Toshkent kimyo-texnologiya instituti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə3/10
tarix08.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#102114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
lochin (2)

V1 = 1000• 8/62 = 153,8 dal
Kupajni ikkita yoki bir nechta ko‘rsatkichi hisobga olib o‘tkazish uchun algebraik va geometrik uslublar bor. Algebraik yo‘li bilan hisoblashda tenglamalar kupaj balansini hajm va boshqa aloxida ko‘rsatkichlari bo‘yicha tizimini tuziladi va echiladi.
Kupajga qo‘shiladigan xar kupaj materialini tayyor kupaj ko‘rsatkichlariga qarab tuziladi.
Misol 2. Berilgan 3 ta materialni ko‘rsatkichlari quyidagi (5) jadvalda keltirilgan:



Material nomi

Quvvati, x%

Qandliligi %,

Xajm

Spirt rektifikat

96,

-

V1

Bekmes

-

62

V2

nordon xom sharob

514,2

-

V3

Tayyor kupaj

10x%

8xg/dm3

2000 dal



Ushbu materiallardan quvvati 17 x%, qandliligi 8%, hajmi 2000 dal kupaj tayyorlansin. Spirt, bekmes, nordon xom sharobni hajmini topishda uchta noma’lum sonli uchta tenglamali sistema tuziladi:


(1)
(2)
(3) bu erda,
V2+ V3 = 2000,
14,2 V3+96,5 V1= 17*2000,
62 V2= 8*2000

  1. - materiallar balansi,

  2. - spirt balansi,

  3. - qandlilik balansi.

YUqoridagi tenglamalarni echib, berilgan kupaj tarkibidagi materiallarni quyidagi miqdori kelib chiqadi:
Bekmesning hajmi V2=8*2000/62= 258 dal;
spirt-rektifikatning hajmi 14,2 (1742- V1)+96,5 V1=3400;
82,3* V1=9250 V1=92500/82,3=112,4 dal
xom sharobning hajmi V3= 2000- V1-V2=2000- V1-258=1742- V1;
V3= 1742-112,4=1629,6 dal
Kupaj tarkibini grafik uslubida ham hisoblash mumkin. Kupaj va tayyor kupaj ga kiruvchi materiallarning alohida tarkibi asosida diagramma tuziladi. Ikki hisoblanuvchi ko‘rsatkichlarni koordinata sistemasining yuzasida kupaj va materiallarni dastlabki tarkibini nuqtalarda ifodalanadi. Berilgan kupaj tarkibidagi materialni har bitta material xajmini alohida topish uchun ushbu diagrammada qo‘shimcha chiziqlar o‘tqaziladi (rasm 17). Misol
3: Uchta xom sharob, ular tarkibi quyidagacha. 6-jadval

Material nomi

Spirt

Kislotaliligi

Xajm

A

8x%

10g/dm3




B

9x%

7g/dm3




S

13x%

6g/dm3




Tayyor kupaj

10x%

8xg/dm3

5000 dal






Spirt miqdori absissa o‘qida (osi) olib qo‘yib a, ordinata o‘qiga (osiga) titrlanadigan kislotalilik - k, kupaj diagrammasi tuziladi.
Rasm -21. Kupaj tarkibini hisoblash diagrammasi.
Diagrammada kesimlarini o‘lchab, ular nisbatini quyidagi tenglamalardan olamiz;

  1. material uchun (A)

A - a,x/Aa = 14,5/31,5=0,46

  1. material uchun (V)

V - (aS/VS)(Ax/Aa)= (8,5/25)(17/31,5)=0,18

  1. material uchun (S)

S - (aV/VS)(Ax/Ao)=(16,5/25)(17/31,5)=0,36
Diagrammadan topilgan xom sharoblarning miqdoridan foydalanib, alohida ularning hajmi hisoblanadi.
A = 0,46*5000 = 2300dal V = 0,18*5000 = 90dal S = 0,36*5000 = 1800 dal
Konyak ishlab chiqarishda kupajlarni tuzishdan oldin, konyak spirtini, shakar qiyomini va spirtli suvlarning hajmi hisoblanadi. Konyak kupaji tarkibiga kiruvchi materiallarning quvvati bir-biridan keskin farqlanadi, tayyor kupajdagi spirtning quvvati esa, katta raqamga ega. SHu sababdan, konyak va uning komponentlarining tarkibidagi spirtdan kelib chiqqan holda hisoblarda kontraksiya e’tiborga olinadi.
Kupaj sinov va ishlab chiqarish kupajiga ajratiladi. Kupajga kiradigan xar bir xom sharobni hajmi hisoblangach, laboratoriya sharoitida hajmi 1litrli shisha idishda (silindrda) sinov kupaji o‘tkaziladi. Aralashma bir necha kun tinch holatda qoldiriladi na keyin tatib ko‘rib eng yaxshi ko‘rsatgichli kupaj nusxasi ishlab chiqarish kupajiga tavsiya etiladi.
Ayrim korxonalarda kupaj jarayonini samarali o‘tkazish uchun uzviy oqimda kupajga kiruvchi materiallarni birdek aralashishini ta’minlovchi maxsus aralashtirgichlardan foydalanadi. Zichligi va qovushqoqligi har-hil bo‘lgan kupaj tarkibiga kiruvchi materiallarini aniq miqdorini bera olmaganligi ushbu aralashtirgichning asosiy kamchiliklaridan bin.
Ishlab chiqarish kupajlari katta ajmli yirik aralashtiruv moslamali yirik sig‘inlarda «kupajyorlarda» o‘tkaziladi. Kupajyorni bir nechta balandlikdan olingan nusxada, taxlil ko‘rsatkichlarini (spirt,qandlilik va boshqa ko‘rsatkichlar) miqdori bir hil bo‘lsa, aralashtirish to‘xtatiladi.
Kupajga kiruvchi xom sharoblar aralashtirilganda va ularga qo‘shimcha texnologik materiallar qo‘shilganda fizik-kimyoviy muvozanati buziladi, natijada vino toshi, tanatlar, oqsil koagulyati, kolloid gellari aralashmani loyqalanishiga olib keladi.
Kupajni tinishini tezlatish maqsadida u filtrlanadi, xurushlanadi. Xurushlovchi moddalar sharobni kupajlash paytida kiritiladi. Egalizatsiya va assamblaj- kupajning bir turi.
Bir navli va bir turdagi xom sharoblarni aralashmasi «egalizatsiya» deyiladi. SHarob tarkibidaga ko‘rsatgachlarini shu sharob turidagi boshqa sharob bilan tenglash va ayrim ko‘rsatkichlar (spirt, qand) sifatini o‘zgartirish uchun egalizatsiya o‘tkaziladi.
«Assamblyaj»- bir turdagi, bir navdagi, turli joydan olib kelingan sharoblar, bir ko‘rsatkichli, katta hajmli sharobni tayyorlash uchun aralashtirilsa bu aralashmaga «Assamblyaj» deyiladi.
Spirtlash- sharbatga, xom sharoblarga yoki sharob ishlab chiqarish yarim mahsulotlarini tayyorlash uchun ma’lum miqdorda etil spirtini qo‘shishdir.
Quvvatlangan sharoblar ishlab chiqarishda spirtlash jarayonini o‘tkazilishi shart.
Quvvatlangan sharoblarni turiga va markasiga oid, belgilangan quvvatiga etkazish uchun, quvvatli va o‘ta shirin sharoblarga xos sifat tasnifini berish; kasallanish va bijg‘ishga barqarorligini oshirish uchun spirtlash texnologik jarayoni qo‘llaniladi. Spirt sharobni quvvatini ko‘tarish bilan birga, uning ma’da va xushbo‘yligiga ta’sir qiladi. Tayyorlanayotgan sharob turiga qarab va qo‘yilgan maqsadga muvofiq spirt texnologik jarayoning turli bosqichlarida kiritiladi: yanchilgan uzumga, bijg‘imagan va bijg‘iyotgan sharbatga, xom sharobga, ishlovlardan o‘tgan sharoblarga.
YAnchilgan uzumni spirtlab, kelgusida damlash ishlovi yuqori sifatli desert sharoblarini ishlab chiqarishda qo‘llanadi (masalan, Kyurdamir sharobi). YAnchilgan uzumni spirtlash ishlovi mahsulotni yuqori sifatini belgilashi bilan bir qatorda, spirtni katta xajmda yukotimga chiqib ketishiga olib keladi. Dastlab, sharob quvvatini spirt bilan 4-5h%-cha etkazib bijg‘itish o‘ta shirin sharoblarni tayyorlashda ishlatiladi, lekin bu usul spirtni ko‘p hajmda sarflanishiga olib keladi.
O‘ta shirin sharoblar tayyorlashda bijg‘ish jarayoni boshlanishi bilan sharoblar spirtlanib, qolgan qand miqdori «konditsiya» talablariga javob beradigan va bijg‘ish natijasida hosil bo‘lgan spirt miqdorini saqlab qolish uchun hisoblangan kerakli spirt miqdori qo‘shiladi. Xom sharoblarni spirtlash ishlovi sharob ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Spirtlangan sharbat va xom sharoblar keyincha kupajlar tayyorlashda ishlatiladi va sharob tobiga etishini ta’minlaydi. O‘ta shirin sharobni tayyorlaganda bijg‘imagan sharbatni spirtlash amali «mistel»- shirin materalini beradi.
Spirtlash jarayonidagi spirt miqdorini aniqlaydigan bir necha yul bor, ular hammasi Dele qonuniga asoslangan. Tajribada shu aniqlanganki, vakuum-sharbat tarkibidaga qand miqdori 100-80% bo‘lsa vakuum-sharbat bijg‘imaydi. Muhit tarkibidagi spirt miqdori 18x% va undan oshsa ham sharob, bijg‘imaydi. Bir % qandni konservalashga ta’siri bir «konservalash birligi»- deb qabul qilingan. SHunda, 1x% spirt 80:18,45 konservalash birligiga teng bo‘ladi. SHarob bijg‘imasligi uchun u konservalash birligiga ega bo‘lsa, bunday sharoblar texnologik jixatdan mustaxkam deb topilgan, buning uchun
(4,5a+S) 80>1 va teng
bo‘lishi talabi bajarilishi kerak. Bu erda spirt mikdori, x%-da, S-qand miqdori 1g/100sm - da ifodalangan.
Spirtlash jarayoniga quyilgan asosiy talablardan biri bu spirtni tez va to‘liq assimilyasiyani o‘tishi. Spirt sharobning ta’mida ham, xushbuyligida ham sezilmasligi kerak. Spirtlanuvchi xom sharbatga spirt bir nechta qismlarga bo‘linib, asta-sekin kiritilsa assimilyasiya tez o‘tadi. Spirtlashda hosil bo‘lgan spirt va suv molekulalarining komplekslari qancha tez dissotsiatsiyalansa, shuncha tez spirt sharobda assimilyasiyalashadi.
SHarobga spirt qo‘shilganda ular molekulalarining o‘zaro ta’sirida, aralashmani umumiy xajmini qisqarishiga «kontraksiya» deyiladi. SHarob bilan spirt aralashtirilganda, bir joyda molekulalar aro vodorod bog‘lari, molekulalar orasidagi masofa uzunlashib kuchsizlanib uziladi, boshqa joyda esa yana hosil bo‘ladi. Bunda eritmada murakkab (assotsialangan) molekula aralashmasi hosil bo‘ladi. Bor bog‘larni kuchsizlanishi, yangisini esa hosil bo‘lishi eritma hajmini qisilib kamayishiga olib keladi (sjatiya) va uning fizik xossasiga ta’sir qilib va issiqlik ajralib chiqishi bilan kuzatiladi. SHarob va sharbat quvvati spirt-rektifikat bilan 20x%-gacha ko‘tarilganda, quvvat har 1x%-ga oshganda, kontraksiya 0,08%-ni tashkil etadi. SHaroblarni quvvatini oshirganda rektifikatsiyalangan etil spirtini tozaligi yuqori darajali, etanol miqdori 95x%-dan bo‘lmasligi kerak. Bu spirtdagi qo‘shimchalarni (primes) miqdori:
Metil spirti - 0,1x%
Aldegidlar - 0,002%
Sivush moylari- 0,003%
Efirlar - 50 mg/dm3
Boshga qo‘shimchalarni orasida furfurol bo‘lmasligi kerak. Spirtni qo‘shimchalardan tozaligi N2SO4 Saval namunali sulfat kislotasi bilan aniqlanadi. Spirt tarkibidagi oksidlantiruvchi moddalar miqdori talabga javob berishi yoki bermasligi KMgO4 bilan aniqlanadi va shu bilan birga rangi, xidi ma’zasi ham talabga javob berishi kerak.
Etil spirti tez yonadi, bug‘lari esa havo bilan portlovchi aralashma beradi. SHarob ishlab chiqarish korxonalarida spirtni saqlashda, ishlatganda texnika xavfsizligi talablarita rioya qilinishi shart. Doim spirt bilan ishlovchi xodimlar orasida instruksiya ishlari olib boriladi.
Spirtlashni texnologik uslublari oddiy va spirtlanuvchi sharob massasida spirtni bir tekis taqsimlanishini ta’minlashga taqalgan.
Spirtlaganda aniq hisoblangan spirt miqdori mahsus shlang bilan sig‘in tubidan mahsus nasos orqali oqib tushadi va germetik yopilgach aralashma yaxshilab aralashgiriladi. Spirt xom sharobda aralashishi qiyin (ayniqsa shirin sharoblarda) va qatlamlarga bo‘linib ketishi mumkin. SHu sababli, spirt miqdorini aniqlashga suyuqlikni nusxasi katta sig‘inlarni pastki, o‘rta va yuqori balandligidan olinadi. Bu hodisa sodir bo‘lmasligi uchun xom sharob bilan spirt mahsus aralashtiruvchi moslamali sig‘inlarda o‘gkaziladi yoki doiraga nasos bilan takroran aylantiriladi.
Zamonaviy spirtlash usullaridan oqimda spirtlash ma’lum miqdorda o‘lchangan spirtni beruvchi sig‘in yordamida spirtlash uslubi yaratilgan.
Spirtlanadigan sharbat yoki sharob nasos orqali (1) aralashtirgichga uzatiladi. Suyuqlik oqimi o‘tganda aralashtirgichda sodir bo‘ladigan «(razryajenie)» ta’sirida bakdagi (7) spirt smesitelga so‘rib olinadi. Bakdagi spirt sadxi klapan (6) yordamida ushlab turiladi, bakdagi havo esa klapan (5) orqali chetlanadi. Spirtlash zarur bo‘lgan spirt sarfi ventil (4) yordamida rostlanadi. Nazorat esa, rotametr (3) orqali amalga oshiriladi. Klapan (2) nasos to‘xtab yoki ishga tushirganda smesitel orqali o‘tadigan spirtlanuvchi material avtomatik ravishda spirt oqimini o‘chirib yoki yoqish uchun xizmat qiladi.
SHarob turlari. SHarob uzumdan, meva va rizolardan tarkibidagi qandni to‘liq yoki qisman bijg‘itish yo‘li bilan tayyorlanadi. SHaroblar turli va murakkab ta’m, xushbuyliligi va boshqa fazilatlari bilan ajralib turadi. YUqorida aytilganidek, aminokislota, polifenol, vitamin, mineral tuzlarga va boshqa foydali moddalarga boyligi sharoblarni bakteritsid xususiyatiga egaligi uchun ular qimmatli gigienik ichimliklar qatoriga kiradi. SHaroblar murakkab kimyoviy tarkibga ega va o‘zi o‘zgaruvchan fizik-kimyoviy tuzilishga ega. SHarob tayyorlash jarayonida chuqur biokimyoviy jarayonlar kechadi, shu sababdan sharoblarni biologik ob’ektlar sifatida ko‘riladi. SHaroblar tarkibidagi moddalardan eng asosiysi-suv bo‘lib, uning miqdori 70-80%-ni tashkil etadi. Nordon sharoblarda suv ko‘prok, desert va quvvatli sharoblarda kamroq bo‘ladi (ular tarkibidaga qand va spirt mikdori ko‘p bo‘lganligi sababli). Ekstraktiv moddalar miqdori oq nordon sharoblarda 16-30g/dm -gacha; desert sharoblarda 60 g/dm ham bo‘lishi mumkin.
Uglevodlardan glyukoza va fruktoza ko‘proq uchraydi, kamdan-kam saxaroza.
Oq nordon sharoblarda - glyukoza mikdori 0,1%-ga, desert sharoblarda 22-28%-ga teng bo‘ladi.
Etil spirt mikdori oq nordon sharoblarda 9-14h%, desert sharoblarda 12-17h%, quvvatli sharoblarda 17-20h%, konyakda 40-57h%, konyak spirtida esa 70h%-gacha.
Eng zaxarli spirtlardan metil spirti bo‘lib, sharoblarda 0,2-1,1g/dm miqdorda uchraydi. YUqori spirtlardan propil, butil, izobutil, izoamil spirtlarining miqdori 0,1-0,4g/l-i tashkil etadi .
Organik kislotalar sharob, sharbat muhitining rN-ni 2,7-4 atrofida saqlaydi. Azot moddalari - asosan aminokislotalar, peptidlar, kamroq miqdorda oqsil va ammiak bilan ifodalangan bo‘lib, 1-0,8g/dm -teng. Oddiy oqsil-proteinlar va murakkab oqsillardan-proteinlar uchraydi.
SHarob ta’mini, rangini va tiniqligiga fenol moddalar miqdori katta ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishga bop uzum navlari to‘liq etilgan vaqtda uzum mevasini etidagi fenol moddalar miqdori-0,6-2,4%-i, pustlog‘ida-4,7-11,3%-i, ko‘proq donachalarda 7,8-15,9%-i, bandida -9,3- 16,4%-i tashkil etadi. SHaroblar turiga va uzumni qayta ishlash sharoitlariga, ishlov berishiga qarab tayyor mahsulotdagi fenol moddalar miqdori 0,1 g/dm -1,5-5g/dm bo‘lishi mumkin.
SHaroblar xushbo‘yligi va muattarligi ular tarkibidagi uchuvchan moddalar aldegidlarga, atsetallarga va murakkab efirlar miqdoriga va sifat tarkibiga bog‘liqdir Uchuvchan moddalar miqdori 15-200mg-cha bo‘ladi. Atsetallar, alifatik aldegidlardan tashkil topgan bo‘lib, asosan, diatsetil bilan ifodalangan. Uning miqdori 20 mg/dm bo‘lishi aniqlangan. Ular etil efirlariga kirib, etilatsetat miqdori 30-200mg/dm bo‘ladi. YUqori molekulyar etil efirlari 25-80 mg/dm - cha bo‘ladi.
Vitaminlar, ferment, mineral moddalarni ham ko‘p turlari uchraydi. Boy kimyoviy tarkibiga qarab, uzum naviga, ishlov berilishi va boshqa ko‘p faktorlarga ko‘ra sharoblar sinflarga ajratilgan (klassifikatsiya). Asosiy sharob ko‘rsatkichi: qand, spirt, kislotaliligi, aldegid miqdoridir.
O‘zbekistonda sharob ishlab chiqarish klassifikatsiyasi qabul kilingan. Uzum sharoblari navli va aralashma asosida tayyorlangan sharoblarga ajratiladi. SHarob bir navdagi uzumdan tayyorlanib, boshqa navlar bor yo‘g‘i 15%ni tashkil qilsa, bu sharoblar «navli» (sortovoe) sharob deyiladi.
Navlar aralashmasidan tayyorlangan sharoblar kupaj sharoblari-deb nomlanadi. Bu sharoblar ham tinch, jilvali, o‘ynoqi sharoblarga bo‘lishi mumkin. Tinch sharoblarda uglerod dioksidining to‘plami atmosfera bosimidan oshmaydi va o‘zi nordon, quvvatlangan, quvvatli va muattarlangan sharoblarga ajratiladi. Kupaj sharoblarini xom sharoblar aralashmasidan tayyorlash mumkin hamda, uzum aralashmasidan xom sharob olib tayyorlash «senaj» deyiladi.
Musallas «stolovbie» sharoblari - spirt qo‘shilmasdan tayyorlanadi. Tabiiy bijg‘ish natijasida 9-14h% spirt x;osil bo‘ladi. Qand miqdoriga qarab sharoblar nordon (qand miqdori

  1. 3%-dan kam bo‘lgan) sharoblar; bijg‘imasdan, qolgan qand miqdori 1%-gacha bo‘lgan -nim nordon sharoblar; 1-2,5%-gacha nim shirin sharoblar; qandliligi 3-8%-cha bo‘lgan shirin sharoblarga ajratiladi.

Quvvatlangan sharoblar spirt-rektifikat qo‘shib tayyorlanadi va o‘z navbatida quvvatlangan va desert sharoblar sinfiga bo‘lingan. Quvvatli sharoblarda spirt miqdoriga 17- 20h%-ga teng, shu hisobda, tabiiy bijg‘ish davomida yig‘ilgan spirt miqdori 3h%-dan kam bo‘lmasligi kerak. Desert sharoblar quvvati esa 12-17h%-ga teng, shu hisobda, tabiiy yo‘l bilan to‘plangan spirt mikdori 1,2%-1,5%-dan kam bo‘lmasligi lozim.
Shira miqdoriga qarab quvvatlangan sharoblar nordon (qandliligi 1-3%-ga teng), nim shirin ( qandliligi 4-14%) sharoblarga bo‘lingan. Desert sharoblar esa nim shirin (qandlilgi 5­12%), shirin ( qandliligi 14-20%) va liker (qandliligi 21-35%) sharoblar sinfiga ajratiladi.
Muattarlangan sharoblar mahsus retsepturaga rioya qilingan xolda spirt-rektifikat, saxaroza va xushbo‘y o‘simliklardan tayyorlangan damlama va sharbatlar ishlatib tayyorlanadi. Muattarlangan sharoblar quvvati 16-18h% va 6-16% qand mikdoriga egadir.
Sifat ko‘rsatgichiga ko‘ra tinch sharoblar uchta guruxga bo‘linadi:
«Ordinarnbie» - o‘rta sifatli, ma’lum muddat saqlanmasdan tayyorlangan sharoblar;
«Marochnbie» - ma’lum muddat, mahsus sharoitda saqlangan, yuqori sifatli, maxsus texnologiya bo‘yicha tayyorlanib, ma’lum noxiyalarda ishlab chiqariladigan sharoblar (markali).
«Kolleksionnbie»- marochnbiy sharoblar ichida ayniqsa, kamyob, yuqori sifatli, yirik idishlarda saqlanish muddati tugagach shisha idishlarida qo‘shimcha saqlanagan sharoblar.
Jilvali, o‘ynoqi sharoblar, karbonat angidridiga to‘yingan bo‘lib, ular ochilganda S02 puffaklari ajralib chiqadi. Bu sharoblar ikkita katta guruxga bo‘lingan. Bijg‘ish natijasida bosim ostida germetik idishlarda karbonat angidridiga tabiiy yul bilan to‘yingan «Sovet SHampani»-bu sharob (shishada, germetik rezervuar va rezervuarlar sistemasida) ikkilamchi bijg‘ish yo‘li bilan mahsus texnologiya bo‘yicha tayyorlanadi.
Qizil va oq uzum navlarini oq uslubda qayta ishlab olingan musallasdan, butilkada ikkilamchi bijg‘ish yo‘li bilan tayyorlangan va uch yil davomida saqlangan, faqat Fransiya SHampan nohiyasida maxsus texnologiya bo‘yicha tayyorlangan sharoblar “shampan” sharobi deb aytiladi va bu texnologiya klassik texnologiya deyiladi.
SHu bilan birga jilvali, o‘ynoqi sharoblardan -«O‘zbekiston shampani», «Sevastopolskoe», «Krasnodarskoe» va boshqa germetik berk idishlarda nordon yoki quvvatlangan xom sharoblarni ikkilamchi bijg‘itish yo‘li bilan, uzoq muddat saqlamasdan tayyorlangan sharoblar ham ishlab chiqariladi.
Tabiiy nim shirin o‘ynoqi «CHxaveri», «Msvane» va boshqa sharoblar germetik rezervuarlarda, bosim ostida uzum sharbatini bijg‘itib, ma’lum bosqichda bijg‘ish jarayonini to‘xtatib tayyorlanadigan sharoblar.
Gazlangan yoki jilvali, vijillaydigan sharoblar-saturatsiyalash yo‘li bilan sun’iy ravishda uglekislotaga to‘yintirilgan sharoblardir. Tayyor o‘ynoqi sharoblarda bosim 150 kPa-dan kam bo‘lmaydi (10°S-da) spirt mikdori 10,5-13,5h%; qand miqdori esa 0,1-12%-gacha. Tabiiy nim shirin o‘ynoqi sharoblarda spirt mikdori 9-11h%, qand 3,-5%. Ular tarkibidagi spirt miqdori 9- 12h%, qandliligi esa 3-8% teng bo‘ladi, rangidan oq, qizil, pushtiga ajratiladi.
Gazli sharoblar ishlab chiqarish jarayonida ishlov berilgan va ishlov berilmagan tayyor sharobga ajratiladi. Nordon xom sharob uchun bijg‘ish jarayoni tugagandan keyin yoki quvvatlangan sharoblar uchun spirtlashdan so‘ng ajratiladi. Xech qanaqa ishlov berilmagan sharobga ishlov berilmagan sharob deyiladi.
Tayinlangan texnologik sxemalariga rioya qilib tayyorlangan, konditsiyasi va tipikligiga qo‘yilgan talablarga javob beradigan texnologik ishlov berilgan, ishlab chiqarish joylari ma’lum va ma’lum muddat saklangan, faltrlangan, dam olgan idishlarga quyishga tayyor bo‘lgan yoki qo‘shimcha ishlovdan o‘tgan sharoblar (ishlov berilgan) sharoblar deyiladi.
To‘liq ishlov berilib, etilish doirasidan o‘tgan, quyish etukligiga ega bo‘lgan va hamma loyqalanishlarga barqarorlik ko‘rsatgan sharobga tayyor sharob deyiladi.
Uzum sharbati yoki yanchilgan uzumni spirtli bijg‘itish yo‘li bilan olingan mahsulot uzum sharobi deb nomlanadi.
Qishloq xo‘jalik xom-ashyolarini kayta ishlanganda ikkilamchi maxsulotlar va ishlab chiqarish chiqindilari hosil bo‘ladi. Bular ikkilamchi maxsulot resurslari (IMR) hisoblanib, ular maksimal darajada ishlab chiqarish jarayoniga jalb etiladi. Uzumni qayta ishlash natijasida ikkilamchi maxsulotlar: uzum turpisi, bandi, urug‘i va uzumdan olingan sharbat bijgitishi natijasida achitqilar, cho‘kmalar va boshqa chiqindilar hosil bo‘ladi.
Bu chiqindilar kayta ishlangan uzum hajmining 20% ni tashkil qiladi.
Ikkilamchi maxsulotlrni ratsional ishlatishi buyicha xar yili 5 mln. dal gacha etil spirt, 6 ming.t. xashaki unlar va boshka emlar olinadi.
Uzumning ikkilamchi maxsulotlari shingilning qattiq elementlarida joylashgan. Ammo achitqilar, neytral kislotalar cho‘kmalari, etil spirti. Uglerod to‘rt oksidi, aromatik moddalar va boshka maxsulotlar foydali ozuqa chiqindilari deb e’tirof etiladi.
CHIQINDILAR TAVSIFI
Uzum bandi (meva poya). Uzum yanchilishi natijasida odatda uning bandlari sharbat bilan namlangan bo‘ladi, va tarkibida ma’lum miqdorda(1,5-2,0 g/100ml) qand buladi. Korxonalarda bandlar iskanjalanadi va xar bir tonna uzumdan 1 dal gacha band sharbati olinib, spirt va sirka kislotasi tayerlash uchun ishlatiladi.
Bandning kimeviy tarkibida fenol moddalar - 3-6%, mineral moddalar -2,5% gacha, sharob kislotasi 0,1% gacha topilgan.
Turpi. Ezilgan uzumni iskanjalash natijasida ishlatiladigan iskanjalar tipi buyicha turp uzumi ikki guruxga bulinadi.

  1. Davriy usulda ishlaydigan iskanj adan (PPD) olingan uzum turpi.

  2. SHnekli iskanjadan olingan uzum turpi (PND)

Birinchi guruhdagi uzum turpi ko‘p miqdorda sharbat va ezilgan po‘stlogdan iborat;
Ikkinchi guruhdagi uzum turpi kam miqdorda sharbat va ko‘p miqdorda Urug‘lardan iborat bo‘ladi;
Uzluksiz ishlaydigan iskanjadan olingan shirin turpilar quyidagi ko‘rsatgichlar yordamida tavsiflanadi:
Bandlar qoldigi- 3%;
Po‘stlogi- 6,5%;
Urug‘lari - 3,2%;
Namligi- 48-55%;
Zichligi- 1,05-1,2 Sochma massasi- 350-470 g/l;
Namlmk tortish qobiliyati (Vlagoyomkost)- 60 ml/100g; qand miqdori (sharbatdagi miqdoriga karab)-25-30%
Uzumni kayta ishlash uslubi buyicha uzum turp 3 guruhga bo‘linadi:

  1. SHirin

  2. Bijgigan;

  3. Spirtlangan;

Bu guruxdagi uzum turpining tarkibiy tavsifi 1-jadvalda keltirilgan. Bundan shuni kurish mumkinki; qand, spirt va sharob kislotasining eng yuqori miqdori - spirtlangan uzum turpida buladi.

1. jadval. Uzum turpic

agi asosiy moddalar tartibi, %

Moddalar

Turpilar

SHirin

Bijgigan

Spirtlangan

Qand

5-10

-

4-6

Spirt

-

4-5

5-8

SHarob kislotasi

0,5-2,0

0,7-2,5

1,2-3,0

Urug‘dagi moy

10-24

10-24

10-18






Uzum turpi xavo bilan aloqada bo‘lishi hisobida tez buziladi va mog‘or bilan qoplanadi, spirt sirka kislotasiga aylanadi, sharob kislotali birikmalar propion kislotali bijg‘ish bakteriyalari tomonidan parchalanadi. SHuning uchun iskanjalashdan keyin birdaniga turplar qand va sharob kislotalarni ekstraksiyalash usuli bilan ishlov beriladi. Bunday imkoniyatlar bo‘lmasa turplar sementli transiyalarda, maxsus er osti omborxonalarda. Xovuzlarda yoki maydonlarda joylashtiriladi, polietilen plyonkalar bilan yopiladi, keyin qum, turpok, yoki er bilan qo‘shib tashlanadi. Uzum turpi bijg‘ishdan keyin spirt va sharob kislotali birikmalar olish uchun yoki tug‘ridan - tug‘ri xaydash usuli bilan spirt olish uchun disstillyasiga yuboriladi. Ularni kompleks ravishda ishlatilishi natijasida sharob kilotasi, spirt xom-ashyosi, uzum urug‘lari, xashaki unlar, enobuyoklar va boshka maxsulotlar olinadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə