В. To‘xliyev, Sh. Yusupova, T. Ziyodova, O. Oxunjonova, D. Jumashev ‘zbek tili ‘qitish metodikasi



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/123
tarix10.06.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#116547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
to\'liyev b. o\'zbek tili o\'qitish metodikasi(2003) (1)

Dasturlar haqida
Kursning mazmuni va tuzilishi davlat: dasturi bilan belgilanadi. Unda 
davlat ta ’lim standartlari asosida 
0
‘quvchilar egallashi lozim bo‘igan 
bilim mazmuni va hajmi, ko‘nikma va malakalarning turlari, metodologik 
hamdapedagogik prinsiplari, 
0
‘qitishdagi o ‘zigaxos metodologiyahamda 
pedagogik-metodik talablar ixcham tarzda bayon etiladi.
Mustaqilligimiz bilan bog'liq holdagina ona tili dasturining bir necha 
avlodi y a ra tild i. T a ’lim tizim idag i o 'z g a rish la r, davlat t a ’lim
standartlarining yaratilishi, yangi o ‘quv rejalarining ishlab chiqilga.ni, 
ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi yangilanishlar dasturlami ham qayta ko'rib 
cliiqishni taqozo etmoqda.
Dastur eng muhim davlat hujjati bo‘lib, uni bajarish majburiydir. 
0 ‘qituvchining asosiy vazifasi davlat dasturi talablarini to ‘)a va samaraii 
amalga oshirishdan iborat. Shunga ko‘ra ham 
0
‘qituvchi uni to‘la bilishi, 
uning barcha qismlari haqida aniq tasavvur va m a’iumotga ega boiishi 
kerak. Dastur o ‘qituvchining ish faoliyatidagi eng asosiy yo‘l ko'rsatuvchi


manbadir. Unda amaliy harakatga ko‘rsatma ham, ixcham m a’lumotnoma 
ham mujassamlashgan. Ilgari dasturlar um um ta’lim maktablarining 
barcha bo‘g‘inlarini (I - IX yoki V-XI sinflar) qamrab olardi. «Ta’Iim 
to ‘g‘risida»gi yangi Qonun ta ’Iim tizimiga bir qator yangiliklami olib 
kirdi. Unga ko‘ra endi umumiy o ‘rta ta ’Iim I - IX sinflami qamraydi. 
Bundan keyin esa o ‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshlanadi. Demak, 
dasturlar ham shundan kelib chiqqan holda boshqa-boshqa bo‘ladi.
Um um an, dasturda ona tili kursi to ‘laligicha tavsiflab beriladi. Har 
bir sinfdagi ona tili kursining mazmuni va ish tartibi, har bir mavzuning 
mohiyati muayyanlashtiriladi. Unda o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan ilmiy- 
nazariy tushunchalar, nutq o ‘stirish, ona tili fanidan o'tkazilishi ko‘zda 
tutilgan og'zaki va yozma ish turlari, predmetlararo aloqa, o ‘quvchilar 
bajarishi lozim bo‘lgan topshiriq va mashqlar tizimi beriladi.
Davlat dasturini bajarish asosida o ‘qituvchi o'quvchilardagi ona tiliga, 
ona Vataniga muhabbat, ijodkorlik, ijodiy faollik, yuksak axloqiy- 
m a’naviy xislatlami takomillashtirish va o‘stirishga asosiy e’tibor bermog‘i 
lozim.
Dasturlarda, jumladan, akademik litseylar uchun tuzilgan «Hozirgi 
o ‘zbek adabiy tili» dasturida ta ’Iim bosqichlari orasidagi uzviylik va 
uzluksizlikka alohida ahamiyat berilgan. Dastur bo‘yicha ona tiliga 240 
soat ajratilgan bo‘lib, uchta bosqichga 80 soatdan taqsimlangan. Hozirgi 
kunda akademik litseylarning barcha bosqichlari uchun darsliklar shu 
dastur asosida yaratilmoqda.
«Ona tili va adabiyot» dasturida asosiy mavzular ona tilining izchil 
kursini taqdim etishga qaratilgan.
Darsliklar fanning mohiyatiga, o ‘quvchining yoshiga, uning bilim 
darajasi va umumiy adabiy tayyorgarligiga qarab tuziladi. Odatda, har 
b ir d a rs lik n in g b o sh q ism id a g i « K irish » , « M u q a d d im a » , 
« 0 ‘quvchilarga» deb nomlanadigan qismda umumiy maqsad va vazifalar 
bir qadar muayyanlashtiriladi. Jumladan, Akademik litseylarning 2- 
bosqichi uchun yaratilgan darslikning «Kirish» qism ida, shunday 
deyiladi: «M a’lumki, til hodisalari nutqda voqe bo‘ladi. H ar bir xalq 
asrlar davomida o ‘z tili ustida ishlab, sayqallashtirib, uni go'zallashtirib 
boradi. Xalqning ijtimoiy hayotida ro‘y bergan barcha o ‘zgarishlar uning 
tiiida, birinchi galda lug‘at jam g‘armasida o ‘z aksini topib boradi. Shu 
m a’noda so‘z va uning xususiyatlari haqida m a’lum bir tushunchalarga 
ega b o ‘lish, n u tq d a s o ‘zlard an o ‘rin li foydalana olish jo n a jo n
0 ‘zbekistonimizning kelajagi sanalgan Siz — yoshlar uchun nihoyatda 
muhim sanaladi». «Ta’Iim to ‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari talabalarining 
o ‘z fikrlarini yozma va og‘zaki ravi^ida em in-erkin bayon qila olishlari 
lozimligi qayta-qayta ta ’kidlangan».



Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə