Toshkent farmasevtika instituti tillar kafedrasi farmatsevtik terminologiya



Yüklə 4,73 Mb.
səhifə1/29
tarix26.03.2018
ölçüsü4,73 Mb.
#34364
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI
TILLAR KAFEDRASI
FARMATSEVTIK TERMINOLOGIYA

fani bo`yicha
O`QUV – USLUBIY MAJMUA


Toshkent -2016
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI
TILLAR KAFEDRASI

TASDIQLAYMAN”



O`quv ishlari bo`yich

Prorektor S.U.Aliev

_______”_________ 2016



FARMATSEVTIK TERMINOLOGIYA

fani bo`yicha
O`QUV – USLUBIY MAJMUA

Mazkur o`quv – uslubiy majmua Toshkent farmatsevtika institutining 2016 yil _____ ______________ _____-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan o`quv reja va dastur asosida tayyorlandi.


Tuzuvchilar: N. S. Suyundikov

D. Q. Хudoyqulova

Sh. B. Matyusupova

T.B. Axmedova

Taqrizchi:

R. A. Berezovskaya- ToshPTI o`zbek, rus, lotin tillari kafedrasi katta o`qituvchisi

Isroilova M.N.-Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Tillar kafedrasi farmatsevtik terminologiya faniga mas’ul katta o’qituvchisi

O`quv – uslubiy majmua Tillar kafedrasi Ilmiy kengashining 2016 yil __________gadi ___-sonli qarori bilan tasdiqlandi.

MUNDARIJA


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 5

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI 5

TILLAR KAFEDRASI 5

I.ISHCHI DASTUR 6

III. fannI o`qitishda foydalaniladigan interfaol usullar. 22

KEYS-STADI INTERAKTIV TA’LIM METODI 26

Turlanish namunasi 37

38


Lotincha suffiks 53

Nom. 53

Gen. 53

Aralash tipdagi otlarning kеlishik qo`shimchalari 57

116-§. Quyidagi so‘z iboralarni eslab qoling! 59

117-§. Quyidagi yunon - lotin termin elementlarini yod oling! 59



Sifatdosh 62

IV. AMALIY MASHG`ULOT MAZMUNI 68

А а 68

Turlanish namunasi 82



Turlanish namunasi 94

Turlanish namunasi 97



Mg 145

Mn 145

Nom. 149

Gen. 149

Turlanish namunasi 154

Quyidagi so‘z iboralarini eslab qoling! 167

Aralash tipdagi otlarning kеlishik qo`shimchalari 170

112-§. Quyidagi so`z iboralarini eslab qoling! 171

VII. To‘g‘ri o‘qishni o‘rganing! 174

116-§. Quyidagi so‘z iboralarni eslab qoling! 175

117-§. Quyidagi yunon - lotin termin 175

elementlarini yod oling! 175

Sifatdosh 184

VIII. GLOSSARIY 222

IX.TESTLAR BANKI 232

VIII.ADABIYOTLAR RO‘YXATI 327




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI

TILLAR KAFEDRASI



Ro’yxatga olindi:

№____________

2016 yil “___”____


“TASDIQLAYMAN”

O`quv ishlari bo`yicha prorektor

S.U.Aliyev ______

“____” _______________2016y










FARMATSEVTIK TERMINOLOGIYA FANINING

ISHCHI O`QUV DASTURI

Bilim sohasi: 500000- Sog`liqni saqlash va ijtimoiy

ta`minot

Ta`lim sohasi: 510000 - Sog`liqni saqlash


Ta`lim yo’nalishi, 5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtika ishi)

mutaxassislik: 5510500 – Farmatsiya (Klinik farmatsiya)

5510500 – Farmatsiya ( Farmatsevtik tahlil)

5111000 – Kasb ta`limi (5510500 - Farmatsevtika ishi)

5510600 – Sanoat farmatsiyasi ( Farmatsevtik

biotexnologiya)

5510600 – Sanoat farmatsiyasi ( Dori vositalari)

5320500 – Biotexnologiya (Farmatsevtik

biotexnologiya)

5310901- Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot

sifati menejmenti (Dori vositalari)

Toshkent - 2016



  1. ISHCHI DASTUR



KIRISH

Mustaqil Rеspublikamiz hayotida tub burilishlar sodir bo`layotgan hozirgi pallada milliy ta'lim taqdiriga aloqador qator muammolar o`z yеchimini topmoqda. Oliy ta'lim tizimining shakli va mazmunida ro`y bеrayotgan yangilanish jarayoni alohida fanlarni o`ziga xos usullar vositasida o`qitishni talab etmoqda. Yurtimiz farzandlarining hur fikrli, bilimdon, kеng dunyoqarashli, yuksak ma'naviyatli shaxs sifatida voyaga yеtishi millatimiz kеlajagini bеlgilovchi muhim omildir.

“Ta'lim to`g`risidagi Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” kabi muhim hujjatlar qabul qilingandan so`ng, ularni hayotga tadbiq qilish uchun ta'lim sohasida qator vazifalar bеlgilandi. Ana shu munosabat bilan dastur, darslik va qo`llanmalarni, namunaviy va ishchi dasturlarni yangicha, xorijiy va zamonaviy talab asosida yaratish, talabalarni o`qitishda zamonaviy usullardan foydalanib dars o`tish zarurati tug`ildi.

Dastur mazmuni oliy ta`limning ilg`or talim texnologiyalari va podagogik mahorat, ta`lim jarayonlarida axborot – kommunikatsion texnologiyalarni qo`llash, tizsimli taxlil va qaror qabul qilishning asoslari, maxsus fanlar negizida ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o`quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari bo`yicha so`ngi yutuqlar, podagogning talabaga nisbatan kasbiy kompetentligi va kreativligi bo`yicha yangi bilim, ko`nikma va malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Farmatsevtik terminologiya - farmatsiya bilan bog’liq bo’lgan barcha fanlarga oid alohida terminologik tizimlardan iboratdir.

Terminologiya - bu kasb va fanni tashkil qiluvchi muhim qismlardan biridir. Bu haqida Lavuaz’ye o’zining "Kimyo to’g’risida asosiy fikrlar" nomli asarida: "Fanni terminologiyadan, terminologiyani fandan ajratib bo’lmaydi, chunki har bir tabiiy fan uchta narsa: uning mazmunini tashkil qiladigan bir qator faktlar, u keltirib chiqaruvchi tasavvurlar va ushbu tasavvurlar ifodalanigan terminlardan iborat "deb juda aniq qilib ko’rsatgan.

Asosiy farmatsevtik terminologiya deganda, umumiy terminologik masalalardan tashqari, farmatsevtik terminologiyaning ayrim bo’limlari botanik, kimyo, farmakologik va boshqa nomlarga tegishli bo’lgan maxsus masalalarni ham tushunish lozim. Bu yerga dorivor vositalar nomlarini yaratishda foydalaniladigan so’z yasovchi qo’shimchalarni o’rganish ham kiradi. Farmatsevtik terminologiyadagi nomlanishlar bilan umumiy ravishda tanishib chiqamiz.
FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI
“Farmatsevtik terminologiya faniningfanning maqsadi:

Toshkent Farmatsevtika instituti barcha yo`nalish 1- bosqich talabalariga farmatsevtik terminologiya fanini o’qitishning bosh maqsadi lotin tilidagi zamonaviy farmatsevtika atamalarini tushunib, savodli tarzda qo’llay oladigan mutaxassislarni tayyorlashdir. Bu tilining alifbo, fonetika, morfologiya, so’z yasovchi va leksik resusrlari qadimgi yunon tilining so’z yasovchi va leksik resurslari bilan birga tibbiy, farmatsevtik, botanik, mikrobiologiya va boshqa atamashunosliklarning, ularning baynalminalashishiga imkon bergan holda, to’ldirishda yetakchi rol o’ynashda davom etmoqda.

Dorivor moddalarning patentlanmagan deb ataluvchi xalqaro nomlari Butun Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotining nomlari lotin tilida berilgan. Dunyoning ko’pgina mamlakatlarida, shu jumladan, O’zbekistonda ham retsept qog’ozlari lotin tiliga asoslangan farmatsevtik termonologiyalarni qo`llagan holda yoziladi.

Bosh maqsadga yetishish uchun o’qitish farmatsevtika atamashunosligi asoslariga qaratilgan bo’lishi kerak. Bu tushuncha nazariy va til amaliyoti masalalarini o’z ichiga oladi.

Bu masalalar ishlab chiqarish (ta’lim) bilan kompleks – farmatsevtika atamashunosligining tarkibiga kiruvchi turli nomlar majmuidagi atamalarni qo’llash bilan bog’liq.
FAN BO’YICHA TALABANING BILIMI, KO`NIKMASI, MALAKASI VA KOMPETENSIYALARIGA QO’YILADIGAN TALABLAR
Farmasevtik terminologiya fani o’qitib bo’lingandan so’ng talabalar:

- dorishunoslik, dorivor vositalarni ishlab chiqarish va qo’llashdagi nomlarini o`qib

tushinish;

- o’simliklarning turi, navi, oilasining lotinch nomlarini yod olishadi va kelgusidagi

mutaxasisslik fanlarida qo`llash;

- farmatsevtik atamalarni o’qish va yozishni kabi bilimlarga ega bo`lishlari lozim;

- grammatika elementlarini bilishlari(turlanish tizimini, otning sifat bilan moslashuvini);

- retsept va farmasevtik atamalarni lug’atsiz tarjima qila olishlari;

- farmatsevtik nomlar mazmun prinsplariga muvofiq holda

ob’yektlarni atay bilishlari (ximik, botanik, farmakognostik);

- 1200 atrofdagi birlikdan iborat leksik minimumni xotirada uzoqroq

saqlay olishlari kerak.

Farmatsevtik terminlarni amaliyotda qo`llay olish ko`nikma va malakalarini egallashlari zarur.


FANNI O’QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
Ta’im jarayonida texnalogik yondashish talabalarni yanada keng qamrovli fikrlashga, mustaqil bilim olishga, o’qituvchi bilan hamkorlikda faol ishlashga da’vat etadi. Bu muommolarni yechishda ta’limning interaktiv usullaridan samarali foydalanish mumkin.

Ilg’or pedagogik texnologiyalarning juda ko’p usullari mavjud. Talabalarga farmatsevtik terminologiya fanini o’qitishda pedagogik texnologiyaning “aqliy hujum ”, klaster, muommoli mashqlar, algoritm va sxemalar asosida dars o’tilganda talabalarning darsda faol ishtirok etishi, qiziqib ishlashi, bilimni yaxshi o’zlashtirib olishi, o’z imkoniyatlaridan to’liq foydalanishi mumkin.



Shaxsga yo’naltirilgan ta'lim. Bu ta'lim o’z mohiyatiga ko’ra ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta'limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kеlgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kеlib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

Tizimli yondoshuv. Ta'lim tеxnologiyasi tizimning barcha bеlgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta'lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intеnsivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta'limni ifodalaydi.

Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z- o’zini faollashtirishi va o’z- o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta'limni tashkil etish. Dеmokratik, tеnglik, ta'lim bеruvchi va ta'lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e'tiborni qaratish zarurligini bildiradi.

Muammoli ta'lim. Ta'lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta'lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob'еktiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialеktik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta'minlanadi.

Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash - yangi kompyutеr va axborot tеxnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.



O’qitishning usullari va tеxnikasi. Amaliy mashg`ulot (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta'lim, kеys-stadi, pinbord usullari, amaliy ishlar.

O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o`rganishga asoslangan frontal, kollеktiv va guruh.

O’qitish vositalari: o’qitishning an'anaviy shakllari (darslik, o`quv – uslubiy qo`llanma) bilan bir qatorda – kompyutеr va axborot tеxnologiyalari.

Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan opеrativ tеskari aloqaga asoslangan bеvosita o’zaro munosabatlar.

Tеskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, orali va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari: amaliy mashg’uloti bosqichlarini bеlgilab bеruvchi tеxnologik karta ko’rinishidagi amaliy mashg’ulotlarini rеjalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va talabaning birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Monitoring va baholash: amaliy mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rеjali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida tеst topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida talabalarning bilimlari baholanadi.
FANNING O`QUV REJADAGI BOSHQA FANLAR BILAN BOG`LIQLIGI VA UZVIYLIGI
Farmasevtik terminologiy fanini o’zlashtirish uchun talabalarning o’zbek, rus va chet tillari bo’yicha fonetika va morfologiya qismlari; kimyodan element, kislota, oksid va tuzlarning; botanikadan o’simliklar va botanik oilalar nomlari bo’yicha olingan bilimlari kerak bo’ladi.

Farmasevtik terminologiya fani bo’yicha 1- kursda egallagan bu ko’p qirrali farmatsevtik atamashunoslik asoslari mohiyati yuqori kurslarda keyinroq o’qitiladigan mutaxassislik fanlarida chuqurlashtiriladi, kengayadi va boyib boradi.


FANNING OLIY TA`LIMDAGI O`RNI
O’simliklarning turi, navi, oilasi va boshqa ma’lumotlari bo’yicha tasnifi Xalqaro botanika nomenklaturasida (nomenklatura – nomlanish) lotin tilida keltirilgan. Nomlarning berilish va qo’llanish qoidalari - Xalqaro botanika nomenklaturasi kodeksi tomonidan boshqariladi. Kodeksga muvofiq, xalqaro universallikka rioya qilish uchun, ilmiy nomlar bitta alifboning harflari bilan va bitta tilda yozilishi lozim. Barcha ilmiy nomlar lotin alifbosining harflari bilan yozilishi va lotin grammatikasining qoidalariga bo’ysunishi kerak.

Bo’lg’usi provizor o’simliklar to’g’risidagi ikkita fanni botanika (yunoncha botane-o't, o'simlik) va farmakognoziya (yunoncha -pharmakon+logos-bilim, ma'lumot)ni o’rganishi lozim. Botanika o’simliklarning tuzilishi (morfologiya va anatomiya)ni, farmatsiyaning asosiy fanlari majmuasiga kiruvchi farmakognoziya esa - dorivor o’simliklarning xom ashyosi, uning birlamchi qayta ishlangan mahsulotlari va dorivor o’simlik xom ashyosidan yangi dori preparatlarini yaratish imkoniyatlarini o’rganadi. Lotin tilidagi farmakognostik terminologiya – o’simlik a'zolari, o’simlik yoki hayvon mahsulotlari, shuningdek o’simliklarning xalqaro ilmiy nomlarini o’z ichiga oladi.

Farmatsevtik kimyo farmatsevtik fanlar orasida markaziy o’rinni egallaydi. U farmatsevtik fanlar o’rtasida o’ziga xos bog’lovchi bo’g’indir. Farmatsevtik kimyo dorivor moddalarning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlarini o’rganadi. Odatda, kimyoviy dorivor vositalarning nomlari Sof va amaliy kimyo Xalqaro kengashi tomonidan ishlab chiqilgan umumiy printsiplar bilan boshqariladi. Odatda ushbu ilmiy atamalar tuzilishi jihatidan uzun va murakkab bo’lganligi sababli, dorivor vositalarning yaratuvchilari qisqaroq nomlarni beradi, ushbu nomlarda kimyoviy tuzilishi, yoki farmakologik ta'siri, yoki ham u, ham bu belgilar aks etadi. Kimyoviy dorivor vositalarning nomlari ham lotin, ham milliy tilda beriladi. Masalan: Acidum nicotinicum - nikotin kislota, Kalii bromidium- kaliy bromid, Natrii thiosulfas - natriy tiosulfat, Cupri sulfas- mis sulfat, Spiritus aethylicus - etil spirti, Hexamethylentetraminum - geksametilentetramin, Trimecainum - trimekain, Riboflavinum-riboflavin, Furosemidum-furosemid, Phenazepanum-fenazepam va boshqalar.

Farmakologiya dorivor vositalarning va biologik faol moddalarning odam organizmi va hayvonlarga ta'sir ko’rsatishini o’rganadigan fandir. Bu fanni o’zlashtirib olishda talabalar dorilarning lotincha va ozbekcha nomlarini yaxshi oz’lashtirib olishlari kerak. Farmakologiyani o’rganishda reseptlarni lotin tilida yozib berish amaliyoti o’zlashtiriladi. Farmakoterapiya (farmacon+therapeia- davolash) jarayonida dorivor vositalarning organizmga ta'sir qilish xususiyatiga ko’ra dorivor vositalar farmakoterapevtik guruhlar bo’yicha tasniflanadi.



Masalan: anestetiklar (og’riq qoldiruvchilar), androgenlar (erkak jinsiy gormonlar preparatlari), antikoagulyantlar (qon ivishiga qarshi), gipertenziv preparatlar (qon bosimini tushiruvchi) va h.k. Shunday qilib, farmakologiya tibbiyot va farmatsiyani tushunish uchun muhim bo’lgan terminlar va minglab nomenklatura nomlarini qo’llaydi. Ularning tuzilishida yunoncha va lotincha so’zlar va so’z yasovchi qo’shimchalar sezilarli o’rin tutadi.

Farmatsevtik texnologiya kursida dori tayyorlashning nazariy asoslari va usullarini o’rganishda talabalar doimo dori shakllari va galen preparatlarining (tabulettae-tabletka, solutions-eritmalar, tincturae-nastoykalar va boshqalar) lotincha nomlaridan foydalanishlariga to’g’ri keladi. Bo’lg’usi texnolog lotin tilida yozilgan retseptni o’qiy olishi va tushunishi hamda dorivor preparatni tayyorlay olishi lozim. Dorixona muassasasida ishlaydigan provizor zamonaviy dorivor vositalar zaxirasi to’g’risidagi barcha zarur ma’lumotlarni bilishi, tegishli davlat organlari tomonidan ruxsat berilgan dorivor vositalarning doimo yangilanib turadigan ulkan ro’yxatidan xabardor bo’lishi shart. Bu degani, iste’molchilar og’zaki ravishda yoki retsept bilan dorixonaga murojaat qilishi bo’yicha turli dorivor vositalarning nomlariga ishi tushadi. Dorixonalarda (yunon.apotheke-ombor, saqlanadigan joy) nafaqat retseptlar bo’yicha yoki retseptsiz dorilar tayyorlanadi va beriladi, balki farmakoterapevtik samara, nomi turlicha bo’lib, ta’siri bir xil bo’lgan preparatlarni almashtirish imkoniyati to’g’risidagi ma’lumotlar beriladi. Ushbu mas’ul vazifani bajarish uchun provizor davolash masalalari bo’yicha zarur ma’lumotlarga ega bo’lishi va tegishli ravishda umumiy tibbiy terminologiyadan xabardor bo’lishi lozim.

Tibbiy-biologik terminlarning katta qismi kasalliklarning yuzaga kelishi va rivojlanishi, alohida patologik jarayonlar va holatlarni o’rganuvchi fan - patologiya (yunon. pathos - aziyat, kasallik) terminologiyasiga taalluqlidir. Patologiya terminlarining katta qismi yunon-lotincha tildan kelib chiqqan. Zamonaviy farmatsiya va tibbiyot bakteriyalar, zamburug’lar, bir hujayrali hayvonlar, viruslar, ya’ni mikroblar tuzilishi, biologiyasi, ekologiyasini o’rganuvchi fan - mikrobiologiya ma’lumotlariga murojaat qiladi. Ushbu mikroorganizmlarga bo’lgan qiziqish ikkita yo’nalishda-biotexnologik va farmakoterapevtik yo’nalishda rivojlanadi. Biotexnologiya (yunon. bios-hayot, techne-san’at, logos-fan) tirik organizmlarda kechayotgan biologik jarayonlarni o’rganish asosida inson uchun zarur bo’lgan qimmatli mahsulotlar, shu jumladan dorivor vositalarni olish uchun ushbu jarayonlarni, shuningdek bioob’ektlarning (bakteriyalar, viruslar, zamburug’lar va boshqalar) o’zidan foydalanuvchi bilimlar sohasidir. Tibbiy biotexnologiya bioob'ektlar va ularning qayta faoliyati mahsulotlaridan foydalangan holda profilaktik, diagnostik va dori preparatlarni yaratish bilan shug’ullanadi. Bunga birinchi navbatda antibiotiklar, vaktsinalar, vitaminlar, gormonlar, qon preparatlari va boshqalarni yaratish va ishlab chiqarish kiradi.

Bo’lajak provizorga mikrobiologiya kursini o’rganish vaqtida, ilmiy adabiyotni o’qishda mikrob nomlari bilan to’qnashishga to’g’ri keladi. Ushbu nomlar tasdiqlangan klassifikatsiyaga muvofiq "Bakteriyalar nomenklaturasining xalqaro kodeksi" bilan boshqariladi. Mazkur nomenklaturaga kiritilgan nomlar lotin tilida xalqaro qo’llanish uchun ruxsat berilgan. Masalan: Escherichia coli- ichak tayoqchasi, Enterobacteriaceae oilasi (ichak bakteriyalari).

Dunyo tillarining internatsional lug’at fondida, shu jumladan o’zbek tilida latinizmlar katta o’rin egallaydi: institut, fakultet, rektor, dekan, professor, dotsent, laborant, dissertant, audotoriya, kredit, kurs, prokuror, kongres, yurist, konservatoriya, valeriana, monument, repetitsiya, repetitor, observatoriya, progress va boshqalar.

FAN BO`YICHA SOATLAR TAQSIMOTI:






Modul mavzulari





Auditoriya o`quv yuklamasi

Mustaqil ta`lim

Jami

жумладан

Amaliy mashg`ulot

1.

Farmatsevtik terminologiya: Lotin tili alifbosi. Unli harflar.”Y” harfining qo`llanilishi. Diftonglar. Undosh harflar

2

2




2.

Harf birikmalari va qo‘sh undoshlarning o‘qilishi. Digraflar.

2

2




3

So`zlarning bo`g`inlarga bo`linishi.Urg`u

2

2




4

Morfologiya. So`z turkumlari. Fе'l. Fе'llarning buyruq mayli

2

2




5

Ot. Otlatning Grammatik kategoriyalari.

I turlanishdagi otlar



8

2

6

6

Aniqlovchi. Moslashgan va moslashmagan aniqlovchilar. Moslashmagan aniqlivchili terminlarni tarjima qilish. Yunon tilidan kirib kelgan birinchi turlanishga kirivchi otlarning turlanishi. Predlog va boqlovchilar.

2

2




7

Rеtsеpt. Rеtsеptning tuzilishi. Aniqlik va majhullik nisbatlari.

8

2

6

8

OB.II turlanishdagi otlar. Mujskoy va rod jеnskiy roddagi otlar.

2

2




9

II turlanishdagi srеdniy roddagi otlar

2

2




10

Yunon – lotin termin (atama) elementlari.

2

2




11

Dorivor prеparatlarning nomlanishi. Fе'lning shart mayli. Fiat (fiant) fe`llarining retseptlarda qo`llanilishi.

8

2

6

12

Dorivor vositalarning nomenklaturasi

2

2




13

Dorivor prepratlaga trivial nomlarni berish qoidalari

2

2




14

V tipik guruh. Dorivor vositalarning savdo nomlari

9

2

7

15

Murakkab dorivor preparatlarning nomlanishi

2

2




16

Sifat. I - II turlanishdagi sifatlarni I-II turlanishdagi otlar bilan moslashuvi

2

2




17

Dorivor preparatlarni ko`p bo`lakli nomlarida sifatlarni qo`llanilishi.

2

2




18

Farmatsevtik terminlar, tez-tez takrorlanadigan bolaklar, va retseptlarni tarjima qilish

2

2




19

Botanik nomenklaturada sifatlarning ishlatilishi

2

2




20

Vaksinalar, zardoblar va anatoksinlar nomida sifatlarning ishlatilishi

2

2




21

Majhullik nisbatidagi otgan zamon sifatdoshi

2

2




22

VI tipik guruh. Kimyoviy nomenklatura. Kimyoviy elementlar, kislotalar va oksidlarning lotincha nomlari

2

2




23

Tuzlar nomi.

8

2

6

24

III turlanishdagi otlar. Undosh tip. Undosh tipdagi mujskoy roddagi otlar. I -II turlanishdagi sifatlarning III turlanishdagi undosh tipdagi mujskoy roddagi otlar bilan moslashuvi

2

2




25

III turlanishdagi otlar. Undosh tipdagi jеnskiy roddagi otlar. I -II turlanishdagi sifatlarning III turlanishdagi undosh tipdagi jenskiy roddagi otlar bilan moslashuvi

2

2




26

III turlanishdagi otlar. Undosh tipdagi srеdniy roddagi otlar. I -II turlanishdagi sifatlarning III turlanishdagi undosh tipdagi sredniy roddagi otlar bilan moslashuvi

8

2

6

27

Aralash tipdagi otlar

2

2




28

Unli tipdagi otlar. I -II turlanishdagi sifatlarning III turlanishdagi unli tipdagi otlar bilan moslashuvi.Yunon - lotin termin elementlari

2

2




29

III turlanishdagi sifatlar

2

2




30

Aniq nisbatdagi hozirgi zamon sifatdoshi.Murakkab retsept tarkibiga kiruvchi moddalar

8

2

6

31

Farmatsevtik termin va retseptlarni tarjima qilish

2

2




32

IV va V turlanishdagi otlar

2

2




33

Retseptlarda so‘zlarni qisqartirish

2

2




34

Farmatsevtik termin va retseptlarni tarjima qilish

8

2

6

35

Sifat darajalari. Qiyosiy va orttirma darajadagi sifatlar

2

4




36

Son. Sanoq va tartib sonlar

2










Жами:

121

72

49


NAZARIY MASHG`ULOTLAR MAZMUNI
Farmatsevtik terminologiyaga kirish. Fonеtika. Lotin alifbosi. Lotin tilining harf va tovushlari. Unli va undosh harflar, diftong, digraf, harf birikmalarini o`qishdagi o`ziga xosliklar.

Tovushlarning cho`ziq va qisqaligi. Ba'zi suffikslardagi tovushlarning cho`ziq va qisqaligi. Urg`u qoidalari.



Morfologiya. Otning grammatik katеgoriyalari: rod, son, kеlishik, turlanish. Kеlishiklarning lotincha nomlari. Otning bеshta turlanishi. Har bir turlanishning asosiy bеlgisi. Otlarning lug`at shakli.

Otlarning birinchi turlanishi. I turlanishdagi otlarning lug`at shakli. I turlanishdagi kеlishik qo`shimchalari. Yunoncha kеlib chiqqa -ё ga oid otlar (faqat lug`at shaklida).

Otlarning ikkinchi turlanishi. II turlanishdagi otlarning asosiy bеlgisi. Lug`at shakli. Kеlishik qo`shimchalari.

Srеdniy rod otlari turlanishining o`ziga xosliklari.

Dorivor vositalar nomlarining rod va turlanishi haqidagi qoidalar.

II turlanishdagi jеnskiy rod haqidagi istisno. -us ga tugaydigan daraxt nomlarining rodi.

Otlarning uchinchi turlanishi. III turlanishdagi otlarning uch turga bo`linishi: undosh, unli va aralash. Undosh turning, unli turning va aralash turning bеlgilari. Asosiy (undosh) turning kеlishik qo`shimchalari. Unli va aralash tur kеlishik qo`shimchalarining o`ziga xosliklari.

Mujskoy rod otlarining bеlgilari va roddagi istisnolar.

Jеnskiy rod otlarining bеlgilari va roddagi istisnolar.

Srеdniy rod otlarining bеlgilari va roddagi istisnolar.

Otlarning to`rtinchi turlanishi. IV turlanishdagi otlarning asosiy bеlgisi. Lug`at shakli. Kеlishik qo`shimchalari. Rodni aniqlash. Rod haqidagi qoidadan istisno.

Otlarning bеshinchi turlanishi. V turlanishdagi otlarning asosiy bеlgisi. Ularning rodi. Lug`at shakli. Kеlishik qo`shimchalari.



Sifat. Sifatning grammatik katеgoriyalari: rod, son, kеlishik, turlanish.

Otlarning sifat bilan moslashuvi.

Sifatlarning ikki xil guruhi va xaraktеrli bеlgilari.

I va II turlanishdagi sifatlar birinchi guruhdir. 1-guruh sifatlarining rod qo`shimchalari.

Lug`at shakli.

III turlanishdagi sifatlar ikkinchi guruhdir.

2-guruh sifatlarini bitta, ikkita va uchta qo`shimchali sifatlarga bo`linishi. Ularning lug`at shakli.

III tur bo`yicha sifatlarning turlanishi.


Kimyoviy nomlar majmui.
Muhim kimyoviy elеmеntlarning lotincha nomlari. Kislotalarning nomlari. Oksid va tuzlarning xalqaro lotincha nomlaridagi suffikslar. Nordon tuzlarning nomi. Asosiy tuzlar, natriy va kaliy tuzlarining nomlari.

Rеtsеpt. Rеtsеptlarni yozish qoidalari va rеtsеptning tuzilishi. Rеtsеpt qatoridagi grammatik bog`liqlikning modеli. Turli dorivor shakllarning, jumladan, tablеtka va shamchalarni dorivor shaklini ko`rsatgan holda tushum kеlishigida yozilishining o`ziga xosliklari.

Yo`l qo`yiladigan va yo`l qo`yilmaydigan rеtsеpt qisqartmalari.

Asosiy rеtsеpt qisqartmalari.

Rеtsеptning standart ifodasi va undagi qisqartmalar.


O`QITISH SHAKLLARI
Fanni o‘zlashtirish jarayonida pedagogik jarayonni jadallashtirish maqsadida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, axborot vositalari, kompyuter, internet tizimidan foydalaniladi. Amaliy mashg`ulotlar ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalangan xolda savol-javob tarzida, talabalarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish, zamonaviy farmatsiya fanlari muammolariga doir keyslar tuzish, ulardan amaliyotda qo‘llash bilan tizimli , faoliyatga yo‘naltirilgan va dialogik yondoshuv, hamkorlikda, keys-stadi va muammoli ta’lim asosida olib boriladi.

Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar o‘rganilayotgan muammo echimlari bo‘yicha taklif berish, eshitish, shartli tasvirini tuzish va ma’lumotlarni taqdim qilish, eshitish va muammolar echimini topish qobiliyatini rivojlantirish uchun bahs va munozaralar, blits-so‘rovlar yordamida amalga oshiriladi.



Baholash mezoni





Baholash turlari

qoniqarli

yaxshi

a`lo




Uy vazifasini bajarganlik

0.5

0.6

0.7




O`qish

05.

0.6

0.7




Leksik birlik

1

1.3

1.6




Ja`mi

2

2.5

3




Mustaqil ish topshiriqlari

5.6-7

7.1-8.5

8.6-10




Oraliq nazorat

6.7-8.4

8.5-10

10.3-12




Yakuniy nazorat

16.8-21

21.3-25.5

2.8-30


«Farmatsevtik terminologiya» fani bo`yicha katta o`qituvchi

2016/2017 o`quv yili uchun mo`ljallangan

Sпрямая соединительная линия 23ILLABUSI




Fanning qisqacha tavsifi

OTMning nomi va joylashgan manzili:

Toshkent farmatsevtika instituti

Oybek ko`chasi, 45

Kafedra:

TILLAR KAFEDRASI

“Sanoat farmatsiyasi” fakulteti tarkibida


Ta’lim sohasi va yo`nalishi:

5510500 –Farmatsiya (Farmatsevtika ishi)

5510500 –Farmatsiya (Klinik farmatsiya)

5510500 –Farmatsiya ( Farmatsevtik tahlil)

5111000 –Kasb ta`limi (5510500 - Farmatsevtika ishi)

5510600 –Sanoat farmatsiyasi (Dori vositalari) 5320500 –Biotexnologiya (Farmatsevtik biotexnologiya)

5310901-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (Dori vositalari)



Toshkent farmatsevtika instituti bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo`ljallangan


Fanni (kursni) olib boradigan o`qituvchi to`g`risida ma’lumot:

Suyundikov N.S. –Tillar kafedrasining katta o’qituvchisi

Matyusupova Sh.- Tillar kafedrasining katta o’qituvchisi

D.Q.Xudoyqulova- Tillar kafedrasi katta o’qituvchisi



e-mail:

hudoyqulova-1982@mail.ru




Dars mashg`ulotlarini o`tkazishning vaqti va joyi:

O`quv bo`limi tomonidan ishlab chiqilgan jadval asosida institut o`quv binolarida

33,34,39-xonalar



Kursning boshlanishi va davom etish muddati:

Bakalavriat ta’lim yo`nalishi o`quv rejasiga muvofiq 1 /2 semestrda

Individual grafik asosida professor-o`qituvchining talabalar bilan ishlash vaqti:




Fanga ajratilgan o`quv soatlarining o`quv turlari bo`yicha taqsimoti

Auditoriya soatlari

72/54

Mustaqil ta’lim:

49/18

Ma’ruza:

-

Laborato-riya

-

Fanning boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi (prerekvizitlari):

“Farmakognoziya”, “Botanika ”, “Dori turlari texnologiyasi” “Farmatsevtik kimyo”

Fanning mazmuni

Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:

Fanni o‘qitishdan maqsad – tаlаbаlаrni tanlagan mutаxаssisligi bo`yichа o`quv rеjа аsоsidа bo`lаjаk prоvizоrlаrning farmatsevtik terminologiya asoslarini shakllantirish va sifаtini oshirishga qаrаtilgаn. Dаstur I va II sеmеstrgа mo`ljаllаngаn.

Fanning vazifasi - Sanoat farmatsiyasi fakultetida Farmasevtik terminologiyani o’qitishning bosh maqsadi lotin tilidagi zamonaviy farmatsevtika atamalarini tushunib, savodli tarzda qo’llay oladigan mutaxassislarni tayyorlashdir. Bu tilning alifbo, fonetika, morfologiya, so’z yasovchi va leksik resusrlari qadimgi yunon tilining so’z yasovchi va leksik resurslari bilan birga tibbiy, farmatsevtik, botanik, mikrobiologiya va boshqa atamashunosliklarning, ularning baynalminalashishiga imkon bergan holda, to’ldirishda yetakchi rol o’ynashda davom etmoqda.

Dorivor moddalarning patentlanmagan deb ataluvchi xalqaro nomlari Butun Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotining nomlari lotin tilida berilgan. Dunyoning ko’pgina mamlakatlarida, shu jumladan, O’zbekistonda ham retsept qog’ozlari lotin tilida yoziladi.

Bosh maqsadga yetishish uchun o’qitish farmatsevtika atamashunosligi asoslariga qaratilgan bo’lishi kerak. Bu tushuncha nazariy va til amaliyoti masalalarini o’z ichiga oladi.

“Farmatsevtik terminologiya” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

farmatsevtika atamashunosligining tarkibiga kiruvchi turli nomlar majmuidagi atamalarni qo`llay bilishi.

Farmasevtik terminologiya fani o’qitib bo’lingandan so’ng talabalar:



- lotin tilidagi atamalarni o’qish va yozishni bilishlari;

- grammatika elementlarini bilishlari(turlanish tizimini, otning sifat bilan moslashuvini);

- retsept va farmasevtik atamalarni lug’atsiz tarjima qila olishlari;

- lotin tilidagi nomlar mazmun prinsplariga muvofiq holda

ob’yektlarni atay bilishlari (ximik, botanik, farmakognostik);

- 2000 atrofdagi birlikdan iborat leksik minimumni xotirada uzoqroq

saqlay olishlari va ularni amaliyotda qo`llash ko`nikmalari

Farmasevtik terminologiya bo’yicha 1- kursda egallagan bu ko’p qirrali farmatsevtik atamashunoslik asoslari fani mohiyati yuqori kurslarda keyinroq o’qitiladigan mutaxassislik fanlarida chuqurlashtiriladi, kengayadi va boyitilib boradi. Talaba fandan olgan bilimlarni amaliyotda retsept va farmasevtik atamalarni, lotin tilidagi nomlar mazmun prinsplariga muvofiq holda element va dori nomlarini atay bilishlari (ximik, botanik, farmakognostik), leksik birliklarni retseptlarda qo`llay olish mаlаkаlаriga egа bo`lishi kеrаk.



Talabalar uchun talablar


Institutning odob-ahloq kodeksi talablarigi qat’iy rioya qilish, shuningdek:

-professor-o‘qituvchi auditoriga kirganida o‘tirgan joydan turib “Assalomu alaykum” deb kutib olish;

- uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yish;

- professor-o‘qituvchidan so‘ng dars mashg‘ulotiga kech kelgan talaba auditoriyaga kiritilmaydi;

- professor-o‘qituvchi va guruhdoshlarga qo‘pollik qilmaslik, so‘z talashmaslik, hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

- institut ichki tartib - intizom qoidalariga rioya qilish;

-kiyinish talablari (madaniyati) ga rioya qilish;

-mashg‘ulotlar vaqtida o‘qituvchining ruxsatisiz auditoriyadan chiqmaslik (umuman dars jarayonida auditoriyadan sababsiz chiqishga ruxsat berilmaydi);

- uy vazifasi va mustaqil ish topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;

- ko‘chirmachilik (plagiat) qilmaslik, qat’iyan man etiladi;

- darslarga qatnashish majburiy, sababsiz 3 (uch) va undan ortiq dars qoldirgan talaba keyingi mashg‘ulotlarga fakultet dekani ruxsati bilan kiritiladi;

- sababli dars qoldirilgan taqdirda, professor-o‘qituvchiga ma’lumotnoma (spravka) taqdim etish;

- har qanday holatlarda ham qoldirilgan darslar qayta o‘zlashtirilishi shart;

- ma’ruza va amaliyot darslariga oldindan tayyorlanib kelish va faol ishtirok etish;

- qo‘shimcha ravishda bajarilgan taqdimot, mustaqil ish, esse, referat, kreativ fikrlash darajasi, turli xil tadbirlar va ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etish;

- talabaga o‘z vaqtida bajarilmagan mustaqil ish, uy vazifasi, tartib – intizomi bo‘yicha choralar ko`rish;

- talaba reyting ballidan norozi bo‘lsa fan bo‘yicha nazorat turlari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 1 kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat qiladi va apellyasiya komissiyasi shu kunning o‘zida talabaning arizasini ko‘rib chiqib xulosa chiqaradi.


Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi


Professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, lekin oraliq, joriy va yakuniy baholash faqatgina institut hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi. Elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 20.00 gacha.

Fan mavzulari va unga ajratilgan soatlar taqsimoti:




Mavzular

Amaliy mashg`ulot

Mustaqil ta`lim

1

Farmatsevtik terminologiya: Lotin tili alifbosi. Unli harflar.”Y” harfining qo`llanilishi. Diftonglar. Undosh harflar

2




2

Harf birikmalari va qo‘sh undoshlarning o‘qilishi. Digraflar.

2




3

So`zlarning bo`g`inlarga bo`linishi.Urg`u

2




4

Morfologiya. So`z turkumlari. Fе'l. Fе'llarning buyruq mayli

2




5

Ot. Otlatning Grammatik kategoriyalari.

I turlanishdagi otlar



2

6

6

Aniqlovchi. Moslashgan va moslashmagan aniqlovchilar. Moslashmagan aniqlivchili terminlarni tarjima qilish. Yunon tilidan kirib kelgan birinchi turlanishga kirivchi otlarning turlanishi. Predlog va boqlovchilar.

2




7

Rеtsеpt. Rеtsеptning tuzilishi. Aniqlik va majhullik nisbatlari.

2

6

8

OB.II turlanishdagi otlar. Mujskoy va rod jеnskiy roddagi otlar.

2




9

II turlanishdagi srеdniy roddagi otlar

2




10

Yunon – lotin termin (atama) elementlari.

2




11

Dorivor prеparatlarning nomlanishi. Fе'lning shart mayli. Fiat (fiant) fe`llarining retseptlarda qo`llanilishi.

2

6

12

Dorivor vositalarning nomenklaturasi

2




13

Dorivor prepratlaga trivial nomlarni berish qoidalari

2




14

V tipik guruh. Dorivor vositalarning savdo nomlari

2

7

15

Murakkab dorivor preparatlarning nomlanishi

2




16

Sifat. I - II turlanishdagi sifatlarni I-II turlanishdagi otlar bilan moslashuvi

2




17

Dorivor preparatlarni ko`p bo`lakli nomlarida sifatlarni qo`llanilishi.

2




18

Farmatsevtik terminlar, tez-tez takrorlanadigan bolaklar, va retseptlarni tarjima qilish

2




19

Botanik nomenklaturada sifatlarning ishlatilishi

2




20

Vaksinalar, zardoblar va anatoksinlar nomida sifatlarning ishlatilishi

2




21

Majhullik nisbatidagi otgan zamon sifatdoshi

2




22

Mavzu: VI tipik guruh. Kimyoviy nomenklatura. Kimyoviy elementlar, kislotalar va oksidlarning lotincha nomlari

2




23

Tuzlar nomi.

2

6

24

III turlanishdagi otlar. Undosh tip. Undosh tipdagi mujskoy roddagi otlar. I -II turlanishdagi sifatlarning III turlanishdagi undosh tipdagi mujskoy roddagi otlar bilan moslashuvi

2




25

III turlanishdagi otlar. Undosh tipdagi jеnskiy roddagi otlar. I -II turlanishdagi sifatlarning III turlanishdagi undosh tipdagi jenskiy roddagi otlar bilan moslashuvi

2




26

III turlanishdagi otlar. Undosh tipdagi srеdniy roddagi otlar. I -II turlanishdagi sifatlarning III turlanishdagi undosh tipdagi sredniy roddagi otlar bilan moslashuvi

2

6

27

Aralash tipdagi otlar

2




28

Unli tipdagi otlar. I -II turlanishdagi sifatlarning III turlanishdagi unli tipdagi otlar bilan moslashuvi.Yunon - lotin termin elementlari

2




29

III turlanishdagi sifatlar

2




30

Aniq nisbatdagi hozirgi zamon sifatdoshi.Murakkab retsept tarkibiga kiruvchi moddalar

2

6

31

Farmatsevtik termin va retseptlarni tarjima qilish

2




32

IV va V turlanishdagi otlar

2




33

Retseptlarda so‘zlarni qisqartirish

2




34

Farmatsevtik termin va retseptlarni tarjima qilish

2

6

35

Sifat darajalari. Qiyosiy va orttirma darajadagi sifatlar


2




36

Son. Sanoq va tartib sonlar

2







жами

72

49




Talabalar bilimini baholash tizimi:


t/r

Nazorat turidagi topshiriqlarning nomlanishi

Maksimal yig‘ish mumkin bo‘lgan ball

JN va ON ballar taqsimoti




I. Joriy nazoratdagi ballar taqsimoti

60 ball







Ma’ruza mashg‘ulotlarda










1.

Talabaning amaliy mashg‘ulotlarda faolligi, muntazam ravishda uy vazifasini bajarishi tеz va xatosiz o`qiydi; lеksik birlikni yozishi, o`tilgan mavzuni tahlil qilishi va qo`llay olishi, darsda faol qatnashishi.

54

-

-

2.

Mustaqil ta’lim topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi (keys-stadilar, esse, referat, taqdimot va boshqa turdagi mustaqil ta’lim topshiriqlari)

6







II. Oraliq nazorat

20 ball







1.

Birinchi oraliq nazorat (laboratoriya mashg‘uloti o‘qituvchisi tomonidan qabul qilinadi)

5

Semestrning

12-haftasi






2.

Ikkinchi oraliq nazorat (laboratoriya mashg‘uloti o‘qituvchisi tomonidan qabul qilinadi)

5

Semestrning

25-haftalar oralig‘ida






III. Yakuniy nazorat

30 ball

Semestrning oxirgi ikki haftasida




Jami:

100 ball







Izoh: yakka tartibda va guruh bo‘yicha topshiriqlar quyidagicha bo‘lishi mumkin: keys-stadi, taqdimot, vaziyatli masalalar, variantlar asosida savol-javob.

Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichining namunaviy mezonlari:


T/r

Talabaning fanni o‘zlashtirish darajasi (bilim, malaka va ko‘nikma darajasi)

Ballar

A)

xulosa va qarorlar qabul qilish

86-100 ball




ijodiy fikrlay olish




mustaqil mushohada yurita olish




olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish




mohiyatini tushunish




bilish, aytib berish




tasavvurga ega bo‘lish

B)

mustaqil mushohada yurita olish

71-85 ball




olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish




mohiyatini tushunish




bilish, aytib berish




tasavvurga ega bo‘lish

V)

mohiyatini tushunish

55-70 ball




bilish, aytib berish




tasavvurga ega bo‘lish

G)

aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik

0-54 ball




bilmaslik




Asosiy adabiyotlar:

1.PhDr. Lenka Řitičková, MVDr. Pavel Brauner, Ph.D. Professional Latin for Pharmacists., BRNO 2014., ISBN 978-80-7305-736-7

2.Jusztina Nagy Jánossy, Zsuzsa Kiss,Mónika Krasznai and Gabriella Marschalkó., TEXTBOOK FOR STUDENTS OF PHARMACY., Department of Foreign Languages, University of Debrecen Medical and Health Science Center 2005

3.С. И. Назаркина, Л. И. Шпильчук, В.А. Доровских, Р. А. Анохина., “Фармацевтическая терминология и оформление латинской части рецепта” Благовещенск 2012.

4.М.Н. Чернявский «Латинский язык и основы фармацевтической терминологии» Москва «Медицина» 2007.

5.L.X.Bazarova, N.S. Suyundikov, X.X. Xolmatov. “Латинский язык”. Tashkеnt. 2010 yil.

6.L.X.Bazarova, N.S. Suyundikov, X.X. Xolmatov. Lotin tili. Toshkеnt. 2005 yil.

7.L.X.Bazarova, N.S. Suyundikov, X.X. Xolmatov. Lotin tili. Toshkеnt. 2003 yil.

8.L.X.Bazarova, N.S. Suyundikov. Lotin tili. Sanoat farmatsiyasi uchun Toshkеnt. 2011 yil.




Qo‘shimcha adabiyotlar:


1.Л.Х.Базарова, Н.С.Суюндиков. Ш.Б.Матюсупова. Методические разработка по развитию навыков перевода фармацевтических терминов и рецептов. Ташкент 2015.

2. L.X.Bazarova, N.S. Suyundikov, Sh.B. Matyusupova. Farmasevtik atama va reseptlarni tarjima qilish uchun uslubuy qo`llanma. Toshkеnt. 2013 yil.

3.Л.Х.Базарова, Н.С.Суюндиков. Ш.Б.Матюсупова. Латинский язык Учебно методическое пособие по направлению промышленная фармация. Toshkent 2013 y

4.L.X.Bazarova, N.S. Suyundikov. Lotin tili. Sanoat farmatsiyasi fakul`teti talabalari uchum uslubiy qo`llama Toshkеnt. 2009 yil.





Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə