1. Tashkilot tushunchasi va uning elementlari Tashkilot ichki va tashqi muhitining omillari Tashkilotlar faoliyatini turkumlashtirishиш


Tashkilot ichki muhiti 2.Tashkilotning ichki va tashqi muhiti



Yüklə 5,16 Mb.
səhifə5/10
tarix19.10.2023
ölçüsü5,16 Mb.
#128226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5 Tashkilotlar va ularni boshqarish

Tashkilot ichki muhiti

2.Tashkilotning ichki va tashqi muhiti.

  • Tashkilotning ichki muhiti uning hayotiy kuchining man’basi bo‘ladi.

Umuman bu xo‘jalikni tashkil qilish organizmi, uning strukturasidir.
Tashkilotning tashkiliy tuzilmasi alohida bo‘linmalarning vujudga kelgan ajratilishi, ular o‘rtasidagi aloqalar va bo‘linmalarning yagona bir butunga birlashishini aks ettiradi.
Funksional tashkiliy boshqaruv strukturasi
Mahsulot turlari bo’yicha tashkiliy struktura
Iste’molchiga mo’ljallangan struktura
Ma’muriy bo’limlar strukturasi.
Tashkilotning asosiy shakllari:

ASOSIY TASHKILIY- HUQUQIY SHAKLLAR.

Jahon amaliyotida firmalarni quyidagi alomatlar bo‘yicha tasniflash qabul qilingan:

  • xo‘jalik faoliyatining turi va xarakteri bo’yicha
  • huquqiy holati bo’yicha
  • mulkchilikning xarakteri
  • faoliyat sohasi bo’yicha
  • o‘lchami bo’yicha.

Tashkilotga umumiy tavsif


Tashkilot doimo mehnat jamoasini barcha a’zolari bir umumiy maqsadga erishishga intilayotgan bir necha o‘zaro bog‘liq maqsadga ega. Bir necha o‘zaro bog‘liq maqsadga ega bo‘lgan tashkilot — murakkab tashkilot deyiladi.
Amaliyotda rejalash jarayonida rahbariyat tashkilot maqsadini ishlab chiqadi va uni tashkilot a’zolariga yetkazadi. Ammo bu jarayon bir tomonlama bo‘lmay taktik maqsadlarni ishlab chiqishda mehnat jamoasining barcha a’zolari qatnashadi. Maqsadni birgalikda belgilash tartibi bosh motiv bo‘lib, u tashkilotning bosh motivi va muvofiqlashtiruvchi kuchidir, chunki uning natijasida tashkilotning har bir a’zosi nimaga intilishini biladi.
Tashkilot tarkibi
-bu boshqarish darajalarining mantiqiy o‘zaro munosabatlari va tashkilotni samarali maqsadga erishishga imkon beradigan shaklda tuzilgan funksional sohalardir.
Barcha tashkilotlar bir-biridan ajratib turadigan yo‘nalishga ega (funksiyalar, uslub va prinsiplar, operatsiyalar murakkabligi va ish tartibi). Shuning bilan birgalikda ular barcha tashkilotlar uchun umumiy tavsifga ega. Biznesda tashkilotlarning ichki va tashqi muhitlari Har qanday tashkilotda bir turdagi ishni bajaruvchi kishilar birlashadi
Tashkilotning tashqi va ichki muhitlari omillari mavjud.
Tashkilotga tashqi muhit ta’siri ko‘rib chiqilganda ularning bir xilda emasligini nazarda tutish kerak. Shuning uchun tashqi ta’sir omillarini topishni bilish va tashqi ta’sirga qarshi turishni samarali ko‘nikmalarini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega.
Tashkilotning ichki muhiti deganda korxona ichidagi vaziyatli omillar tushuniladi. Tashkilot o‘zida odamlar tomonidan yaratilgan tizimni ifodalaydi, uning ichki omillari esa asosan boshqarish qarorlarining natijasidir.
Umuman bu xo‘jalikni tashkil qilish organizmi, uning strukturasidir. Tashkilot maqsadi- tashkilotni maqsadga erishish vositasi deb qarash kerak.
Har bir mehnat jamoasida o‘zaro formal (rasmiy) o‘zaro munosabatli tashkilot bilan birgalikda jamoa a’zolari orasida noformal (norasmiy) tashkilotlar ham mavjud bo‘lishi mumkin. Agar rasmiy munosabatlar maxsus yo‘riqnomalar, buyruqlar, farmoyishlar bilan tartibga solinsa, norasmiy munosabatlar hech kim va hech nima bilan tartibga solinmaydi. Rahbarlik ko‘rsatmasi bilan tashkilotning maqsadiga erishish uchun tuzilgan odamlar guruhi formal guruhlar deb ataladi. Ularning dastlabki funksiyalari korxona maqsadiga erishishi uchun aniq vazifalarni bajarishidir. Odamlar orasidagi munosabatlar turli tipdagi normativ hujjatlar, qonunlar, qarorlar, buyruqlar farmoyishlar bilan tartibga solinadi. Ma’lum maqsadlarga erishish uchun doimiy o‘zaro harakatga kirishadigan o‘z-o‘zidan (stixiyali) tashkil topgan kishilar guruhi noformal guruh deb tan olinadi.

Yüklə 5,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə