Tarixshunoslik fanidan



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/44
tarix13.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121858
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44



 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
MUQIMIY NOMIDAGI QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
TARIXSHUNOSLIK FANIDAN 
MA’RUZALAR MATNI 
 
(3-kurslar uchun)
 
Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar
Ta’lim sohasi: 110 000 – Pedagogika 
Bakalavriat yo’nalishi: 5110600- Tarix o’qitish metodikasi 
 
QO‘QON – 2020 yil 
 



1-mavzu: TARIXSHUNOSLIK FANI, UNING MAQSAD VA VAZIFALARI 
HAMDA METODLARI 
Reja
1.
Tarixshunoslik fani predmeti, uning maqsad va vazifalari. 
2.
Tarixshunoslik fanining manbalari. 
3.
Tarixshunos fanining davrlanishi va turlari. 
4.
Tarixshunoslik fanining metodologiyasi. 
 
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Tarixshunoslik fani predmeti, fanning 
maqsad va vazifalari, manbalari, 
davrlanishi, turlari, 
metodologiyasi haqidagi 
ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish

 
Tushunchalar va tayanch iboralar: 
Tarix haqidagi fan
, ilmiy kadrlar, ilmiy 
tarixshunoslik markazlari, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Yusufbek Bayoniy, 
Abu Bakr Narshaxiy, 
tarixshunoslik sektori, 
fanning metodologiyasi, qiyosiy 
tarixiy usul, aniq tahliliy usul, xronologik usul.
Tarixshunoslik fani predmeti, uning maqsad va vazifalari. 
Tarixshunoslik 
tarix fanlari tizimida o‘ziga xos mustaqil o‘ringa ega. Faning o‘z manbalari, 
tadqiqot usullari mavjuddir. Tarixshunoslik fanini oliy ta’lim tizimida o‘qitishdan 
asosiy maqsad talabalarda qadimgi davrdan hozirgi kungacha yaratilgan 
tadqiqotlar, ularning haqqoniyligi, qimmati, fikrlar xilma-xilligi, tarixiy shaxslar va 
voqealarni baholash, tarixiy bilimlarni to‘plash, tarixchilarning monografiya, ilmiy 
tadqiqot va maqolalarini o‘rganishda tarixiylik tamoyillarga asoslanib xulosa 
chiqarishga o‘rgatishdir. Fanning vazifasi esa adabiyotlarning qiyosiy tahlilini 
amalga oshirish, tarixiy voqealarni tarixshunoslik nuqtai-nazaridan tahlil qilish
mualliflarni klassifikasiya (guruhlarga bo‘lib o‘rganish) qilishdir.
Tarixshunoslikning ob’ekti tarixiy jarayonning o‘zi bo‘lmay, balki tarixiy 
tafakkur, uni o‘rganish, tarix haqidagi fan hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston 
tarixida O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asrlar tarixi mavzusida O‘rta Osiyo hududida ilk 
o‘rta asrlarda mavjud davlatlar, arablar istilosi, islom dinining yoyilishi, 
markazlashgan davlatlarning paydo bo‘lishi va hokazolarni o‘rganilsa, 
tarixshunoslik fanida esa bu davr tarixi o‘rta asrlarda, yangi davrda va bizning 
kunlarda qanday tadqiq etilganligini tahlil etadi. 
Tarixshunoslik tushunchasi ikki ma’noda qo‘llaniladi: 1. Tarixiy bilimlar 
taraqqiyoti va tarixiy tadqiqot usullariga doir fan ma’nosida. 2. Muayyan tarixiy 
davrga yoki muammoga bag‘ishlangan tarixiy tadqiqotlar majmuasi ma’nosida 
(masalan, hozirgi davrda istorigrafiya). 
Tarixshunoslik tarixiy bilimlar taraqqiyotini, muayyan tarixiy bosqichda 
yaratilgan yoki ma’lum bir muammoga bag’ishlangan tarixiy tadqiqotlarni 
o’rganadi va tahlil qiladi. Tarixshunoslik nafaqat tarix, balki maxsus tarix fanlari 



(masalan, sharqshunoslik, etnologiya, arxeologiya va boshqalar) tarixi bilan ham 
shug’ullanadi. Tarixshunoslikning asosiy vazifasi tarix fani rivojini chuqur va har 
tomonlama xolisona o‘rganish, muayyan taraqqiyot davrida to’plangan tarixiy 
bilimlarni tahliliy tadqiq etishdan, amalga oshirilgan ishlarning natijasini 
chiqarishdan hamda shu asosda tadqiq etilgan dolzarb muammolarni aniqlab, 
kelgusi tadqiqotlarning yunalishlarini belgilashdan, tarixchilarni muayyan tarixiy 
ilmiy muammo doirasidagi adabiyotlarga yunaltirishdan iborat. 
Tarixshunoslik shuningdek, fan taraqqiyotida o’z o’rniga ega bo’lgan ilmiy 
tarixshunoslik markazlari tarixini, unda faoliyat ko’rsatgan ilmiy kadrlarning 
salohiyati, ularning fan rivojiga qo’shgan hissalarini o’rganish kabi vazifalarni ham 
bajaradi. 
Tarixshunoslik tadqiqotlarda tadqiqotchining vazifasi o’zidan avvalgi 
bosqichlarda yaratilgan ilmiy asarlarni zamonaviy bilimlar nuqtai nazaridan 
o’rganish, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini taxlil qilishdan iborat. 
Tarixshunoslik Vatan tarixini o‘rganishda, tarixiy muammolar ustida bahs 
yuritishga, ijodkorlikka ilhomlantiradi.
Tarixshunoslikda eng asosiy e’tibor quyidagilarga qaratiladi: 
- tarixshunoslik tahlilining nazariy masalalari, metodologiyasi rivoji masalalari, 
mazkur soha nazariy va metodologik muammolari haqidagi fikrlar kurashi; 
- tarixchilar tomonidan o‘rganilayotgan mavzular, shuningdek masalani yoritishda 
jalb qilingan manbalarning kengayishi va o‘zgarishi evolyusiyasi; 
- ilmiy tahlil usullarining takomillashuvi, tadqiqotning manbashunoslik vositalari, 
manbalar tanqidi; 
- tarixiy materialni bayon qilish xarakteri, turli davrdagi tarixchilar stili. 
Xullas, tarixshunoslik tarix fanining tarixini o’rganuvchi fandir.
Tarixshunoslik tarix faniga nisbatan yangi fan hisoblanadi. O’rta asrlarda 
yaratilgan ba’zi tarixiy asarlarda, jumladan, Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi 
xalqlardan qolgan yodgorliklar" va "Hindiston", Abu Bakr Narshaxiyning "Tarixi 
Buxoro", Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Boburning "Boburnoma", 
Muhammad Yusufbek Bayoniyning "Tarixi Xorazm", "Shajarai Xorazmshohiy", 
Ahmad Donishning "Buxoro amirlarining tarjimai hollari" va boshqalarda 
muayyan ma’lumotlarni umumlashtirishga, fakt va tarixiy jarayonlar bayonida 
tahliliy yondashuvga bo’lgan harakatlar kuzatiladi. 
O‘zbekistonda tarixshunoslikning akademik ma’nodagi institutsional 
shakllanishi XX asrning 60 yillarida, Fanlar akademiyasi Prezidiumining maxsus 
qarori bilan Tarix instituti bazasida tarixshunoslik sektorining tashkil etilishi bilan 
amalga oshdi. 
1968 yilda Tarix instituti qoshida "Tarixshunoslik" sektori, keyinroq 
bo’lim tashkil etilishi bu sohaning rivojiga katta hissa qo’shdi (bo’limni 1968-1988 
yillarda tarix fanlari dri B.V.Lunin, 1988-1992 yillarda tarix fanlari nomzodi 



V.A.Germanov boshqargan, 1992 yildan esa tarix fanlari doktori, professor 
D.A.Alimova rahbarlik qilib keldi). 
O’zbekiston FA Tarix instituti tashkil topgach, bir qator tarixshunoslar, 
jumladan, V.Ya. Nepomnin, R.N.Nabiyev, I.K. Dodonov, L.M.Landa, 
X.I.Inoyatov, B.V.Luninlar muayyan muammolarning tarixshunosligini tadqiq 
qilishga kirishdilar. Tarixshunoslik bo’limi tomonidan o’tkazish an’anaviy bo’lib 
qolgan "Tarixshunoslik o’qishlari" O’zbekiston tarix fani sohasida amalga 
oshirilayotgan ishlarni sarhisob qilib boradi. O’zbekistonda tarixshunoslik fani 
ilmiy maktablariga B. V. Lunin, G.I.Jeltova, F.H.Qosimov, R. Rajapova, D.A. 
Alimova kabi olimlar tomonidan asos solindi. 
Mustaqillik yillarida tarixshunoslik tadqiqotlari ancha kengaydi. 5 ta 
doktorlik, 20 dan ortiq nomzodlik ishlari himoya qilindi. Ayniqsa, xorijiy 
tadqiqotchilar (AQSH, Koreya, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya) 
O’zbekiston tarixshunoslari bilan ilmiy-amaliy aloqalar o’rnatib, O’zbekiston 
tarixshunosligining muhim muammolarini o’rganishda davom etmoqdalar. 
Tarixshunoslik tarix fanlaridan manbashunoslik bilan juda yaqin aloqada 
bo‘lib, har bir davr manbalarning ko‘pligi, ularga tanqidiy yondashuv va 
foydalanish tarixiy tafakkurning, bilimning darajasi, saviyasini belgilaydi. 
Tarixshunoslikning rivojlanishida manbalar doirasining kengligi va o‘sha 
davrdagi tarixiy tadqiqot usuli asosiy omil hisoblanadi. Tarixiy tadqiqot 
usullarining takomillashishi (masalan: tanqidiy yondashuv, tarixiy taqqoslash va 
boshqalar), yangi (epigrafik, arxeologik, numizmatik) manbalarning paydo 
bo‘lishi tarix fanining saviyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Tarixshunoslik tarixning 
manbashunoslik, arxeologiya, etnografiya, numizmatika va lingvistika fanlari bilan 
chambarchas bog‘liq.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə