В. To‘xliyev, Sh. Yusupova, T. Ziyodova, O. Oxunjonova, D. Jumashev ‘zbek tili ‘qitish metodikasi



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/123
tarix10.06.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#116547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
to\'liyev b. o\'zbek tili o\'qitish metodikasi(2003) (1)

3-ilova
Savol va topshiriqlar:
1. Dastur nima? Ona tili dasturlarning rivojlanish jarayoni
qanday kechmoqda?
2. Dastur va darsliklardagi tafovutlarni aniqlang.
3. Sinflar orasidagi uzviylik va uzluksizlikka e ’tibor bering.
Uzviylik ta ’minlangan о ‘rinlarni misollar asosida ко ‘rsating.
4. Dasturda nazariy та ’lumotlaming sinflararo uzviyligiga e ’tibor
bering. Fikringizni misollar asosida izohlang.
4-ilova
Matn mazmuniga doir savol va topshiriqlar
1. 
«Dasrlik» tushunchasini ifoda etuvchi «Klasster» usulini bajaring. 
Uni musobaqa tarzida tashkil eting.
Namuna:
5-ilova
Ona tili darsliklari
Bugungi kunda jahon andozalariga har jihatdan mos keladigan, milliy 
mustaqillik g‘oyasini o ‘zida aks ettiradigan mukammal darsliklar yaratish 
dolzarb muammoga aylandi. Shu bois Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, 
«Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o ‘quv-adabiyotlarining yangi avlodini 
yaratish konsepsiyasi» talablari asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari 
uchun yangi mazmundagi darslik va o ‘quv qo‘llanmalari yaratilmoqda. 
Bu borada ta’lim tizimida amaliy ishlar olib borilyapti. Osiyo taraqqiyot 
bankining kredit mablag'lari hisobidan «Umumta’lim maktablari uchun 
darslik va o ‘quv adabiyotlarini nashr qilish tizimini takomillashtirish» 
loyihasi doirasida yangi avlod darsliklarini tanlov asosida yaratish ishlari 
keng yo‘lga qo‘yildi. Bu borada m a’lum natijalarga erishildi.
Umumiy o ‘rta ta ’lim maktablari uchun ona tili darsliklarining yangi


avlodi maydonga keldi. 5-sinf uchun «Ona tili» darsligi N. Mahmudov, 
A. Nurmonov, A. Sobirov, V. Qodirov, Z. Jo'raboyevalar muallifligida 
yaratildi. 6-sinf uchun «Ona tili» daisligi N. Mahmudov, A. Nurmonov, 
A. Sobirov, V. Qodirovlar, 7-sinf darsligi, 8-sinf darsligi M. Qodirov,
H .N e ’matov, M. Abduraimova, R. Sayfullayevalar, 9-sinf darsligi
H .N e ’m atov, N . M ahm udov, A. G 'u lo m o v , R. Sayfullayeva, 
M.Abduraimovalar tom onidan yaratilgan.
5-sinf uchun darslik o‘quvchiga murojaat bilan boshlanadi. U dasturga 
muvofiq tarzda ona tili haqidagi boshlang‘ich umumiy tushunchalami 
shakllantmsh uchun m o‘ljallangan ixcham nazariy lavha bilan boshlangan. 
Dastlab tilning ijtimoiy hodisa ekanligi haqida ixcham kirish suhbati 
berilgan.
D arslik bolalarn in g yosh xususiyatlari, qiziqishlari, adabiy 
tayyorgarlik darajalarini e’tiborga olgan holda bir necha ruknlaiga bo‘lingan. 
Ular quyidagicha nomlanadi:
1. Kirish.
2. Takrorlash.
3. Sintaksis va punktuatsiya.
4. Morfologiya.
5. Fonetika. Grafika.
6. Leksikologiya.
7. 0 ‘quv yili oxirida takrorlash.
H ar bir rukn ichida rang-barang topshiriqlar berilgan. U larni 
bajarish uchun turli uslub va janrlardagi matnlar tavsiya etilgan.
Masalan, «Kirish»da dastlab ikkita topshiriq berilgan. Ulardan keyin 
tilning ijtimoiy xususiyatini yoritib berishga oid m atn namunasi, so‘ng 
«Bilib oling» degan alohida bandda ixcharngina xulosa chiqarilgan. 
N avbatdagi qism o ‘quvchilarning o'zlari bajarishi lozim bo'lgan 
mashqlarga aloqador. 1-mashq «Quyidagi so‘zlaming 
0
‘zbek tilida paydo 
bo'lish sabablarini aniqlang» deyiladi. Ular kollej, litsey, tadbirkor, 
fermer, tum an, viloyat so‘zlaridan iborat.
Keyingi mashq til haqidagi matnni o‘qib, o ‘z fikrini aytib berishni 
talab qilishga m o‘ljallangan. So‘ng maqollarni ko‘chirish va yodlash 
vazifasi berilgan. Uning izidan topishmoqlaming javobini topish talab 
etiladi. 1-dars oxirida bir nechta savollar berilgan. Kitobda rasmga qarab 
hikoya tuzish, turli m atn namunalarini yaratish singari topshiriqlar 
o'quvchilarda mustaqil, ijodiy fikrlaishga rag'bat uyg‘otadi, ularning bu 
sohadagi ko‘nikma va malakalarini yanada rivojlantiradi.
Darshkdagi har b ir mavzu tegishli savol va topshiriqlar bilan 
ta’minlangan. Ular mavzuning xaiakteri, materialning hajmi, ko‘zda
12


tutilgan maqsad va vazifalar bilan aloqador holda tuzilgan. Birinchi mavzu 
uchun 6 ta, ikkinchi mavzu uchun 3 ta, uchinchi mavzu uchun 4 ta 
savol va topshiriqlar tuzilgan. Demak, savol va topshiriqlar o'rganilishi 
lozim bo'lgan materialning hajmi, xarakteri va undan ko‘zda tutilgan 
maqsad bilan bog‘liq holda tuziladi. Ularning mazmuni ham rang-barang. 
Ayrim savollar muayyan til hodisasi haqidagi yangi m a’lumotlarni bilishga 
qaratilgan. Ayrim savollarda boshqa o‘quv predmetlari, san’at turlari bilan 
aloqadorlik nazarga olingan. Yana bir turkum savollar esa o'quvchilarning 
og‘zaki va yozma nutqlarini takomillashtirishni ko‘zda tutadi.
0 ‘qituvchi ularga ijodiy tarzda yondashishi m umkin. Tajribali 
o ‘qituvchilar m atn mazmunidan kelib chiqib, savol va topshiriqlami 
o ‘zlari tuzishlari mumkin. Bunda o'quvchilarning faollik darajasi keskin 
ortadi. Ularning m atn mazmunini o ‘zlashtirislilari uchun yanada qulay 
sharoit yaratiladi, eng muliimi, o ‘qituvchi va o'quvchi hamkorligidagi 
jonli holat, qulay vaziyat maydonga keJadi.
Ba’zi savollar voqealarning izchilligi, mantiqiyligini («Matnni o ‘qib 
bo‘limlarga ajrating va har bir bo‘limga sarlavha qo‘ying») kuzatishga 
undasa, yana ba’zilari ulami ijodiy fikrlashga da’vat etadi («Qarisi bor 
uyning parisi bor» mavzusida matn tuzing). Amaliy-ijodiy faoliyatni talab 
etadigan («Rasm asosida hikoya tuzing») savollar ham darslikda 
anchagina.
Topshiriqlarda ifodali o'qish, roUarga bo‘lib o ‘qish, matnni yod olish, 
matn mazmunini hikoya qilish, m atn mazmunini qisqartirib hikoya qilish 
singari ko‘rinishlar mavjud. Ular o'quvchilarning og'zaki nutq malakalari 
ortishiga omil bo‘ladi. Bevosita yozma nutq takomiliga yo‘naltirilgan 
topshiriqlar ham bor. 5-sinf darsligida nazariy tushunchalar elementar 
tarzda taqdim etilgan.
Ona tilini uning o'ziga xosligida i kelib chiqqan holda o ‘rganishning 
boshlanishi yetuk kitobxonni shakllantirish uchun muayyan zamin 
yaratish imkonini beradi. 5-sinf darsligi bilan ishlashda o'quvchi laming 
badiiy matn mohiyatini, sehrini, tarovatini, shular asosida esa o'zbekcha 
so'z nazokatini tushunisMari, his etishlari, anglab yetishlari uchun 
dastlabki qadamlar qo'yiladi. Ammo har bir matnning o'ziga xos tarzdagi 
yondashuvlami taqozo etishini ham unutmaslik kerak.
Dastur va darsliklarda o'rganilishi ko'zda tutilgan m atnlar badiiy 
qimmati, tarbiyaviy ahamiyati ham da o'quvchilarning yoshi, ruhiy 
imkoniyatlari, aqliy rivojlanish darajalariga mosligiga ko'ra tanlangan, 
asar tahlilida bir xil fikrlash va bir qolipdagi mulohazalar yuritishdan 
voz kechilgan. Shunga qaramay, ayrim holatlarda, nazarimizda, badiiyati 
unchalik yuksak boMmagan namunalarga ham o'rin berilgan.
13


Darsliklar bilan birgalikda o'qituvchi uchun metodik qo'llanm a 
yaratilmoqda. Metodik qo'llanmada har bir darsning o'qitish metodikasi, 
darslikdagi m avzularga q o 'sh im ch a m a ’lum otlar, m ashg 'u lotlar, 
topshiriqlar o ‘rin olayapti, bu esa o ‘qituvchiga har bir darsni mazmunli 
qilib o ‘tishiga imkon tug‘diradi.
6-ilova

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə