Yusupova Z. X


Sportda biomexanik tadqiqotda vazifa qo‘yish va tadqiqot usullari



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   149
4.3. Sportda biomexanik tadqiqotda vazifa qo‘yish va tadqiqot usullari
Harakatlarni o‗rganish uchun Biomexanika uning uchun ixtisoslashgan 
(Sportda biomexanik) usullari qo‗llanadi. Zarur bo‗lgan hollarda aralash fanlar: 
biologiya, psixologiya, pedagogika, matematika va boshqalar usullaridan ham 
foydalaniladi. Sport Sportda biomexanikasi usullari harakatlarning miqdoriy 
xarakteristikalarini olish va ularning o‗zaro bog‗liqligini aniqlash imkoniyatini 
beradi. Bu tizimli tahlilni, shuningdek ularni o‗rganishning asosiy yo‗li sifatida 
harakatlarning tizimli sintezini ta‘minlaydi. 
Sportda biomexanik tadqiqotni tashkil qilish qo‗yilgan vazifalarga va ularga 
mos usullarni tanlashga bog‗liq. 
Sportda biomexanik tadqiqot vazifalari juda ham turli-tuman. Ularning 
qo‗yilishiga faqat usullarni tanlash, tadqiqotni tashkil qilish emas, balki olingan 
ma‘lumotlarni qayta ishlash, tahlil yo‗nalishi ham bog‗liq. Tadqiqot vazifalarini 
qo‗yish – bu «tasavvurni qurilmadan oldinroq yo‗lga qo‗yish» degani.
Tadqiqot vazifalarini to‗g‗ri va muvaffaqiyat bilan qo‗yish, ahamiyatga molik 
darajada, quyidagilarni aniqlaydi: 
1) nimani o‗rganish (qanday bog‗liqliklar) 
2) qanday materialni (ob‘ektni) o‗rganish 
3) qanday shart-sharoitlarda ma‘lumotlarni yig‗ish 
4) qanday yo‗l bilan ma‘lumotlarni olish va ularni qayta ishlash 
Tadqiqot usullarini tadqiqot vazifalaridan kelib chiqqan holda xususiy 
usullarning majmuasi sifatida tanlaydilar. Aniq vazifani qo‗yish uchun uni echish 
imkoniyatini beradigan yoki ularni yaratishga imkon beradigan mos usullarni bilish 
kerak. Qo‗yilgan vazifa asosida qanday xarakteristikalarni tadqiq qilish kerakligi 


121 
aniqlanadi. Ularning birlari faqat qayd qilingan xarakteristikalarning (inersiya 
momenti, kinetik energiya, ish, ko‗pchilik hollarda shuningdek, tezlik, tezlanish va 
shu singarilar) hosilalari sifatida hisoblash yo‗li, boshqalari (ko‗pincha, fazoviy, 
vaqt va kuch xarakteristikalari) - bevosita qayd qilish yo‗li bilan olinadi. 
Qanday xarakteristikalarni qayd qilish belgilangandan so‗ng, ma‘lumotlarni 
yig‗ish sharoitlarini (tabiiy, tajriba uchun maxsus yaratilgan va boshqalar) 
aniqlaydilar. 
Trenirovka va musobaqalarni tabiiy kuzatish shunday amalga oshiriladiki, ular 
sportchining harakatlariga xalaqit qilmasligi kerak. Kuzatuvchi o‗lchash 
asboblaridan (ruletka, sekundomer, optik kuzatish tizimi) va foto, kino - hamda 
videoapparatlardan foydalanishi mumkin. Kuzatish (ko‗z bilan) yoki instrumental 
kuzatishning asosiy sharti - ob‘ektiv ma‘lumotlar olish bo‗lib, u harakatlarning 
tabiiy davom etishiga aralashishni talab qiladi. 
Tajriba o‗tkazishda (ilmiy izlanishda) tadqiqtda qo‗yilgan vazifalar echiladigan 
maxsus sharoitlar yaratiladi. Sinaluvchilar qat‘iy belgilangan sharoitlarda 
o‗tkaziladigan va shu bilan birga uning harakatlariga eng kam aralashish 
ta‘minlanadigan tabiiy tajriba o‗tkazish mumkin. SHuning bilan birga, murakkab 
apparatura bilan qurollangan sportchilar, hattoki yuksak natijalar ham ko‗rsatishi 
mumkin. 
Keyingi paytlarda laboratoriya (modelli) tajriba keng qo‗llanilmoqda. 
Harakatlar to‗g‗risidagi qayd qilingan ma‘lumotlarni qayta ishlash, asosan, 
matematik statistik usullar yordamida o‗tkaziladi. 
Zamonaviy majmuaviy usullar bir qator ma‘lumotlarni qayd qilish va qayta 
ishlashning o‗zaro bir-birini to‗ldiradigan, ayrim hollarda esa bir-birini (tekshirish 
uchun) dublirovka qiladigan usullarini o‗z ichiga oladi. 
Usulni ishonchli va imkoniyatli ma‘lumotlar olinishini ta‘minlashidan kelib 
chiqqan holda tadqiqotning u yoki bu usulini tanlaydilar. Bunday usul 
quyidagilarni: 
1) o‗lchashning etarli darajadagi ishonchli aniqligini ta‘minlashi 
2) sportchi harakatlarini bo‗yamasligi, ya‘ni sinaluvchini ortiqcha qiynamasligi 


122 
3) qo‗llash uchun ishonchli va qulay bo‗lishi 
4) kuzatish va tajriba o‗tkazish sharoitlarida qo‗llanishi mumkinligi 
5) qayta ishlash uchun qulay ko‗rinishdagi materiallarni berishi 
6) boshqa kerakli usullar bilan birgalikda qo‗llash imkoniyatlari mavjud 
bo‗lishi 
7) yuqorida aytib o‗tilgan hamma ko‗rsatkichlar bo‗yicha tadqiqot vazifalariga 
mos kelishi kerak. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə