Akbar Zamonov


Berdaq necha yoshdan she’r yoza boshlagan? A) 20 yosh B) 25 yosh C) 18 yosh D) 23 yosh



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə33/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60

5. Berdaq necha yoshdan she’r yoza boshlagan?
A) 20 yosh B) 25 yosh C) 18 yosh D) 23 yosh


6. 1870-yilga kelib qoraqalpoqlar …

A) hunarmandchilik bilan shug‘ullana boshlashdi

B) o‘troq turmush kechira boshladi

C) Orol bo‘yiga kelib joylashdilar

D) Amudaryoning quyi oqimiga kelib joylashdilar

7. 1875-yil Ural kazaklari nima sababdan Amudaryo bo‘limiga ko‘chirildi?

A) yerga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida

B) harbiy xizmatni a’lo darajada bajarganliklari uchun

C) armiya xizmati to‘g‘risidagi yangi nizomga bo‘ysunmaganligi uchun

D) rus hukumati Amudaryo bo‘limida o‘z mavqeyini mustahkamlash maqsadida

8. XIX asrning oxirgi choragida qoraqalpoqlarning ma’muriy markazi qaysi shahar edi?

A) Chimboy B) Xo‘jayli C) Nukus

D) Petro-Aleksandrovsk

9. Urush ro‘y bergan taqdirda qoraqalpoq jamoalari Xiva xoniga qancha navkar yig‘ib berishi kerak bo‘lgan?


A) mingdan, o‘n minggacha

B) mingdan, ikki minggacha

C) ikki mingdan, uch minggacha

D) besh mingdan, o‘n minggacha

10. Berdaqning 1855-yilgi qo‘zg‘olonga bag‘ishlangan asarini aniqlang.

A) “Omongeldi” B) “Ernazarbiy” C) “Oydo‘stbiy”

D) “Ahmoq podsho”

11. “Qirqqiz” dostonida aytilishicha, Olloyor qiziga qaysi yerni hadya etgan?

A) Sarkubni B) Muyelini C) Chimboyni

D) Mang‘itni

12. 1875-yil Amudaryo bo‘limiga ko‘chirilgn Ural kazaklari bu yerda asosan qaysi mashg‘ulot bilan shug‘ullangan?
A) dehqonchilik B) hunarmandchilik C) ovchilik

D) baliqchilik

13. Xiva xonlari nima sababdan “Qoraqalpoq ulusini” tashkil qilgan edi?

A) qoraqalpoqlarni xonlik fuqaroligiga qabul qilish uchun

B) qoraqalpoqlarning xonlikka qarshi tinimsiz qo‘zg‘olonlarining oldini olish uchun

C) qoraqalpoqlarni boshqarish qulay bo‘lishi uchun

D) qoraqalpoqlarni soliq tizimiga tortish uchun

14. Qoraqalpoq adiblari yashagan yili bilan to‘g‘ri berilgan javobni toping.

1) Kunjo‘ja; 2) Otash Olshinboy; 3) Ajiniyoz; 4) Berdaq

a) 1827-1900; b) 1788-1875; c)1824-1878; d) 1799-1880.

A) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a B) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a

C) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d

15. Xiva xoni XIX asrning ikkinchi yarmida qoraqalpoq urug‘larini boshqarish, soliqlarni undirish, harbiy xizmatni o‘tash majburiyatlariga doir ishlarni tartibga solish maqsadida qanday lavozimni joriy qilgan edi?

A) otaliq B) inoq C) beklarbegi D) noib

16. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligining qoraqalpoqlardan olinadigan zakot solig‘ining qaymati qancha bo‘lgan?

A) 40 bosh qoramol uchun 7 so‘m, 40 bosh qo‘y va echki uchun 3 so‘m 20 tiyin

B) 40 bosh qoramol uchun 11 so‘m, 40 bosh qo‘y va echki uchun 9 so‘m

C) 40 bosh qoramol uchun 8 so‘m 50 tiyin, 40 bosh qo‘y va echki uchun 2 so‘m 20 tiyin

D) 40 bosh qoramol uchun 9 so‘m, 40 bosh qo‘y va echki uchun 2 so‘m 50 tiyin

17. Qoraqalpoqlarda yer solig‘i nima deb atalgan?


A) ushr B) solg‘ut C) alg‘ut D) tanobona

18. Qaysi xiva xoni davrida “qoraqalpoq ulusi” shakllantirildi?


A) Ollohqulixon B) Muhammad Rahimxon I

C) Asfandiyorxon D) Muhammad Aminxon

19. 1873-yilgi shartnomadan keyin Xiva xonligi tarkibida qoraqalpoqlarning qancha qismi qoldi?

A) 70 ming B) 25 ming C) 38 ming D) 20 ming

20. Amudaryo bo‘limida jami aholining necha foizini qoraqalpoqlar tashkil qilgan?

A) 48,6 % B) 3,8 % C) 70 % D) 25 %

21. Urush ro‘y bergan taqdirda qoraqalpoq jamoalari Xiva xoniga navkar yig‘ib berishi kerak bo‘lgan. Askar yig‘ib bera olmagan jamoalardan … miqdorda pul yig‘ilgan.

A) 130-200 ming so‘m B) 80-100 ming so‘m

C) 180-250 ming so‘m D) 150-180 ming so‘m

22. Qoraqalpoqlarning Ernazarbiy boshchiligidagi qo‘zg‘oloni nechanchi yillarda bo‘ldi?

A) 1853-1856-yillarda B) 1855-1856-yillarda

C) 1851-1855-yillarda D) 1856-1859-yillarda

23. Xiva xoni Muhammad Aminxon hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.

A) 1855-1856-yillar B) 1842-1855-yillar

C) 1855-1856-yillar D) 1845-1855-yillar

24. Qoraqalpoqlarning Xiva xoniga qarshi qo‘zg‘oloni rahbari Ernazarbiy qaysi qabiladan bo‘lgan?

A) mang‘it B) joungur C) shulluk D) qo‘ldovli

25. Qoraqalpoqlarning Xiva xoniga qarshi qo‘zg‘oloni rahbari Ernazarbiy tomonidan qurdirilgan qal’ani aniqlang.

A) Qozoqdaryo B) Julek C) Yangiqo‘rg‘on

D) Qamishqo‘rg‘on

26. Qoraqalpoqlarning Ernazarbiy boshchiligida qo‘zg‘olon qaysi Xiva xoni davrida bostirildi?

A) Muhammad Aminxon B) Muhammad Rahim II

C) Said Muhammadxon D) Rahimqulixon

27. Qoraqalpoqlarning Xiva xoniga qarshi qo‘zg‘oloni rahbari Ernazarbiy kimni xon qilib ko‘tarishga intilgan edi?

A) marg‘it qabilasi boshliqlaridan biri Otamurodni

B) qozoq urug‘i boshliqlaridan biri Zarliqni

C) Xiva harbiylaridan biri Muhammadniyozni

D) joungur qabilasi oqsoqoli Rizoqulni

28. Qoraqalpoqlarning Ernazarbiy boshchiligidagi qo‘zg‘olonini bostirish uchun Xiva xoni kimni jo‘natgan edi?

A) Otamurodxonni B) Shohniyozni C) Haqqulini

D) Muhammadniyozni

29. 1858-1859-yillarda Xiva xoniga qarshi qoraqalpoq urug‘lari qo‘zg‘olon ko‘targan bo‘lib, uning markazi qaysi shahar edi?

A) Qo‘ng‘irot B) Xo‘jayli C) Chimboy

D) Kegiyli

30. 1858-1859-yillarda Xiva xoniga qarshi qoraqalpoq urug‘lari qo‘zg‘olon ko‘targan bo‘lib, bu qo‘zg‘olon kim tomonidan bostirilgan edi?

A) turkman jangovar kuchlari boshlig‘i Otamurodxon

B) qozoq urug‘i boshliqlaridan biri Zarliq

C) Xiva harbiylaridan biri Muhammadniyoz

D) joungur qabilasi sardori Rizoqul

31. XIX asr oxirida mustamlakachi hukumatga qarshi Bobo Go‘klan qo‘zg‘oloni qayerlarda ko‘tarildi?

A) Petro-Aleksandrovsk va Ural posyolkasida

B) Chimboy va Xo‘jayli viloyati, Petro-Aleksandrovskda

C) Orolbo‘yi, Beruniy tumani va Ural posyolkasda

D) Biybozor va Nukus volostida

32. 1900-yilda qoraqalpoqlarning qayerlarda mustamlakachilarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi?

A) Xo‘jayli viloyati va Petro-Aleksandrovsk shahrida

B) Nukus volosti va Qo‘ng‘irot bekligida

C) Chimboy, Beruniy tumani, Ural posyolkasida

D) Chimboy qishlog‘i va Beruniy tumanida

33. Gandimiyon shartnomasidan keyin Xiva xonligida qoraqalpoqlar necha foizni tashkil qilgan?

A) 48,6 foizi B) 3,8 foizi C) 70 foizi D) 25 foizi

34. XIX asr oxirida qoraqalpoqlarning qaysi shahri Rossiya imperiyasini Xiva xonligining iqtisodiy markazlari bilan bog‘lagan?

A) Qo‘ng‘irot B) Xo‘jayli C) Chimboy

D) Kegiyli

35. Qoraqalpoqlarning Xiva xoniga qarshi qo‘zg‘oloni rahbari Ernazarbiy o‘ldirilgach, bu qo‘zg‘olonni oxirigacha qo‘llab-quvvatlovchi guruhlar qayerga qochishadi?

A) Afg‘onistondagi ingliz rezidensiyasiga

B) Katta qozoq juzi qarorgohiga

C) Orenburg general-gubernatori qarorgohiga

D) Oqmachit qal’asiga

36. 1914-yilda qoraqalpoqlar yerida nechta umumta’lim maktabi bo‘lgan?

A) 2 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 9 ta

37. Oxund so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

A) o‘qimishl, ilmli kishi; xalq dostonlarining mohir ijrochisi

B) madrasa mudarrisi; darveshona hayot kechiruvchi kishi

C) tasavvuf tariqati rahnamosi; faqir, kambag‘al kishi D) tarki dunyo qiluvchi, bu dunyo noz-ne’matlaridan voz kechgan

38. Qoraqalpoqlarning Ernazarbiy boshchiligidagi qo‘zg‘olonini qaysi davlat qo‘llab-quvvatlagan?

A) Eron B) Buxoro amirligi

C) Qo‘qon xonligi D) Rossiya imperiyasi

39. Qoraqalpoq og‘zaki ijodida kulgi qahramoni bo‘lgan obrazni aniqlang?

A) Kunxo‘ja B) Zevar C) O‘mirbek

D) Otash Olshinbiy

40. “Qirqqiz” dostonining bosh g‘oyasi ...

A) sevgiga sadoqat, qahramonlik

B) yuksak vatanparvarlik, ona yurtga muhabbat

C) ma’rifatparvarlik, mehnatsevarlik

D) mardlik, jasurlik, bahodirlik

41. “Qirqqiz” dostoni qahramonlaridan Arslon qayerlik bo‘lgan?

A) buxorolik B) qo‘ng‘irotlik C) eronlik

D) xorazmlik

42. Taxallusi Zevar bo‘lgan qoraqalpoq adibini aniqlang.

A) Kunxo‘ja Ibrohim B) Ajiniyoz Qasiboy o‘g‘li

C) Berdaq D) Otash Olshinboy

43. “Qirqqiz” dostonida aytilishicha, Olloyor qayerning hukmdori bo‘lgan?

A) Sarkubning B) Muyelining C) Chimboyning

D) Mang‘itning

44. Qoraqalpoq adibi Kunxo‘ja o‘z ijodini nimaga bag‘ishlagan?

A) ovullarning oddiy ahliga, ularning kundalik mehnatiga va turmushiga

B) qoraqalpoq xalqining sarson-sargardonlikda turli yurtlarga ko‘chib yurishiga

C) yuksak vatanparvarlik, ona yurtga muhabbat hissiga

D) hukmdorlarning adolatsizligi, ularning turli isrofgarchilikka olib keladiga turmush tarziga

45. Qoraqalpoqlarning Tosh madrasasi qachon, kim tomonidan qurdirilgan?

A) 1855-yil, Chimboy hokimi Olloyor

B) 1841-yil, Mang‘it hokimi Xo‘janiyoz

C) 1847-yil, Xo‘jayli hokimi Otamurod

D) 1851-yil, Qo‘ng‘irot hokimi Xo‘janiyoz

46. Qoraqum eshon madrasasi qachon qurilgan?

A) XVIII asr boshida B) XVIII asr oxirida

C) XIX asr oxirida D) XIX asr o‘rtalarida

47. Qoraqalpoqlarda qachondan ilk yozma asarlar paydo bo‘la boshladi?

A) XVIII asr boshidan B) XVIII asr oxiridan

C) XIX asr oxiridan D) XIX asr o‘rtalaridan

48. Qoraqalpoq madrasalarida ta’lim qaysi bosqichlarda amalga oshirilgan?

A) uch bosqichda: birinchi bosqichda alifbo o‘rgatilgan, ikkinchi bosqichda Qur’on oyatlari yodlatilgan, uchinchi bosqichda diniy bilimlar o‘rgatilgan

B) bir bosqichda: diniy bilimlar o‘rgatilgan

C) ikki bosqichda: birinchi bosqichda xalq og‘zaki ijodi o‘qitilgan, dostonlar yod olingan, ikkinchi bosqichda tabiiy bilimlar o‘rgatilgan

D) ikki bosqichda: birinchi bosqichda arab tili grammatikasi o‘rgatilgan, ikkinchi bosqichda diniy-huquqiy bilimlar o‘rgatilgan

49. Dastlab Mo‘ynoqdagi eski maktabda, so‘ngra Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida o‘qigan qoraqalpoq adibini aniqlang.

A) Ajiniyoz B) Berdaq C) Kunxo‘ja

D) Otash Olshinboy

50. Qoraqalpoq ziyolilari orasida birinchi bo‘lib oxund darajasiga erishgan adibni aniqlang.

A) Ajiniyoz B) Berdaq C) Kunxo‘ja

D) Otash Olshinboy

51. XX asr boshlariga kelib qoraqalpoq demokratik an’analarining yangi avlod vakillarini aniqlang.

1) Jeyin Jirov; 2) Qulimbet; 3) Umar; 4) Sariboy, 5) Saidazimboy; 6) Bekmurot; 7) Sodiq; 8) Qulmurot.

A) 1, 2, 4, 7 B) 2, 3, 4, 7, 8 C) 2, 3, 5, 6, 8

D) 1, 3, 4, 5, 6, 8

52. “Ajiniyoz” romani muallifini aniqlang.

A) T.Bekmurot B) S.Karimov C) K.Sultonov

D) D.Mashrabov

53. Ajiniyoz Qasiboy o‘g‘li qaysi tillarni yaxshi bilgan?

A) fors, turk, arab, o‘zbek

B) tojik, fors, arab, turkman, o‘zbek

C) turkman, qirg‘iz, turk, forz

D) o‘zbek, qozoq, turkman

54. Berdaqning asarlari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) “Ahmoq podsho”, “Avlodlar”, “Bo‘zatov”, “Xalq”

B) “Avlodlar”, “Omongeldi”, “Oydo‘stbiy”, “Ernazarbiy”

C) “Xalq uchun”, “Omongeldi”, “Erniyozbey”, “Bo‘zatov”

D) “Oydo‘stbiy”, “Darbadal el”, “Edigey”, “Qublon”

55. Bir tanob yer qanchaga teng?

A) 1500 m. kv. B) 2500 m. kv. C) 1900 m. kv.

D) 2200 m. kv.

56. Quyidagi qaysi asarda qoraqalpoqlarning yurt-yurt ko‘chib yurishi bilan bog‘liq voqealar tasvirlangan?

A) “Xalq uchun” B) “Ahmoq podsho”

C) “Bo‘zatov” D) “Qiz Mengesh bilan aytishuv”

57. Qoraqalpoqlar qachondan boshlab quyi Amudaryo havzasi va Orolning janubi, janubiy-g‘arbiy sohillariga kelib joylashgan?

A) XIX asr boshlaridan B) XVIII asr oxirlaridan

C) XIX asr oxirlaridan D) XVII asr o‘rtalaridan

58. Tarixan qoraqalpoqlar qaysi hududlarda yashab kelgan?

A) dastlab Volga daryosi havzasi, keyin Kaspiy dengizi bo‘ylarida, undan keyin Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimida

B) dastlab Ili daryosi bo‘ylarida, keyin Enasoy havzasida, undan keyin Orolning janubiy qismlarida

C) dastlab Irtish daryosi havzasida, so‘ng quyi Sirdaryo havzasida, keyin Amuradyoning quyi oqimida, undan Orolning janudiy-sharqiy etaklarida

D) dastlab Ural, keyin Volga bo‘ylarida, keyin Orol atrofi hamda Sirdaryoning quyi oqimlarida, undan keyin quyi Amudaryo havzasida

59. Qoraqalpoqlar orasida sudlarning nechta turi mavjud bo‘lgan?

A) uchta turi: o‘tov sudi, ovul sudi va biy sudi

B) ikki turi: qozi sudi va biy sudi

C) ikki turi: o‘tov sudi va ovul sudi

D) to‘rt turi: o‘tov sudi, ovul sudi, biy sudi, qozi sudi

60. Qoraqalpoqlarning Xiva xoniga qarshi qo‘zg‘oloni rahbari Ernazarbiyning maqsadi nima edi?

A) Xiva xonligi tobeligidan qutulib, Rossiya imperiyasi tobeligiga o‘tish

B) Xiva xoni zulmini kamaytirish, soliqlarni cheklash va xalqini majburiyatlardan ozod qilish

C) qozoq xonliklari bilan ittifoq bo‘lib, dastlab Xiva xonligi tasarrufidan chiqish, keyinchalik xonlik hududida yashovchi barcha qoraqalpoq xalqlari yashaydigan joylarni egallab olish

D) markazi Qo‘ng‘irot shahri bo‘lgan mustaqil qoraqalpoq xonligini tuzish

VI BOB.


1. Ismoil G‘aspirali nechanchi yillarda yashagan?

A) 1845-1909 yillar B) 1851-1914 yillar

C) 1829-1901 yillar D) 1856-1918 yillar

2. Turkistonda ikkinchi jadid maktabi qaysi shaharda ochilgan?

A) Qo‘qon B) Andijon C) Toshkent

D) Samarqand

3. “Usuli savtiya” birikmasining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) yangi usul B) birgalikdagi ta’lim

C) harf tovushi usuli D) yozib o‘rgatish usuli

4. Ismoil G‘aspirali 40 kunda nechta o‘quvchining savodini chiqargan?

A) 4 ta B) 28 ta C) 19 ta D) 12 ta

5. 1884-yil qaysi shaharda birinchi jadid maktabi ochildi?

A) Boqchasaroyda B) Anqarada C) Buxoroda

D) Bakuda

6. Turkiston jadidlari otasi deb hisoblanadigan allomani toping.

A) M.Behbudiy B) Ahmad Donish

C) Munavvarqori D) Ismoil G‘aspirali

7. Turkistonda taraqqiyparvarlik harakatining rivojlanishi nechta bosqichda bo‘ldi?

A) uch boshqichda: birinchi bosqich maktab islohoti, ikkinchisi teatrlar tashkil etish, uchinchisi demokratik davlat qurish

B) ikki bosqichda: birinchi bosqich o‘lkada maktablar tashkil etish, ikkinchi bosqich o‘lka yoshlarini chet ellarda o‘qitish

C) ikki bosqichda: birinchi bosqich ma’rifatparvarlik, ikkinchi bosqich siyosiy ko‘rinishdagi harakat

D) to‘rt bosqichda: birinchi bosqich o‘lkada maktablar tashkil etish, ikkinchisi yoshlarni chet ellarda o‘qitish, uchuchisi teatrlar tashkil etish, to‘rtinchisi demokratik davlat qurish

8. Butun turkiy xalqlar o‘rtasida yoyilgan jadidchilik harakatining asochisi kim?

A) Munavvar Qori B) Ahmad Donish

C) Ismoil G‘aspirali D) Mahmudxo‘ja Behbudiy

9. “Jadid” so‘zining ma’nosi nima?

A) intizom B) dunyoviy C) yangi D) usul

10. Butun turkiy xalqlar orasida jadidchilik g‘oyalarining tarqalishiga qaysi gazetaning o‘rni katta bo‘lgan?

A) “Xurshid” B) “Tarjimon” C) “El bayrog‘i” D) “Sadoi Turkiston”

11. Temiryo‘l orqali dastlabki poyezd Samarqandga kelgan yili...

A) “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo‘ldosh” kitobi chop etildi

B) Ismoil G‘aspirali Turkistonga sayohat qildi

C) Andijonda dastlabki yangi usul maktabi ochildi

D) “Fargo‘na sahifasi” jurnali chiqa boshladi

12. 1910-yil Turkiston taraqqiyparvarlarining eng yoshi kichigi va eng yoshi kattasi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) Abdulla Qodiriy va Munavvar Qori

B) Abduqodir Shokuriy va Ahmad Donish

C) Obidjon Mahmudiy va Fitrat

D) Cho‘lpon va Mahmudxo‘ja Behbudiy

13. O‘rta Osiyodagi milliy taraqqiyparvarlik harakati hududiy xususiyatlariga ko‘ra ... jadidlariga bo‘linadi.

A) Buxoro, Toshkent, Qo‘qon

B) Xiva, Buxoro, Qo‘qon, Samarqand

C) Farg‘ona, Sirdaryo, Samarqand

D) Turkiston, Buxoro va Xiva

14. Quyidagi qaysi asarda yangi usul maktablarining ta’lim tizimi, dars o‘tish va uning tashkil qilinishi, xonalarning jihozlanishi, dars jadvali, ta’tillar, imtihonlar bayon etilgan?

A) “Turkiy guliston yoxud axloq”

B) “Birinchi muallim”

C) “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo‘ldosh”

D) “Yer yuzi”

15. Ismoil G‘aspiralining Toshkent, Samarqand Buxoroga tashrif buyurgan yili ...

A) Buxoro amirligida birinchi jadid maktabi ochildi

B) “Shuhrat” gazetasi tashkil qilindi

C) Andijonda dastlabki yangi usul maktabi ochildi

D) “Fargo‘na sahifasi” jurnali chiqa boshladi

16. Turkistondagi yangi usul maktablari ta’lim jarayonida qanday standart mezon qilib olingan edi?

A) Turkiya standartlari

B) Yevropa standartlari

C) Amerika standartlari

D) Sharqiy Osiyo standartlari

17. O‘rta Osiyo taraqqiyparvarlari rivojlangan davlat tashkil etish vazifasini amalga oshirishda quyidagi qaysi yo‘nalishlar ustuvor bo‘lib hisoblanadi?

1) o‘lkada yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish; 2) qobiliyatli yoshlarni chet ellarga o‘qishga yuborish; 3) turli ma’rifiy jamiyatlar, teatr truppalari tuzish, gazeta va jurnallar chop etish; 4) xalqni mustamlakachilarga qarshi targ‘ib qilish yo‘li bilan mustaqil demokratik davlat tuzish; 5) harbiy-siyosiy tashkilotlar tuzish va u orqali mustaqillikka erishish; 6) xalqning ijtimoiy-siyosiy va madaniy ongini oshirish yo‘li bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish.

A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 2, 3, 5, 6 C) 1, 2, 3, 6

D) 1, 5, 6

18. Dastlabki paytlarda Turkistondagi yangi usul maktablarining ko‘pchiligida qayerda nashr qilingan qo‘llanmalardan foydalanilgan?

A) Angliya va Germaniya B) Turkiya va Eron

C) Xitoy va Hindiston D) Qozon va Orenburg

19. Quyidagi matbuot nashrlari va ularni tashkil qilgan muharrirlarni aniqlang?

1) “Xurshid”; 2) “Shuhrat”; 3) “Taraqqiy”; 4) “Osiyo”

a) Abdulla Avloniy; b) Anmadjon Bektemirov; c) Munavvar Qori; d) Ismoil Obidov

A) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b B) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b

C) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c

20. Turkistonda ikkinchi jadid maktabi qachon va kim tomonidan ochilgan?

A) 1899-yil Mannon qori

B) 1893-yil Shamsiddin domla

C) 1898-yil Salohiddin domla

D) 1897-yil Ahmadjon domla

21. Xiva xonligida XX asr boshlarida shakllangan taraqqiyparvarlik harakati nechta oqimdan iborat bo‘lgan va ular qaysilar?


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə