Узбекистон республикаси олий ва урта



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/87
tarix12.07.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#119519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
 



KIRISH 
Barcha yetishtirilgan hosilni saqlash va undan to`g`ri foydalanish hozirgi 
kunda xalq xo`jaligi oldida turgan asosiy vazifalardan biri bo`lib hisoblanadi. 
Boshoqli dondan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari (non, yorma, makaron va 
boshqalar) inson hayoti uchun zarur bo`lgan muhim iste`mol mahsulotlarini tashkil 
qiladi. Bundan tashqari boshoqli, dukkakli va moyli o`simliklarning doni va urug`i 
inson hayotida juda katta rol’ o`ynaydi. 
Dunyoda oziq-ovqat iste`moli bo`yicha tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, 50% 
oqsil moddalari, 70% uglevodlar va 15% yog` moddalari don va urug`lardan olinadi. 
Don mahsulotlari etishtirishning mavsumiyligi sababli yil bo`yi ulardan turli 
maqsadlarda foydalanish uchun saqlash zaruriyati tug`iladi. 
Jaxon miqyosida ko`p asrli tajriba shuni ko`rsatadiki, donni saqlash katta va 
murakkab ish. YEr yuzida don va dondan olingan mahsulotlarning yetishmasligiga 
qaramasdan, ularning ancha qismi saqlash davrida nobud bo`ladi va natijada kishilar 
talabini qondirishgacha yetib bormaydi. 
FAO (Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi bo`yicha butunolam tashkiloti) ning 
ko`rsatkichi bo`yicha saqlash mobaynida har xil sabablarga ko`ra don mahsulotlari 
massasining kamayishi 10...15 % ni tashkil qilib, bunda saqlanayotgan mahsulotlar 
sifati xiyla pasayadi. 
Yuqorida ko`rsatilgan tsifrlar O`RTAcha bo`lib, ko`pgina davlatlarda bu 
ko`rsatkichlar boshqacha shaklni nomoyon qiladi. Masalan, ko`pgina Afrika qit`asi, 
janubiy - sharqiy Osiyo regioni mamlakatlarida donning isrofi 30% va undan 
yuqoriroqni tashkil qiladi. Salqin klimatli, yetarli texnik bazaga hamda malakali 
muxandis xodimlarga ega bo`lgan davlatlarda esa don mahsulotlari isrofi 
1....5% ni tashkil qiladi. 
Bizning davlatimizda har don va boshqa shu guruhga kirgan mahsulotlarni 
saqlashda isrofgarchilikni bartaraf qilishga imkon beradigan vositalar mavjud. 
Saqlash jarayonida progressiv texnologiyani qo`llash, ishlab chiqarishni malakali 
xodimlar bilan ta`minlash, kerakli ximikatlardan foydalanish shular jumlasidandir. 
"Don va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi" kursi nafakat texnologik 
fanlar, balki texniko-iqtisodiy fanlar jumlasiga har kiradi. Uning asosiy maqsadi - 
donni va undan olingan mahsulotlar (un, yorma va omixta em)ni saqlashda hamda 
xalq xo`jaligining muhim vazifalaridan biri bo`lmish don resurslarini oshirishda 
kelajak mutaxassislarga yordam berishdan iborat.




Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə