Yusupova Z. X


Sportda biomexanik tadqiqotni tashkil qilish bosqichlari



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   149
4.4. Sportda biomexanik tadqiqotni tashkil qilish bosqichlari. 
Sportda biomexanik tadqiqotda quyidagi uchta bosqich o‗zaro farqlanadi: 
1) ma‘lumotlarni (xarakteristikalarni) qayd qilish; 
2) qayd qilingan natijalarni qayta ishlash; 
3) Sportda biomexanik tahlil. 
Inson harakati va u harakatlantirayotgan jismlarning xarakteristikalarini qayd 
qilish o‗rganilayotgan harakat, uni bajarish shart va sharoitlari, uning natijalari, 
shuningdek sportchining o‗zi to‗g‗risida miqdoriy ma‘lumotlarni olish maqsadida 
amalga oshiriladi. Harakatlarning va atrof muhit sharoitining mexanik (kinematik 
va dinamik) xarakteristikalari ham, sportchining o‗zini (masalan, tanasi 
o‗lchamlari, funksional ko‗rsatkichlari) xarakteristikalari ham qayd qilinadi. 
Odatda, alohida (yakka) xarakteristikalar emas, balki ularning to‗plami qayd 
qilinadi, buning uchun esa usullar majmuasi qo‗llanadi. 
Ma‘lumotlarni (qayd qilingan natijalarni) qayta ishlash to‗g‗ridan-to‗g‗ri qayd 
qilinmagan (masalan, yo‗l va sarflangan vaqt ma‘lumotlari bo‗yicha tezlikni 
hisoblash) yangi ma‘lumotlarni olish imkoniyatini beradi. Matematik qayta ishlash 
turli omillar orasidagi bog‗lanishni, ularning ishonchliligini aniqlash imkoniyatini 
beradi. Va nihoyat, qayta ishlash natijasida ma‘lumotlar tahlil uchun qulay va 
amaliyotda foydalanish uchun ko‗rgazmali bo‗lgan yangi (jadvallar va grafiklar) 
ko‗rinishiga keladi.
Sportda biomexanik tahlil izlanish zarurati tadqiqot vazifalarida belgilangan 
o‗ziga xos va xarakterli bo‗lgan qonuniyatlarni aniqlashga hamda xulosalar va 
takliflarni asoslashga yo‗naltirilgan. Qonuniyatlarni izlanishi, an‘anaga ko‗ra, 


123 
«tahlil» deb aytiladi. Biroq, ma‘lumki, tahlil sintez bilan chambarchas bog‗liq: 
yaxlitni bo‗laklarga bo‗lish albatta qismlarni yaxlitga birlashtirish bilan to‗ldiriladi.
Demak, Sportda biomexanik tahlil sintezni ham o‗z ichiga oladi. 
Tadqiqotning yuqorida zikr etilgan bosqichlari har doim ham ko‗rsatilgandek 
qat‘iy ketma-ketlikda kelavermaydi. Qayd qilish bosqichidayoq dastlabki Sportda 
biomexanik tahlil boshlanadi. Xarakteristikalarni qayd qilish jarayonida 
tadqiqotchi ma‘lumotlar hajmi ortib borgani sayin ular orasidagi bog‗lanishni 
izlaydi. Nihoyat, qayda ishlashni borishi yangi fikr-mulohazalarga undaydi va o‗zi 
dastlabki tahlil ma‘lumotlari tomon intiladi. SHuning uchun bosqichlarga 
bo‗linishi shartli ravishda amalga oshiriladi. Bunday bo‗linish birinchi 
ma‘lumotlarni olinishi bilanoq tadqiqotning borish yo‗lini oldindan ushbu olingan 
ma‘lumotlarni qayta ishlash imkoniyatlari mavjudligi tekshirilishini o‗ylashga 
hamda qayta ishlash davomida uning natijalarini diqqat bilan ajratishga majbur 
qiladi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə