Toshkent farmasevtika instituti tillar kafedrasi farmatsevtik terminologiya


Mashqlar 1. Quyidagi dorivor preparatlar nomini Nominativus Singularis va Genetivus



Yüklə 4,73 Mb.
səhifə12/29
tarix26.03.2018
ölçüsü4,73 Mb.
#34364
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29

Mashqlar
1. Quyidagi dorivor preparatlar nomini Nominativus Singularis va Genetivus

Singularis da lotin tiliga tarjima qiling.

Amidopirin, dermatol, novokain, kodein, fenobarbital, dibazol, rezerpin,

etazol, kofein.

2. Quyidagi otlarning rodini va kelishigini aniqlang.

1) succi 5) tincturae

2) bolus 6) aquarum

3) crystallorum 7) glucosa

4) folia 8) amylum

3. O‘zbek tiliga tarjima qiling.

Pasta Lassari, liquor Kastelliani, solutio Lugoli, species Zdrenko, balsamum Schostacovsky, solutio Ringer-Locke, tinctura Petrovi, unguentum Koncovi, unguentum Wilkinsoni.



4. Quyidagi dorivor preparatlarning nomini Gen. Sing. da yozing va o‘zbek

tiliga tarjima qiling.

Tetracyclinum, Flaminum, Riboxinum, Phytinum, Iodum, Trypsinum, Dimoestrolum, Myelosanum, Olivomycinum, Piperazinum, Cytarabinum, Ergotaminum.


45-§. Fe’llarning shart mayli
Retseptlarda fe’llarning buyruq mayli bilan bir qatorda shart mayli ham keng qo‘llaniladi.

Retseptlarda shart mayli III shaxs birlik va ko‘plik sonlarida ishlatiladi.



Masalan: Detur - Berilsin! Berilgan bo‘lsin.

Repetatur - Takrorlansin! Takrorlangan bo‘lsin!


46-§. Quyidagi so‘z va so‘z iboralarini yod oling!
Misceatur - Aralashtirilsin! Aralashtirilgan bo‘lsin.

Signetur - Bildirilsin! Bildirilgan bo‘lsin.

Detur - Berilsin! Berilgan bo‘lsin.

Repetatur - Takrorlansin! Takrorlangan bo‘lsin!

Sterilisetur - Sterilizatsiya qilinsin! Sterilizatsiya qilingan bo‘lsin.

Dentur tales doses numero . - Shunday dozalardan... (son)ta berilsin! Shunday dozalardan... (son)ta berilgan bo‘lsin.

quantum satis - keragicha.

47-§. “fiat, fiant “ fe’lining retseptlarda

qo‘llanilishi
Qaysi dori shaklini tayyorlash lozimligini retseptlarda ko‘rsatish kerak bo‘lsa, bu holda maqsadli ergash gap birlikda fiat, ko‘plikda fiant (hosil bo‘lsin, hosil qilinsin) fe’llari bilan birga ishlatiladi.

Masalan: Misce, ut fiat pasta. – Pasta hosil bo‘lguncha aralashtir.

Misce, ut fiant suppositoria. – Shamchalar hosil bo`lguncha

aralashtiring.Aralashtirib, shamchalar hosil qilinsin.

Mashqlar

5. Nuqtalar o‘rnini fiat yoki fiant fe’llari bilan to‘ldiring.

1. Misce, ut … pilulae.

2. Misce, ut … unguentum.

3. Misce, ut … linimentum.

4. Misce, ut … globuli.

5. Misce ut … suppositoria.

6. Misce, ut … mixtura.

7. Recipe massae pilularum quantum satis, ut … pilulae.



6. Nuqtalar o‘rniga mos keladigan qo‘shimchalarni qo‘yib, gaplarni yozing.

1. Misce, ut fiat unguent…

2. Recipe massae pilul… quantum satis ut fiant pilul…

3. Misce, ut fiant bacill…

4. Misce, ut fiant suppositori…

5. Misce, ut fiat suppositori…

6. Misce, ut fiat globul…

7. Misce, ut fiant globul…

8. Misce, ut fiat liniment…

7. Lotin tiliga tarjima qiling.

1. Surtma hosil bo‘lguncha aralashtir.

2. Aralashtirib, tayoqchalar hosil qilinsin.

3. Aralashtirib, shamchalar hosil qilinsin.

4. Mikstura hosil bo‘lguncha aralashtir.

5. Shunday dozalardan 10 (son)ta ampulalarda berilgan bo‘lsin.

6. 10(son)ta sharchalar hosil qilish uchun keragicha jelatin massasidan ol.

7. 30(son)ta hab dorilar hosil qilish uchun keragicha hab dori massa-sidan ol.



8. O‘zbek tiliga tarjima qiling.

tinctura Iodi, venena et antidota, antidotum metallorum, stilus Mentholi, suppositoria cum extracto Belladonnae, Lanolinum et Vaselinum.



9. Terminlarning shartli tasvirini tuzib, Nom. va Cen.da lotin tiliga tarjima

qiling.

1) qirqbo‘g‘imning yer ustki qismi 5) achchiq shuvoq barglari

2) uchbarg barglari 6) jenshen nastoykasi

3) bo‘ymadoron yer ustki qismi- 7) bug‘doy kraxmali

ning damlamasi 8) qalampir nastoykasi

4) shaftoli moyining emulsiyasi



10. Pastdagi kataklarda hikmat yashiringan. Uni o`qish uchun berilgan

so`zlarni tarjima qilib, yuqoridagi kataklarga yozing va harflarning

raqamlari bo`yicha pastdagi kataklarni to`ldirsangiz uni o`qiysiz.

1) oqqaldirmoq 7) ravoch 12) ilonsimon taron 20) uzum 23) guruch



28) natriy 35) qaynatma.


1


2

3

4

5

6




7

8

9

10

11





12

13

14

15

16

17

18

19





20


21

22







23


24

25

26

27




28

29

30

31

32

33

34





35


36

37

38

39

40

41

42



1


16

7

15

9

14




4

23

31

20

28

27




19

35

32

33

21

29

40


11. O‘zbek tiliga tarjima qiling.

1. Oleum Persicorum, oleum Amydalarum, oleum Helianthi in medicina

saepe adhibentur.

2. Praeparatum "Cordiaminum» in aqua bene solvitur.

3. Venena in officinis sub littera "A" servantur.

4. Papaverinum et Mophinum ex opio conficiuntur.

5. Pilulae saccharo saepe obducuntur.

6. Coffeinum in foliis Theae continetur.

7.Vitaminum P in baccis Oxycocci continetur.

8. Antidota contra venena adhibentur.



12. Retseptlarni o‘zbek tiliga tarjima qiling.

1.Recipe: Olei Terebinthinae 10,0

Olei Hyoscyami 40,0

Chloroformii 3,0

Misce.Da.

Signa: Teriga surtish uchun

2. Recipe: Infusi herbae Hyperici ex 10,0:180ml

Da.


Signa: 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin.

3. Recipe: Decocti foliorum Uvae ursi 10,0: 180ml

Hexamethylentetramini 4,0

Misce.Da.

Signa: 1 osh qoshiqdan kuniga 2 marta ichilsin.

4. Recipe: Euphyllini 0,3

Olei Cacao 3,0

Misce, fiat suppositorium

Dentur tales doses numero 10

Signetur: Kuniga 2 marta 1 ta shamchadan qo’yilsin.

5. Recipe: Unguenti Prednisoloni 0,5 % . 5,0

Da.


Signa: Sirtdan ishlatish uchun.

13. Retseptlarni lotin tiliga tarjima qiling.

1. Ol: Yodoform 2,5

Vazelin 25,0 gacha

Surtma hosil bo‘lguncha aralashtir.

Ber.

Belgila: Surtma



2. Ol: Ixtiol 0,15

Steptotsid 0,3

Kakao moyi 2,5

Shamcha hosil bo‘lguncha aralashtir.

Shunday dozalardan 3(son)ta berilgan bo‘lsin.

Belgila: Kuniga 1 ta shamchadan qo‘yilsin.

3. Ol: Belladonna ekstrakti 0,1

Furatsilin 0,2

Kakao moyi 30,0

Aralashtirib, 10(son)ta sharchalar hosil qilinsin.

Berilsin.

Belgilansin: Kuniga 2 marta 1 sharchadan qo‘yilsin.

4. Ol: Kseroform 1,5

Antipirin 3,0

15 (son)ta shamchalar hosil qilish uchun keragicha

kakao moyi

Berilsin.

Belgilansin: Kuniga 3 marta 1ta shamchadan qo‘yilsin.

5. Ol: Streptotsid 0,3

Butirol keragicha

Aralashtirib, 3(son)ta shamchalar hosil qilinsin.

Berilsin.

Belgilansin: Kuniga 1ta shamchadan qo‘yilsin.

6. Ol: Dermatol 0,2

Streptotsid 0,3

Vazelin 15,0

Surtma hosil bo‘lguncha aralashtir.

Berilsin.

Belgilansin: Bog‘lamlar uchun.
12-AMALIY MASHG`ULOT: Dorivor vositalar nomenklaturasi.

48-§. Dorivor vositalar nomenklaturasi
Dorivor vosita (medicamentum, remedium) bu odam va hayvonlarning kasalliklarini davolash, oldini olish yoki aniqlash maqsadida ishlatish uchun ruxsat etilgan farmakologik vositadir.

Dorivor modda (materia medica, substantia pharmaceutica) bu alohida kimyoviy birikmadan yoki biologik moddadan iborat bo‘lgan dorivor vositadir.

Dorivor osimliklar xomashyosi bu davolash maqsadida qo‘llash uchun ruxsat etilgan o‘simliklar xomashyosi.

Dorivor vosita yoki dorivor o‘simlik mahsulotiga kerakli davolash ta’siriga erishish uchun berilgan qulay holat dori shakli (forma medicamentorum) deb aytiladi.

Dori preparati (praeparatum) bu ma’lum dori shaklidagi dorivor vositadir.

Murakkab dori vositalari bu bir dori shaklida belgilangan dozalarda birdan ortiq ta‘sir etuvchi modddalarga ega bo‘lgan dorivor vositalardir.

Dorivor vositalar nomenklaturasi (D.V.N.) – bu hozirgi vaqtda ishlatishga ruxsat berilgan hamma dorivor vositalar nomining yig‘indisidir.

Dorivor vositalarning hozirgi zamon nomenklaturasi tabiiy paydo bulgan va qat’iy tuzilish qoidasiga ega emas. Har bir dorivor vosita ma’lum bir nomlanishga ega bo‘ladi. Nomlar esa ixtiyoriy ravishda o‘ylab chiqariladi.

Dorivor vositalar nomenklaturasiga vatanimizda ishlab chiqarilgan vositalar nomi bilan birga chet eldan keltirilgan vositalarning nomi ham kiradi.
49-§. Dorivor vositalar nomenklaturasining

tipik guruhlari
Dorivor vositalar nomenklaturasi oltita tipik guruhga bo‘linadi:

I. O‘simlik va hayvonlardan olingan dorivor mahsulotlar nomlari.

II. O‘simliklar mahsulotidan olingan ajratmalardan iborat bo‘lgan dorivor

preparatlar nomlari.

III. Dorivor moddalarning trivial nomlari.

IV. Dorivor moddalarning xalqaro patentlanmagan nomlari.

V. Dorivor vositalar(preparatlar)ning savdo nomlari.

VI. Farmakopeynik kimyoviy nomenklatura: kislotalar, oksidlar, tuzlar nomlari.
50 -§. I tipik guruh. O‘simlik va hayvonlardan olingan dorivor mahsulotlar nomlari
I tipik guruhga o‘simlik va hayvonlardan olingan dorivor mahsulotlarning nomlari kiradi.

I tipik guruhdagi nomlar ikkita otdan tashkil topgan so‘z birikmalaridir. Birinchi ot o‘simlik organi(herba, folium, flos, radix va boshqalar) yoki mahsulotlrning nomi (oleum, gummi,resina va boshqalar)ni ko‘rsatadi va bosh kelishikda turadi. Ikkinchi ot o‘simlik nomini ko‘rsatadi va qaratqich kelishigida turadi.



Masalan: herba Leonuri – arslonquyruqning yer ustki qismi

folium Sennae – sano bargi

oleum Hyoscyami – mingdevona moyi.
51-§. II tipik guruh. O‘simliklar mahsulotidan olingan ajratmalardan iborat bo‘lgan dorivor preparatlar nomlari
II tipik guruhga quyidagilar kiradi:

1. Zavodlarda ma’lum belgilangan standartlar bo‘yicha tayyorlanadigan dorivor preparatlarning nomlari. Bular – nastoykalar, ekstraktlar va sharbatlarning nomlari bo`lib, ikkita otdan iborat bo‘lgan so‘z birikmalaridir. Birinchi ot dori turining nomini ko‘rsatadi va bosh kelishikda turadi. Ikkinchi ot o‘simlik nomini ko‘rsatadi va qaratqich kelishigida turadi.

Masalan: tinctura Valerianae – valeriana nastoykasi

extractum Crataegi – do‘lana ekstrakti

sirupus Glycyrrhizae – shirinmiya sharbati

2. Damlama va qaynatma nomlari. Ular uchta otdan iborat bo‘lgan so‘z birikmalaridir. Birinchi ot dori turining nomini ko‘rsatadi va bosh kelishikda turadi.Ikkinchi ot o‘simlik organini ko‘rsatadi va qaratqich kelishigida turadi. Uchinchi ot o‘simlik nomini ko‘rsatadi va qaratqich kelishigida turadi.

Masalan: infusum foliorum Sennae – sano barglarining damlamasi

decoctum herbae Hyperici – dalachoy (sariqchoy) yer ustki

qismining qaynatmasi.
52-§. III tipik guruh. Organik kimyoviy moddalarning ilmiy va trivial(shartli) nomlanishi
Dorivor vositalar sifatida qo‘llaniladigan organik kimyoviy moddalar ikkita nomga ega: ilmiy (tizimli) va trivial (shartli).

«Trivial» so‘zi lotincha “trivialisodatdagi, oddiydan kelib chiqqan.

Odatda ilmiy nomlar uzun bo‘lgani uchun ularni tibbiyot amaliyotida ishlatish noqulay. Shuning uchun dorivor vositalar nomi sifatida ilmiy emas, balki trivial nomlari qo‘llaniladi. Trivial nomlar qisqaligi bilan amalda qo’llashga qulaydir.

Masalan: Dietilamidsulfamidobenzoat kislota – ilmiy nomlanishi,

Etamid – trivial nomlanishi.

Trivial nomlar dorivor vositalarning kimyoviy tarkibini, davolash ta’sirini, farmakologik guruhga mansublikni va boshqa turli belgilarni ifodalaydi.

53-§. Dorivor vositalarning trivial nomlaridagi tez-tez

takrorlanadigan bo‘laklar
Tez-tez takrorlanadigan bo‘laklar – bu dorivor preparatlar nomida ko`p qo‘l-

laniladigan so‘z bo‘laklaridir.

Har bir tez-tez takrorlanadigan bo‘lak preparat to‘g‘risida ma’lum bir axborotni (dorining kimyoviy tarkibi, davolash ta‘siri yoki farmakologiyasi) beradi.

Tez-tez takrorlanadigan bo‘laklarni va ularning ma’nosi (ahamiyati)ni bilish ko‘p miqdordagi dori nomlarini tushunib olishga yordam beradi.



Masalan: Tarkibida -alg tez-tez takrorlanadigan bo‘lakli preparat og‘riq qoldiruvchi ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek quyidagi preparatlarni shu guruhga kiritish mumkin:

Analginum

Baralginum

Pentalginum

Tez-tez takrorlanadigan bo‘laklarni bilish dorivor preparatlarning nomini to‘g‘ri yozishga yordam beradi.
54 -§. Quyidagi tez-tez takrorlanadigan bo‘laklarni

yod oling!


Tez-tez takror-lanadigan bolak


Manosi


Misollar

-meth-

«metilni», «metilenni» aks ettiradi

Methazidum

-aeth-

«etilni», «etilenni» aks ettiradi

Aethamidum

-phen-

«fenilni», «fenilenni» aks etiradi

Phenaminum

-thi (o)-

«tiokislotalar», «tiotuzlarni” aks ettiradi. Bu tarkibida oltingugurt

atomi kiradigan birikmalar



Thiopentalum-natrium

-(a)zol,-zin-,

-(a) zid-

“azoguruhni” aks ettiradi.

Bu azot saqlovchi birikmalar



Aethazolum

Phthivazidum



-naphth-

naftalan kislotaning hosilasi

Benzonaphtholum

-phthal-

ftaliyev kislotaning hosilasi

Phthalazolum

-fer(r)-

temir preparatlari

Haemofer

-api-

asalari zaharining preparatlari

Apisarthronum

-vipr-

ilon zaharining preparatlari


Vipraxinum

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə