O‘zbekistonda farmasevtika tarmog‘ini rivojlanish asoslari reja



Yüklə 121,5 Kb.
səhifə1/10
tarix22.03.2024
ölçüsü121,5 Kb.
#181773
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mutaxassislikkakirish


O‘ZBEKISTONDA FARMASEVTIKA TARMOG‘INI RIVOJLANISh ASOSLARI
REJA
1 O‘zbekiston Respublikasi dori vositalarining ta'minoti tarixi.
2. O‘zbekiston Respublikasida farmasevtikaning rivojlanish boskichlari.
3. Dorixonalarning ish faoliyati xakida.
O‘zbekiston Respublikasi dori vositalarining ta'minoti tarixi Oktyabr' to‘ntarilishigacha (1917 yilgacha), Sobiq Ittifoq davri (1917-1991 yillar) va mustaqillikning dastlabki 20 yilidagi davrlarga bo‘lingan holda Erkin Raximovich Toshmuxamedov va uning shogirdlari tomonidan chuqur va puxta o‘rganilgan. Mazkur bo‘limda Prof. E.R. Toshmuxamedovning bir qator ilmiy maqolalarida chop etilgan ma'lumotlar keltirilgan.
“O‘rta Osiyoni Rossiyaga qo‘shib olingunga qadar Turkiston o‘lkasida shifoxonalar va dorixonalar bo‘lmagan. Bemorlarni davolash bilan tabiblar, baqsilar, shamanlar, eshonlar, mullalar, folbinlar va boshqalar shug‘ullanganlar. Bular orasida tabiblarning faoliyati e'tiborga loyiq. Tabiblar ayrim jarrohlik operatsiyalarini o‘tkazganlar, chipqon, rishta kasalliklarini davolaganlar, zuluk solganlar, tishlarni, singan va chiqqan a'zolarni muvaffaqiyatli davolaganlar.
Tabiblar atirgullar, yalpizlar, anis va ukroplarni suv bug‘i orqali haydab efir moylarini olganlar.
Dori vositalarini haltachalarda, shisha idishlarda, qutichalarda saqlab, har bir idish ustiga arab va fors tillarida yozib qo‘yganlar.
Bozorlarda attorlar o‘z do‘konlarida har xil dori-darmonlar bilan savdo qilganlar, ular orasida o‘simliklardan, hayvonot olamidan olingan, minerallardan tayyorlangan dori vositalarini ham uchratish mumkin bo‘lgan. Attorlar zaharli va kuchli ta'sir etuvchi moddalar bilan ham, Yevropadan keltirilgan dori vositalari bilan ham savdo qilganlar.
R. Pal'm Turkiston xalq tabobatida ishlatiladigan va tabiblarning dorixona do‘konlarida sotiladigan 200dan ortiq dori vositalarni yozib qoldirgan. G.G. Dragendorf – 240 dori vositalarini, N.V. Solonin – 120, V.I. Kushilevskiyg‘ 140, B.A. Fedchenko esa – 35 dori vositalarini yozib qoldirgan. Bu dori vositalarining hammasi Turkiston xalq tabobatida keng qo‘llanilgan va Sharq xalqlari dorixonalarida savdoda bo‘lgan.
1868 yil Toshkentda harbiy lazaret ochildi, 1870 yili u harbiy gospitalga aylantirildi va 415 o‘ringa ega edi. Keyinchalik harbiy lazaret va gospitallar Samarqand, Farg‘ona, Andijon, namangan, Tokmak, Pishpek, Qorako‘l, Sergiepol. Norin va boshqa shaharlarda ochildi. Harbiy lazaretlar qoshida dorixona bo‘lib. Ular mahalliy aholiga ham pulga dori sotar edilar.
O‘sha davrda mahalliy aholi orasida yuqumli kasalliklar: chechak, o‘lat, vabo, sil, zaxm, bezgak, rishta, traxoma va boshqa kasalliklarning tarqalishi harbiy qismlarga ham xavf solar edi. Shu sababli, Turkiston general-gubernatorligi o‘lkaning yirik shaharlari – Toshkent, Samarqand va boshqa shaharlarida kasalxonalar tashkil qilishga majbur bo‘ldi.
1883-1890 yillarda mahalliy aholini ayollari va bolalari uchun Toshkent, Samarqand, Andijon, Qo‘qon, Xo‘jand, Namangan, Marg‘ilon va boshqa shaharlarda davolash ambulatoriyalari ochildi. Bu davolash muassasalarida faqat ayollar xizmat ko‘rsatar edilar.
1868 yildan boshlab har bir uezd-bo‘lisda kasallarni qabul qiladigan xonalar ochildi. Kasallar qabulxonasida bir nafar shifokor va bir nafar doya ishlar edi. Undan tashqari dorixona punkti ham bor edi. Bu dorixona punktida tayyor dorilar asosan pulga, o‘ta kambag‘allarga tekinga berilar edi.
Har bitta uezd kasallar qabulxonasi 70 000 dan 130 000 gacha aholiga tibbiy yordam ko‘rsatar edi.
1874 yilning may oyida Toshkent shahar hokimiyat tomonidan Shahar dorixonasi ochildi. Dorixonada kambag‘al mahalliy va rus aholisiga dori-darmonlar bepul berilar edi. 1878 yilning sentyabr' oyidan Shahar dorixonasi Shahar Dumasi tassarrufiga o‘tkazildi va dorilarni bepul berish man qilindi.
1880 yil 25 yanvarda provizor I.I.Krauze Toshkentning ruslar yashaydigan qismi Sobor ko‘chasida (Orifxo‘ja passajibinosida) xususiy dorixona ochdi. Bu butun Turkiston o‘lkasida birinchi xususiy dorixona edi. 1901 yil Toshkentda provizor G.F. Kaplan xususiy dorixona ochadi. Bu dorixonaning filiali 1903 yil Toshkentning Eski shahar qismida ham ochildi.
1878 yil iyul oyida Samarqand shahar kasalxonasi qoshida dorixona ochildi. Bu dorixona ham aholiga dori-darmonlarni pulga, kambag‘al aholiga esa bepul berar edi.
1900 yilgacha Samarqand viloyatida bitta dorixona bo‘lib, uezdlarda esa aholi dori-darmonlarni kasallar qabulxonalari dorixonalaridan pulga sotib olar edi.
Farg‘ona vodiysida birinchi dorixona 1892 yil Qo‘qonda, ikkinchisi – 1894 yil may oyida Marg‘ilonda, uchinchisi – Andijonda 1896 yil sentyabrda, to‘rtinchisi esa Namanganda 1901 yil avgustda ochildi.
Buxoroda birinchi dorixona 1889 yil yanvarda Buxoroning Eski shahar qismida ochildi. 1895 yil esa Buxoroning Yangi shahar qismida “Ermans savdo uyi” tomonidan xususiy dorixona ochildi. 1903 yil Buxoroning Eski shahar qismida ikkinchi xususiy dorixona ochildi.
1906 yilda dorixona ochishning yangi qoidasi joriy qilindi va unga binoan xar 10 000 aholiga bitta dorixona ochish mumkin bo‘lgan (2.1-jadval).
1900 yillarda Toshkent temir yo‘li qurilishi munosabati bilan Toshkentga Rossiyadan ko‘pchilik aholi ko‘chib keladi. 1911 yilning may oyida Turkiston general-gubernatori Toshkentning ruslar yashaydigan qismida yana 7 ta dorixona ochishga ruxsat berdi va bu dorixonalar 1912 yil davomida ochildi. Ushbu dorixonalar yangi ochilgan ko‘chalar nomiga qo‘yildi: Privokzal'naya, Obuxovskaya, Mariinskaya, Romanovskaya, Moskovskaya, Sergievskaya, Kuylukskaya va boshqalar.
Shunday qilib, 1913 yil Toshkentning 70 000 ruslar yashaydigan qismida 11 dorixona mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 170 000 aholi yashaydigan Eski shahar qismida faqat shu yili aprelida yagona xususiy dorixona ochildi.
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida 1904 yilda, Marg‘ilonda esa 1908 yil may oyida xususiy dorixonalar ochildi.
1914 yilda O‘zbekistonning qishloq yerlarida 138 o‘rinli 23 shifoxona, 10 fel'dsherlik punkti, 6 dorixona bo‘lib, ularda 19 shifokor, 48 fel'dsher, 2 doya va 6 farmasevt ishlar edi.
Xiva shahrida birinchi dorixona 1915 yilda ochildi.
Oktyabr' to‘ntarishiga qadar hozirgi O‘zbekiston hududida 46 ta dorixona, jumladan 43 ta shaxsiy dorixonalar bor edi. Toshkent shahar va viloyatida 17 ta dorixona, shulardan 12 ta xususiy dorixona Toshkent shahrida, 5 dorixona uezd va qishloqlarda joylashgan edi. Shuningdek, 64 kasalxona, 65 ambulatoriya mavjud bo‘lgan. Ularda 80 farmasevt, 102 ta shifokor: 39 tish shifokori va 234 o‘rta ma'lumotli tibbiyot xodimlari faoliyat olib borganlar.


Yüklə 121,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə