Microsoft Word Allambergenova M



Yüklə 268,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix21.10.2023
ölçüsü268,38 Kb.
#129354
  1   2   3   4   5   6
allamberganova muqaddas.milliy uygonish davri ozbek adabiyoti



Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat 
Universiteti 
Filologiya fakulteti o’zbek tili bo’limi 

KURS ISHI 
 
 
Fan: 
Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti 
 
 
 
 
 
Topshiruvchi: Allambergenova Muqaddas. 
 
 
Qabullovchi: Dusenbayev O. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Nukus - 2013 


XX asr boshlarida Turkiston milliy matbuoti 
 
Reja: 
I.Kirish: 
Turkiston davriy matbuoti tarixi.Jadid matbuotchiligi. 
II.Asosiy qism: 
a) I.G’aspiralining “Tarjimon ” gazetasi. 
b) “Taraqqiy” gazetasining yaratilishi.Gazeta ustida ishlangan 
tadqiqotlar. 
d) Behbudiyning publisistik faoliyati.“Samarqand” gazetasi. 
e)Turkistonda nashr etilgan milliy jurnallar. 
III.Xulosa. 
IV.Foydalanilgan adabiyotlar. 
 


Matbuot jadidchilik g’oyalarining tarqalishi va milliy uyg’onish harakatining 
vujudga kelishida g’oyat katta ahamiyatga molik bo’ldi.1905 yildan keyin chiqa 
boshlagan jadid gazetalarining qaldirg’ochi “Taraqqiy” edi.Bu gazeta 1905 yilda 
e’tiboran chiqa boshlagan,ammo mushtariysizligi orqasida to’xtagan Ivan Geyerning 
gazetasi o’rniga haftada ikki marta chop etilgan.Ulamolarning xalq o’rtasidagi obro’-
e’tiborini tushirishga harakat qilgan,din,millat,vatan nomidan aytilgan fikrlari bilan 
yoshlarni milliy ozodlik va milliy madaniyat uchun kurashga chaqirgan bu gazeta tez 
fursatda shuhrat topdi va shu sababdan tez orada yopildi.1906 yil sentyabrdan boshlab 
“Taraqqiy” ning doimiy mualliflaridan biri Munavvarqori “Xurshid” gazetasini nashr eta 
boshladi.Haftada bir marta chiqadigan bu “Ilmiy,siyosiy,adabiy,maishiy”,”Jaridayi 
islomiya” islom dinini targ’ib qilish bilan birga “Turkiston viloyatining gazeti” ga qarshi 
kurashib,uning “buzuq harakati” ni (Avloniy)ommaga tushuntirib bordi. 
Xuddi shu vaqtda “Shuhrat”,”Osiyo” gazetalari ham faoliyat ko’rsatdilar.Jadidlar 
millatning 
boshqalar 
tomonidan 
“yutilishi”ning 
asosiy 
sababini 
ilmsizlikda 
ko’rdilar.Shuning uchun ham ular yangi usuldagi maktab uchun kurash shiori ustiga 
Rusiya,Misr va Turkiyaga qadar talabalar yuborish masalasini o’rtaga tashlaydi.Davlat 
va hukumat ishlariga kadrlar yetkazish uchun Rusiyaga,diniy ilmlarni egallab kelish 
uchun esa,Misrga talabalar yuborish masalasi ular og’zidan matbuot sahifalariga 
ko’chdi. 
1912 yildan boshlab jadidchilik harakati butun o’lka bo’ylab qanot yozadi.Xalqni 
ma’rifatli va madaniyatli qilish orqali,miliy ozodlikka olib chiqish masalasi esa 
Samarqand,Buxoro,Qo’qon kabi shaharlarni ham o’zining ta’sir doirasiga tortadi.1913 
yildan 
boshlab 
bu 
shaharlarda 
“Samarqand”,”Turon”,”Buxoroi 
sharif”,”Sadoi 
Farg’ona”,Toshkentda esa “Sadoi Turkiston ”gazetalari chiqa boshlaydi.Behbudiy asos 
solgan 
“Samarqand” 
gazetasi,masalan,mahalliy 
savdogarlarni 
tijorat 
ilmini 
bilmaslikda,rus-tuzem maktablarida o’qigan musulmonlarni esa millat qayg’usidan 
uzoqlikda ayblab,mushtariylarni boyish ilmini egallashga chaqiradi.U,umuman xalqning 
chor 
amaldorlari 
“poshnasi 
tagida” 
qolganligining 
sabablarini 
ilmsizlikdan,iste’dodsizlikdan ko’rib,yozadi:”Biz Rusiya tavbaasi va grajdanimiz;ruslar 
ila baravar huquq,madaniyat va mulkiyaga molikmiz.Ammo iste’dodligimizga taassuf 


qilurmiz.Bank va savodxonalar,sud mahkamalari,notarius,temir yo’l,xullas,zamonning 
paydo qilgan har bir yangi narsalariga muhtoj bo’lsak,avvalgi qadamda ruscha bilmoq 
lozim kelur…”
Behbudiy boshliq jadidlar yuqorida tilga olingan nashrlar,shuningdek,”Al-Isloh” 
jurnali orqali vatandoshlarini ruslar bilan teng huquqli bo’lish uchun ilm olishga,rus 
tilini o’zlashtirishga chaqirdilar. 
Turkiston jadidlari Rusiya Qrim tatarlari bilan yaqin aloqa o’rnatib,o’zlarining 
ma’rifiy dasturlarini matbuot orqali amalga oshirishga katta kuch sarflaydilar.Ularning 
sa’y - harakatlari bilan shu yillari publistsistika ayniqsa,o’sdi.Birgina Behbudiyning o’zi 
turli mavzulardagi 300 dan ziyod maqola e’lon qildi.Mirmuhsin Shermuhammedov esa 
1914 yilning o’zidayoq matbuotda yuzga yaqin maqola bilan chiqdi.Agar bu ro’yxatga 
Munavvarqori,Avloniy,Cho’lpon,Hamza va boshqa jadid jurnalistlarining nomlarini 
kiritsak,o’ninchi yilarda o’zbek publisistikasi shakllanibgina qolmay,balki jamiyatning 
ijtimoiy hayotiga katta ta’sir o’tkazgani ham ravshanlashadi. 
Jadid publisistikasining mavzu doirasi bag’oyat kengdir.Agar “Xurshid” gazetasini 
varaqlasak,unda 
“Yaponiyada 
islom”,”Turkiyada 
yangi 
maktab 
va 
madrasa”,”Peterburgda ijtimoiy muslimin” singari islom dinining dunyo bo’ylab tomir 
otayotgani haqidagi maqolalarga duch kelamiz.Bu maqolalarning maqsad-mohiyati 
tushunarli bo’lishi uchun Fansurullobek Xudoyorovning “Jaridayi Islomiya” ning 
ikkinchi soniga yozgan maqolasiga nazar tashlash lozim.Muallif “Xurshid” gazetasi 
to’g’risida so’zlab bunday yozgan:”Dunyodagi musulmonlarni bir-biri bilan tanishtirib 
turadi,yangi maktab va madrasa islohi yo’lida urinadi va ularga rahbarlik qiladi.Bu – 
“Xurshid”, kitoblarni isloh qilaylik,ittifoq tuzaylik,butun turk millatlarining tillarini 
birlashtiraylik,shariat yo’lidan chiqmaylik”. 
“Xurshid” mushtariylarni boshqa xorijiy mamlakatlardagi musulmon xalqlari hayoti 
bilan tanishtirar ekan,bu xalqlar bilan yaqinlashish va kelajakda har qanday kishanlarni 
yakson qilishga qodir do’stlikni barpo etish g’oyasini olg’a surdi. Umuman, 
jadidchilikning peshqadam arboblari “Tavahhudiya lisoniya” tarafdorlari bo’lib,ular 
turkiy tillarni birlashtirish g’oyasini o’z maqolalarida izchil ravishda tashviq 
qildilar.O’zbek jadidchilik harakatining ikki rahbari- Behbudiy va Munavvarqori bir-


birlaridan bexabar holda “Haq olinur,berilmas!” degan shor bilan chiqib,xalqni bo’lajak 
muxtor Turkikston jumhuriyatini barpo etishga tayyorlab bordilar.Behbudiy “Yoshlarga
murojaat”ida “Din va millatga xizmat ilm va aqcha bilan bo’lur”,deb ochiqdan-ochiq 
aytdi va shundan keyingina vatandoshlarini boyishga undaganligining sabablari ma’lum
bo’ldi.Avloniy “Jaholot” va “Safohat balosi”,Hamza ”Faqirlik nimadan hosil 
o’lur”,Mirmuhsin Shermuhammedov “Buxoro mikroblari” singari maqolalarida 
xalqning ruhiy va aqliy salohiyatini bo’g’ib kelgan milliy muhitdagi illatlarni qoralaydi. 

Yüklə 268,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə