Toshkent farmasevtika instituti tillar kafedrasi farmatsevtik terminologiya



Yüklə 4,73 Mb.
səhifə10/29
tarix26.03.2018
ölçüsü4,73 Mb.
#34364
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29

Turlanish namunasi





Casus

Sing.

Plur.

Nom.

succus

succi

Gen.

succi

succorum

Dat.

succo

succis

Acc.

succum

succos

Abl.

succo

succis


-er bilan tamomlanadigan ko‘pchilik mujskoy roddagi otlarda turla-

nish vaqtida -e harfi, agar asosda bo‘lmasa, tushib qoladi. Agar asosda -e harfi bo‘lsa, kelishiklar bo‘yicha turlanganda u saqlanib qoladi.



Turlanish namunasi


Сasus

Sing.

Plur.

Nom.

magister

magistri

Gen.

magistri

magistrorum

Dat.

magistro

magistris

Acc.

magistrum

magistros

Abl.

magistro

magistris



Сasus

Sing.

Plur.

Nom.

puer

pueri

Gen.

pueri

puerorum

Dat.

puero

pueris

Acc.

puerum

pueros

Abl.

puero

pueris


35-§. II turlanish jenskiy roddagi otlar

Istisno tariqasida II turlanishga jenskiy roddagi ba’zi bir otlar kiradi. Bular:

1. Daraxt va butalar nomi:

Eucalyptus, i,f .

2. Yunonchadan o‘tgan to‘rtta so`z:

bolus, i,f; crystallus, i,f; methodus, i,f; periodus; i,f.

II turlanish jenskiy roddagi otlar kelishiklar bo‘yicha II turlanish mujs-

koy roddagi otlar singari turlanadi.



Turlanish namunasi


Casus

Sing.

Plur.

Nom.

bolus

boli

Gen.

boli

bolorum

Dat.

bolo

bolis

Acc.

bolum

bolos

Abl.

bolo

bolis



36-§. Quyidagi so`zlarni yod oling!
sirupus, i, m - sharbat

medicus, i, m - vrach, shifokor

succus, i, m - shira

numerus, i, m - son

globulus, i, m - sharcha

stilus, i, m - qalam

bacillus, i, m - tayoqcha

fungus, i, m - qo‘ziqorin, zamburug‘

bolus, i, f - gil, tuproq

crystallus, i, f - kristal

Leonurus, i, m - arslonquyruq

Helianthus, i, m - kungaboqar

Strophanthus, i, m - strofant

Thymus, i, m - tog‘jambil

Acorus calamus, i, m - oddiy igir

Rubus(i) idaeus, i, m - malina

Lagochilus, i, m - bozulbang, lagoxilus

Ricinus, i, m - kanakunjut

Eleutherococcus, i, m - eleuterokok

Hyoscyamus, i, m - mingdevona

Myrtillus, i, m - chernika

Pinus, i, f - qarag‘ay

Eucalyptus, i, f - evkalipt

Juniperus, i, f - archa

Rhamnus, i, f - itjumrut

Citrus, i, f - limon (daraxt)

Alnus, i, f - qandag‘och , olxa

Crataegus, i, f - do‘lana(daraxt)

Strychnos, i, f - kuchala(daraxt)

pro adultis - kattalar uchun


Mashqlar

1. Quyidagi otlarning rodini aniqlang.

1) sirupus 6) Rhamnus

2) globulus 7) Helianthus

3) bolus 8) stilus

4) crystallus 9) Crataegus

5) Pinus 10) Alnus



2. Qo‘yidagi otlarning bosh va qaratqich kelishik, birlik va ko‘plik son

shakllarini jadval yordamida yozing.

Shira, son, ampula, kapsula, kristal, qalam.



Namuna:


Nom. Sing.

Turl.

Rod

Gen. Sing.

Nom. Plur.

Gen. Plur.

sirupus-

sharbat


II

m

sirupi-

sharbatning



sirupi-

sharbatlar



siruporum-

sharbat-larning




2. O‘zbek tiliga tarjima qiling.

1) Nom. succus Kalanchoёs Gen. succi Kalanchoёs

2) Nom. tinctura Leonuri Gen. tincturae Leonuri

3) Nom sirupus Althaeae Gen. sirupi Althaeae

4) Nom.tinctura Strophanthi Gen. tincturae Strophanthi

5) Nom. sirupus Glycyrrhizae Gen. sirupi Glycyrrhizae

6) Nom. succus Aloёs Gen. succi Aloёs

3. Terminlarning shartli tasvirini tuzib, Nom. va Gen. da lotin tiliga

tarjima qiling.

1) arslonquyruq yer ustki qismi 5) malina sharbati

2) gulxayri sharbati 6) aloy shirasi

3) chernika sharbati 7) bozulbang nastoykasi

4) tog‘jambil yer ustki qismi 8) evkalipt barglari

4. O‘zbek tiliga tarjima qiling.

1. Medicus tincturam Leonuri praescribit. 2. Praeparate sirupum ex succo Rubi idaei. 3. Date aegroto tincturam Strophanthi. 4. Sirupi coguuntur.

5. Addite in mixturam sirupum Rubi idaei.

5. Retseptlarni o‘zbek tiliga tarjima qiling.

1. Recipe: Tincturae Strychni 5 ml

Tincturae Convallariae 10 ml

Misce. Da.

Signa: Kuniga 2-3 marta 10 tomchidan ichilsin.

2. Recipe: Infusi herbae Leonuri 15,0: 200 ml

Da.

Signa: Kuniga 3 marta 1 osh qoshiqdan ichilsin.



6. Retseptlarni lotin tiliga tarjima qiling.

1.Ol: Strofant nastoykasi 5 ml

Marvaridgul nastoykasi

Valeriana nastoykasi teng miqdorda 10 ml. dan

Aralashtir. Ber.

Belgila: Kuniga 2-3 marta 20 tomchidan ichilsin.

2.Ol: Arslonquyruq nastoykasi 50 ml

Ber.


Belgila: Kuniga 2 marta 30 tomchidan ichilsin.

9- AMALIY MASHG`ULOT: II turlanish sredniy roddagi otlar
37-§. II turlanish sredniy roddagi otlarning kelishik qo‘shimchalari

Casus

Sing.

Plur.

Nom.

um

a

Gen.

i

orum

Dat.

o

is

Acc.

um

a

Abl.

o

is

Sredniy rod otlarining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagicha:

1. Accusativus Singularis = Nominativus Singularis = um.

2. Accusativus Pluralis = Nominativus Pluralis = a.

Bu qoida hamma beshta turlanishdagi sredniy rod otlariga tegishli.


Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə