Toshkent kimyo-texnologiya instituti


Uglerod to‘rt oqsidi (SO?)



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə5/10
tarix08.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#102114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
lochin (2)

Uglerod to‘rt oqsidi (SO?). Bijg‘ish davomida 1g qanddan 0,49g miqdorda uglerod oksidi hosil bo‘ladi. Oziq-ovqat sanoatida eng qimmatli mahsulot hisoblanadi, qisman osh sharoblarni va ichimliklarni gazlashda, sharbat va nordon sharoblarni saqlashda havo bo‘shlig‘ini to‘ldirish uchun qo‘laniladi. SHarbatni bijg‘ish vaqtida uglerodto‘rt oqsidi bilan birgalikda 0,17-1,5% gacha etil spirti va efir moylarini bir qismi ajralib chiqadi. Spirt va aromatik moddalar maxsus qurilmalar yordamida yig‘ib olinadi. Mahsus qurilmalar yordamida spirt va aromatik moddalar, bijg‘iyotgan sharbatdan chiqayotgan uchuvchan moddalar ushlab qolinishi va asosiy mahsulotlarga qaytarish, sharbat va ichimliklarga kiritish mumkin.
Vino kislotasi va uning xususiyatlari.
Tok novdasida va uzumlarda D-vino kislotasi ko‘p bo‘ladi, shu bilan birga kam miqdorda uzum kislotasi xam uchraydi. D-vino kislotasini birinchi marotaba SHile vino toshidan (tartratdan) ajratib olgan edi. Vino kislotasining molekulasida ikkita askorbin
kislota uglerod atomi bo‘ladi.
SHunda uning to‘rtta optik izomeri bo‘lishi kerak, lekin askorbin kislota uglerod atomida bir xil gruppalar H, OH, COOH borligi tufayli, uning ikkita izomeri bor xolos. Vino kislotasini to‘rt shaklda olish mumkin.
D va L vino kislotalarning suyuqlanish harorati 170°C , uzum kislotasi 240 - 246 °C da, mezo vino kislotasi esa 140°C da suyuqlanadi. D va L vino kislotalarning suvda eruvchanligi uzum kislotasinikiga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Tabiatda D va L vino kislotalar teng miqdordagi aralashmasidan iborat birikma xolida uchraydi. Bu birikma optik faol emas va uzum kislota deyiladi. Mezo vino kislotaning molekulasi faol emas. U o‘simliklarda uchramaydi, u vino kislota izomeri ishkor bilan birga qaynatilganda hosil bo‘ladi.
D - vino kislota - kattik kristal modda, yirik kristallar hosil kiladi. D - vino kislota piroelektr xossasiga va pezoelektr xossalariga ega. Vino kislotasining signet tuzi deyiladigan kaliy natriyli tuzi (KNaC4H4O6 • 4 H2O) ayniqsa kuchli pezoelektr xossasiga ega bo‘ladi.
Bu xodisalarning muxim ahamiyati bor va vino kislotadan amalda foydalanishga asos bo‘ladi. Uzum vino kislota olishning birdan bir manbaidir. Pishib etilga uzumda vino kislotaning miqdori 0,2 bilan 1% oraligida bo‘ladi. Vino kislota suvda va spirtda yaxshi eriydi, efirda yaxshi erimaydi. Vino kislota ikki asosli bo‘lganida u o‘rta va nordon tuzlar hosil kiladi.
Kaliyli nordon tuzi KHC4H4O6 suvda va sharobda qiyin eriydi, shu sababli sharobda anchagina miqdorda cho‘kma tushadi. Vino kislotaning kaliyli K2C4H4O6 o‘rta tuzi va natriyli o‘rta tuzi suvda eriydi.
Vino kislotaning kaliyli nordon tuziga ishkor ta’sir ettirilsa signet tuzi (KNaC4H4O6 • 4 H2O) hosil bo‘ladi.
Kaliy bitartrat (KHC4H4O6) nordon ta’mga ega bo‘lib vino kislotaga nisbatan suvda ancha kam eriydi: 0°S haroratda 3 g/l, 20°S haroratda 5-6 g/l, 100°C haroratda 69-76 g/l eriydi.
rN kamayganda nordon kaliy tartratning eruvchanligi ortadi. Kaliy tartrat bilan vino kislota miqdorlarining nisbati muxit rN iga bog‘liq. Masalan: rN=2,8 bo‘lganda vino kislotaga 31% nordon kaliyli tuzi xolida, rN=3 bo‘lsa 40,8% , rN=3,6 da 60,7% bo‘ladi.
SHarobda vino kislotaning deyarli yarmi kaliy bitartrat KNC4H4O6 xolida bo‘ladi.
Kaliy bitartrat K2C4H4O6 suvda yaxshi eriydi 20°S da 100 g suvda 155 g eriydi. Kalsiy tartrat CaC4H4O6 • 4 H2O ning suvdagi eruvchanligi kaliy bitartratnikiga karaganda ancha kam. 25°C haroratda 0,436 g/l eriydi.
Kalsiy tartratning undan ko‘prok miqdordagi kaliy bitartrat bilan aralashmasi odatda vino toshi deyiladi. SHarob saklab ko‘yilganda kalsiy tartrat 4 mol suv bilan cho‘kmaga tushadi, harorat pasayganda uning eruvchanligi kaliy bitartratning eruvchanligiga karaganda kamrok darajada pasayadi.
SHu sababli amalda ko‘pincha yozda kalsiy tartratning cho‘kmaga tushishi (20-25°S haroratda) kuzatiladi. rN kamayganda kalsiy tartratning eruvchanligi ortadi. Kaliy-natriy (KNaC4H4O6 • 4 H2O) tartrat (signet tuzi) suvda yaxshi eriydi. Masalan: 100 g suvda 20°C da 90 g, 100°S da 300g eriydi.
Vino kislotani sanoatda sintez kilish usuli xali ishlab chikarilmagan, xozirgacha tok o‘simligi vino kislota olishning birdan bir manbaidir. Vino kislota olish usuli uzum turpi ekstraksiya kilinganda olingan ozgina kislota ko‘shilgan ekstraktlardan vino kislotani cho‘ktirishga asoslangan.
Vino kislotaga oxak suti CO(OH)2 ta’sir ettirilsa dastlab eruvchan nordon tuz SaN2(S4N4O6) hosil bo‘ladi, so‘ngra u oxak bilan kiyin eriydigan oxak tartrat hosil kiladi. Vino kislotasiga oxak suti ta’sir ettirilganda vino kislotaning fakat yarmi oxak tartrat xolida cho‘kmaga tushadi, ikkinchi yarmi esa eritmada K2C4H4O6 xolida qoladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə