Узбекистон республикаси олий ва урта


 Don va don mahsulotlarini saqlashda nobudgarchilikka olib keladigan



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/87
tarix12.07.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#119519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
1.2. Don va don mahsulotlarini saqlashda nobudgarchilikka olib keladigan 
sabablar 
Donning isrof bulish sabablarini bilmaslik va saqlash davrida don sifatining 
pasayishi katta nobudgarchilikka olib keladi. 
Bu nobudgarchilik esa uz navbatida galla hosildorligini oshirishga karatilgan 
qishloq xo`jalik ishlab chiqarish yutuklarini yukka chikaradi hamda hosilni etishtirish 
va yigib-terib olishga karatilgan mexnatni kadrsizlantiradi. 
Donni saqlash jarayoni bu don ishlab chiqarishdagi oxirgi boskich bo`lib bu 
fan don va saqlash ob`ekti bulmish don uyumining xususiyatlarini, shuningdek 
donning holatiga ta`sir ko`rsatuvchi fizikaviy, kimyoviy va biologik omillarni 
urganadi. 
Don uyumida ruy beradigan xodisalarning konuniyatlarini bilish donni miqdor 
va sifatiy saqlanishini ta`minlash uchun kerak bo`lgan ilmiy asoslangan chora-
tadbirlarni qo`llashga imkon beradi. 
Don va don mahsulotlarini saqlash boshqa mahsulotlarni saqlash singari katta 
moddiy-texnika bazasi va shu soxa bo`yicha puxta bilimga ega bo`lgan mutaxassis 
kadrlarni talab qiladi. 
Don va don mahsulotlari katta partiyalarini saqlashni tashkil qilishning 
murakkabligi ularning fiziologik va fiziko-kimyoviy xususiyatlari bilan boglikdir. 
Don tirik organizm bo`lib, unda turli xil hayotiy jarayonlar kechadi; bu 
jarayonlarning jadalligi tashki muxit sharoiti bilan boglikdir. 
Agar tashki muxit sharoiti don xujayralaridagi modda almashinuviga yaxshi 
ta`sir ko`rsatsa, bu suzsiz don sifatini yomonlashtirib miqdoran kamayishiga olib 
keladi. 
Don mahsulotlarini saqlashdagi talaygina kiyinchiliklar shu bilan boglik bo`lib, 
kaysiki ularning insondan boshqa har "iste`molchilari" mavjudligidadir. 
Bundan kelib chikadiki, mikroorganizm va zararkunandalar ta`siri natijasida 
mahsulot miqdoran kamayib sifati yomonlashadi. Don mahsulotlarini saqlash talabga 
muvofik tashkil qilinmasa, kemiruvchilar (kalamushlar, sichkonlar) va qushlar donni 
kirishadi va iflos qilishadi. 
Bundan tashqari saqlash davrida un va yormada yuz beradigan maxsus holatlar 
har ularning haridorbop xossalarini o`zgartiradi. Va nixoyat, barcha don 
mahsulotlarining miqdor va sifati ularning fizik xossalari oqibatida o`zgarishi 
mumkin. 
SHunday qilib, saqlanadigan mahsulotlarning tabiatidan va yuzaga keladigan 
nobudgarchilikdan, ularni biotik muxit omillaridan ximoya qilish, shuningdek don 
xujayralarida kechadigan jadalmodda almashinuviga qarshilik ko`rsatadigan sharoitni 
yaratish zaruriyatdir. Bu masalani fakat mahsulotni saqlash uchun tayorlab va 
saqlashning ma`lum shart-sharoitlarini yaratibgina hal qilish mumkin. 
Bularning hammasini don mahsulotlarining xossalarini hisobga olgan holda 
kerakli asbob-uskuna va kurilmalar bilan jixozlangan saqlash joylarni hozirlab 
amalga oshirish mumkin.




Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə