Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə1/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147173
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
ҒАФФОРОВ-O\'zbek davlatchiligi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

O’ZBEKISTON TARIXI”


KAFEDRASI
«O`ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXI»
FANIDAN
O’QUV-USLUBIY


QO‘LLANMA


Bakalavriat yo’nalishi: 5120300-Tarix(kunduzgi) yo’nalishi 4-kurs talabalari uchun


SAMARQAND – 2021


Ma’ruza mashg’uloti materiallari


1- MAVZU. KIRISH. DAVLATCHILIK TUSHUNCHASI VA UNING KELIB CHIQISHI
Reja
1. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari
2. Fanning o`rganishning ahamiyati
3. Davlatchilik tushunchasi va uning kelib chiqishi
Tayanch so‘z va iboralar. Davlatchilik tushunchasi, qarindosh-urug‘chilik jamoasi, hududiy qo‘shnichilik jamoasi, ijtimoiy mansablar, davlat boshqaruvi, boshqaruv tasnifi, rahbarlik, boshqaruv vazifalari, ijtimoiy boshqaruv, davlatning vazifalari.
O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi salkam uch ming yillik tarixga ega bo‘lib, umumjahon tarixining ajralmas qismi bo‘lib kelmoqda, turli nomlar bilan atalishi, sulolalarning almashinuvi va o‘zgarishlari uning butunligini va moxiyatini o‘zgartirmaydi. O‘zbek xalqi O‘zbekistonning maxalliy tub axolisi bo‘lib, ularning tarixi eng qadimgi davrlarga borib taqaladi.
O‘zbekiston xududida yashagan xalqlar jaxon sivilizasiyaga ulkan hissa qo‘shib kelganlar. Dunyoga ko‘plab buyuk siymolarni yetishtirib bergan zaminimizda davlatchilikning turli bosqichlarini amaliyotdan o‘tkazilishi bugungi kundagi mukammal davlatchilik bosqichiga ko‘tarilishi uchun xizmat qildi.
1991 yil 31 avgustda O`zbekistonning davlat mustakilligi kayta tiklanganligi e’lon kilindi. Xuddi shu kuni jamiyatimiz xayotiga O`zbekiston davlati, O`zbek davlatchiligi tushunchalari kirib keldi. Tugri, davlatchilik o`zbek xalki tarixi uchun yangilik emas, ammo 130 yillik mustamlaka davrida ayniksa sunggi bir necha avlod nazdida davlat, avlatchilik tushunchalari unut bulgan edi. Chunki mazkur davrda davlatning o`zi yukka chikarilgan edi. Demak, endigi sharoitda tarixchilar
oldida turgan katta vazifalardan biri tugridan-tugri O`zbekiston davlati tarixini, o`zbek davlatchiligi tarixini ilmiy asosda urganishdan iborat.
O`zbek davlatchiligi tarixi fanning asosiy maksad va vazifalari jumlasiga kuyidagi asosiy ustuvor yunalishlar kiradi: O`zbekistonda ilk shaxarsozlik madaniyatining shakllanishi va eng kadimgi davlatchilikning kelib chikishida azaliy utrok axolining madaniyati hal qiluvchi omil bulganini yoritish, miloddan avvalgi IX-VIII va VII-VI asrlarda ilk davlatchiligimiz tarakkiyoti jarayonini chukur va izchil tadkik kilish; Axamoniylar boskini, A.Makedonskiy va uning vorislari davrida kadimiy davlatchiligimizni tiklash uchun kurashning moxiyatini ochib berish. Kushonlar sulolasi davri tarixini o`zbek davlatchiligi tarixi sifatida talkin kilish. Buyuk ipak yuli, uning paydo bulishi, rivojlanish boskichlari, uning vatanimiz tarixi tarakkiyotida tutgan urnini kursatib berish; Ilk rivojlangan urta asrlarda o`zbek davlatchiligining barcha boskichlari tarixini yaxlit tizim sifatida urganish va uning jaxon silivizatsiyasi rivojlanishidagi xissasini tadkik kilish; XIV asr ikkinchi yarmi XV asrda markazlashgan o`zbek davlatchiligi rivojlanishining o`ziga xos konuniyatlari va xususiyatlarini, Amir Temurning jaxon tarixida tutgan urnini yoritish. Buyuk Boburiylar sulolasi davlatchilik tarixini xam o`zbek davlatchilik tarixining bir kismi sifatida talkin etish; XVI-XIX asr birinchi yarmida o`zbek davlatchiligining o`ziga xos xususiyatlarini, siyosiy tarkoklik sharoitida boshkarish usullaridagi nuksonlarni, madaniyat, fan, san’at soxalaridagi tanazzul alomatlarini urganish; O`zbekiston xalkini chor Rossiyasi mustamlakachiligi va Shurolar ibtidodi davridagi iktisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy axvoliga xolisona baxo berish; O`zbek davlatchiligi tarixining istiklol kulga kiritilgandan keyingi eng yangi davrini har taraflama yoritib berishdan iborat.
Jahonning turli mintaqalarida ibtidoiy jamoa tuzumining emirilishi jarayonida ilk davlat uyushmalarining yuzaga kela boshlanganligini kuzatish mumkin.
Dehqonchilikning va chorvachilikning paydo bo’lishi, xunarmandchilikning vujudga kelib taraqqiy etishi, mehnat qurollarining takomillashishi mehnat unmdorligining oshishiga olib keldi. Ayni paytda urug’ jamoasi xududiy qo’shni jamoasiga aylana bordi. Aholi joylashgan erlarni, dehqonchilik bilan mashg’ul vaholarni dushmandan himoya qilish, jamoaning ichki va tashqi munosabatlarini huquqiy rivojlantirish va nazorat qilish zarurati ilk davlat birlashmalari rivojlanishining boshlanishiga sabab bo’ldi. Masalan miloddan avvalgi 4- ming yillikda Mesopotamiyada, mil. avvalga 3-ming yillik boshlarida Misrda ilk davlatlar paydo bo’ldi. O’zbekiston tarixiga doir voqea va hodisalarning tahliliga yangicha yondashish tufayli Markaziy Osiyoda, jumladan, O’zbekiston xududida dastlabki davlatlarining tashkil topishi tarixiga 3-ming yil bo’ldi, degan ilmiy xulosaga kelish mumkin. Mil. avv. 1-ming yillikning boshlarida Markaziy Osiyoning nisbatan rivojlangan viloyatlarida ilk davlat birlashmalari paydo bo’la boshlaydi. Qishloqlar kengayib shaharlarga aylanib borar ekan, bu shaharlar eng qadimgi viloyatlar va davlat uyushmalarining ma’muriy markazi bo’la boradi. Avestodagi ma’lumotlar, Gerodot va Gekatey asrlari (Qatta Xorazm), shuningdek, Ktesiyning, Qadimgi Baktriya podsholigi haqidagi ma’lumotlari Markaziy Osiyoda ilk davlat uyushmalarining uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Tadqiqotchilar bu davlatlarining shakllanish jarayonini axmoniylargacha bo’lgan davrda deb xisoblaydilar va mil. av. IX-VII asrlar deb belgilaydilar.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə