Yusupova Z. X


 Odam gavdasi harakatlarini vaqt ichidagi va fazodagi ifodalanishlari



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   149
5.3. Odam gavdasi harakatlarini vaqt ichidagi va fazodagi ifodalanishlari 
Odam gavdasi nuqtalarining fazodagi koordinatalari berilsa, vaqtning har 
qanday momentida uni fazodagi holatini ifodalash mumkin. Mashqni bajarish 
texnikasini o‗zlashtirish vaqtida gavda zvenolarini fazoda nisbatan joylashishi, 
ya‘ni odamning pozasi ko‗pincha katta qiziqish uyg‗otadi. Sportda poza, odatda 
sifat jihatidan belgilanadi: ―egilgan holda‖, ―bukilgan holda‖, ―qo‗llar belda‖, 
―oyoqlar elka kengligida‖ va hokazo. Demak, odam gavdasining joylashishini 
shunday farqlarini ifodalashni o‗rganish kerak. V.T.Nazarov (1986) tomonidan 
ishlab chiqilgan mumkin bo‗lgan yondashuvlardan birini keltiramiz. 
Odam gavdasining joylashishini ifodalash uchun anatomiyada odam 
gavdasining yassiliklari va o‗qlari tushunchalri kiritilgan. 
Saggital yassilik
odam 
gavdasini asosiy turish holatida (odam vertikal turgan, oyoqlari birlashtirilgan
qo‗llari tanasi bo‗ylab tushirilgan) ikkita nisbatan teng qismlarga – chap va o‗ng 
qismlarga ajratadi. 
Frontal yassilik
saggital yassilikka perpendikulyar bo‗lib, odam 
gavdasini oldingi va orqa qismlarga ajratadi. 
Gorizontal yassilik
birinchi ikkitasiga 
perpendikulyar bo‗lib, odam gavdasini yuqorigi va pastki qismlarga ajratadi. 
Ushbu yassiliklar kesishgan holatda uchta o‗zaro perpendikulyar o‗qlarni: 
oldingi-
orqa, bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlarni
hosil qiladi, ular, o‗ziga xos koordinatalar 
tizimini tashkil qiladi va odatda, gavda zvenolarining, ichki a‘zolarning va 
hokazolarning joylashishi ularga nisbatan ko‗rib chiqiladi. Lekin, asosiy turish 
holati o‗zgarganda, ushbu o‗qlar va yassiliklarni aniqlash qiyin bo‗ladi. Haqiqatdan 
ham gavdaning burilishi paytida oldingi-orqa o‗q qaysi tomonga yo‗nalgan bo‗ladi 
yoki odam oldinga egilganida frontal yassilik qanday o‗tadi? 
Odam gavdasi harakatining ko‗p zvenoli tizimini ifodalash paytida quyidagi 
yondashuv qo‗llaniladi. Tanlangan koordinatalar tizimiga nisbatan quyidagilar 
aniqlanadi: 


136 
1. Odam gavdasining ayrim xarakterli nuqtasini holati (masalan, MUM yoki 
tayanch nuqtasini aniqlash); 
2. Pozani zvenolar bo‗g‗im burchaklarining qiymatlari va har bir zvenoni 
fazoda joylashishi bo‗yicha o‗zaro joylashishi sifatida aniqlash; 
3. Gavda orientatsiyasini hisoblash tizimiga nisbatan aniqlash (masalan, MUM 
orqali o‗tadigan gorizontalga nisbatan har xil zvenolarning burchaklari bo‗yicha). 
Gavda orientatsiyasini MUM da koordinatalarning boshlanishidagi kabi uchta 
o‗qni, ya‘ni gorizontal, vertikal va ko‗ndalang o‗qlarni berish bilan aniqlash va 
ularga nisbatan har bir zveno uchun uchtadan eyler burchaklarini hisoblash 
mumkin 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə