Tarixiy, nazariy va amaliy manbashunoslik Tarixiy manbashunoslik


Forsiy tilda arab yozuvida yozilgan dastlabki manbalar



Yüklə 49,54 Kb.
səhifə4/13
tarix28.11.2023
ölçüsü49,54 Kb.
#137160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Amaliy manba

Forsiy tilda arab yozuvida yozilgan dastlabki manbalar
Arab xalifaligining siyosiy, iqtisodiy va harbiy qudratining zaiflashuvi va mahalliy hokimlaming kuchayishi natijasida asta-sekin markaziy hukumat nomigagina Bag‘doddabo‘lib, uning o’lkalardagi noiblari deyarli mustaqil davlatlar sifatida faoliyat ko‘rsata boshladilar. Bu esa madaniyat, ilm-fan sohasiga katta ta’sir o'tkazdi.
Nomigagina xalifalikka qaram mamlakatlarda awal oddiy xalq orasida, asta-sekin olimlar va davlat ayonlari va rahbarlari orasida arab tili bilan birgalikda tors va turkiy tillardan foydalanilishi natijasida arab tili din va diniy bilimlar tiliga aylandi. She’riyat va tarixda forsiy va turkiy tillar ma’lum mavqega ega bo‘lib, ularda ilmiy, badiiy va tarixiy asarlar yaratildi, davlat hujjatlari yuritila boshlandi. Bora-bora forsiy til davlat tili darajasiga ko'tarilib, bu tilda juda katta hududda badiiy va tarixiy asarlar yaratildi.
Masalan, Bayhaqiyning «Tarixi Mas’udiy», Nizomiddin Shomiy va Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarlari, Mirzo Ulug'bek rahnamoligi va ishtirokida bitilgan “Tarixi ulusi arba’” (“To‘rt ulus tarixi”), Muhammad Mirxondning “Ravzat us-safo” (“Jannat bog‘i”), G'iyosiddin Xondamirning “Xulosat ul-axbor” va “Habib us-siar”, Mirzo Haydarning “Tarixi Rashidiy” va boshqalar forsiy tilda bitildi. Movarounnahrda forsiy va turkiy tildan doimo yonma-yon foydalanilar edi.
Bizning tariximizga oid salmoqli tarixiy manbalar awal arab tilida yaratilgan bo'lsa, ayniqsa davlat rahbarlari yoki hokimlar arab bo'lganlarida, keyincha forsiy tilda bitildikim, bu til ilmiy doiralar, madrasa va maktablarda umumiy taraqqiyot darajasini belgilovchi zarurat sifatida o'rgatilar va XIX asr oxirigacha ziyoli oilalarda arab tili din va “Quro’ni karim” tili sifatida, she’riyat va boshqa sohalar uchun forsiy va turkiy tillari istifoda etilar edi.
Fors tilida bitilgan tarixiy asarlar an’anaga binoan arab tilida nomlanar, ularda ham islomiy manbalar va islomiy tarixiy asarlar xususiyatlari yaqqol ko‘zga tashlanar edi. Hatto, yozuv yoki xat turi arab alifbosida bo'lib, keyincha forsiy va turkiy til xususiyatlarini hisobga olgan holda yigirma sakkiz arab harflga to‘rt harf qo'shildi va natijada arab yozuviga asoslangan fors va turkiy til yozuvi vujudga keldi.XIV asrgacha, asosan arab yozuvning mumtoz turlaridan kufiy, nasx va sulsdan foydalanilgan bo‘lsa, XV asrdan boshlab yangi yozuv nasta’liq Temuriylar davrida Mir Ali Tabriziy nomli xattot tomonidan ixtiro etilib, iste’molga kiritildi. Bu yozuv badiiy va tarixiy asarlarda yetakchi o'rin egalladi.
Fors tilida bitilgan eng qadimgi manbalardan biri Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari bo'lsa, Temuriylar davrida Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy, Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Muhammad Mirxond, G'iyosiddin Xondamir kabi yirik muarrixlar bu tilda asarlar yaratdilar. So'nggi fors tilida yaratilgan tarixiy manbalardan biri sifatida Ahmad Donishning tarixiy asarlarini namuna sifatida ko'rsatish mumkin.

Yüklə 49,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə