Toshkent kimyo-texnologiya instituti


Achitqi va guщali cho‘kmalar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə4/10
tarix08.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#102114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
lochin (2)

Achitqi va guщali cho‘kmalar. CHo‘kmalarga ishlov berish sharbat sharob ishlab chiqarish sanoatida chiqindilarni kompleks ishlatish bo‘yicha sezilarni o‘rin egallaydi. SHarbatni tindirish va uni spirtlash, spirtli bijg‘ish, xom sharoblarni va xom sharbatlarni xurushlash, shuningdek ularni bentonit, kremniy kislotalari bilan ishlov bergandan keyin hosil bo‘lgan cho‘kmalar bilan - g^ali cho‘kmalar farqlanadi. Kelib chiqishiga qarab gushali cho‘kma kuyidagilarga bo‘linadi: sulfatlangan, spirtlangan (kuvvatlangan) va bijg‘itilgan;
Guщa tarkibidagi quruq moddalarni (%)-ga qarab: suyuq holatdagi (12%; quyuq holatdagi-(30%) va siqilgan (iskanjalangan)lar (60%) ggushaga ajratiladi. Gushali cho‘kmalar chiqishi uzumni etilishida va kayta ishlashda yanchilish darajasiga qarab keng diapazonda (2- 3%-dan 15-20%-gacha) o‘zgarib turadi. CHo‘kmalar o‘zida mezga (ezilgan uzum) va sharbatning mexanik aralashmalarini, sharob toshlarini, oqsil moddalarini, polisaxaridlarni, fenolli birikmalarni, mikroorganizmlarni, begona aralashmalarni va iflosliklarni, shuningdek spirt, qand va sharob kislotalarni mujassamlashtirgan.
Bijg‘ishdan keyin, achitqi cho‘kmalari bochka va rezervuarlarning tubiga cho‘kadi va sharob hajmidan 3-8%-ni tashkil qiladi. Achitqi cho‘kmalarini qayta ishlash iqtisodiy jihatdan foydali va sharob ishlab chiqarish korxonalridagi suvlarni ifloslanishi uchun kurash deb hisoblanadi.
Iskanjalanib olingan achitqilar 5-10% spirt, 3-8% sharob kislotasi, shuningdek bir qator pektin, buyovchi, oshlovchi, azotli va boshka moddalardan iborat.
Kompleksli ishlovda achitqi cho‘kmalardan spirt, vino kislotalar, enant efiri, aminokislotalar (toza xolda), achitqi konsentratlari va avtolizatorlar, fermentlar, vitamin prepatalari, xayvonlar uchun ozuqa mahsulotlari olinadi.
Achitqi bardasi. Xom spirtni olishda qayta xaydashi qoladigan achitqilar bardasi achitqilar bo‘laklari 6mm gacha, kul rang, yashil rangli ham bor, butun achitqilar cho‘kmasining massasidan iborat. Uni sharob kislota tuzlarini va em achitqilari (oqsilli em achitkilari) olish uchun ishlatiladi. Bardaning 3% ozuqa birligi (100kg-da 7-10%) quruq moddalardan, 1-2,5 % sharob kislotasidan, 0,8 % gacha qanddan, 1% gacha x. spirtdan, 96% gacha namlikdan, 0,6­2,0% proteindan, 0,4% gacha kletchatkadan va 12,0 g/l gacha titrlanadigan kislotalardan iborat. Achitqi bardalaridan shuningdek sirka, glitserin, furfurol, o‘g‘it va ozuqa mahsulotlari ham olish mumkin.
Konyak bardasi. Konyak ishlab chiqarish korxonalarida yangi xom sharoblarni qayta haydash natijasi olinadigan konyak spirtidan keyin qoladigan oxirgi maxsulot konyak bardasi hisoblanadi.
SHarob toshi. Bochka, but va rezervuarlarning devorlarida va tublarida ko‘p miqdorda zich sharob toshli cho‘kma hosil bo‘ladi. SHarob toshi esa sharob kislotasini olishda eng qiymatli mahsulot hisoblanadi. Ular mexanik kuchlar ta’sirida (aralashtirish yoki silkitish), spirt miqdorini oshirganda yoki sharob haroratini pasaytirganda, achitqilar bilan birgalikda uzum sharbatini spirtli bijg‘ish natijasida, ishlov berish va sharobni saqlash davomida cho‘kmaga tushadi.
Uzum urug‘i. Urug‘ yangi yoki ekstraksiyalangan uzum turpidan olinadi va uzum moyi, tanin ishlab chikarishda, xamda seleksiya maqsadida ishlatiladi. Uzum navining zichligiga qarab, ular shingil massasining 1-4% tashkil qiladi; yangi uzum turplarida 15-40%-i urug‘lar, quritilgan turplarini esa 65%-ni urug‘ tashkil etadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə