Volume , issue impact Factor: 249


“It’s very hard to concentrate when your stomach’s rumbling”



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/58
tarix28.11.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#133320
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58
564-99-PB

“It’s very hard to concentrate when your stomach’s rumbling”
(“Ochlikdan quldurab 
turgan oshqozon bilan fikrni jamlash qiyin”) iborasi yuqoridagi aforizmlarga yaqin ma’noda 
ishlatiladigan ibora bo’lib kanadalik qo’shiqchi Shanaya Tveynga tegishli. 
Ammo shunday qarashlar ham mavjudki, ular yuqoridagi fikrlarni butunlay inkor etadi. Bu 
hayratlanarli yoki juda ham e’tibor tortadigan holat emas, sababi har bir kishi o’z shaxsiy fikriga ega. 

Never try to negotiate with anyone after he or she has eaten. People are best persuaded on an 
empty stomach”
huddi shunday aforizmlar sirasiga kiradi. Amerikalik mashhur psixolog Joys 
Brazers tomonidan bildirilgan bu fikr o’zbek tiliga “Hech qachon kimdir bilan uning qorni to’ygandan 
keyin kelishuvga kirishmang. Insonlarni och qorinda ishontirish osonroq” deb tarjima qilinadi. Huddi 
shu mazmunda 
“A fat stomach never breeds fine thoughts”
(“To’q qorin bilan yaxshi xulosalar 
chiqarib bo’lmaydi”) iborasi italiyada tug’ilgan, xristian dinining atoqli vakillaridan biri Muqaddas 
Ieronim tomonidan aytilgan.
Yana shunday aforizmlar ham borki, garchi u mantiqan ijobiy holatni aks ettirmasada, insonlar 
tabiyatidan kelib chiqqan holda yuzaga kelgan xulosalardir. Buyuk fizik Albert Eynshteynning 
fikricha insonlarga yoqish uchun ularning miyasiga emas, balki oshqozoniga ozuqa berish kerak
ya’ni 
“To obtain an assured favorable response from people, it is better to offer them something 
for their stomachs instead of their brains”.
Bu mazmunda 
“Quruq qoshiq og’iz yirtar”

“Quruq 
so’z bosh og’ritar, Yoriq qoshiq og’iz yirtar”
o’zbek xalq maqollari mavjud. 
Shuni ta’kidlash joizki, aksariyat hollarda tibbiy terminlari mavjud aforizmlarning ko’pchiligi 
asosan chuqur bilimlarga ega bo’lgan tibbiyot xodimlari tomonidan tajribalarga asoslangan, aynan 
salomatlik bilan bog’liq bo’lgan hikmatli so’zlar bo’lib, insonlarni sog’lom turmush tarziga amal 
qilishga targ’ib qiladi. Ba’zilari esa ham tibbiy mazmunda, ham ko’chma ma’noda qo’llaniladi.
Ba’zilari esa, to’g’ridan-to’gri mazmunidan ancha yiroq bo’lib, faqat ko’chma ma’noda 
ishlatiladi. Amerikada tavallud topgan san’atkor va tadbirkor Lekraye aytib o’tgan fikr bunga yaqqol 
misol bo’ladi: 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə