Yusupova Z. X



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   149
 
5.2. Murakkab harakatlar 
Odam tanasi va gavdasi zvenolari ikkita: ilgarilanma va aylanma harakatlarda 
ishtirok etadi. 
Ilgarilanma harakat
deb, gavda ichidagi ixtiyoriy nuqtalar 
oralig‗idan olib o‗tilgan har qanday bo‗lak, hisoblash jismiga nisbatan o‗zining 
orientirini yo‗qotmaydigan harakatga aytiladi. Gavdaning barcha nuqtalari 
traektoriyalari bir-biriga parallel bo‗lgan chiziqlar hisoblanadi. 
Aylanma
harakat
deb, gavda ichidagi nuqtalarning ayrim ko‗pchiligi hisoblash jismiga nisbatan 
harakatsiz bo‗lib qoladi va aylanish o‗qini hosil qiladi. Gavdaning barcha qolgan 
nuqtalari o‗qqa nisbatan konsentrik aylanalar bo‗ylab bir xildagi burchak tezlanishi 
bilan harakatlanadi. 
Aylanma harakatning asosiy vaqt tavsifi – bosqich (
T
), ya‘ni gavda nuqtalari 
tomonidan amalga oshiriladigan, sekundlarda va boshqa birliklarda (minutlarda, 
soatlarda, sutkalarda va b.) o‗lchanadigan to‗liq aylanish vaqti hisoblanadi. 
Aylanish chastotasi
– bu, gerslarda (Gs) o‗lchanadigan birlikka teng bo‗lgan 
vaqt bo‗lagiga joylashadigan to‗liq bosqichlar miqdori: 
f=

/T 
Vaqt parametrlaridan tashqari, aylanma harakat burchak va chiziqli parametrlar 
bilan ham tavsiflanadi. 
Burchak harakatlanishining asosiy tavsifi – burilish burchagi (φ) hisoblanadi, 
u, ixtiyoriy berilgan darajadan hisoblanadi. Masalan, agarda biz, sakrash 
tepaligidan suvga sakrovchi sportchining gavdasi qanday burchakka burilishini 
hisoblashimiz kerak bo‗lsa, unda, dastlabki nuqta sifatida dastlabki pozada va 
vertikal ravishda tana bo‗ylab gavda massasining umumiy markazi (MUM) orqali 


134 
o‗tadigan chiziq orasidagi burchakni olishimiz mumkin. Hosil qiluvchi burchak 
tavsiflari quyidagilar hisoblanadi: 
1. burchak tezligi (lahzadagi), rad/s: 
dt
ўр




bunda, φ – burilish burchagi;
2. burchak tezlanishi, rad/s
2

dt




Chiziqli tavsiflar gavdaning har qanday nuqtasini aylana hisoblangan 
traektoriya bo‗ylab harakat qilishini bayon qiladi. Ular tarkibiga quyidagilar kiradi: 
1. harakatlanish; 
2. yo‗l; 
3. chiziqli tezlik:
r
v


bunda, 
r
– aylana radiusi; 
4. chiziqli tezlanish, m/s
2
:
r
a



Gavda nuqtalari umumiy holatda egri chiziqli traektoriya bo‗ylab harakat 
qilishlari tufayli, normal tezlanish mavjud bo‗ladi, u, aylana bo‗ylab harakatlanish 
paytida, markazga intiluvchi, deb ataladi. U quyidagiga teng:
r
v
a
mi
2

 
Odam amalga oshiradigan barcha harakatlar amalda ilgarilanma va aylanma 
harakatlardan tashkil topgan bo‗ladi. Odam gavdasi va uning zvenolari bir 
vaqtning o‗zida harakatlarning ushbu ikkala turlarida ishtirok etishini 
murakkab 
harakat
deb atashadi. Murakkab harakatlar qatoriga nafaqat odam amalga 
oshiradigan, balki u harakatga keltiradigan sport snaryadlarining harakatlari ham 
kiritiladi. Masalan, yadro uloqtirilgan paytda, u, harakatlarning ikkita turida 


135 
ishtirok etadi: gorizontal bo‗ylab bir maromdagi to‗g‗ri chiziqli va vertikal bo‗ylab 
bir maromdagi. Ko‗pincha, biomexanik masalalarda murakkab harakatning o‗zini 
tahlil qilishdan ko‗ra, uning ancha oddiy tarkiblarini tahlil qilish qulayroq. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə