Toshkent farmasevtika instituti tillar kafedrasi farmatsevtik terminologiya



Yüklə 4,73 Mb.
səhifə8/29
tarix26.03.2018
ölçüsü4,73 Mb.
#34364
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29

IV. AMALIY MASHG`ULOT MAZMUNI





  1. AMALIY MASHG`ULOT: FONETIKA Lotin tili alifbosi. Unli harflar. “y” harfining qo‘llanilishi. Diftonglar. Undosh harflar


1-§. Lotin tili alifbosi

Lotin tili alifbosida 25 ta harf bor.




Bosma harflar

Nomi


O‘zbekcha muqobili

Bosma harflar

Nomi

O‘zbekcha muqobili

А а


а

а

N n

en

n

В в

be

b

О о

о

о

С с

se

s yoki k

Р р

pe

p

D d

дe

д

Q q

ku

u bilan birga [кv]

E e

e

e

R r

er

r

F f

ef

f

S s

es

s

G g

ge

g

T t

te

t

H h

g`e

o`zbekcha g` yoki h

U u

u

u

I i

i

i

V v

ve

v

J j

yot

y

X x

iks

ks

K k



k

Y y

ipsilon

i

L l

el

l

Z z

zeta

z yoki s

M m

еm

m











2- §. Unli harflar
Lotin tilida 6 ta unli harf bor.

A a unli harfi [a] deb talaffuz qilinadi:

amarus [ amarus] - achchiq

ana [ana] - teng miqdorda

E e unli harfi [e] deb talaffuz qilinadi:

gemma [gemma] - kurtak

gelatina [gelatina] - jelatin

O o unli harfi [o] deb talaffuz qilinadi:

odor [odor] - hid, is

os [os]-suyak

I i unli harfi [i] deb talaffuz qilinadi:

internus [internus] - ichki

infans [infans]-bola, go‘dak

U u unli harfi [u] deb talaffuz qilinadi:

unus [unus] - bir

utilis [utilis] - ishlatishga yaroqli

Y y unli harfi [i] deb talaffuz qilinadi:

Amygdalus [amigdalus]- bodom

polyvitamina [polivitamina] - polivitamin.


3-§. «y» harfining qo‘llanilishi
« harfi yunon tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarda old qo‘shimcha, o‘zak va

qo‘shimcha sifatida uchrashi mumkin. Shuning uchun quyidagi old qo‘shimcha, o‘zak va qo‘shimchalarni esda saqlash kerak.



hyper - yuqori, ko‘proq; hypertonia - qon bosimining ko‘tarilishi

hypo - past, kamroq; hypotonia - qon bosimining pasayishi

oxy - taxir; Oxygenium - kislorod

hydr - suv; Hydrogenium – vodorod

pyr - issiqlik; Antipyrinum - antipirin

poly - ko‘p; polyvitamina - polivitamin

glyc - shirin; Glycerinum-glitserin

myc- qo‘ziqorin; Biomycinum – biomitsin.
4-§. Diftonglar
Ikkita turli unli harflarning bir bo‘g‘in yoki bir harf sifatida talaffuz etilishiga diftong deyiladi.

Lotin tilida 4 ta diftong bor:

«au» diftongi [au] deb o‘qiladi.

Masalan: auris [auris] - quloq

auscultare [auskultare] - eshitmoq

«eu» diftongi [eu] deb o‘qiladi.

Masalan: Eucommia [eukommia]- evkommiya

Eucalyptus [eukaliptus] - evkalipt

«ae» diftongi [e] deb o‘qiladi.

Masalan: aeger [eger] - bemor, kasal

Crataegus [krategus] - do‘lana

«oe» diftongi [e] deb o‘qiladi.

Masalan: Foeniculum [fenikulum] - ukrop, fenxel

oedema [edema] - shish

Agar ae va oe diftonglarida e harfining ustiga ikki nuqta qo‘yilgan bo‘lsa, u holda har bir harf o‘zining alohida tovushini ifoda etadi.

oё [oe] – Aloё [aloe]- aloy, sabur

aё [ae] - aёr [aer]- havo.
5-§. Undosh harflar
Bb – harfi [b] deb talaffuz qilinadi: basis – asos, negiz.

Cc – harfi ikki tovush [s] va [k]ni ifoda etadi. Agar s harfi ae,oe diftonglari, e, i, y unli harflari oldida tursa [s] deb o‘qiladi.

Masalan: cito [sito] - tez

cera [sera]-mum

cyclus [siklus]-sikl

coeruleus [seruleus] - ko‘k

Agar c harfi a, o, u unlilari va undosh harflar oldida yoki so‘z oxirida tursa [k] deb o‘qiladi.

Masalan: creta [kreta] - bo‘r

сarbo [karbo] - ko‘mir

cucurbita [kukurbita] - oshqovoq

lac [lyak] – sut





[s] agar ae, oe, e, i, y dan oldin kelsa
С

[k] a, o, u unlilari va undoshlardan oldin;

so‘z oxirida kelsa





Dd – harfi [d] deb talaffuz qilinadi: da - ber.

Ff – harfi [f] deb talaffuz qilinadi: folium - barg.

Gg – harfi [g] deb talaffuz qilinadi: glandula- bez.

H h - harfi o‘zbekcha [g‘] harfi singari talaffuz qilinadi.

Masalan: herba [g‘erba] - o‘t, yer ustki qism

homo [g‘omo] - odam, kishi.



J j - harfi a, o, e, u unli harflari bilan birgalikda quyidagicha o‘qiladi:

jo [yo] - jocus [yokus] - hazil

ja [ya] - janua [yanua] - eshik

ju [yu]- juniperus [yuniperus] - archa

je [ye] - jecur [yekur]- jigar.

Yunon tilida j harfi bo‘lmaganligi sababli yunonchadan o‘tgan so‘zlarda j harfi o‘rniga I, i harfi yoziladi:

Iodum [iodum] – yod.

Shuning uchun iod- o‘zakli murakkab so‘zlar I harfi bilan yoziladi. ”yod” so‘zining xalqaro kimyoviy belgisi I.

Iodolipolum [iodolipolyum] – yodolipol

Iodoformium [iodoformium] –yodoform.



K k - harfi [k] tovushini beradi, lekin bu harf tibbiy lotin tilida kam qo‘lla- niladi:

Kalium [kalium] - kaliy

Keratinum [keratinum] - keratin.

Ll - harfi yumshoq talaffuz qilinadi:

mel [mel] - asal

lac [lyak]- sut.

Mm – harfi [m] deb talaffuz qilinadi: magister - o‘qituvchi.

Nn – harfi [n] deb talaffuz qilinadi: niger - qora.

Pp – harfi [p] deb talaffuz qilinadi: Piper - qalampir.

Rr – harfi [r] deb talaffuz qilinadi: ruber - qizil.

S s - harfi ikki tovushni [z] va [s]ni ifodalaydi. Agar s harfi ikki unli harf o‘rtasida yoki har qanday bir unli bilan m yoki n harflari o‘rtasida kelsa [z] deb, boshqa hollarda [s] deb o‘qiladi.

Masalan: dosis [dozis]-doza

Rosa [roza] - na’matak

mensis [menzis] - oy

reumatismus [reumatizmus]-revmatizm

Solanum [solanum]-ituzum




[z] unli + s + unli;

unli + s + m yoki n



S m yoki n+s+ unli

[s] boshqa hollarda

Tt – harfi [t] deb talaffuz qilinadi: tuber [tuber - tuganak.

Vv – harfi [v] deb talaffuz qilinadi: vitrum – kichkina shisha ididsh.

X x - harfi [ks] tovushini beradi:

pix [piks] - smola, qatron

faex [feks] - xamirturush.

Z z -harfi yunonchadan o‘zlashtirilgan so‘zlarda uchraydi va [z] deb talaffuz qilinadi:

rhizoma [rizoma] - ildizpoya

Glycyrrhiza[glitsiriza] - qizilmiya, shirinmiya.

Lekin zincum so‘zida z harfi [s] deb o‘qiladi:

Zincum [sinkum] - rux.

Mashqlar
1. Diftonglarning o‘qilishiga e’tibor berib so‘zlarni o‘qing.

Aёrosolum, auctor, anaemia, oedema, praescribo, Foeniculum, aurum, graecus, saepe, oestrogenus, faex, auris, praeparatum, Сrataegus, Eucommia, foetidus, Synoestrolum, aeger, aёr.



2. Undosh harflarning o‘qilishiga e’tibor berib so‘zlarni o‘qing va o‘qilish qoidasini tushuntiring.

Decoctum, acidum, capsula, Glucosum, scatula, briketum, semen, junius, hypnoticus, jam, Ledum, herbaceus, dystonia, hydricus, insolubilis, amurensis.



3.Quyidagi so‘zlarni o‘qing va c harfining o‘qilishini tushuntiring. Tinctura, fructus, succus, cella, cera, galenicus, bacca, calor, cito, locus, Capsicum, acidum, officina, coeruleus, Cortisonum, bacillus, medicinalis, medicamentum, caecum.

4. So‘zlarni o‘qing va s harfining o‘qilishini tushuntiring.

Spissus, species, destillatus, dens, statim, morbus, elasticus, dystonia, latus, emulsum, internus, amarus, dysenteria, semen, massa, resina, reumatismus, gargarisma, dosis, spiritus, Cortisonum, Vaselinum.



5. Quyidagi so‘zlarni o‘qing va ularning transkripsiyasini yozing.

Hypermanganas, Streptomycinum, anhydricus, Glycosidum, Amidopyrinum, oxydum, Perhydrolum, hyperaemia, hypothermia, mycosis, antipyreticus, Hydrargyrum, peroxydum.



2 - AMALIY MASHG`ULOT: Harf birikmalari va qo‘sh undoshlarning o‘qilishi.

Digraflar

6-§. Harf birikmalari va qo‘sh undoshlarning o‘qilishi
qu - harf birikmasi unli harf oldidan kelganda [kv] deb o‘qiladi:

aqua [akva]- suv

Quercus [kverkus] - dub, eman

ngu - harf birikmasi unli harf oldidan kelganda [ngv] deb o‘qiladi:

unguentum [ungventum] - surtma

lingua [lingva] - til

su - harf birikmasi a,e unli harflari oldidan kelganda [sv] deb o‘qiladi:

suasor [svazor]-maslahatchi

Qolgan hollarda esa [su] deb o‘qiladi:

suillus [suillus] - cho‘chqa - i (-si)



ti - harf birikmasi unli harf oldidan kelganda [si] deb o‘qiladi:

solutio [solutsio] - eritma

injectio [inyeksio] - in’yeksiya

ti - harf birikmasi x, s undosh harflaridan keyin kelsa [ti] deb o‘qiladi:

mixtio [mikstio]- aralashma

combustio [kombustio] - kuyish

sch - harf birikmasi [sx] deb o‘qiladi:

Schizandra [sxizandra]- limonnik.

Lekin lotin tiliga boshqa tillardan o‘tgan so‘zlarda bu harf birikmasi [sh] deb o‘qiladi:

Schostakovsky [shostakovskiy] - Shostakovskiy.



7-§. Digraflar
Digraf deb ikkita undosh harf birikmasining bitta tovush singari talaffuz etilishiga aytiladi.

Lotin tilida 4 ta digraf bor. Har bir digrafda h harfi mavjud.



ch - digrafi [x] deb talaffuz qilinadi:

Chininum [xininum] - xinin

charta [xarta] – qog‘oz

ph - digrafi [f] deb talaffuz qilinadi:

pharmacologia [farmakologia] - farmakologiya

Morphinum [morfinum] - morfin

rh - digrafi [r] deb talaffuz qilinadi:

Rhamnus [ramnus] - tog‘jumrut

rhizoma [rizoma] - ildizpoya

th - digrafi [t] deb talaffuz qilinadi:

Mentha [ menta] - yalpiz

Thermopsis [termopsis]- termopsis.
Eslab qoling!
1. [f] tovushini lotincha sozlarda f harfi, yunonchadan otgan sozlarda ph digrafi, [t] tovushini lotincha sozlarda t harfi, yunonchadan otgan sozlarda th digrafi, [r] tovushini lotincha sozlarda r harfi, yunonchadan otgan sozlarda rh digrafi ifodalaydi.

2. Kimyoviy preparatlar nomlarida qollaniladigan yunoncha soz yasaydigan qoshimchalarning yozilishini eslab qoling:



-meth- (methylium) - metil

-aeth- (aethylium) - etil

-phen- (phenylium) - fenil

-thi (theion) - oltingugurt

-chlo(r)- (chlorum) – xlor.
Mashqlar
1. So‘zlarni o‘qing va o‘qilish qoidalarini tushuntiring.

Charta, Arachis, Rheum, Quercus, aether, diphthericus, lingua, solutio, camphora, Glycyrrhiza, haemostaticus, Norsulfazolum, praecipitatus, cochlear, Chamomilla, Equisetum, Mentha, aqua, axungia, extractum, scatula, mel, unguentum.



2. So‘zlarni o‘qing va ularning transkripsiyasini yozing.

Althaea, Chlortetracyclinum, therapia, Synoestrolum, rhizoma, Phosphorus, majalis, Terebinthina, Helianthus, coquo, frictio, Ephedra, Schizandra, Kalanchoё, saccharum, Zea mays, Ichthyolum, charta, Thea, rheum, Juglans, Soluthizonum.



3. C harfi [s] tovushini ifodalovchi so‘zlarni topib yozing.

Carbo, cytologia, cito, Cucurbita, calor, Citrus, bacca, baccae, decoctum, cera.



4.Quyidagi so‘zlarni o‘qing va s harfining [z] tovushidek o‘qilishini

tushuntiring.

Anisum, dosis, usus, Vaselinum, narcosis, mensura, gargarisma, suasor,

plasma.

5. Quyidagi so‘zlarni o‘qing va ularning transkripsiyasini yozing.

Hypermanganas, Streptomycinum, antipyreticus, anhydricus, hypothermia, Perhydrolum, Glycosidum, Amidopyrinum, injectio, decoctum, oxydum, hyperaemia, aquosus, mycosis, medicina, Hydrargyrum, Althaea, Belladonna, Mentholum, peroxydum.


3 -AMALIY MASHG`ULOT: So‘zlarning bo‘g‘inlarga bo‘linishi. Bo‘g‘inlarning

cho‘ziqlik va qisqalik qoidalari. Urg‘u
8-§. So‘zlarning bo‘g‘inlarga bo‘linishi
Lotin tilida o‘zbek tilidagidek so‘zlar bo‘g‘inlarga bo‘linadi. So‘zda qancha unli harf bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi.

Masalan: Сu-cur-bi-ta; Cha-mo-mil-la.

Tovushlar cho‘ziq va qisqa talaffuz qilinadi. Tovushning cho‘ziqligi harf

ustiga to‘g‘ri chiziqcha, qisqaligi esa yarim oy shaklidagi belgi qo‘yib belgi-

lanadi: ā ă, ō ŏ ē ĕ.

Tovush va bo‘g‘inlarni uzun yoki qisqaligini to‘g‘ri aniqlay bilish urg‘uni

( ' ) qo‘yish uchun kerak.

Cho‘ziq unli tovushli bo‘g‘in - cho‘ziq bo‘g‘in, qisqa unli tovushli bo‘-

g‘in - qisqa bo‘g‘in hisoblanadi.


9-§. Bo‘g‘inlarning cho‘ziqlik va qisqalik qoidalari; Cho‘ziqlik qoidasi
1. Agar bo‘g‘inda diftong bo‘lsa, o‘sha bo‘g‘in doimo cho‘ziq bo‘ladi:

Cratāēgus

2. Agar unli harf ikki yoki undan ortiq undosh harflar oldida kelsa, shu bo‘-

g‘in cho‘ziq o‘qiladi:

tabulētta

3. x yoki z undosh harflari oldida kelgan unli tovush cho‘ziq o‘qiladi:

Glycyrrhīza

4. in, ur, at, ar, ut, os, al qo‘shimchali bo‘g‘inlar cho‘ziq o‘qiladi:

vitamīnum, tinctūra, nitrātis, gelatinōsis.

Qisqalik qoidasi
1. Unli harf oldidan unli harf kelsa, bu bo‘g‘in qisqa o‘qiladi:

injectĭo

2. Digraflar oldida kelgan unli harf qisqa o‘qiladi:

Arăchis


3. ol, ul, ib, id, il harf birikmalari bo‘lgan bo‘g‘in qisqa o‘qiladi:

fluĭdus, pilŭla, solubĭlis

4. b, p, d, t, harflari r yoki l harflari bilan birikib kelganda bu harf birik-

malaridan oldin turgan unli harf qisqa o‘qiladi:

Ephĕdra, vertĕbra

5. h harfi oldida kelgan unli qisqa talaffuz qilinadi:

extrăho.

10-§. Urg‘u

Lotin tilida urg‘u so‘zning oxiridan ikkinchi bo‘g‘ini cho‘ziq bo‘lsa, o‘sha bo‘g‘inning unli tovushiga tushadi. Agar so‘zning ikkinchi bo‘g‘ini qisqa bo‘lsa, urg‘u so‘zning oxiridan uchinchi bo‘g‘indagi unli tovushga tushadi.

ex – trác-tum

ver - těb - ra

co - la - tú - ra

pí - lŭ – la.


Ikki bo‘g‘inli so‘zlarda urg‘u hamisha so‘zning ikkinchi bo‘g‘iniga tushadi.

cí-to.


Mashqlar

1. So`zlarni bo`g`inlarga bo`ling va urg`u qo`ying.

Emplastrum, cella, barium, mixtio, oleum, Tormentilla, folium, saccharum, Oxycoccus, ampulla, bacterium, intravenosus, solutio, scatula, Foeniculum, pharmacopoea,milligramma, tinctura, Potentilla, spiritus, Convallaria, extraho, gargarisma, linimentum, decoctum, acidum, medicina, bulbus.



2. Quyidagi sozlarni urgu qoidasiga rioya qilib oqing.

Suppositorium, magister, Ephedra, sirupus, butyrum, Eucommia, Betula, aqua, Frangula, globulus,Oryza, Althaea, injectio, Penicillinum, amylum, vitaminum, Belladonna, unguentum, tabuletta, aquosus, signatura.



3 .Urg`u qoidasiga binoan quyidagi jadvalni to`ldiring.








So`zning oxiridan ikkinchi bo`g`inga qo`yiladi

So`zning oxiridan uchinchi bo`g`inga qo`yiladi














4-AMALIY MASHG`ULOT: So‘z turkumlari. Fel. Fel negizi. Fellarning buyruq mayli

11-§. So‘z turkumlari

So‘zlarning ma‘no va grammatik jihatdan o‘hshashliklariga ko‘ra ayrim leksik-grammatik turlarga bo‘linishi natijasida hosil bo‘lgan guruhlarga so‘z turkumi deyiladi.

Lotin farmatsevtika atamashunosligida (terminologiyasida) quyidagi so‘z turkumlari ishlatiladi4:

1. substantivum – ot

2. adjectivum –sifat

3. pronomen – olmosh

4. numerale – son

5. verbum – fe‘l

6. adverbium – ravish

7. praepositio – old qo‘shimcha (ko‘makchi)

8. conjunctio – bog‘lovchi

9. interiectio – undov

10. particula – yuklama
12-§. Fe’l
Predmetning ish - harakatini ifodalovchi so‘z turkumiga fe’l deb ataladi. Lotin tilida fe’l o‘zbek tilidagidek shaxs-son, zamon va mayl bilan tuslanadi.

Lotin tilida fe’llar to‘rtta turda tuslanadi. Noaniq shaklda:



I tuslanishdagi fe’llar - āre qo‘shimchasiga ega:

dāre - bermoq



II tuslanishdagi fe’llar cho‘ziq -ēre qo‘shimchasiga ega:

miscēre - aralashtirmoq



III tuslanishdagi fe’llar qisqa -ĕre qo‘shimchasiga ega:

solvĕre - eritmoq



IV tuslanishdagi fe’llar -īre qo‘shimchasiga ega:

audīre - eshitmoq.

Lotin tilida fe’llarning ikkita nisbati bor:

genus activum – aniqlik nisbati

genus passivum – majhullik nisbati.

Lotin tilida fe’llar ikkita songa ega:



numerus singularis – birlik son

numerus pluralis – koplik son.
Mashq

1. Quyidagi fe’llarni tuslanishiga ko`ra guruhlarga ajratib yozing.

Adděre, audīre, miscĕre, curāre, extendĕre, colāre, finīre, formāre, recipěre, dāre, continēre, vertĕre, servāre.



13-§. Fe’lning lug’at shakli
Lug’atda fe’l hozirgi zamon I shaxsda -o qo’shimchasi bilan to’liq yoziladi. Keyin fe’l noaniq shaklining oxirgi uchta harfi yoziladi va fe’lning tuslanishi raqam bilan ko’rsatiladi.

Masalan: signo, āre - I tuslanish

misceo, ēre – II tuslanish

divido, ĕre – III tuslanish

audio, īre – IV tuslanish




Tuslanish

Hozirgi zamon

I shaxs

Fe’lning noaniq

shakli

I

signo

signare

II

misceo

miscere

III

recipio

recipere

IV

audio

audire



14-§. Fe’l negizi
Fe’llarning negizini aniqlash uchun I, II, IV tuslanishdagi fe’llarning noaniq shaklidan -re qo‘shimchasini, III tuslanishdagi fe’llarning noaniq shaklidan -ĕre qo‘shimchasini olib tashlash kerak.


Tuslanish

Fe’lning noaniq shakli

Fe’l negizi

I

dare

da

II

miscere

misce

III

recipere

recip

IV

audire

audi


Mashq
2. Fe’llarning negizini aniqlang.

extendĕre, finire, addĕre, miscēre, sterilisare, recipĕre, studĕre, formare, lini-

re, filtrare.

Namuna:


Fe’l

Tuslanish

Negizi

colare

I

cola


15-§. Buyruq mayli
Buyruq mayli buyurish, so‘rash kabi ma’nolarni ifodalab, odatda ikkinchi shaxsga qaratilgan bo‘ladi. I,II,IV tuslanishdagi fe’llarning buyruq mayli birlikda fe’l negizidan iborat; III tuslanishdagi fe’lning buyruq maylini hosil qilish uchun fe’l negiziga - e harfi qo‘shiladi.

Tuslanish

Fe’lning noaniq

shakli

Fe’l negizi

Buyruq mayli birlik son

I

dare

da

Da-бер!

II

miscere

misce

Misce-аралаштир!

III

solvere

solv

Solve – эрит!

IV

audire

audi

Audi – эшит!

Buyruq mayli ko‘plik sonini hosil qilish uchun I,II,IV tuslanishdagi fe’l-

larning fe’l negiziga -te qo‘shimchasini, III tuslanishdagi fe’llar negiziga



-ite qo‘shimchasini qo‘shish kerak.



Turlanish

Fe’lning noaniq shakli

Fe’l negizi

Buyruq mayli

ko`plik soni

I

dare

da

Date- bering!

II

miscere

misce

Miscete-aralashtiring!

III

solvere

solv

Solvite – eriting!

IV

audire

audi

Audite- eshiting!



Mashq

3. Quyidagi fe’llarning buyruq maylini hosil qiling.

Destillare, miscĕre, extenděre, finire, formare, recipĕre, addĕre, signare.

Namuna:


Fe’l

Tuslanish

Negiz

Buyruq mayli










birlik

ko‘plik

dare

I

da

da

date



16-§. Quyidagi fe’llarni yod oling!
I tuslanish

dare - bermoq

depurare - tozalamoq

filtrare - suzmoq, tinitmoq

sterilisare - sterilizatsiya qilmoq

colare - suzmoq

formare - tashkil etmoq

destillare - distillyatsiya qilmoq

signare - belgilamoq

servare - saqlamoq

parare - tayyorlamoq

refrigerare – sovitmoq

conservare – saqlamoq

agitare – chayqatmoq



II-tuslanish

continere - saqlamoq, tutmoq

miscere - aralashtirmoq

adhibere - qabul qilmoq, ishlatmoq

valere - so‘g bo‘lmoq

salvere - so‘g bo‘lmoq



III-tuslanish

recipere - olmoq

extendere - surtmoq

addere - qo‘shmoq

solvere - eritmoq

vertere - aylantirmoq, buramoq, o‘girmoq

concidere - kesmoq, qirqmoq

coquere - qaynatmoq

ponere - solmoq, yetkazib qo‘ymoq

sumere - qabul qilmoq, dori ichmoq

repetere - takrorlamoq, qaytalamoq

dividere - bo‘lmoq, ajratmoq

contundere - tuymoq

extrahere - ajratib olmoq

vivere - yashamoq

infundere - quymoq

conspergere - sepmoq

IV-tuslanish

finire - tamomlamoq

linire - surtmoq

audire - eshitmoq



Mashqlar

Quyidagi zanjirda berilgan beshta fe`lni toping va ularni o`zbek tilidagi

tarjimasi yoniga yozing.
S I G N A R E P E T E R E X T E N D E R E X T R A H E R E F R I G E-

R A R E
takrorlamoq ____________


ajratib olmoq ____________
belgilamoq ____________
surtmoq ____________
sovitmoq ____________
5. Quyidagi harflar orasida berilgan yigirmata fe`lni toping va o`zbek tiliga

tarjima qiling.
C O L A R E P E T E R E

O A P O N E R E X Z Y F

Q R V E R T E R E O F I

U C O N C I D E R E I N

E X T E N D E R E N M I

R E F R I G E R A R E R

E X T R A H E R E O D E

P A S I G N A R E I S V

A D A R E S U M E R E I

R D E S T I L L A R E V

A E D I V I D E R E D E

R R M I S C E R E T X R

E E D E P U R A R E Q E
6. Quyidagi so`zlarning antonimlarini toping.

Dare, miscere, addere, extrahere, coquere.


5-AMALIY MASHG`ULOT: Ot. Otlarning grammatik kategoriyalari. I - turlanishdagi otlar

17-§. Ot
Predmet nomini bildirib, kim? yoki nima? savollariga javob beradigan so‘z turkumiga ot deyiladi.

Lotin tilida otlar uchta rodga ega:



genus masculinum - mujskoy rod

genus femininum - jenskiy rod

genus neutrum - sredniy rod.
Lug‘atda otlar maxsus harflar bilan belgilanadi:

m - mujskoy rod

f - jenskiy rod

n - sredniy rod.
Lotin tilida otlar ikkita songa ega:

numerus singularis - birlik son

numerus pluralis - ko‘plik son.


Lotin tilida otlar beshta kelishik bo‘yicha turlanadi:

Casus Nominativus - bosh kelishik - kim? nima?

Casus Genetivus - qaratqich kelishigi - kimning? nimaning?

Casus Dativus - jo‘nalish kelishigi - kimga? nimaga?

Casus Accusativus - tushum kelishigi - kimni? nimani?

Casus Ablativus - chiqish kelishigi - kimdan? nimadan?
Otlar lotin tilida beshta turlanishga bo‘linadi. Turlanish turi qaratqich kelishigi (Genetivus Singularis)ning birlik sonidagi qo‘shimchasi yordamida aniqlanadi. Turlanishlarning qaratqich kelishik birlik sonidagi qo‘shimchalarini eslab qoling:


TURLANISH

Gen. Sing. qo‘shimchalari

I

ae

II

i

III

is

IV

us

V

ei

Otlar turlanishlar bo`yicha quyidagicha taqsimlanadi:

Jenskiy rod
I turlanish
II turlanish
Mujskoy rod

Sredniy rod


Mujskoy rod

Jenskiy rod

Sredniy rod


III turlanish

Mujskoy rod

Sredniy rod


IV turlanish


Jenskiy rod



V turlanish
Lug‘atda otlar bosh kelishik, birlik sonda yoziladi, keyin qaratqich kelishigining birlik qo‘shimchasi va rodi ko‘rsatiladi:

gutta, ae, f – I turlanishdagi ot

globulus, i, m – II turlanishdagi ot

decoctum, i, n – II turlanishdagi ot

flos, is, m – III turlanishdagi ot

dosis, is, f – III turlanishdagi ot

usus, us, m – IV turlanishdagi ot

res, ei, f – V turlanishdagi ot.
Otlar kelishiklar bo‘yicha turlanganda ot negiziga kelishik qo‘shimchalari qo‘shiladi. Otning negizini topish uchun qaratqich kelishik birlik soni shakli-dan kelishik qo‘shimchasini olib tashlash kerak:


Turlanish

Nom. Sing.

Gen. Sing.

Negizi

I

gutta

guttae

gutt

II

sirupus

sirupi

sirup

III

liquor

liquoris

liquor

IV

fructus

fructus

fruct

V

species

speciei

speci



Eslab qoling!

Lotin farmatsevtika atamashunosligida dorivor o‘simliklar va dori preparatlarining nomi bosh harf bilan yoziladi.

Valeriana, ae, f

Analginum, i, n.


Mashqlar
1.Quyidagi otlarni o‘qing va ularni rodini aniqlang.

Papaverinum, n; percolatio, f; hepar, n; fructus,m; Plantago,f; Cina, f; pulvis, m; gemma, f; atrium, n; nota, f; provisor, m; antidotum, n; apis, f; Triticum, n; planta, f; patria,f.



2.Quyidagi otlarning turlanishini va rodini ayting.

decoctum,i,n; charta,ae,f; species,ei,f; numerus,i,m; quercus,us,f; cera, ae, f; folium, i,n; carbo, is,m; cornu,us,n; stigma, is, n.



3. IV turlanishdagi otlarni toping.

1) aqua, ae, f 5) gelu, us, n

2) spiritus, us, m 6) vertebra, ae, f

3) succus, us, m 7) res, ei, f

4) oleum, i, n 8) fructus, us, m

4. Jenskiy roddagi otlarni ko`rsating.

1) Oryza, f 4) sorbus, f

2) os, n 5) hortus, m

3) manus, f 6) Salep, n



5. II turlanishidagi otlarni ko`rsating.

1) globulus, i,m 4) morbus, i,m

2) habitus, us,m 5) exitus, us,m

3) sirupus,i, m 6) succus, i,m



6. II turlanishdagi sredniy roddagi otlarni ko`rsating.

1) Magnolia, ae, f 5) decoctum, i, n

2) Ferrum, i, n 6) ampulla, ae, f

3) aegrotus, i, m 7) Secale, is, n

4) cornu, us, n 8) acidum, i, n

7. Quyidagi Genetivus Singularisda berilgan otlarni ko`chirib yozing,

negizini toping va turlanishini ko`rsating.

Guttae, dosis, infusi, usus, emplastri, decocti, officinae, carbonis, gustus, scabiei.


Namuna:


Gen. Sing.

Negizi

Turlanishi

plantae

plant

I


8. Quyidagi otlarni turlanishlari va rodlari bo`yicha ustunlarga yozing.

Belladonna, ae, f; Iodum, i, n; tussis, is, f; herba, ae, f; cutis, is, f; Urtica, ae, f; glacies, ei, f; Linum, i, n; habitus, us, m; Oxycoccus, i, m; charta, ae, f; acus, us, f; remedium, i, n; diagnosis, is, f; acetum, i, n; dies, ei, f; hibes,is, n; species,ei, f.



Namuna:

Turlanishlari bo`yicha


I

II

III

IV

V

herba, ae, f

remedium, i, n

tussis, is, f

habitus, us, m

species, ei, f


Rodlari bo`yicha


M mujskoy rod

jenskiy rod

sredniy rod

herba, ae, f

tussis, is, f

remedium, i, n

18-§. I turlanishdagi otlar
I turlanishdagi otlarga bosh kelishik (Nominativus Singularis) da -a, qaratqich kelishigi (Genetivus Singularis)da -ae qo‘shimchasiga ega bo‘lgan jenskiy roddagi otlar kiradi.
I turlanishdagi otlarning kelishik qo‘shimchalari




Casus

Singularis

Pluralis

Nom.

a

ae

Gen.

ae

arum

Dat.

ae

is

Acc.

am

as

Abl.

a

is



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə