Z5 ustidagi ko`phad doc


Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə2/13
tarix30.12.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#166157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Kitob 2431 uzsmart.uz

Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati.


O‘rta maktab matematikasida ko‘phadlar juda ham ko‘p qo‘llaniladi. O‘rta maktab algebra kursida o‘rganiladigan bir o‘zgaruvchili funksiyalar tenglamalarning asosi bir o‘zgaruvchili ko‘phadlarga borib taqaladi. Lekin, maktab matematika kursidagi ko‘phadlar faqat butun sonlar va haqiqiy sonlar ustida qaraladi. Ko‘phadlarning ildizlari (tenglamalarning yechimlari) ham butun yoki haqiqiy sonlar ichidan izlanadi.
Oliy algebrada esa ko‘phadlar halqasi ixtiyoriy maydon ustida qaraladi. Ayniqsa maydon chekli bo‘lsa, bunday ko‘phadlar ustida amallar bajarish, uning ildizlarini aniqlash, xossalari qay xolatda o‘rinli bo‘lishini aniqlash masalasi oliy algebraning muxim masalasi hisoblanadi.
  1. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari.


Bitiruv malakaviy ishini bajarishdan maqsad, o‘rta maktab algebra kursi bilan oliy maktab algebra kursidagi yana bir bog‘lanishni o‘rganishdan undagi uzviylikni ta'minlab, undagi farqni aniqlashdan iborat.
  1. Tanlangan ob'yektlar va tadqiqot usullari.


Tanlangan ob’yektlar universitetning matematika fakultetidagi bakalavr yunalishi kurslaridan iborat. Chunki, algebra fanining asosiy kursida ixtiyoriy halqa ustidagi bir o‘zgaruvchili ko‘phadlar va ularning barcha xossalari, unga bog‘liq barcha tushunchalar (darajasi, ildizlari, qiymati, EKUBI va EKUK iva hokazo) o‘rganiladi. So‘ngra bu halqa ustidagi ko‘phad tushunchasi maydon ustidagi ko‘phad tushunchasi maydon ustida qaralib, tushunchalar umumlashtiriladi. Algebraning maxsus kursida esa ko‘phadlar chekli maydon ustida qaralib, chekli maydon ustida ko‘phad (o‘zini qanday tutishi) o‘rganiladi.
  1. Ishning amaliy ahamiyati.


Bitiruv malakaviy ishida ko‘phadlarni 2 sinfga, cheksiz maydon va chekli maydon ustidagi ko‘phadlarga ajratib o‘quvchilarga o‘rta maktabdanoq tanish bo‘lgan koefsientlari cheksiz maydonlardan olingan ko‘phadlar halqasi aloxida o‘rganiladi, bunday xalkalar uchun asosiy tushunchalar, asosiy xossalar aloxida keltirildi. So‘ngra koefsientlari chekli maydondan olingan ko‘phadlar uchun yukoridagi asosiy tushunchalar ta'riflanib, bu tushunchalarning asosiy xossalari, xarakterli xususiyatlari ochib berildi,hamda cheksiz maydon ustidagi ko‘phadlar
chekli maydon ustidagi ko‘phadlar bilan taqqoslab, o‘xshash va farqli jixatlari keltirildi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə