Volume , issue impact Factor: 249



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/58
tarix28.11.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#133320
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58
564-99-PB

“Och qoringa gap yoqmas”
maqolida inson salomatligi joyida 
bo’lgandan keyingina boshqa masalalarda bosh qotirishga mayl uyg’onishi, sababi qorinning och 
bo’lishi kishi tanasida bezovtalikni keltirib chiqarishi nazarda tutiladi. Huddi shu mazmunda yana 
“Avval iqtisod, keyin siyosat”
iborasi ham keng qo’llaniladi. Ingliz tilida esa bu borada bir nechta 
aforizmlarni misol qilib keltirish mumkin: 
“No man can be a patriot on an empty stomach”
XVII 
asrda yashab ijod etgan ingliz yozuvchisi Uilliam Kuper tomonidan bildirilgan fikr bo’lib, o’zbek 
tiliga to’g’ridan to’g’ri tarjimasi “Hech kim qorni ochligida vatanparvar bo’lolmaydi”. 
Navbatdagi ibora amerikalik davlat arbobi, siyosatchi va biznesmen Maykl Blumberg 
tomonidan XX asr oxirlariga bildirilgan 
“It’s no fun to protest on an empty stomach”
(“Och 
qoringa qarama-qarshi harakatlanishning zavqi yo’q”) bo’lib, bu ham hamma zamonda bir xil 
mazmunga ega sanaladi. 
Kelib chiqishi jihatdan asli germaniyalik bo’lgan Albert Eynshteyn ham amerikalik, ham 
nemis, ham shvetsariyalik buyuk fizik hayotiy tajribalari asosida bildirib o’tgan fikrlari orasida 
“An 
empty stomach is not a good political adviser”
(“Qorni ochdan yaxshi siyosiy maslahatchi 
chiqmaydi”) ham dunyo xalqlari orasida mashhur. 
“No man can worship God or love his neighbor on an empty stomach”
XX-asr amerikalik 
siyosatchisi va akademigi Vudro Uilsonning hayotiy qarashlaridan biri bo’lib, o’zbek tilida “Och 
qoringa Yaratganga ibodat ham, yaqiniga muhabbat ham ko’ngilga sig’maydi” ma’nosini beradi. 
Xuddi shu ma’noda fors-tojik shoiri, faylasuf Sa’diy Sheroziyning quyidagi fikri mavjud: 
“He who 
is a slave to his stomach seldom worships God”
. Ammo bu aforizm ancha keng ma’noga ega, ya’ni 
“Nafsiga qul kishi kamdan kam ibodatga boradi” degan umumiy mazmunni ifodalaydi. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə