Reja: Chizma geometriya faninig qisqacha tarixi



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix26.01.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#99410
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Maruza №1



Ma’ruza №1 
Kirish. Chizma geometriya fani va chizma tuzishning nazariy asoslarining 
tibbiyotdagi o‘rni. Monj usuli. Nuqtaning koordinatalari buyicha epyuri. 
Biotibbiyotda oktant asbobining qo‘llanilishi. 
 
REJA: 
1.
 
Chizma geometriya faninig qisqacha tarixi. 
2.
 
Chizma tuzishning nazariy asoslarining tibbiyotdagi o‘rni. 
3.
 
Gaspar Monj usuli. 
4.
 
Nuqtaning koordinatalari buyicha epyuri. 
5.
 
Biotibbiyotda oktant asbobining qo‘llanilishi. 
 
Chizma geometriya faninig qisqacha tarixi 
Chizma geometriyadan birinchi o‘qish kitobi 1798 yilda Frandiyada paydo 
bo‘ldi. Uling muallifi davlat arbobi, matematik, injener, olim Gaspar Monj (1748—
1818) edi. Monjning bu kitobida faqat ortogonal proeksiyalar jami 49 ta shaklda 
bayon qilingan bo‘lib, koordinatalar va uchinchi profil proeksiyalar tekisligi haqida 
fikr yuritilmagan edi. Kitobning ikkinchi qismidagi soyalar nazariyasi va 
perspektiva G. Monj za M. Brisson hamkorligida yozilgan edi. 
XIX asrning boshlaridan bu fan dunyodagi barcha texnika va rassomlik 
maktablarida o‘qitila boshlandi. 
O‘zbekistonda chizma geometriya fani taxminan 1930 yillardan boshlab 
o‘qitila boshlandi. 
1953 yilgacha respublikamizda chizma geometriya sohasidan birorta ham 
mutaxassis bo‘lmagan. 1953 yilda ushbu kitob muallifi shu soxada dissertatsiya 
yoqlab, fan nomzodi unvoniga sazovor bo‘ldi. 
Hozirgi zamon chizma geometriya kursi Monj chizma geometriyasidai juda 
katta farq qiladi. To‘liq kurs to‘rtta asosiy bo‘lim: ortogonal proeksiyalar, 
aksonometriya, perspektiva, sonlar bilan belgilangan proeksiyalar va qo‘shimcha 
soyalar nazariyasidan iborat. 
O‘zbek tilida birinchi chizma geometriya kitobi O‘zbekistan davlat nashriyoti 
tomonidan 1959 y. chiqarilgan bo‘lib, muallifi Yu.Kirgizboev. Kitob qo‘llanma 
sifatida faqat mashinasozlik oliy o‘quv yurtlari uchungina tavsiya etilgan edi. Bu 
kitob 24. bosma taboqli bo‘lib, unda asosan ortogonal proeksiyalar yoritilgan
aksonometriyaga esa bir bosma taboq ajratilgan xolos. 
1961 yilda barcha oliy texnika o‘quv yurtlari uchun Raxim Horunovning 
chizma geometriya kursi darsligi 16 bosma taboq hajmda chop etildi. Keyinchalik 
to‘ldirilgan ikkinchi va uchinchi nashrlari bosmadan chiqdi. 


Nuqta deb, Hech qanday oʻlchamga ega boʻlmagan eng soda geometrik 
jismga aytiladi. Nuqta A,B,C,D kabi belgilanadi. 

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə