1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə87/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

Olib qochishga qarshi moslama

O‘zi qisilib qoluvchi olib qochishga qarshi moslamalar 1 skobadan, 2 qoziq, 3 yakorlar eski tipdagi ustki yo’l qurilish yo’llarida qo‘llaniladi. Shpallarga asos bo‘lib xizmat qiluvchi qumloq qatlami shpallardan keladigan bosimni qattiqlik bilan qabul qilishi kerak va uni bir xil me’yorda yer jismining asosiy uchastkasiga taqsimlashi kerak bo‘ladi. Poyezd og‘irlik kuchidan shpalning yonga va uzunasiga siljishiga qarshilik ko`rsatishi; rels shpal reshotkalarining yuzasidagi suvlarni haydab chiqarish; harakat qismining zarbalarini yo’lning notekisligi sababli amortizatsiya qilish; yer jismlarining muzlashdan himoyasini ta’minlash. Bu vazifalarni bajarish uchun ballast material qatlami chidamli va baquvvatligini yo`qotmasligi poyezdlar qatnovida chang tarqatmasligi kerak. Ballastning har bir turiga davlat standartlari tasdiqlangan. Masalan, harsang tog‘ tizmalaridan olinadigan sheben (sancha tosh), valunlar (dumalok katta aylana tosh) va galkalar (mayda aylana silliqlangan tosh), ikki asosiy qismda chiqariladi: o‘rtacha dona o’lchamida 25—60 mm (5 % dona beriladi, 70 mm gacha) va 25— 50 mm (10 % dan — dona o’lchami 60 mm) va mayda 5—25 mm sancha tosh. Sanchadan tayyorlanadigan ballast qatlami uchun oxirgi modda yer jismi qatlamiga qum yostiqchasi deb nomlanadi (qalinligi 20 sm.dan kam bo‘lmagan) va qum ustiga o‘rnatiladi. Karyer ko’chma yo’llari maydalovchi-saralovchi fabrikalar chiqindilaridan qilingan, ballast prizmasi ustiga o‘rnatiladi. Har qanday ballastdan qilingan prizma qiyaligi 1:1,5, qum yostiqchalar qiyalanishi esa — 1:2 bo‘lishi kerak. Shpallar tagidagi ballast qalinligi yo’lning kategoriyasiga yuk og‘irlik kuchiga, harakat qismi o‘z o‘qi og‘irlik kuchiga, rels turiga, shpallarning epyuriga bog‘liq bo‘lib 20 sm dan kam bo‘lmasligi kerak.


Yer osti sharoitida ballast materiali sifatida yirikligi 20-60 mm bo‘lgan qattiq tosh sanchasi va 20 – 40 mm yiriklikdagi graviy ishlatiladi. Ballast qatlamining qalinligi qazish koni yer qatlamining va ko‘p harakatni ko’tarish qobiliyatiga qarab tanlanadi: yuk oqimi 100 dan 4000 tn/kun bo`lganda ballast qatlamining qalinligi 10 sm, 4000 t/kundan ortiq ortiq bo`lganda esa 15 sm dank am bo`lmasligi kerak.
Shpallar oralig‘idagi bo‘shliq (shpal yashiklari) ballast bilan 2/3 shpal qalinligida to`ldiriladi. Yoriqlik oralig‘i rels tagidan va ballast tagi oralig‘ida 30 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Ballast qatlamni qazish yerning tag qismiga yotqiziladi va suv oqimi uchun suv haydovchi kanava tomon 0,01—0,02 da ko’ndalang qiyalik hosil qiladi.
Rels oralig‘i tuzilmalari (koleya)
To‘gri yo’l uchastkalarida relslarning holati rejada va rels oralig‘i kengligi bo‘ylab qurilmaga va uning mazmuniga asosiy normativlar belgilangan. Rels oraliq kengligi deb rels bosh qismining ichki chegaralari orasidagi masofaga aytiladi va g‘ildiraklarning ustki sirpanishi pastki o’lchami 13 mm ga kamaytirilgan. Ochiq tog‘ ishlarida doimiy yozuvlarining to‘g‘ri masofasida 1520 mm va yer ostida 750 mm standart oraliq masofasi o‘rnatilgan. Kam hollarda esa rels masofasi oralig‘i 1000 va 900 mm yo’llari qo’llaniladi. Yo’l qo‘yish mumkin bo‘lgan siljishning kattaligi to‘gri yo’l uchastkalarida 1520 mm rels oralig‘i kengligi uchun kengaytirilishi bo‘yicha + 6 mm va torayishi bo‘yicha 750 mmli rels oraliq kengligi uchun +4 mm yoki -2 mm gacha bo‘lishi mumkin.
Egri yo’l uchastkalarida rels va g‘ildiraklar o‘zaro ta’sirida hosil bo‘ladigan, ko’ndalang gorizontal kuchlarni kamaytirish maqsadida rels oraliq qiyalik radiusiga bog‘liq holda belgilangan me’yordan oshmagan xolda 1540 mm kengayishida +6mm va -4 mm torayishda bo‘ladi. Ko’chma yo’llarda to‘g‘ri yo’llardagidek, egri yo’llarda ham, 1530 mm kenglik +6 mm va -4 mm torayishda bo‘ladi. Ular orasidagi siljish statsionar yo’llarda 4 mm gacha, ko’chma yo’llarda -20 mm bo‘ladi. Poyezdlarning harakatida egri yo’llar uchastkalari bo‘ylab qo‘shimcha kuchlar hosil bo‘ladi: markazdan uzoqlashtiruvchi, yonbosh va gorizontal. Shuning uchun yo’lning egri uchastkalarida rels oraliq kengligi kengayishidan tashqari relsning egri uchastkalari bilan to‘g‘ri uchastkalarini ulaydi, tashqi relsni ko’taradi, to‘g‘ri yo’l uchastkalarini aylanma qiyali o’tkazuvchi yo’llar bilan va ko‘plab boshqa choralar ko’riladi. Tashqi relsning ichki rels ustida ko’tarilishi ikki relsga taxminan bir xil og‘irlik kuchi tushishiga erishiladi va u quyidagicha tashkil etadi.

Bu yerda, R — qiyalik radiusi, m; vср— ushbu qiya yo’ldan o`tadigan poyezdning o‘rtacha oshirilgan tezlik harakati, km/soat.
Tashqi relsning ko’tarilishi stansiya oraliqlarida 155 mm dan oshmasligi kerak. Shaxtalar va ruda konlarida standart kengligi 600, 750 va 900 mm. dan oshmagan koleya ishlatiladi. Shaxtalar tashqi qismida va tashqi temir yo’l transportlarida keng- 1520 mm kenglikdagi rels oraliq kengliklar ishlatiladi. G‘ildirak qovurg‘alar va tashqi arqonlar oralig‘idagi koleya orasiga kiruvchi masofa g‘ildirak koleyasi kengligi deyiladi Кк va rels koleyasidan δ=Крк o’lchamda katta bo‘ladi, shu bilan relslar orasidagi masofani qisilishini oldi olinadi. Ruda koni aylanma rels yo’li radiusi rejada PB qabul qilishadi: koleya uchun 600 mm —12 m kam bo‘lmagan, koleya uchun 750 va 900 mm —20 m dan kam bo‘lmagan. Lokomotiv yuritishga mo’ljallanmagan alohida holatlarda rels yo’llarida (arqonli yuritish), aylana radiusi vagonetkalarning 4-marotaba mustahkam bazali yo’l qo‘yiladi. Markazdan uzoqlashtiruvchi kuchlarni to’ldirish uchun va harakat qismining chidamliligini saqlash maqsadida aylanishlarda tashqi rels ichkiga nisbatan Δh o’lchamda ko’tarib turiladi va aylanma radiusining qism harakati tezligiga nisbatini (odatda Δh=15÷60 mm) hisobida aniqlanadi. G‘ildirak rebordi qisilishini oldini olish uchun, shuningdek harakatga ko‘rsatilgan qarshilikni va yaroqsiz holga kelishni kamaytirish maqsadida aylanmalarda shaxta rels koleyalari kengaytiriladi. Odatda koleyani kengaytirish ichki relsni qiyalik markaziga 5—15 mm siljitib qo‘yish bilan erishiladi. Asosiy olib o’tish qiya konlarida uzun holatida yo’llar shunday burchak qiyaligi ostida qazish koni hovlisi tomonga tanlanadiki, unda bo‘sh qismning harakatiga qarshiligi ko’tarilishida yuklangan harakat qismining qazish koni tomon qiyaligiga teng bo`ladi. Bunday qiyalik teng qarshilikli qiyalik ipc deyiladi va quyidagi o‘zaro munosabatdan aniqlanadi.

Suv oqimini qazish koni hovlisi tomoniga oqishi ishonchli bo‘lishi uchun shaxta yo’li qiyaligi odatda, 3 %o (5 %o gacha) dan kam bo‘lmagan qiyalikni oladi, hisob-kitob bo‘yicha shunday bo‘lsada, aslida undan past ham bo‘ladi.
Strelkali yo’l o‘zgartiruvchilar
Poyezdlarni bir yo’ldan ikkinchi yo’lga ko’chirilishi uchun rels yo’llarining tutashishi bir tekisda ketishida tashqi yo’l qurilishining alohida qurilmalari yo`naltiruvchili yo’l o‘zgartiruvchilari ishlatiladi. Strelkali yo’l o‘zgartiruvchilari soni va joylashish o‘rni bo‘yicha rejada tutashish yo’llari va yo’l o‘zgartiruvchi krestsimon qurilma rusmi bilan farqlanadi. Rels yo’llarining rejada ko`rsatilish soniga qarab strelkali yo’l o‘zgartiruvchilar oddiy (bittali) – odatdagi, simmetrik va simmetriyasiz, birtomonlama va har tomonlama strelkali yo’l o‘zgartiruvchilar; murakkab - ikkitali, uchtali va kesishuvchi bo‘ladi. Karyer rels yo’llarida ko‘proq oddiy (bittali) ko’chirishlar tarqalgan (8.10 - rasm). Oddiy strelkali yo’l o‘zgartiruvchilar asosiy 3 qismdan iborat: ko’chiruvchi mexanizmli strelkalar, ko’chiruvchi brusli tutashtiruvchi yo’llar va qarama-qarshi relsli krestovinlar.

Oddiy (bittali) strelkaliyo’lo‘zgartiruvchilariningasosiyelementlari: 1 — yog`ochlibrus; 2 —ulovchitortuvchi; 3,10 — ramalirelslar; 4 —relso‘tkiruchlari; 5 — bir- yokiikkiyo’lliliniyalardao‘zgartiruvchi ; 6 — kontrrels; 7 — usoviklar; 8 —krestovinlarmarkazi; 9 —o‘zgartiruvchibruslar; 11—o‘zgartiruvchimexanizm.

Strelka ikki ramali relslardan, ikkita rels o‘tkir uchlaridan, o‘zgartiruvchi mexanizm komplektidan, tiraluvchi va tirkovchi moslamalardan tashkil topadi. Ramali relslar ko’ndalang bog‘lanishlar bilan birga strelkalar ramasini hosil qiladi. Krestovin jamlamasi qismikrestovinlardan, ikki kontrrelslardan, tayanch moslamalardan iborat. Strelkalarni kristovina bilan birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziqli va qiya chiziqli kesmalardan tashkil topgan bog‘lovchi yo’llar. Bog‘lovchi yo’llar qiya chiziqli kesmalari o‘zgartiruvchi qiyali bo‘ladi. Strelka, bog‘lovchi yo’llar relslari ko’riladigan o‘zgartiruvchi bruslar va krestovin qismi jamlanmasi asos bo‘lib xizmat qiladi. Rels yo’llarining kesish usoviklar o‘z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda quyma serdechniklar qo‘llaniladi. Strelkali o‘zgartiruvchilar krestovin rusumi bilan harakterlanadi, uning tangens burchagi krestovina serdechnigi asosining balandligiga bo‘lgan munosabatiga aytiladi. Karyer rels statsionar yo’llarida hamma kategoriyalarida muayyan ish sharoitlarda strelkali yo’l o‘zgartiruvchilar rusumi qiyaligi 1/9 nisbatda bo‘lishi kerak.


Strelkali yo’l o‘zgartiruvchilari turi rels tipi va krestovin rusumi bilan ifodalanadi. Masalan, strelkali turi rusumi R65 1/11 yoki R50 turdagi 1/9 rusumli yer osti sharoitlarida strelkali yo’l o‘zgartiruvchining krestovinli 1/4, 1/5, 1/7 ayrim vaqtda 1/2 1/3 turlari qo‘llaniladi. Krestovin rusumi qancha katta bo‘lsa (8.2 - jadval), shuncha strelkali yo’l o‘zgartiruvchining krestovinli uzunligi kamroq va harakatlanuvchi qismining strelkali yo’l o‘zgartiruvchisiga kirishishi qiyinroq bo‘ladi.
O‘zgartiruvchi strelkali yo’l o‘zgartiruvchi mexanizmlari qo’l bilan yoki masofadan mexanik boshqariladi. Mexanik boshqariladigan strelkali yo’l o‘zgartiruvchilarni elektromexanik, elektromagnit yoki gidravlik yuritmalar bilan jihozlanadi. Strelkali pyerevodlarni boshqarishni dispecher boshqarish pulti orqali yoki lokomotiv kabinasidagi mashinist tomonidan elektromagnitli strelkali yuritmalarning yoqish relesiga yuqori chastotali signallar berish bilan amalga oshiriladi. Strelkali yuritmalarning har bir turiga shartli belgilar berilgan. Masalan, P0933-1/3-20P: birinchi harfi — o‘zgartirish turi, uch sonli sonning birinchi soni – rels koleyasining detsimetrdagi kengligi; qolgan ikki soni— rels turi, kasr son — krestovin markasi, drobdan keyingi son—qiya o‘zgartiruvchi radiusi metrlarda, oxirgi harfi — o‘zgartirishni bajarilishi (o‘ng yoki chap).

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə