Узбекистон республикаси олий ва урта


-MAVZU. Don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni saqlash



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/87
tarix12.07.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#119519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
1-MAVZU. Don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni saqlash 
borasidagi muammolar 
 
Mavzu rejasi: 
1.1.
Don va don mahsulotlarini saqlash xo`jaliklari. 
1.2.
 
Don va don mahsulotlarini saqlashda nobudgarchilikka olib keladigan 
sabablar. 
1.3.
Don mahsulotlarini saqlash borasidagi dolzarb vazifalar. 
1.4.
 
Don mahsulotlarini nobud kilmasdan yoki massasi bo`yicha minimal 
yukotish bilan saqlash. 
1.5.
Don mahsulotlarining sifatini yomonlashtirmasdan saqlash. 
1.6.
Saqlashda don mahsulotlari sifatini oshirish. 
1.7.
Don mahsulotlarini saqlashda mexnat sarfini kiskartirish. 
1.8.
Saqlashda don va urug`larni aralashmalardan tozalash. 
1.9.
Saqlashda don massasini quritish. 
1.10.
Saqlashda don massasini shamollatish. 
1.11.
Don massasini zararkunandalar ta`siridan ximoya qilish. 
Foydalanilyotgan adabiyotlar: 
 
1.
Jidko V.I., Rezchikov V.A.,Ukolov V.S. Zernosushenie i zernosushilki. M. 
Kolos, 1982 g. 
2.
Trisvyatskiy L.A. Xranenie zerna, M., Agropromizdat, 1986 g.(7-12 betlar)
3.
Xaitov R.A., Zuparov R.I., Radjabova V.E., SHukurov Z.Z. Don va don 
mahsulotlarining sifatini baxolash hamda nazorat qilish, T. Universitet
2000 y. (75-78 betlar) 
4.
1- plakat.
1.1. Don va don mahsulotlarini saqlash xo`jaliklari. 
Mamlakatimizda don, urug` va ulardan qayta ishlab olingan mahsulotlar davlat 
va jamoa xo`jaliklarida, urug`chilik stantsiyalarida, elevator, don qabul qilish 
korxonalarida, tarqatish bazasida, tegirmon, yorma, omixta em zavodlarida, 
shuningdek non va makaron zavodlarida, kraxmal, pivo va spirt ishlab chiqarish za-
vodlarida saqlanadi. 
Davlat galla zapaslarini tuplash, joylashtirish, ularga ishlov berish, saqlash, 
markazlashgan holda foydalanish va xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarini don 
mahsulotlari bilan ta`minlashdagi muhim masalalar donni qabul qilish va uni qayta 
ishlash korxonalari zimmasiga yuklangan. SHuningdek, bu korxonalar urug`lik, duk-
kakli, moyli o`simlik va em-xashak o`tlari urug`larini qabul qilish, tarqatish va ularga 
ishlov berish amallarini ham bajarishadi. 
Aholini uzluksiz non, makaron mahsulotlari va yorma bilan ta`minlash uchun 
tegirmon va yorma zavodlarida ishlab chikariladigan un va yorma zaxiralari talab 
qilinadi. Zaxiralarning asosiy qismlari yuqorida ko`rsatilgan zavodlarda saqlanadi.
Un va yorma zaxiralari qayerda saqlanishdan qat`iy nazar, ulardan to`g`ri foy-
dalanish muhim davlat ishlaridan biri bo`lib hisoblanadi. 




Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə