Tarixiy, nazariy va amaliy manbashunoslik Tarixiy manbashunoslik


Buxoro amirligi va Qo’qon xonligi tarixiga oid manbalar



Yüklə 49,54 Kb.
səhifə13/13
tarix28.11.2023
ölçüsü49,54 Kb.
#137160
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Amaliy manba

Buxoro amirligi va Qo’qon xonligi tarixiga oid manbalar
Fathnomayi sultoniy” (“Sulton fathnomasi”) asari muallifi MirOlim Buxoriy bo'lib, kitobini Amir Nasrulloh davri (1826/27—1869/79)da G‘uzor hokimi bo'lgan Muhammad Olimbekning xizmatida bo'lgan paytida va uning topshirig'i bilan yozgan.
Fathnomayi sultoniy” amir Shohmurod (1785/86—1800) davridan to Nasrulloh hukmronligining dastlabki yillarigacha Buxoro amirligida bo'lib o'tgan voqealarni o‘z ichiga oladi, lekin Shohmurod va amir Haydar davrlari qisqacha (O‘zR FA Shi qo'lyozmasi, inv. № 1838, w.7b—55b), Nasrulloh davri esa batafsil yoritilgan.
Mazkur qo'lyozma asarning birinchi jildi bo‘lib, ikkinchisi bizga ma’lum bo‘lmagan sabablarga ko'ra yozilmay qolgan.
Fathnomayi sultoniy”ning birinchi qismi marhum O.D.Chexovich tarafidan rus tiliga tarjima qilingan. Tarjima qo'lyozmasi O‘zR FA Sharqshunoslik instituti kutubxonasida saqlanmoqda.
Tarixi Amir Haydar” XVI11 asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi yarmida o'tgan buxorolik Mulla Ibodulla va Mulla Muhammad Sharif asaridir. Kitobning noma’lum muharrir tomonidan qisqartirilgan nusxasi yetib kelgan bo'Iib, qo'lyozma O'zR FA Sharqshunoslik institutida 1836 raqami ostida saqlanmoqda.
Tarixi Amir Haydar” kichik hajmdagi asar, jami 96 varaqdan iborat, muhim tarixiy manbalar asosida yozilgan, Buxoro xonligining Ashtarxoniylar, shuningdek, asosan, Mang'itlar sulolasidan bo'lgan amir Haydar hukmronligi (1800—1826-yy.) davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o'z ichiga oladi.
Asar 81 bob, yoki dostondan iborat. 1—2-boblari Buxoro shahri tarixiga bag'ishlangan, 3—6-boblarda Ashtarxoniylar tarixi qisqacha bayon etilgan, 7-81-boblarida esa Buxoro amirligi amirzoda Haydarning tug"ilishidan to uning 1826-yil 6-oktabridagi vafotigacha bo'lgan tarixi hikoya qilinadi.
Kitob 50-yillarda A.A.Semenov tomonidan rus tiliga tarjima qilingan, lekin nima sababdandir qo'lyozma nashr etilmay qolgan. Tarjima qo'lyozmasi O'zR FA Shi kutubxonasida saqlanmoqda.
Tarixi salotini Mang'itiya” (“Mang'it sultonlarining tarixi”) asari buxorolik mashhur tarixchi olim va shoir Mirzo Abduazim Somiy Bo'stoniy (1838/39-1914-yildan keyin) qalamiga mansubdir. Bo'lg'usi tarixchi boshlang'ich ma’lumotni ona yurti Bo'ston qishlog'ida, Buxoroning shimolida, undan 40 km narida olgan, so'ngra Buxoro madrasalaridan birida o'qigan, dastlab viloyat hukmdorlari qo'lida kotib, amir Muzaffar taxtga o'tirgandan keyin uning shaxsiy kotibi, munshiysi bo'lib xizmat qilgan. Amir Abdulahad hukmronligi (1885—1910)ning so'nggida 1898 yoki 1899-yilda podshohlikka qarshi fikrlari uchun saroydan chetlatilib, umrining oxirini nochorlikda kechirgan.
Tarixi salotini Mang'itiya” esa nisbatan xolisona yozilgan. Asarning ilmiy ahamiyati shundaki, unda Buxoro amirligining O‘rta Osiyoning Rossiya tarafidan bosib olinishi arafasidagi iqtisodiy va siyosiy ahvoli, shuningdek, Buxoro-Rossiya munosabatlari birmuncha keng yoritilgan. Kitobning qo'lyozma nusxalari ko‘p. Uning o'zbekistonlik olima L.M.Epifanova tomonidan qilingan ruscha tarjimasi, so‘zboshi va zarur izohlari bilan birga, 1962-yili, Moskvada chop etilgan
Qo’qon xonligi tarixiga oid manbalar.«Tarixi Shohruhiy» («Shohruh (bek) tarixi») nomli asar muallifi XIX asrda yashab o‘tgan farg’onalik tarixchi olim Niyoz Muhammad Xo‘qandiydir. U taxminan 1803-yili Qo’qonda yirik harbiy xizmatchi oilasida tug’ilgan, Xudoyorxon qo’shinida lashkarnavis, ya’ni harbiy kotib lavozimida xizmat qilgan, 60-yillar boshlarida iste'foga chiqib, ilmiy faoliyat bilan mashg‘ul bo’lgan.
Niyoz Muhammad keng ma’lumotli kishi bo’lib, «Niyoziy» taxallusi bilan she’rlar ham yozgan. Lekin, yirik tarixiy asari «Tarixi Shohruhiy» bilan ko’proq mashhur. Bu asar Qo‘qon xonligining 1709—1876-yillar orasidagi tarixi to‘g‘risida mukammal ma’lumot berib, unda ushbu xonlikka qaram bo’lgan boshqa Toshkent, hozirgi Qirg’iziston, Qozog’istonning janubiy viloyatlari hududlarining ijtimoiy-siyosiy tarixi ham bayon etilgan. Unda Qo’qon xonligining Buxoro, Sharqiy Turkiston va boshqa mamlakatlar bilan bo’lgan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari haqida ham e’tiborga molik ma’lumotlar keltirilgan.
«Tarixi Shohruhiy» asarining matni N.N.Pantusov tomonidan 1885- yili Qozonda chop etilgan. Ayrim parchalari V.V.Bartold, N.G.Mallitskiy va V.A.Romodin tarafidan rus tiliga tarjima qilingan. Bu asar T.K.Biysembiyev tomonidan chuqur va atroflicha o’rganilib, 1987-yili rus tilida Olma-Otada alohida kitob chop etildi.2
Tarixi jadidayi Toshkand” (“Toshkentning yangi tarixi”) nomli asar muallifi Muhammad Solih Toshkandiydir. Uning to'liq ismi Muhammad Solih domla Rahim Qoraxoja o'g'li. Tarixchi 1830-yilda tug‘ilgan, vafot ctgan yili noma’lum. Boshlang'ich ma’lumotni bobosi mulla Abdurahimxojadan (u Qiyot mahallasida joylashgan Bekmuhammadbiy masjidida imom bo'lgan) olgan, so'ng Beklarbegi va xoja Ahror madrasalarida o‘qigan. Farg'onaning Qo'qon (1853-y.), Marg'ilon, Namangan va 0‘sh (1853-y.) shaharlarida, keyinchalik Buxoro, Samarqand, Qarshi, Shahrisabz va boshqa shaharlarda bo'lib, madrasada olgan bilimini kengaytirdi. 1863-yildan boshlab, ilgari bobosi imomlik qilgan masjidda imom bo'lib xizmat qildi, ayni paytda dars ham berib turdi.
Muhammad Solih turli ilmlar, tarix, geografiya, adabiyot, tibdan xabardor bo'lgan keng ma’lumotli kishi edi, lekin uning tarixga rag'bati ko'proq bo'lgan. U Abu Tohirxoja(XIX asr)ning “Samariya”siga o'xshash Toshkent, uning tarixi va osori atiqalariga bag'ishlab bir asar yozishni ko'pdan orzu qilib yurgan va nihoyat. 1863—1888-yillari maqsadiga erishgan. Asar ikki jilddan iborat.
Birinchi jildda qadim zamonlardan to XV asr oxirigacha Sharq mamlakatlarida, shuningdek, O’rta Osiyoda bo‘lib o‘tgan voqealar, ikkinchi jildda esa Qo‘qon xonligining XV asr oxiridan — Zahiriddin Muhammad Bobur davridan to XIX asrning 80-yillarigacha bo’lgan ijtimoiy-siyosiy ahvoli, madaniy hayot haqidagi qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz.
Asar hali biron tilga tarjima qilinmagan qo’lyozma. Faqat Toshkentda, O'zR FA Sharqshunoslik institutida uning uch nusxasi mavjud, tartib raqamlari № 7791, 11072-73, 5732. Kitob va uning muallifl to‘g‘risida A.O'rinboyev, O.Bo'riyevlar 1983-yili “Toshkent Muhammad Solih tavsifida (XIX asr)” nomli risola chop etganlar.

1


2


Yüklə 49,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə