Toshkent farmasevtika instituti tillar kafedrasi farmatsevtik terminologiya


Mashq 1. Tez- tez takrorlanadigan bo‘laklarni ajrating va ularning ma’nosi



Yüklə 4,73 Mb.
səhifə13/29
tarix26.03.2018
ölçüsü4,73 Mb.
#34364
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29



Mashq
1. Tez- tez takrorlanadigan bo‘laklarni ajrating va ularning ma’nosi

(ahamiyati) ni ko‘rsating.
Namuna: Aethazolum – 1) «etilni» aks ettiradi.

2) «azoguruhni» aks ettiradi.


Aprophenum, Aethacridinum, Aminazinum, Metherazinum, Aethaperazinum, Thiodipinum, Haemofer, Methorinum, Apiphorum, Phenibutum, Trimethinum, Naphthyzinum, Phenolphthaleinum, Vipraxinum, Phytoferrolactolum, Apisar-thronum, Phthalazolum, Ferramidum.

55-§. Quyidagi dori preparatlari nomlarini

yod oling!

Phenacetinum, i, n – fenatsetin

Aethazolum, i, n – etazol

Hexamethylentetraminum , i, n – geksametilentetramin

Phthalazolum, i, n – ftalazol

Naphthyzinum, i, n – naftizin

Aminazinum, i, n – aminazin

Triftazinum, i, n – triftazin

Phthivazidum, i, n – ftivazid

Dibazolum, i, n – dibazol

Codeinum, i, n – kodein

Coffeinum, i, n – kofein

Chininum, i, n – xinin

Glycerinum, i,n - glitserin

Reserpinum, i, n – rezerpin

Strophanthinum, i, n – strofantin

Scopolaminum, i, n – skopolamin

Morphinum, i, n – morfin

Pilocarpinum, i, n - pilokarpin

Mashq

2. Retseptlarni o‘zbek tiliga tarjima qiling.

1. Recipe: Dragee Padutini numero 30

Da.

Signa: Kuniga marta 1-2 ta drajedan qabul qilinsin.



2. Recipe: Guttarum Inosemzovi 20 ml

Da.


Signa: 10 tomchidan ichilsin.

3. Recipe: Emplastri Epilini 12,0

Da.

Signa: Boshning soch qismidagi zararlangan joyiga quyilsin.




13-AMALIY MASHG`ULOT: Dorivor preparatlarga trivial nomlarni berish qoidalari. IV tipik guruh. Dorivor moddalarning xalqaro patentlan magan nomlari. Alkaloidlar va glikozidlar nomlanishi. Vitaminlar va fermentlar nomlanishi

56-§. Dorivor preparatlarga trivial nomlarni

berish qoidalari

Dorivor preparatlarning trivial nomlarini nomenklatura komissiyasi beradi. Trivial nomlar qisqacha, talaffuz osonligi, berilgan nomning boshqalardan fonenetik - grafik farqlanishi, tez - tez takrorlanadigan bo‘laklar qo‘llanishining aniqligi kabi talablarga mos kelishi kerak.

I. Qisqalik. Eng qulay va ko‘p uchraydiganlari uch, to‘rt va besh bo‘g‘inli nomlardir.

Masalan: Corazolum, Piperazinum, Tanninum.

Ayrim hollarda ko‘p sonli bo‘g‘inli nomlar ham uchraydi.



Masalan: Sulfadimezinum, Novocainamidum, Phenoxymethylpenicil-

linum.


II.Talaffuz osonligi. Talaffuz uchun eng qulay nomlarda undosh unli bilan yoki oson talaffuz qilinadigan ikkita undosh almashinib keladi.

Masalan:Aminazinum, Ditrazinum, Streptocidum, Corvalolum.

III. Berilgan nomning boshqa nomlardan fonetik - grafik farqlanishi.

Yangi dorivor vositaga nom berishda nomenklatura komissiyasi uning talaffuz qilinishi va yozilishi bo‘yicha boshqa nomlardan farqlanishni kuzatib boradi. Nomlarda tez-tez takrorlanadigan bo‘laklarni ishlatish fonetik - grafik farqlanishni kamaytiradi.



Masalan: Methaminum, Methacinum, Methazidum, Phenadonum, Phena-

minum.


IV. Tez- tez takrorlanadigan bo‘laklarning qo‘llanishi aniqligi. Har bir tez-tez takrorlanadigan bo‘lak o‘zining aniq manosi(ahamiyati)ga ega ekan, yangi nomlar berilayotganda tez-tez takrorlanadigan bo‘laklarni qo‘llashda xatoga yo‘l qo‘ymaslikni kuzatib borish zarur, chunki bunday xatolar vrach va farmatsevtlardagi noto‘g‘ri tasavvurga sababchi bo‘lishi mumkin.

57-§. IV tipik guruh. Dorivor moddalarning xalqaro patentlanmagan nomlari
Bugungi kunda turli davlatlarda ishlab chiqarilayotgan bitta dorivor vosita savdoga har xil nom bilan kirib kelmoqda. Hatto bir davlatdagi turli firmalar ham bitta dorivor vositani har xil nomlar va mahsulot belgilari bilan ishlab chiqarmoqda. Bu esa dorivor vositalarning sinonimlarini ko‘payishiga olib keladi.

Masalan:Pyrantel dorivor vositasining Bifantrel, Cobantril, Combantrin, Helmex, Helmintox, Medintel, Nemocid, Pamex, Pamotrin va boshqa sinonimlari bor.

Ma’lumki, dorivor vositalar nomlari II turlanishdagi sredniy roddagi otlarga (Nom.Sing. -um) kiradi. Lekin ayrim dorivor vositalarning nomlarida -um qo‘shimchasi yo‘q. Bunday dorivor vositalarning nomlari retseptlarga II turlanishdagi otlarning qoidasiga binoan yoziladi, ya’ni:

Rp: Aguipirani

Rp: Combantrini

Bugungi kunda jahonda mavjud bo‘lgan 7000ga yaqin dorivor vositalarning 70000ga yaqin nomlari mavjud. Har yili xalqaro patentlanmagan nomlar ro‘yxati 120dan 150 tagacha nomga ko‘payib bormoqda. Dorivor vositalar nomlarining sinonimiyasi salbiy tomonga ega. Dorivor vositalarning umumiy xalqaro nomlari sinonimiyani kamaytirishga yordam beradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (World Health Organization; qisqacha-WHO) qoshida dori moddalariga halqaro nom berish ishlarini boshqaruvchi maxsus (International Nonproprietary Names For Pharmaceutical Substances; qisqacha-INN) qo‘mita mavjud. Xalqaro nomlardan shu dorivor moddani ishlab chiqaruvchi davlat yoki firma foydalanishi mumkin. Bu nomlar patentlanmagan. Davlat farmakopeyasida patentlanmagan halqaro nomlar (XPN) sinonim sifatida albatta maxsus belgi * bilan ko‘rsatiladi.

Dori moddalariga xalqaro nom beruvchi maxsus qo‘mita tomonidan «Dorivor moddalarning patentlanmagan xalqaro nomlarini tuzish uchun amal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy printsiplar» ishlab chiqildi.

Bosh prinsiplarga asosan XPN talaffuz qilishda va yozishda oson ajratiladigan bo’lishi kerak. Ular uzun bo’lmasligi yoki umumiy qo’llanishda foydalanib kelinayotgan nomlar bilan adashtirib yuborilmaydigan bo’lishi lozim.

Farmalogik jihatdan yaqin bo’lgan guruhga taalluqli moddalar uchun XPN ushbu taaluqlikni ko’rsatishi lozim.

Dorivor moddalarning patentlanmagan xalqaro nomlari Jahon Sog‘liqni

Saqlash Tashkilotining “WHO Drug Information” jurnalida to‘rtta tilda quyidagi ketma-ketlikda yoziladi: lotincha, inglizcha, frantsuzcha va ispancha.




Lotincha

Inglizcha

Frantsuzcha

Ispancha

laronidasum

laronidase

laronidase

laronidasa

amotosalenum

amotosalen

amotosalene

amotosaleno


58-§. Alkaloidlar va glikozidlar

nomlanishi
Hamma o‘simliklar tarkibida har xil biologik aktiv moddalar saqlanadi. Ularga alkaloidlar, glikozidlar va boshqalar kiradi. Alkaloidlar va glikozidlar nomi odatda o‘simlik nomini ifodalovchi otning negiziga -in (um) suffiksini qo‘shish bilan hosil qilinadi.

Masalan: Ephedrinum – efedrin. Ephedra – o‘simligining nomiga - inum suffiksini qo‘shish yo`li bilan hosil qilindi.

Agar bir o‘simlikdan ikki yoki undan ortiq alkaloidlar olingan bo‘lsa, unda ularning nomi bo‘ginlar qoshish orqali yasaladi.



Masalan: Salsola Richteri o‘simligidan olingan ikkita alkaloid nomi Salsolinum-salsolin va Salsolidinum-salsolidin (-id suffiksini qoshish yoli bilan) deb nomlangan.
59- §. Vitaminlar va fermentlar nomlanishi
Vitaminlar (lot. vita-hayot) - odamning o’sishi, rivojlanishi va hayot faoliyati uchun zarur elementlardir.

Vitaminlar trivial nomlar (Retinolum,Thiaminum) bilan bir qatorda harfli belgilarga ega: A, B, D, E, K, H, P.

Bitta harf bilan belgilangan ayrim vitaminlar bir-biriga yaqin, lekin har xil birikmalar bo‘lsa, ularning harfli belgisiga tartib soni qo‘shiladi.

Masalan: vitaminum B1

vitaminum B2

vitaminum B6

vitaminum B12

Vitaminlar nomidagi motivasiya belgilari turlicha. Ba‘zilari vitaminlarning kimyoviy tarkibini ko’rsatadi.



Masalan: Thiaminum (B1) , Pyridoxinum(B6), Cyanocobalaminum (B12).

Boshqalari esa terapevtik samaradorlikni ko’rsatadi.



Masalan: A vitamini Retinolum (lot. retina -ko‘z to‘r pardasi) nomi bilan ma‘lum; A vitamini miqdori yetarli bo’lmasa ko’z to’r pardasining yallig’lanishiga olib keladi.

Kombinatsiyalashtirilgan vitamin preparatlari ko‘pincha – vit - tez- tez takrorlanadigan bo‘lak bilan uchraydi.



Masalan: Dragees “Undevitum”

Dragee "Undevitum"(lotincha son undecim -11, chunki draje tarkibiga boshqacha kombinatsiyadagi 11 ta vitamin kiradi).

Fermentlar nomi biokimyoviy nomenklaturaga binoan –as- suffiksi yordamida hosil bo‘ladi.

Masalan: Lydasum, Ronidasum.


60-§. Quyidagi tez-tez takrorlanadigan bo‘laklarni

yod oling!


Tez-tez takror-lanadigan bolak

Manosi

Misollar

-cor-,

-card (i)-

yurakka tasir etuvchi

Corvalolum

Cardiovalenum

-vas-,

- ang (i)-

qon tomirlarini kengaytiruvchi

Divascol

-alg-,

-dol-

og‘riq qoldiruvchi

Analginum

Pinadolinum



-pres(s)-,

-ten( s)-

gipertoniyaga qarshi

Apresolon

Regutensin



-cain-

mahalliy og‘riqsizlantiruvchi

Dicainum

-sulfa-

mikroblarga qarshi sulfanilamidlar

Norsulfazolum

-fur (a)

mikrobga qarshi nitrofuran unumlari

Furoplast

-cillin-

antibiotic penitsillinlar

Penicillinum

-mycin-


mikrobga qarsi antibiotiklar, Streptomyces va boshqa zamburug‘shtammalaridan olinadigan mikrobga qarshi

Streptomycinum

-cyclin-

antibiotic tetratsyklinlar

Tetcyclinum

-cef- (-ceph-)

tsefalosporin guruhiga kiruvchi antibiotiklar

Cefotaximum

-barb-

barbituratlar, uxlatadigan, narkotik, barbiturat kislotasining unumlari, hosilasi

Barbenyl

-hypn-,

-dorm-

uxlatadiganlar

Hypnomidate

Dormicum

-sed-

sedativ, tinchlantiruvchi

Sedalgin

cut(i)-

-derm-

teri kasalliklarini davolash uchun

Cuterid

Dermazin

-vit-

vitamin saqlaydiganlar

Undevitum

-as -

fermentlarga tegishli

Amylasum

Mashqlar
1. Tez-tez takrorlanadigan bo‘laklarni ajrating va ularning ahamiyatini

(manocini) ko‘rsating.

Depridol, Algolysin, Bicillinum, Lanocordalum, Furacilinum, Ferrocalum, Viprosalum, Barbenyl, Allergol, Pyromecainum, Cardigin, Anginal, Capresin, Dibazolum, Lipasum, Hendevitum, Apressinum, Phenoxymethylpenicillinum, Ribovitalum, Sovcainum, Tetracor, Tenormal, Anacardiol, Phenaminum, Valocormidum, Dolgit, Barbamylum, Xycainum, Conferon, Tetracyclinum, Streptomycinum, Dermatolum, Cordalen, Carminomycinum, Analginum, Psorcutan, Prodorm, Vasocil, Presinol, Methindionum, Naphthyzinum, Sulfamonomethoxinum, Dicainum, Phenobarbitalum, Cardiazol, Novocainum, Norsulfazolum, Vasculat, Furoplast, Diazolinum, Valocordin, Allercur, Nepressol, Cefamezinum, Methicillinum, Furosemidum, Vasolanum.


61 -§. Quyidagi dorivor preparatlar nomlarini

yod oling!

Furacilinum, i, n - furatsilin

No – spa, ae, f – no -shpa

Valocordinum, i, n - valokordin

Cordiaminum, i, n - kordiamin

Analginum, i, n - analgin

Validolum, i, n - validol

Depressinum, i, n - depressin

Novocainum, i, n - novokain

Dicainum, i, n - dikain

Synthomycinum, i, n - sintomitsin

Tetracyclinum, i, n - tetratsiklin

Phenoxymethylpenicillinum, i, n - fenoksimetilpenitsillin

Erythromycinum, i, n - eritromitsin

Streptomycinum, i, n – streptomitsin

Mashqlar
2. Retseptlarni o‘zbek tiliga tarjima qiling.

1. Recipe: Oxacillini-natrii 0,25

Da numero 40 in capsulis gelatinosis.

Signa: Kuniga 4 marta 2 ta kapsuladan qabul qilinsin.

2. Recipe: Novocaini 0,5

Aquae destillatae 200 ml

Misce. Da.

Signa: 1 osh qoshiqdan ichilsin.

3. Recipe: Linimenti Synthomycini 1% cum Novocaino 0,5% 25

Da.


Signa: Kuniga 1 marta kuygan joyga surtilsin.

3. Retseptlarni lotin tiliga tarjima qiling.

1.Ol: Tetratsiklin surtmasi 0,2% 25,0

Ber.

Belgila: Surtma



2.Ol: Kardiovalen 15 ml

Ber.


Belgila: Kuniga 1-2 marta 15-20 tomchidan ichilsin.

3.Ol: Geksametilentetramin 0,25

Belladonna ekstrakti 0,015

Shunday dozalarda 10 (son)ta tabletkalarda ber.

Belgila: Kuniga 3 marta 1 ta tabletkadan qabul qilinsin.

14-AMALIY MASHG`ULOT: V tipik guruh. Dorivor vositalar(preparatlar)ning savdo nomlari. Savdo nomlarida sozlarning yasalishi

62-§. V tipik guruh. Dorivor vositalar(preparatlar)ning savdo nomlari
Savdo nomi (ingl. Trade Name) - bu savdo uchun moljallangan preparat (tayyor dorivor vosita) nomidir.

Ishlab chiqaruvchi tomonidan taklif qilingan savdo nomi undan foydalanishga rasmiy ruxsatni olishi zarur. Belgilangan rasmiy savdo nomi berilgan dorivor vosita qonunchilikka muvofiq royxatga olingan bolishi lozim. Shundan song dorivor vosita unga berilgan savdo nomi ostida Dorivor vositalarning davlat royxatiga kiritiladi.

Savdo nomlarining kelib chiqish manbalari turlicha. Bular bir xil dorivor

substantsiyali preparatlarni turli ishlab chiqaruvchilari tomonidan qollanadigan umumiy, nopatentlangan nomlar, shuningdek aniq ishlab chiqaruvchi firma tomonidan qollanadigan individual firma nomlaridir. Firma nomlari patentlangan va nopatentlangan boladi.

Umumiy savdo nomlarining kelib chiqish manbalari-bu odatda yoki XPN, yoki alohida mamlakat yoki mamlakatlar guruhida qabul qilingan milliy (farmakopeya) nomdir.

Masalan: Diclofenacum (INN): Germaniya, Hindiston, Isroil, Italiya, Makedoniya, Polsha, Yugoslaviyada; Nifedipinum (INN): Angliya, Germaniya, Bolgariya, Polsha, Xorvatiya, Shvesiyada.

Ayrim dorivor vositalarning savdo nomlarida shu preparat togrisida axborot beruvchi qadimgi yunon va lotin tilidagi soz yasovchi qoshimchalar uchraydi.


Masalan:


Venitan (lotincha vena – vena, kok tomir)

Pulmex (lotincha pulmo- opka) Anatomik va fiziologik

Prododerm (yunoncha derma - teri ) xususiyatlarini korsatish

Febichol (yunoncha chole- ot, safro ) uchun

Laxatin (lot. laxativum-surgi,ich suradigan)

Allergodil - allegiyaga qarshi

Orto-gynest(yunoncha gyne-ayol)-estrogen Farmakoterapevtik tasirini

Antithrombinum(yunoncha thrombos-quyuq- korsatish uchun

lashish, ivish)-qon ivishiga qarshi vositalar


Senade (lot.Senna-sano)- sano osimligidan

tayyorlangan preparat


63-§. Savdo nomlarida sozlarning yasalishi
Savdo nomlari mavjud bolgan soz yasash qoidalari va modellaridan farqli ravishda soz yasashning malum qoidalariga aniq amal qilmasdan shakllanadi. Shunga qaramasdan, soz yasashning bazi usullarini savdo nomlarini berish amaliyotida uchratish mumkin.

1. Asos yoki soz qoshish - asos yoki sozlar birikmasi, kopincha biror-bir oxirgi boginni qoshish orqali yasaladi. Asos odatda interfiks yordamida birlashadi, yani birlashtiruvchi unli -o-, kam hollarda -i-, yoki -a-.

Masalan:

Valocordinum( lot. valeo -sog bolish + -o- + cor , cordis-yurak)-Valokordin

Myelosanum (yunoncha myelos- miya+ lot. sano-davolash)-Miyelosan.

2. Abbreviatsiya (lot. abbrevio-qisqartirmoq) - dastlabki soz element-larini qoshish yoli bilan qisqartma soz (abbreviaturalar) hosil bolishidir.

Masalan:

Calciparinum - Calcium + Heparinum

Corinfar - cor(lot.) - yurak + infarctus - infarkt

3. Suffiksatsiya - suffiksning asosga biror bir mano keltirib chiqarish uchun birlashishidir.

Savdo nomlarida quyidagi suffikslar kop qollaniladi:



-in – suffiksi kopincha kimyoviy mazmundagi asoslarga qoshiladi: Clophelinum- Klofelin, Ditrazinum-Ditrazin, Isadrinum-Izadrin.

Savdo nomenklaturasida -in-suffiksi maxsus ma'noga ega emas.



Masalan: Fungilin, Fulcin, Octadin.

Boshqa suffikslar:



-al- Abaktal, Almiral, Bronal

-ol- Aloprol, Asectol, Dopanol

-el- Dicetel, Divigel, Quamatel

-an- Advantan, Domenan, Vistagan

-on- Gutron, Haemiton, Dexason

-en- Voltaren, Dilren, Vaskoten

-il-, -yl- Retabolil, Donormil, Biacodyl, Amaryl

-ax-, -ex-, va h.k.

-ix-, -ox-

4. Prefiksatsiya- so’z o’zagi(asosi)ga prefikslar (old qo’shimchalar) qoshilishi.

Ayrim hollarda savdo nomlarida lotin-yunon prefikslari uchrab, ular kasallik yoki uning sababi, yoki kasallik qo’zgatuvchisini bildiradigan o’zak (asos)lar bilan muvofiqlashgan bo’ladi, hamda ularni bartaraf qilish harakatlarini ko’rsatadi:



anti-, contra- - qarshi;

a-, an- - inkor etish;

de(s)- - dan.

Masalan:

Antithrombinum (anti + yunoncha thrombos-quyqa+ in) - Antitrombin- ivishga qarshi

Contraspasminum (contra + yunoncha spasmos- tomir tortishish,spazm + in)-

Kontraspazmin – bronxlarni kengaytiruvchi

Abaktal (a + bacterium+ al) - Abaktal - antibacterial

Decaris (de + ascaris -askarida) - Dekaris - gijjalarga qarshi

Savdo nomlarida preparatlarning samaradorligini takidlaydigan prefikslar ham uchraydi.

Masalan:

super-, supra-(lot.) - зиёд;

ultra- - ортиқ, зиёд;

eu-(yunoncha)- яхши

Suprastin (supra + yunoncha asthma, asthmatic- bog’ilish, astma+ in)-

Suprastin – astmaga qarshi, allergiyaga qarshi

Ultraproct (ultra+ yunoncha proctos-orqa chiqaruv teshigi)-Ultraprokt-

bavosilni davolash uchun

Eunoctin (eu + lot.nox, noctis- tun)- Eunoktin - uyqu dori.




Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə