«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


Uzok saqlashda namligi kichik bulgan donning o’z-o’zidan qizishi



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə50/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Uzok saqlashda namligi kichik bulgan donning o’z-o’zidan qizishi.
Amalda namligi kritik namlikdan kichik bulgan don massasining uzok saqlash natijasida o’z-o’zidan qizish xolati kuzatilgan. Namligi 12...14 % bulgan bugdoy donini omborda 3 - 5 yil muddatda saqlaganda, xech kanday tashki ta’sirsiz saqlashning uchinchi va turtinchi yillarida o’z-o’zidan qizish xolati yuzaga kelgan. Bu xolat yozning ikkinchi yarmida don massasining ustki kavati, anikrogi uyum yuzasidan 0,5...0,8 m chukurlikda rivojlanadi. Kuzga karab xaroratning sekin usishi uzok davr (bir-ikki oy) ichida jarayonning tez rivojlanishi bilan tugaydi.
Kuruk don massasining o’z-o’zidan qizishi yukori katlamlarning jipslashuviga olib keladi.
Kuzatuvlar natijasiga kura, don massasining qizigan katlamlarida namligi b°Chka katlamlaridagi namligidan 1,5...2,5 % ga, ba’zan esa undan xam kuprok ekanligi aniklangan. Jipslashgan, ammo xali o’z-o’zidan qizimagan kavatlar yukori (1...2 % ga) namlikka ega buladi.
Kuruk don massasida o’z-o’zidan qizish xolatining yuzaga kelish sababi shundan iboratki, (as°Can yukori katlamda) bu xolat xaroratning mavsumiy uzgarish farki tufayli ruy beradi.
Turli xaroratdagi tashki xavo yukori katlamga namlikning aralashuvi va kondensatsiyasi bilan kiradi.
Ma’lum katlamning namlanishi baxorgi mavsumda barcha fiziologik jarayonlarning, birinchi navbatda mikrofloraning aktivlashuviga olib keladi. Ammo yozgi davrda don massasining kichik namligi, xavo xarorati va nisbiy namligining uzgarishi, ya’ni don umumiy namligining tekislashuvi mikroorganizmlar rivojlanishini tuxtatadi. Xar baxorda bu xolatning takrorlanishi sekin-asta don kobik tukimalarining buzilishi va mogor zamburuglarining tuplanishiga olib keladi. Natijada baxorgi mavsumlarning birida mikrobiologik jarayonlar shiddatli tus olib uzuzidan qizish jarayonini yuzaga keltiradi.
Saqlashga kiritilgan bugdoy doni partiyasini kabul kilgan kundan to o’z-o’zidan qizish davrigacha utgan turt yil mobaynida don massasining yuza kismidagi mikrofloraning rivojlanishi ustida utkazilgan kuzatishlar yukorida bayon kilingan fikrni tula tasdiklaydi (1- jadval).
Bunda butun saqlash davri uchun don massasining urtacha namligi 13,8...14,2 % ni tashkil kilgan. YUkori (kechrok qiziydigan) katlam namligi ayrim davrlarda 13,4 % dan 16,5 % gacha, o’z-o’zidan qizish jarayonida esa 17,9 % ga kadar kutarilgan.

1- jadval.


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə