Tarixiy, nazariy va amaliy manbashunoslik Tarixiy manbashunoslik



Yüklə 49,54 Kb.
səhifə5/13
tarix28.11.2023
ölçüsü49,54 Kb.
#137160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Amaliy manba

Fors tilining tarixiy manbalar tiliga aylanish davri va taraqqiy etishi kitobat san’atining Movarounnahr va Xurosonda yuksak darajada rivojlanish zamoniga to'g'ri keldi.
Arab yozuvidagi turkiy yozma meros
O'zbekistonning VII asroxiridan boshlab, XII asrgacha bo'lgan tarixi ko‘proq va dcyarli arab tilidagi yozma manbalarda yoritilgan va bu an’ana kcyincha ham Temuriylar davrigacha davom etgan. Bu davrda yurtimiz avval arab xalifaligi tarkibida, so‘ngra Somoniylar, Qoraxoniylai, G'aznaviylar, Xorazmshohlar davlatlarini boshdan kechirdi. Arab tilida vatanimiz tarixiga oid yozma manbalarni mualliflaming kelib chiqishiga qarab, ikki guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruh — arab tilida ijod etgan yurtimizdan chiqqan tarixchi vaolimlar. Bular Muhammad Muso al-Xorazmiv, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg'ariy, Mahmud Zamaxshariy, Abu Said Sam’oniy. Shahobuddin Muhammad Nisoviy va boshqalardir. Ushbu muarrixlar asarlarida ona-Vatanga muhabbat alohida namoyon bo'ladi. Bu, ayniqsa Abu Rayhon Beruniyning “Osor ul-boqiya” asarida xalqimiz qadimgi madaniyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarida alohida ko'zga tashlanadi.
Ikkinchi guruh — xorijlik olimlardan iborat bo'lib, ular yaratgan arab tilidagi asarlarida yurtimiz tarixi, madaniyati, siyosiy-ijtimoiy hayoti yoritilgan. Ushbu mualliflarning eng yiriklari Abulhasan Madoiniy (vaf. 840), Abulabbos al-Ya’qubiy (IX asr), Abubakr al-Balazuriy, Ibn Xurdodbeh (820 — taxm.913), Abu Ja’far Tabariy (839—923), Is’hoq al- Istahriy (850—934) va boshqalardir.
Mazkur muarrixlar yurtimiz hududini umummusulmon olami, arab xalifaligining bir qismi sifatida yoritganlar. Ular, asosan arab xalifaligini ikki qismga, ya’ni arab va ajam — g'ayri arabga ajratib o'rganar edilar. Arablar tomonidan yurtimizga berilgan nom Movarounnahr — daryoning u yoghdagi mamlakat mazmunini bildiruvchi jug‘rofiy nom bizgacha yetib kelgan bo‘lib, asosan arab mualliflari asarlarida istifoda etiladi.
Arab tilida yaratilgan tarixiy asarlar yoki yozma yodgorliklar quyidagi umumiy xususiyatlarga ega. Ular garchi arab tilida yozilgan bo‘lsa-da, barchasida umumiy tarixni qamrab olishga, ya’ni tarixni jahon tarixi sifatida idrok etishga, talqin qilishga intilish alohida sezilib turadi. Bu manbalar uchun ilk tarixiy asar va namuna sifatida “Qur’oni karim” olinadi. Kitoblar ichida tarixchilar o'zlarining “Qur’oni karim”, hadislar va “Payg'ambarlar qissalari”, diniy rivoyatlarni yaxshi bilishini namoish etishga va ulardagi mashhur va ma’lum voqea, hodisa, rivoyat, aqidalardan unumli foydalanishga intilganlar.
Arab tilidagi yozma manbalarning eng qadimgilari, asosan mumtoz yozuv turlaridan kufiyda “Qur’oni karim” va tafsir, hadislar nasx, suls yozuvlarida bitilgan. XV asrdan so‘ng iste’molga nasta’liq yozuvi kirgan. Alohida farmon va hujjatlar ta’liq yozuvida bitilgan. Tarixiy asarlar mazmuni va tarkibiga kelganda shuni aytish kerakki, ularda matn an’anaviy Alloh hamdi — tahmid, payg‘ambarimiz na’tlari, to‘rt sahoba yoki sahobai roshidin ta’rifi kelib, undan so‘ng asar kimga bag'ishlangan bo'lsa, odatda ular yuksak lavozimdagi shaxslar yoki hokimlar bo'lgan, o‘sha homiylarga bag‘ishlov-maqtov yoziladi va ana shundan keyin kamtarin muallif o‘zi haqida, qanday asar yozmoqchi ekanligi, uning nomi va asarning ixcham mazmuni yoki zamonaviy til bilan aytilsa, annotatsiyasi bayon etiladi.

Yüklə 49,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə