Тошкент фармацевтика институти


TMI ning o‘zlashtirishi quyidagicha baholanadi: maksimal 2,5 ball



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə3/20
tarix21.03.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#32920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

TMI ning o‘zlashtirishi quyidagicha baholanadi: maksimal 2,5 ball.





Ballar

Baho

2,15-2,5

A’lo

1,77-2,12

Yaxshi

1,37-1,75

Qoniqarli

1,35

Qoniqarsiz

ORALIQ BAHOLASH (OB) - semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanning bir neCha mavzularini o‘z iChiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash uchun, OB nazorat kafedra majlisi qaroriga binoan kombinatsiya (ogzaki va yozma) usulida amalga oshiriladi. BTYO fanidan OB semestr davomida bir marta o‘tkazilidi. OB soni o‘kuv faniga ajratilgan umumiy soatlar xajmidan kelib chiqqan holda o‘tkaziladi. OB baholashdan 55% va undan ortiq olgan talaba YAB baholashga kiritiladi. OB ni 2 hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi va balli koeffitsientsiz qayd etiladi.


OB da maksimal ball 20.


Ballar

Baho

17,2-20,0

a’lo

17,0-14,2

yaxshi

14,0-11,0

qoniqarli

0-10,8

qoniqarsiz


YAKUNIY BAHOLASH (YAB) – semestr yakunida fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash uchun o‘quv mashg‘ulotlar tugaganidan so‘ng o‘tkaziladi. YAkuniy baholashga mazkur semestrni muvaffaqiyatli yakunlagan hamda joriy, oraliq baholashlarni va talabalarni mustaqil ishidan ijobiy ya’ni 55% va undan yuqori ballarga ega bo‘lgan talabalar qo‘yiladi.

BTYO fanidan yakuniy baholash fakultet Ilmiy kengashni qaroriga binoan yozma shaklda o‘tkaziladi. YAB da maksimal ball 30.




Ballar

Baho

25,8-30,0

a’lo

21,3-25,5

yaxshi

16,5-21,0

qoniqarli

0-16,2

qoniqarsiz

O‘quv rejasiga binoan klinik farmatsiya fani bir semestrda rejalashtirilgani uChun fan bo‘yicha talabaning umumiy bali semestrda olgan joriy, oraliq, mustaqil ish va yakuniy baholashlar to‘plami orqali baholanadi.

JB, OB va YAB turlarida fanni o‘zlashtiri olmagan (54% dan kam ball to‘plagan) yoki uzrli sabab bilan baholash turlarida ishtirok eta olmagan talabalarga quyidagi tartibda qayta baholashdan o‘tishga ruxsat beriladi: qoldirgan amaliy mashg‘ulot kelgusi darsga qadar guruh o‘qituvchisiga qayta topshirish va maslahat kunida topshiriladi, 3 ta mashg‘ulotni qoldirgan talaba fakultet dekani ruxsati bilan qayta topshiradi, qayta topshirish jaridasida qayd qilinadi; har bir qoldirgan ma’ruza mashg‘uloti uchun agar u qayta topshirilsa, JB da to‘plagan ballar yig‘indisidan 5%, agar qayta topshirilmasa 10% balldan olib tashlanadi; OB ni 2 hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi; semestr yakunida fan bo‘yicha saralash balidan kam ball to‘plagan talabaning o‘zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblanadi; akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin dekan ruxsatnomasi asosida qayta o‘zlashtirishi uchun bir oy muddat beriladi, shu muddat davomida o‘zlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyaga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.

Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, appelyasiya komissiyasiga murojaat etishlari mumkin. Appelyasiya komissiyasi 3 a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda rektor buyrug‘i bilan tashkil etiladi. Talabalar appelyasiya komissiyasiga fan bo‘yicha YAB natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 1 kun davomida ariza bilan murojat qilishlari mumkin. Appelyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib Chiqib, shu kunning o‘zida xulosasini beradi.

O‘quv rejasida muayyan semestr (o‘quv yili) ga belgilangan fanlarning barchasi saralash balidan Yuqori ball to‘plagan talabalar rektorning buyrug‘i bilan kursdan kursga o‘tkaziladi.

Fanlardan reyting nazorati bo‘yicha yakunlovchi qaydnoma varaqasi (vedomost) fan tugagan kundan 1 kun muddatda kafedrada 2 nusxada to‘ldiriladi va mas’ul xodim, kafedra mudiri tomonidan imzolanib, 1 nusxasi dekanatlarga topshiriladi.

Talabaning fan bo‘yicha baholash turlarida to‘plagan ballari reyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi
Fan bo‘yicha reyting daftarchasini rasmiylashtirish tartibi:




Fan nomi

Umumiy o‘quv soat

O’zlashtirish ko’rsatkichi

Rey ting

O‘qituvchining F.I.SH

Sana

Imzo

1

BTYO

114

86

62

Saidov.S.A.

15.06.2016 y



Talabaning fan bo‘yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi;

Rf = V*O'

100

bu erda: V - semestrda fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklamasi (soatlarda);

O' - fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi (ballarda).
Talabaning saralash balidan past bo‘lgan o‘zlashtirishi “Reyting daftarchasi”da qayd etilmaydi.

Dekanat va kafedralar tomonidan belgilangan tartibda fan bo‘yicha talabaning JB, OB hamda YAB turlarida ko‘rsatilgan o‘zlashtirish reyting ko‘rsatgichlarining monitoringi olib boriladi. O‘zlashtirish natijalari kafedralar tomonidan reyting nazorati ekranida muntazam ravishda yoritib boriladi va belgilangan tartibda qaydnomalarga kiritiladi.




7. TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
Asosiy:
1.1.F. G. Nazirov va b. Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish. Toshkent. 2003.

1.2.Первая доврачебная помощь. Под.ред. В.М.Величенко, М., Медицина 1989г.



Qo‘shimcha :
2.1. Z. T. Fayzieva va b. BTYOdan ma’ruzalar matni. Toshkent. 2006 y.

2.2. И. Н. Денисов и др. «Клинические рекомендации и фармацевтический справочник» Москва, 2005 г.

2.3. David Verner “Oilam sog‘lom bo‘lsin desangiz” qayta nashri – Hammabop tibbiyot qo‘llanmasi.Toshkent-2011 y.

2.4.Nikbaev A.T. v.b. Patologiya asoslari va birinchi tibbiy yordam

T.Ibn Sino 2006.

2.5.M. Muxitdinova, SH.T. Yusupov. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha qo‘llanma. Toshkent 2003.


Internet va ZiyoNet saytlari

  1. www.ziyonet.uz

  2. www.Lex.uz.

  3. www.uzpharm-control.uz

  4. www.doridarmon.uz

  5. www.uzpharmsanoat.uz


II. «BIRINCHI TIBBIY YORDAM» fani bo`yicha

2016/2017 o`quv yili uchun mo`ljallangan

Sпрямая соединительная линия 1ILLABUSI




Fanning qisqacha tavsifi

OTMning nomi va joylashgan manzili:

Toshkent farmatsevtika instituti

Oybek ko`chasi, 45

Kafedra:

Farmakologiya va klinik farmatsiya

“farmatsiya” fakulteti tarkibida


Ta’lim sohasi va yo`nalishi:

5510500 – Фармация

5111000 – Касб таълими



Bakalavriat bosqichining farmatsiya, klinik farmatsiya va kasbiy ta’lim yo`nalishlari talabalari uchun mo`ljallangan


Fanni (kursni) olib boradigan o`qituvchi to`g`risida ma’lumot:

Dotsent, kaf.mudiri Saidov Saidamir Abrorovich

Katta o’qituvchi To’laganov Bobur Sobirovich

Yusupova Dilfuza Abdijamilovna



e-mail:

ssaidov@yandex.ru



bobur_zamdek@mail.ru

dilfuza.uz70@mail.ru


Dars mashg`ulotlarini o`tkazishning vaqti va joyi:

O`quv bo`limi tomonidan ishlab chiqilgan jadval asosida institut o`quv binolarida

127-xona, 13-xona



Kursning boshlanishi va davom etish muddati:

Bakalavriat ta’lim yo`nalishi o`quv rejasiga muvofiq to’qqzinchi semestrda

Individual grafik asosida professor-o`qituvchining talabalar bilan ishlash vaqti:

Haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 14.00 dan 18.00 gacha

Fanga ajratilgan o`quv soatlarining o`quv turlari bo`yicha taqsimoti

Auditoriya soatlari

Mustaqil ta’lim:

46(40)

Ma’ruza:

17

Amaliy mashg’ulot

51

Fanning boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi (prerekvizitlari):

fiziologiya, patologiya, anatomiya, farmakologiya va fuqarolar mudofaasi, lotin tili.


Fanning mazmuni

Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:

Fanni o‘qitishdan maqsad – turli baxtsiz xodisalar tufayli jaroxatlanishda, o‘tkir kechuvchi kasalliklarda, zaharlanishda va boshqa xolatlarda shifokor kelguncha o‘z vaqtida va to‘g‘ri BTYO ko‘rsatish xaqida tushunchaga ega bo‘lish.

Fanning vazifasi - turli xil baxtsiz xodisalar tufayli yuzaga kelgan xolatlarda bemorlarga yoki jaroxatlangan kishilarga shifokor kelguncha o‘z vaqtida va to‘g‘ri tibbiy yordam ko‘rsata bilishdan iborat. “Birinchi tibbiy yordam” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

  • aseptika, antiseptika;

  • jaroxatlarning turlari va birinchi tibbiy yordam;

  • qon oqishi turlari va birinchi tibbiy yordam;

  • bog‘lamlar turlari va birinchi tibbiy yordam;

  • suyak sininishi va bo‘g‘im chikishida birinchi tibbiy yordam;

  • kuyish va sovuq olishida birinchi tibbiy yordam;

  • bosh miya jaroxatlanishida birinchi tibbiy yordam;

  • o‘tkir terapevtik kasalliklarda birinchi tibbiy yordam;

  • o‘tkir xirurgik kasalliklarda birinchi tibbiy yordam;

  • zaxarlanishda vrachgacha bo‘lgan birinchi tibbiy yordam usullarini bilishi kerak.

shuningdek talabalar:

  • ichki a’zolarning anatomik tuzilishi va fiziologik xususiyatlari,

  • ichki a’zolar funksional xolatlarini baxolash;

  • aholi o‘rtasida ko‘p uchraydigan o‘tkir kechuvchi terapevtik kasalliklarning kechimini aniqlay olish

  • o‘tkir kechuvchi xirurgik kasalliklarda shifokorgacha shoshilinch yordam ko‘rsata olish

  • o‘tkir va surunkali yuqumli kasalliklarni aniqlay olish;

  • turli moddalar bilan zaxarlanish holatlarida shishilinch yordam ko‘rsata olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

talabalar:

  • (xaroratni o‘lchash, A/B-o‘lchash, puls xisoblash, me’dani chayish, klizma-qo‘yish, turli in’eksiyalar, suniy nafas oldirish, yurakni yopiq usulda uqalash);

  • qon oqishini vaqtinchalik to‘xtatish;

  • jgut va shina qo‘yish;

  • turli bog‘lamlar qo‘yish;

  • jaroxatlangan va boshqa bemorlarni transportda olib borish qoidalari;

  • spetsifik kasallik bilan og‘rigan og‘ir bemorlarni (urologik, xirurgik v.b.) parvarish qilish malakalariga ega bo‘lishi kerak.




Talabalar uchun talablar


Institutning odob-ahloq kodeksi talablarigi qat’iy rioya qilish, shuningdek:

-professor-o‘qituvchi auditoriga kirganida o‘tirgan joydan turib “Assalomu alaykum” deb kutib olish;

- uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yish;

- professor-o‘qituvchidan so‘ng dars mashg‘ulotiga kech kelgan talaba auditoriyaga kiritilmaydi;

- professor-o‘qituvchi va guruhdoshlarga qo‘pollik qilmaslik, so‘z talashmaslik, hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

- institut ichki tartib - intizom qoidalariga rioya qilish;

-kiyinish talablari (madaniyati) ga rioya qilish;

-mashg‘ulotlar vaqtida o‘qituvchining ruxsatisiz auditoriyadan chiqmaslik (umuman dars jarayonida auditoriyadan sababsiz chiqishga ruxsat berilmaydi);

- uy vazifasi va mustaqil ish topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;

- ko‘chirmachilik (plagiat) qilmaslik, qat’iyan man etiladi;

- darslarga qatnashish majburiy, sababsiz 3 (uch) va undan ortiq dars qoldirgan talaba keyingi mashg‘ulotlarga fakultet dekani ruxsati bilan kiritiladi;

- sababli dars qoldirilgan taqdirda, professor-o‘qituvchiga ma’lumotnoma (spravka) taqdim etish;

- har qanday holatlarda ham qoldirilgan darslar qayta o‘zlashtirilishi shart;

- ma’ruza va amaliyot darslariga oldindan tayyorlanib kelish va faol ishtirok etish;

- qo‘shimcha ravishda bajarilgan taqdimot, mustaqil ish, esse, referat, kreativ fikrlash darajasi, turli xil tadbirlar va ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etish;

- talabaga o‘z vaqtida bajarilmagan mustaqil ish, uy vazifasi, tartib – intizomi bo‘yicha choralar ko`rish;

- talaba reyting ballidan norozi bo‘lsa fan bo‘yicha nazorat turlari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 1 kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat qiladi va apellyasiya komissiyasi shu kunning o‘zida talabaning arizasini ko‘rib chiqib xulosa chiqaradi.


Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi


Professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, lekin oraliq, joriy va yakuniy baholash faqatgina institut hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi. Elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 20.00 gacha.


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə