Yusupova Z. X


Sportda biomexanik nazorat ob’ektlari



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   149
4.6. Sportda biomexanik nazorat ob’ektlari. 
Insonning harakatlanish mahorati, uning har qanday sharoitlarda ham tez, aniq 
va chiroyli harakat qila olish ko‗nikmalari jismoniy, texnik, taktik, psixologik va 
nazariy tayyorgarlik darajasiga bog‗liq. Harakat madaniyatining ushbu beshta 
omillari sportda ham, o‗quvchilarning jismoniy tarbiyasida ham va jismoniy 
madaniyatning ommaviy mashg‗ulot shakllarida ham, etakchi hisoblanadi. 
Harakatlanish mahoratini takomillashtirish va hatto oldingi darajasida saqlab turish 
uchun aytib o‗tilgan omillarning har birini nazorat ostiga olish kerak.
 
Insonning motorikasi, ya‘ni harakatlanish (jismoniy) sifatlar va ularning 
namoyon bo‗lishi, Sportda biomexanik nazoratning ob‘ekti bo‗lib xizmat qiladi. 
Bu Sportda biomexanik nazorat yakunida quyidagi ma‘lumotlar olinishini 
anglatadi: 
1) harakatlantiruvchi harakatlar texnikasi va harakatlantiruvchi faoliyat 
taktikasi to‗g‗risida; 


125 
2) chidamlilik, kuch, tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlik to‗g‗risida. 
Ularning kerakli darajasi yuksak texnik-taktik mahoratning zaruriy sharti 
hisoblanadi. 
Bundan ham soddaroq aytish mumkin: Sportda biomexanik nazorat quyidagi 
uchta savolga javob beradi: 
1) inson nima qiladi? 
2) u bu ishni qanchalik yaxshi bajaradi? 
3) nima tufayli u bu ishni bajara 
Sportda biomexanik nazorat muolajasi (protsedurasi) quyidagi sxemada 
ifodalangan: 
Inson bolaligidanoq o‗lchash ob‘ekti bo‗ladi. CHaqaloqning bo‗yini, vaznini, 
tanasi haroratini, uyqusining davomiyligini va shu singarilarni o‗lchaydilar. 
Keyinchalik, maktab yoshida, o‗lchanadigan o‗zgaruvchilar qatoriga bilim, malaka 
va ko‗nikmalar ham kiritiladi. Inson ulg‗ayib borgan sayin, uning qiziqishlari 
doirasi shunchalik kengayib boraveradiki, uni xarakterlovchi ko‗rsatkichlar ham 
shunchalik ko‗p sonli, turli-tuman va hartomonlama bo‗lib boraveradi. Va aniq 
o‗lchashlarni bajarish shunchalik qiyinlashadi. Masalan, texnik va taktik 
tayyorgarlik darajasini, harakatlar go‗zalligini, inson tanasi massasining 
geometriyasini, kuchni, egiluvchanlikni va shu singarilarni qanday o‗lchash 
mumkin? Bundan buyon ana shularni qarab chiqamiz. 


126 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə