Yusupova Z. X


 Harakat xarakteristikalarini qayd qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   149
4.5. Harakat xarakteristikalarini qayd qilish 
Xarakteristikalarni qayd qilish signalning harakatdagi sportchidan yoki boshqa 
ob‘ektdan (qog‗ozda, plenkada, ekranda va shu singarilarda) qayd qilish 
punktigacha bo‗lgan yo‗lini yakunlaydi. Bu yo‗l datchik vositasida signalni qabul 
qilinishidan boshlanadi. So‗ng signalni shakli o‗zgartiriladi va turli masofalarga 
uzatiladi.
Fazoviy xarakteristikalarni (koordinatalar, traektoriyalarni) o‗lchash mumkin, 
o‗lchash natijalarini esa harakatni ijro etish davomida uzluksiz yoki vaqtning ayrim 
momentlarida – diskret holda yozib borish mumkin. Bu xarakteristikalarni aniqlash 
masofalarni (chiziqli va burchak o‗lchov birliklarida) o‗lchashga olib kelinadi. 
Masofani aniqlash bevosita o‗lchash yo‗li bilan o‗tkaziladi. Sport amaliyotida 
musobaqa joylari o‗lchamlari (umumiy masofa va uning bo‗laklari o‗lchamlari) 
ham, sport bellashuvlari natijalari (masalan, balandlik, uzunlikka sakrash uzoqligi, 
uloqtirish masofasi va boshqalar) ham o‗lchanadi. 


124 
Fotoqayd qilish bir martali yoki ko‗p martali ekspozitsiyalar (kadrlar) 
ko‗rinishida qo‗llanadi. Bir martali ekspozitsiyada yakka fotosurat (fotografiya) 
olinadi va unda odamning ushbu momentdagi vaziyati, holati (poza) tasvirlangan 
bo‗ladi. Ko‗p martali ekspozitsiyada bitta negativda ikkilangan (uchlangan va 
hokazo) fotorasmlarni (bir nechta vaziyatlarni) olish mumkin. 
Vaqt xarakteristikalarini (vaqt momentini, harakatlar tempi va ritmini) o‗lchash 
hamda vaqtni kerakli momentlarini belgilagan va uning mos oraliqlarini aniqlagan 
holda qayd qilish mumkin. Vaqtni o‗lchash uchun sport amaliyotida mexanik 
sekundomer qo‗llanadi. Elektrosekundomerlar ularga nisbatan ancha aniqroq. 
Harakatning fazoviy-vaqt xarakteristikalarini (tezlik va tezlanish) o‗lchash va 
hisoblash mumkin.
Dinamik xarakteristikalarni qayd qilinishi sportchi harakatlari arafasida yoki 
undan keyin (masalan, jism massasini, uning inersiya momentini, muskullar 
kuchini va boshqalarni aniqlash) hamda harakat davomida (masalan, tayanch bilan 
o‗zaro ta‘sir) o‗tkazilishi mumkin.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə