki, “Avesto” Kayoniy hukmdorlardan Gishtosp—Vishtosp zamonida kitob holiga keltirilgan. Rivoyatlarga qaraganda uning gatlar deb ataluvchi asosiy qismi xudo - Zaratushtra tomonidan yozilgan va Mas’udiy, Tabariy va Beruniylarning so'zlariga qaraganda 12 000 ho'kiz terisidan tayyorlangan maxsus pergamentga oltin harflar bilan yozilgan. O'sha vaqtlarda uning uch nusxasi mayjud bo'lgan, lekin bir nusxasi Iskandar Zulqarnaynning farmoni bilan yoqib yuborilgan. Ikkinchi nusxasi Yunonistonga olib ketilgan, uchinchi nusxasi esa otashparastlar diniga o‘ta e’tiqodli bo‘lgan kishilar qo'lida saqlanib qolgan. Lekin bu nusxa to‘liq emas.
Asarning saqlanib qolgan qismlarini to'plash va kitob holiga keltirish ishlari Parfiya podshosi Valgash III (148—192) hamda Sosoniylar (milodning III asri) davrida ham davom ettirildi. “Avesto” sosoniy Shopur II (309—379) davrida tartibga solindi, izohlar va qo‘shimchalar (zand) bilan boyitildi va to'la kitob holiga keltirilib, asosiy qismlari pahlaviy tiliga tarjima qilindi. Bu kitob “Zand Avesto” nomi bilan mashhur.
Avesto”ning qo'shiqlari va qissalari Abulqosim Firdavsiyning (taxm.940—1030) “Shohnoma” dostoniga manba bo'lib xizmat qilgan. “Avesto” nisbatan yaxshi o'rganilgan (K.Zalemen, X.Bartolomey, E.E.Bertels, V.V.Struve va boshqalar). U fransuz (Anketel dyu Perron, Y.Darmsteter), rus (K.A.Kossovich), ingliz (L.X.Mayls), Daniya (A.Xristensen) va fors (Ibrohim Pur Dovud) tillariga tarjima qilingan. Uning Kopengagenda (Daniya) saqlanayotgan yagona nusxasi asosida tayyorlangan fotomatni 1937— 1944-yi 1 larda olti jild qilib nashr etilgan. O'zbekistonda bu asarni M.Is’hoqov, H.Homidiy, T.Mahmudov, A.Qayumov va boshqalar o'rgangan.
Yodgorlik orasida muhimlaridan yana biri mashhur Behistun yozuvlaridir. Bu yozuvlar uzunligi 22 m, umumiy balandligi 7,8 m bo'lib, ularShimoliy Eronda, Kirmonshohdan 30 km masofada, daryo bo'ylab o'tgan qadimgi karvon yo‘li yoqasida, uning chap tarafida, Zagros nomli tik qoyaga, taxminan 105 metr balandlikda Doro 1 ning amri bilan yozilgan g‘alaba yodgorligidir. Yozuv elam, bobil va qadimgi eron tillarida bitilgan va miloddan awalgi 523—522-yillari Ahamoniylar saltanatini larzaga keltirgan Gaumata—522-yil 29-sentabrda halok bo'lgan, Frada — marg'iyonalik, 522-yil 10-dekabrida asirga olingan, Skunxa — hozirgi Qozoghston va O‘zbekiston hududida istiqomat qilgan sak qabilalarining yetakchisi kabi boshliqlar rahbarligidagi xalq harakatlari haqida hikoya qiladi.

Yüklə 49,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə