Yusupova Z. X


Harakatni o‘rganish usullari



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   149
 
4.2. Harakatni o‘rganish usullari. 
Sport biomexanikasining nazariyasini shakllanishi harakatlarni o‗rganishning 
tobora 
takomillashib 
borayotgan 
usullari 
yordamida 
olinadigan 
faktik 
ma‘lumotlarni jamlashning uzoq davridan keyin sodir bo‗lgan. 
Mexanik qurilmalar – ulardan, avvalam bor, odam tanasining og‗irlik 
markazini aniqlash uchun foydalanilgan (D. Borelli, A.Bazler va boshqalar). 
Keyinchalik XIX – asrda bir nechta qurilmalar sportcha yurishni o‗rganishda 
qo‗llangan (V. va E.Veberlar, J.Marey va boshqalar). Asta-sekinlik bilan mexanik 
qurilmalarni yanada zamonaviy yorug‗lik-kimyoviy va elektrotexnik usullar siqib 
chiqargan. 
Yorug‗lik-kimyoviy qayd qilish tarkibiga oddiy rasmga (foto) olish (bittalab 
rasmga olish) va ketma-ket rasmga olish (E.Maybrijning kinokameralari, J.Marey 
kinografiyasi, 
V.Braun 
va 
O.Fisher, 
N.A.Bernshteyn 
siklografiyasi, 
strobofotografiya va boshqalar) usullari kiradi. Bu usullar ma‘lum vaqt 
momentlarida gavda vaziyatini (pozasini) qayd qilish va shu tufayli nuqta 
koordinatalarini o‗lchash imkoniyatini beradi. Kinotasvirga olish chastotasini 
bilgan holda tezliklarni, tezlanishlarni, tempni, ritmni aniqlaydilar, kuchlanish va 
boshqa ko‗pgina xarakteristikalarni hisoblaydilar. 
Elektrotexnik apparatlar juda katta imkoniyatlarga egadir. U bir vaqtda ko‗p 
sonli kinematik, dinamik va elektrofiziologik xarakteristikalarni qayd qilish 
imkoniyatini beradi. Bir nechta xarakteristikalarni ko‗pkanalli yozib olish ularni 
vaqt bo‗yicha birlshtirishni - sinxronlashtirishni ta‘minlaydi. Hisoblash 
qurilmalarini qo‗llashdan tobora keng foydalanilmoqda va bu ma‘lumotlarni qayd 


120 
qilish bilan bir vaqtda ularni matematik qayta ishlashni, xarakteristikalarni 
televizion qayd qilishni, videoyozuvni va boshqalarni ta‘minlamoqda. 
Qayd qilishning fotografik va elektrotexnik usullarini ma‘lumotlarni avtomatik 
ravishda qayta ishlash bilan birgalikda majmuaviy qo‗llanishi Sportda biomexanik 
tadqiqotlarning iexnik ta‘minotini zamonaviy bosqichini xarakterlaydi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə