Tarixiy, nazariy va amaliy manbashunoslik Tarixiy manbashunoslik


Qo’lyozmalarning jahon bo’ylab tarqalish suratlari



Yüklə 49,54 Kb.
səhifə6/13
tarix28.11.2023
ölçüsü49,54 Kb.
#137160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Amaliy manba

Qo’lyozmalarning jahon bo’ylab tarqalish suratlari
Zahiriddin Muhammad Boburning “Vaqoyi”’ (“Boburnoma”, 1530) asarining yaratilishi jahonshumul ahamiyatga molik manba sifatida ijod etilganligini ko'rsatadi. Chunki, bu obida to'rt marta fors tiliga, to'rt marta ingliz tiliga to'la tarjima qilinib, birgana forsiy qo'lyozmalarning juda ko'p tarqalganligi, o‘n uch qo'lyozmaga ko'plab mo'jaz rasmlar bilan ziynatlanganligi, asl matnning sakkiz marta chop etilishi, o'ndan ziyod inglizcha qisqa nashrlar yuqoridagi fikr isboti uchun kifoyadir.
Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasi ham XVI asrda uch marta fbrs tiliga taijima qilingan. Yana Muhammad Solih, Abulg'oziy Bahodirxon, Munis, Ogahiy, Bayoniy, Hakimxon To'ra va boshqalarning tarixiy asarlari juda muhim va qimmatli manbalardir.
Ayniqsa, XIX asrda Xorazmda va Sharqiy Turkistonda o'zbek tiliga katta e’tibor tufayli ko‘plab tarixiy, diniy va badiiy asarlar forsiy, arabiy tillaridan taijima qilindi, yangi asarlar yaratilishiga imkon yaratildi.

O’zbekiston FA Sharqshunoslik instituti Sharq qo’lyozmalari fondi
Yurtimizda yaratilgan aksariyat qo'lyozmalar, xususan O'zbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondidagilar mashhur xattot Abduqodir Murodov tomonidan tadqiq etilgan. Ammo, shu paytgacha turkiy-o‘zbek kitobi tarixiy manba sifatida alohida o’rganilmadi.
Qator mavjud kataloglar asosida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti olimlari ham mustaqil ravishda qo'lyozma manbalarni ilmiy tavsifga olish usulini ishlab chiqqanlar. Unda manbaning quyidagicha tavsifi berilgan: Sarlavha sifatida asar nomi asl nusxada va uning ruscha tarjimasi, qo'lyozmaning xazinadagi tartib raqami va ushbu katalogdagi raqami keltirilgan. So’ngra asar muallifi nomini asli arab yozuvida va ruschada keltirish bilan asosiy tavsif boshlanadi. Undan keyin muallif to'g'risida (imkon darajasida to'liq), asar mazmunining tarkibi va qisqacha bayoni (annotatsiyasi) keltiriladi. Ba’zi o'rinlarda asar boshlanish va oxirgi jumlalari qo'lyozmadan aynan arab yozuvida keltiriladi. Tarjimon va xattotlar nomlari arab yozuvida va ruscha yoziladi. Tavsif ixcham kodikologik ma’lumotlar — xati, qog'ozi, ziynati, xattot nomi, qo'lyozmaning kitobat tarixi, nuqsoni, varaqlar soni, o'lchami va adabiyotlar (bibliografiya) nomlarini keltirish bilan tugallanadi.
M. Hasaniy «Sharq qo'lyozmalarini tavsiflash va fihristlash» nomli risolasida O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo'lyozma fondi tajribasini umumlashtirib, magistrantlarga tushuntirishga harakat qilgan.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi 0‘zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti qo'lyozma xazinasida taxminan o‘n mingdan ziyod hujjat mavjud bo‘lib, ular, asosan vaqfnomalar, yorliqlar. savdo bitimlari, qarz vasiqalari, ijaraga oid tilxat, da’vo arizalar va boshqa turli mazmundagi rasmiy hujjatlarni tashkil qiladi. UlarO'rta Osiyo hududida yaratilgan.
Xiva hujjatlarining ma’lum qismi O‘zR FAning Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti xazinasida ham mavjud. Bu yerda to‘rtta qozixona faoliyatini qayd etgan daftarlar bo‘lib, ularda qozixonalarda amalga oshirilgan tadbirlar — savdo, qarz, da’vo, vasiyat va boshqalar to'g'risida ma’lumotlar bitilgan. Bu hujjatlarda Xiva xonligi hududiga kiruvchi Hazorasp, Qipchoq, Mang‘it, Qatag‘on, Qo‘ng‘irot, Shahobod, Toshovuzlarda amalga oshirgan ishlar zikri mavjud. Bu daftarlarda 1893— 1912-yillarda tuzilgan 28205 ta hujjat qayd etilgan.
Xiva qozilik hujjatlari» davlat idoralari qaydiga tushmagan 1992-yili yapon olimi Torn Xorikava tomonidan xivalik Aliakbarov Abduhamidning qizi Akliya Aliakbarovaga tegishli bo'lgan hujjatlardir. LHarni yapon olimi sotib olib, 0‘zbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instutiga sovg'a qilgan edi.


Yüklə 49,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə