Tarixiy, nazariy va amaliy manbashunoslik Tarixiy manbashunoslik



Yüklə 49,54 Kb.
səhifə12/13
tarix28.11.2023
ölçüsü49,54 Kb.
#137160
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Amaliy manba

Oktabr to'ntarishidan keyin Fitrat, Saydali, Sadriddin Ayniy va boshqa o'zbek ziyolilari o'tmish merosni o'rganishga kirishdilar hamda “o‘zbek millatchilari” nomini oldi.
Sho'ro davrida (1917-1990) O‘zbekiston tarixi manbashunosligi fan sifatida shakllana boshladi. 1935-yili Toshkent Davlat xalq kutubxonasida 4000 dan ortiq qo'lyozmalar mavjud bo'lgan. Bu yerda mashhur kitob bilimdoni Ibodulla Odilov( 1872-1944) o‘z faoliyatini davom ettirgan.
1944-yili Toshkentda “Sharq qo'lyozmalarini o'rganish instituti” tuzildi. Unda A.A.Semenov, A.K.Arends, V.l.Belyayev, A.Murodov (1893-1971), A.Rasulov (1893-yilda tug'ilgan), C.Mirzayev( 1885-1961) kabi olimlar faoliyat ko'rsatgan
XIX asr oxirida paydo bo‘lgan Yevropa mamlakatlaridagi kataloglar ichida ingliz olimi Charlz Ryoning ko‘p jildlik arab, fors va turkiy tillardagi sharq qo'lyozmalari kataloglaridagi yozma manbani tavsiflash tamoyili o‘zining mukammalligi va puxta o‘ylanganligi bilan alohida ajralib turadi.


Xorazm tarixiga oid manbalar

Osor ul-boqiya”ning ruscha va o’zbekcha tarjimalari Toshkentda 1957 va 1968-yillari chop etildi. Kitob Yevropada “Xronologiya” nomi bilan mashhur. Beruniyning Xorazm tarixiga oid asari yuqorida zikr etilgan nomdan tashqari, yana “Tarixi Xorazm” va “Mashohiri Xorazm” (“Xorazmning mashhur kishilari”) nomlari bilan ham mashhur bo'lib, uning ayrim lavhalari — parchalari Abulfazl Bayhaqiyning 1056-yili yozib tamomlangan “Tarixi Bayhaq” va Yoqut Hamaviyning “Mo'jam ul-buldon” asarlarida saqlanib qolgan.


Firdavs ul-iqbol” (“Jannat bog'i”) nomli Xorazm tarixi bo'yicha yaratilgan shoh asarning ijodkorlari XVIII asr so'nggi choragi va XIX asrda o'tgan yirik shoir, tarjimon va tarixnavis Shermuhammad ibn Avazbiy Munis (1778—1829) va uning jiyani Muhammad Rizo Erniyozbek o'g‘li Ogahiydir (1809—1847).
Munis Xorazmning qadimda yirik shahar bo'lgan Kot qishlog'ida dunyoga kelgan, Xiva madrasalarida tahsil ko'rgan, 1800-yildan boshiab xon saroyida sarkotib bo'lib xizmat qilgan. U 1829-yiii 51 yoshida vafot etgan.
Munis atroflicha ma’lumot olgan, turli fanlar, xususan adabiyot va tarixdan keng xabardor bo'lgan yetuk olim va iste’dodli shoir sifatida tarixda qoldi. U 1806-yili Eltuzarxon (1804— 1806)ning topshirig'i bilan “Firdavs ul-iqbol" asarini yoza boshlaydi. Lekin, asar ayrim sabablarga ko‘ra, tugallanmay qolgan.
Shajarayi Xorazmshohiy” va “Xorazm tarixi”(1910—1918) asarlari muallifi serqirra iste’dod sohibi Muhammad Yusuf ibn Bobojonbek Bayoniy (1858—1923)dir. Bayoniyning nasli-nasabi Xiva xonligini ko‘p yillar idora qilgan Qo‘ng‘irotlar sulolasiga borib ulanadi. Otasi Bobojonbek Xiva xoni Eltuzarxon (1804—1806)ga nabira bo‘ladi.
Muhammad Yusuf Bayoniy yoshiigidan yaxshi tarbiya topdi, keng ma’lumot oldi. Arab va fors tillarini yaxshi o'rgandi, adabiyot, tarix, tibb va musiqa ilmlarini egalladi. Shu bilan birga xattotlik ilmini ham yaxshi o'rgandi. U, ayniqsa xatlarning rayhoniy, suls, kufiy va shikasta turlari bo'yicha mohir xattot, musiqa ilmida, ayniqsa tanbur va g'ijjak chalishda mahoratli sozanda bo'lib yetishdi.
Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy” asarida Xorazmning turklarning qadimgi podshohi Yofas o‘g‘lon, Yofas ibn Nuhdan to Qo‘ng‘irot sulolasigacha kechgan tarixi bayon etilgan. Asarning eng qimmatli qismi Muhammad Rahim avval (1806—1873-yy.) va Asfandiyorxon (1910—1918) davrigacha bo'lgan so'nggi qismidir.
Olimning ikkinchi tarixiy asari “Xorazm tarixi” kitobida Xorazmning 1910—1918-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixi keng yoritilgan. Muhammad Yusuf Bayoniy mohir tarjimon sifatida ham nom qoldirgan. U, ko'pgina muhim tarixiy asarlarni arab va fors tillaridan o'zbek tiliga tarjima qilgan. Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at- Tabariyning “Kitob ar-rasul va-l muluk va-l-xulafo”, Darvesh Ahmadning “Sahoyif ul-akbar”, Kamoliddin Binoiyning “Shayboniynoma” asarlari ana shular jumlasidandir.
Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy” asarining (1911 —1913-yillari) yozib tamomlagan qismi, ya’ni Muhammad Rahimxon soniy zamonidan sayyid Asfandiyorxon hukmronligi davrini o‘z ichiga olgan 15-va 16- boblari Iqboloy Azizova tarafidan so'zboshi va zarur izohlar bilan, 1991- yilda “Meros” to'plamida nashr etilgan.

Yüklə 49,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə