Tarixiy, nazariy va amaliy manbashunoslik Tarixiy manbashunoslik


O’rta Osiyo haqida XIX asrgacha yozilgan Yevropa tillaridagi manbalar



Yüklə 49,54 Kb.
səhifə9/13
tarix28.11.2023
ölçüsü49,54 Kb.
#137160
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Amaliy manba

O’rta Osiyo haqida XIX asrgacha yozilgan Yevropa tillaridagi manbalar
Mitropolit Xrisanfning esdaliklari. Xrisanf asli grek, venetsiyalik aslzoda dvoryanlardan, Afina yaqinida joylashgan Yangi Pator cherkovining mitropoliti bo‘Iib xizmat qilgan. Haqiqiy ismi sharifi Kontaripi. 1724-yili muqaddas patriarx Samuyel tomonidan Istanbul atrofida joylashgan Xiroti nisan cherkoviga mitropolit etib tayinlangan. Podshoning tazyiqi oqibatida 1784-yili Istanbulga ketib qoldi. Ko‘p vaqt o'tmay, Xrisanf Livon ordeniga qarashli cherkovlar bilan tanishish maqsadida Shom-Suriyaga, u yerdan Xalab-Aleppoga bordi. O‘sha yerda ingliz savdogarlari bilan tanishib qoladi va ular bilan birga Frot- Evfrat daryosi bilan Fors qo‘ltig‘iga bordi va u yerda kemaga tushib, Maskat orqali Hindistonning Surat bandargohiga kelib tushdi. So‘ng Hindiston, Kashmir, Kobul, Balx va Samarqand orqali Buxoroga bordi. Xrisanf O‘rta Osiyoning bir qancha shaharlarida bo‘Idi, bir yil Xivada turdi.
So‘ng 1792-yili Ashtarxonga bordi va bir fursat o'sha yerda istiqomat qildi. Keng ma’lumotli va kuzatuvchan bu odam tez orada Astraxanda ko‘plarning diqqatini o'ziga tortdi. Ashtarxon yepiskopi uning haqida Muqaddas Sinodga axborot yuboradi. So‘ng Xrisanf Moskvaga chaqirtiriladi. Muqaddas Sinod uni har taraflama tekshirib ko'rib va keng ma’lumotli odam ekanligiga ishonch hosil qilgandan keyin, Xrisarrfni Kavkaz o‘lkasiga, uni batafsil o‘rganish uchun yubordi.
Mitropolit Xrisanfning birdan poytaxtga chaqirilishi, uni yaxshi bilgan sharqshunos V.V.Grigorevning fikricha, Rossiyaning yaqin orada Eronga bostirib kirish rejalari bilan bog'liq bo‘lsa kerak. Rus harbiy ekspeditsiyasining rahbari Valeriyan Zubovga sayyohning Eron va O‘rta Osiyo haqidagi keng bilimi kerak bo'lib qolgan. Oradan bir yil o'tgach, 1797-yili Xrisanf muqaddas Sinodning farmoni bilan Yekatrinoslav yeparxiyasiga xizmatga jo'natildi. 1798-yilning 20 yanvarida Mitropolit Xrisanf Feodossiyaga jo‘nab ketdi. Uning keyingi hayoti va faoliyati haqida boshqa ma’lumotga ega emasmiz.
Mitropolit Xrisanfning O'rta Osiyoga qilgan sayohati kundaligi bir paytlar rus harbiy ekspeditsiyasiga boshchilik qilgan graf Valeriyan Zubov qo‘lida bo‘lgan. Kundalik, ba’zi shahar va viloyatlar o‘rtasidagi masofa, aholisining umumiy soni haqidagi noaniqliklarni hisobga olmaganda, katta qimmatga ega. Unda mamlakatning iqtisodiy va siyosiy ahvoli, xalqining turmush sharoiti, e’tiqodi haqida, shuningdek, O‘rta Osiyoda istiqomat qilib turgan rus va eronlik asirlarning ahvoli haqidagi qisqa, lekin o‘ta muhim ma’lumotlarni uchratish mumkin.

Yüklə 49,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə