Tarixiy, nazariy va amaliy manbashunoslik Tarixiy manbashunoslik


O’rta Osiyo haqida XVII asrgacha yozilgan Yevropa tillaridagi manbalar



Yüklə 49,54 Kb.
səhifə8/13
tarix28.11.2023
ölçüsü49,54 Kb.
#137160
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Amaliy manba

O’rta Osiyo haqida XVII asrgacha yozilgan Yevropa tillaridagi manbalar
Marko Polo xotiralari. Yevropalik sayyoh Marko Polo (1254—1324)ning 1271-1275-yillari Mo'g'uliston va Xonbaliq (Xitoy)ga sayohat qilgan. U 17 yil davomida Xitoyning ko'p viloyatlarini borib ko'rgan. U Samarqandda ham bo'lgan va bu haqda mana bu ma’lumotlarni qoldirgan: «Samarqand katta, mashhur shahar. Unda sarasinlar bilan xristianlar ham istiqomat qiladilar». Marko Poloning kitobida Oltin 0‘rda va Chig'atoy ulusiga qarashli shaharlar, ularning xalqi haqida ham qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Uning asari 1298-yili yozilgan va bir qancha Yevropa tillariga tarjima qilingan. Asarning ruscha nashri 1955 va 1990-yillari amalga oshirilgan.
Bavariyalik ritsar, qurchi logann Shiltberger Amir Temur davriga oid o'z esdaliklarini yozib qoldiigan. U, asli nemis jangchisi bo'lib, 1396-yiIning 15 sentabridagi turklar va yevropaliklar umumiy qo'shini o‘rtasidagi jangda asir olingan va keyinchalik qariyb 8-yil Boyazid 1 ning xizmatida bo'lgan.
1402-yilgi Anqara yonida bo'lgan urushda logann Shiltberger Amir Temur tarafidan asir olindi va Samarqandga olib ketildi. Amir Temur vafbiidan (1405) keyin u dastlab Shohruh, so'ngra Mironshoh va uning o’g'li Abubakr mirzo xizmatida bo'ldi. Shundan boshlab uning Osiyo va Afrika mamlakatlari bo'ylab jahongashtaligi boshlandi. logann Shiltberger qariyb 31 yil mobaynida qilgan «sayohat»i paytida ko'rgan-bilganlarini esdalik sifatida yozib qoldirgan. Unda Juda ko'p noaniqliklar, ayrim voqealarni bo'rttirib yoki kamsitib yozishlar bor. Shunga qaramay, logann Shiltbergerning kundaliklarida qimmatli tarixiy ma’lumotlar, muhim dalillarni uchratamiz. Bir-ikkita misol:

  1. Temuriylar, xususan ularning Ozarbayjondagi noiblari, masalan Abubakr Mirzo Oltin O'rda hukmdorlarining o'zaro kurashlariga aralashib turganlar.

  2. XV asrning boshida Oltin O'rdaning ichki ahvoli va bunda qudratli amir Edigey (Idiku O‘zbek)ning nomi ko'rsatib o'liladi.

Ozarbayjon, Dashti qipchoq va lining xalqi haqida muhim ma’lumotlar keltiriladi
L.ui Gonsales de Klavixoning «Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaliklari» (1403—1406) asarida XV asr boshidagi Movarunnahrning ichki ahvoli, uning obod shahar va qishloqlari, xususan Shahrisabz va poytaxt shahar Samarqand haqida, Amir Temur saroyidagi udumlar, Sohibqironning xotinlari va ularning jamiyatda tutgan o'rni haqida muhim ma’lumotlar keltiriladi.
Klavixoning hikoyasida Amir Temur Shahrisabzda qurditgan mahobatli va go‘zal Oqsaroy kishining ko‘z oldida namoyon bo‘ladi. Lekin, Klavixo bo'lgan paytda, saroy qurilishi hali oxiriga yetkazilmagan edi. Shuning uchun uning asl mohiyatini, ne maqsadda qurdirilganligini birdan anglash qiyin bo'ladi. Jumboqni taxminan 90 yil o'tgach Zahiriddin Muhammad Bobur yechib bergan
Uning so‘zlariga qaraganda hazrat sohibqiron Keshni boshda poytaxt qilmoqchi bo‘lgani uchun Oqsaroyni ham podshohning ahl-u oilasi bilan, turarjoyi hamda davlat muassasalari joylashgan rasmiy qarorgoh sifatida qurdirgan.
Amir Tarag'ay Bahodir haqida bunday deydi: «Temurbekning otasi olijanob odam bo'lgan, chig'atoy urug'idan. Maishati o'rtacha bo'lgan. Uch-to'rt yigiti bo'lib, Shahrisabzdan ko'p ham olis bo'lmagan qishloqlarning birida yashagan».



Yüklə 49,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə