Mavzu: rentgen nurlariga asoslangan diagnostik apparaturalar



Yüklə 438,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix23.12.2023
ölçüsü438,61 Kb.
#156176
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-lecture (1)



5-MAVZU: RENTGEN NURLARIGA ASOSLANGAN 
DIAGNOSTIK APPARATURALAR. 
1.
 
Rentgen nurlarinig xususiyatlari. 
Rentgen nurlarining asosiy xususiyatlari: kirish, singish va tarqalish, ba’zi 
moddalami yoritish (lyuminessentsiya), fotokimyoviy, ion hosil qilish va biologik 
ta’sir ko‘rsatish. Rentgen nurlari to‘g‘ri chiziqdek tarqaladi, tezligi yorugiik nuriga 
teng, zaryadi yo’q bo’lib, kvant nurlari qatoriga kiradi. Gamma nuri bilan bir xil 
ta’sir ko‘rsatadi. U ko‘zga ko'rinmaydi, hidi yo‘q, rangsiz bo‘lib, odamning 
badanidan o‘tganda, kishi hech narsa sezmaydi. Nurlaming ichga kirish xususiyati 
ulaming to‘lqin uzunligiga bog‘liq. Agar ularda "qattiq" nurlar ko‘p bo’sa, ichga 
kirish "yumshoq" nurlarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Yuqori kuchlanishli- elektr 
tokini tartibga solish yo‘li bilan nurlaming ichga kirish xususiyati sifati va miqdorini 
o'zgartirish mumkin. Nurlaming ichga kirish tezligi odamning badani, turli narsalar 
va moddalardan o‘tayotganda o‘zgaradi. Bu ulaming qalinligi, qattiqligi, solishtirma 
og'irligi va kimyoviy tuzilishiga bog'liq. Jism qancha qalin va atom og'irligi qancha 
ko'p bo'lsa, u shuncha ko'p nurni singdiradi va o'zidan har tomonga taratadi. 
Masalan, bariy sulfat va qo'rg'oshin uncha ko'p nur o'tkazmaydi, shuning uchun 
qalinligi 1 mm bo’lgan qo'rg'oshin rentgen nurlaridan saqlanishda to'siq sifatida 
ishlatiladi. Aksincha, gaz va havo roentgen nurlarini singdirmay va ushlab qolmay, 
hammasini o'tkazib yuboradi. 
Rentgen nurlari moddaning ichiga kirganda uni ikkinchi darajali rentgert 
nurlarini chiqaradigan manbaga aylantiradi, o'zi esa hamma tomonga tarqalib. 
ketadi. Bunda oldinga ko’taralish orqaga nisbatan ko'proq boiadi. Rentgen nurlari 
bilan yoritilgan ekranda ko'rinish va plyonkada qorong'i soya paydo bo’lishi 
nurlarning ichga kirish xususiyatiga, ularning singishi tur U moddalar,“ jismlar, 
narsalar va to'qimalardan o'tishiga bog'liq. Ana shu xususiyatlarga qarab ekran yoki 
plyonkada soya yoki yorug’lik turli darajada ifodalanadi. Rentgen nurlarini suyak 
to'qimasi hammadan ko'p, muskul, tog'ay va yog' to'qimasi kamroq, tomir va nervlar 
juda kam singdiradi, o’pka to’qimasi esa deyarli singdirmaydi. Shuning uchun 
organlarni ekranda ko'rganda ekran- turlicha yoritiladi. Nurlar o'pkadan o'tganda 


ekranni juda ham yorug' qiladi. yurak va yirik tomirlar oldida ekran yorug’ligi 
kamayadi, qovurg'alar umurtqa suyagi oldida ekran qorong'i bo’ladi. Shuning uchun 
ko’krak qafasi ekranda turli soyalar paydo qiladi (tabiiy kontrast sljaroit), bu esa - 
organlarning sog'lom yoki kasalligini aniqlashga imkon beradi. Bularning hammasi 
rentgenologik tekshirish usullari yaratilisniga asos boidi. Rentgen nurlari qadimiy 
sulfat, rux sulfat, kalsiy volframat kabi moddalarga singib, ularni shula’lanish 
xususiyatiga ega qiladi (lyuminestsentsiya),.buni qorong'ida ko'rish mumkin. 
Shulalanadigan moddalar lyuminaforlar deb ataladi. Bu hodisa yorug‘lanuvchi 
(flyuressentsiyalanuvchi) ekran tuzishga imkon berdi. Ekran esa rentgen nurlari 
ta’sirida sariq-yashil rangda yorug’lanadi. Bundan tashqari surat olishda 
ishlatiladigan kuchaytiruvchi ekran ham yaratildi, u binafsha-ko‘k rangda 
yorug’lanadi. Ekranning yorug’lanishi, ravshanligi rentgen nurlarining 
"qattiqligi"ga va ekran yorug’lik sezuvchi qavatining tarkibiga kiradigan 
moddalarga bog‘liq. Ekran qancha ravshan yorishsa, detallarni shuncha yaxshi 
ajratish mumkin bo’ladi. Ana shu asosda ekranda ko'rish (rentgenoskopiya) usuli 
paydo bo’lgan. 
Rentgen nurlarining fotokimyoviy xususiyati uning fotomateriallar (plyonka, 
qog‘oz)ning yorug’lik sezuvchi qavatiga ta’sir qilishiga asoslangan, natijada ular 
tasviri yoritilganda qorayish paydo bo’ladi. Yorug’lk sezuvchi qavat tarkibi jelatinga 
va kumush galoididan iborat. Kumush galoidi — kumush bilan brom yoki xlorning 
kimyoviy birikmasidir. Bulardan kumush bilan brom birikmasi har xil nurlar va 
yorugiik energiyasigajuda ham sezgir. 
Obyekt suratini olishda (rentgenografiya) rentgen nurlari undan oiganda 
ozgina singadi va yana ozginasi plyonkaga yetib boradi. Tasvirni yorituvchi 
eritmada plyonkaga ishlov berilganda eritma mikrokristallari bilan kimyoviy 
reaksiyaga kirishadi. Natijada nurlangan kumush bromid parchalanib, toza metall 
kumushi paydo boiadi. Shunday qilib, tasvirni yorituvchi eritma ta’sirida dastavval 
yashirin holatda boigan mikrokristallar ifodasi tiklanadi. Tasvir yoritilgandan so‘ng 
plyonkaning emulsiya qavatida 20—25% tiklanmagan kumush bromid bo’ladi, u 
qotirish jarayonida erib, fototasvir qavatidan chiqarib tashlanadi va natriy tiosulfat 


eritmasi tagiga kumush metali sifatida cho‘kadi. Bu xususiyat asosida rentgen 
nurlari bilan suratga olish (rentgenografiya) paydo bo’lgan. 
Ionizatsiya xususiyati. Rentgen nurlari havoni ionlashtiradi. Ular havo va 
gazlardan o‘tganda neytral molekulalami parchalab, musbat va manfiy ionlar hosil 
qiladi. Shuning uchun rentgen apparati ishlaganda rentgen kabinetining havosi 
ionlangan bo’ladi. Tabiiy va sun’iy radioaktiv nurlar ionlashtirish xususiyatiga 
egadir. Shuning uchun rentgen va radioaktiv nurlar 

Yüklə 438,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə