Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/55
tarix09.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#102148
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m

3-bob bo‘yicha xulosalar
Mazkur bobda tajriba sinov ishlarini tashkil etish, o‘tkazish, olingan natijalarni
matematik-statistik tahlil qilish va uni o‘tkazish ishlari tahlil etildi. Tadqiqot
jarayonida hamda tajriba sinov ishlaridan olingan natijalar samarali bo‘ldi.
Maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarining matematik tasavvurlarini rivojlantirishda
bir qator ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanildi. Natijalar uslubiy ishlanmalar
asosida amaliyotga tadbiq etildi.Tajriba sinov jarayonida matematika (individualma-
individual, guruhli, jamoaviy) mashg‘ulotlarida bolalarga nafaqat muayyan
vazifalarni hal etish, balki, ularni foydali imkoniyatlar bilan tanishtirish, qurish-
yasash va konstruksiyalashda improvizatsiya qilishga o‘rgatish orqali yaxshi
natijalarga erishildi. Mashg‘ulotlarda bolalarga turli darajadagi murakkab, oddiy
usullardan tortib, xususiyati va xarakteri bo‘yicha yangi texnologik konstruksiya va
arxitektur binolarining maketlari yaratish bo‘yicha ijodiy topshiriqlar berib borildi.
Bolalar matematik faollikni rivojlanish darajasi natijalari ijobiy dinamikaga ega
bo‘ldi, yaxlit olganda, nazorat bosqichida matematik faollikning rivojlanish darajasi
24 % ga ortdi. Shubhasiz, faraz tasdiqlandi: interfaol usullar orqali matematik
tasavvurlarni rivojlantirish tayyorlov guruh bolalarida matematik faollikning
rivojlanishida samarali vosita bo‘ldi. Chunki, bolalarga matematik amallarni o‘rgatish
bo‘yicha mashg‘ulotlar tizimli tarzda olib borildi. O‘quv yili davomida matematika
mashg‘ulotlari natijaviyligining ko‘rsatkichlari maktabgacha yoshdagilarning har xil
tadbirlar (faoliyat markazlarida ishlash, konkurslar, festivallar va h.k.)da ishtiroklari
bo‘lishi mumkin. Tadqiqotning maqsadiga erishildi va vazifalari tugal bajarildi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Respublikamiz Mustaqilligining 27 yilligini munosib kutib olish va yuqori
saviyada nishonlash bayram tadbirlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoevning so‘zlagan ma’ruzasida mamlakatni rivojlantirishning yangi
davri boshlanganligini ko‘rsatib berdi. Boshqa sohalar qatorida ta’lim tizimini
tubdan isloh qilish, yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning yangi va yangi shakllarini


paydo bo‘lganligi fikrimiz dalilidir. Bunga yana bir misol tariqasida maktabgacha
ta’lim tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlarni ta’kidlab o‘tish joiz. Mazkur jarayonlarni
chuqur anglagan bois mazkur magistrlik dissertatsiya mavzusini “Maktabga
tayyorlov guruhi bolalarining matematik tasavvurlarini rivojlantirishning metodik
asoslari” mavzusiga bag‘ishladik.
Mazkur tadqiqot jarayonida matematik termin sifatida “matematik faollik”
iborasini qo‘lladik. Chunki, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining
matematik tasavvurlarini rivojlantirish jarayonida aynan ularning matematik faolligi
oshishi kuzatildi. Tadqiqot jarayonida belgilangan qoidalar sinovdan o‘tkazildi va
pedagogik kuzatuv, suhbatlar tashkil etildi. Olingan ma’lumotlarga muvofiq
ko‘pchilik respondentlar uchun ta’limning boshlang‘ich bosqichi qiziqish uyg‘otdi.
Tadqiqotchi-pedagoglarning kuchlanishi mazkur bosqichda asosan matematik
ta’limga jamlandi. Eksperimental tadqiqot davomida tadqiqot muallifi hamkasblari
tomonidan pedagogik amaliyotda foydalanilgan uslubiy ishlanmalar o‘z aksini topdi.
Nafaqat mahalliy pedagoglarning uslubiy tajribasi, balki yevropalik pedagoglarning
tajribasi ham tahlil qilindi. Ta’limni bunday usullari va yo‘llari pedagoglar tomonidan
shu kabi vaziyatlar va shunga o‘xshash o‘quvchilar kontingentida qo‘llanildi. Unda
tarbiyalanuvchilarning yoshi, matematik bilimlar darajasi, maktabgacha tayyorlov
yoshdagilarning matematik tafakkuri va tayyorlik darajasi nazarda tutildi.
Respublikamizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektua bilimlarini
oshirish bilan birga ularda matematik qiziqishlarini va malakalarini oshirish
maqsadida N.U.Bikbaeva ish olib bordi va natijalar asosida 1995 yilda o‘zining
“Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish” nomli
qo‘llanmasini ishlab chiqdi.
Tajriba tomonidan aniq sharoitlarda pedagogik ta’sirning tegishli usullari va
yo‘llaridan foydalanilishiga sinaluvchilarning reaksiyasini aniqlovchi turli muqobil
vaziyatlar yaratildi. Bunda mashg‘ulotlar natijaviyligining ijobiy dinamikasi o‘sdi, bu
o‘z navbatida, dissertatsiya ishida taklif qilingan tavsiyalarning ommaviy amaliyotda
foydalanishning maqsadga muvofiq ekanini ishonchli isboti hisoblanadi.
Natijalarni tahlil qilganda, maktabgacha yoshdagilarning matematik
tasavvurlarini turli usullar vositasida rivojlantirishdagi ijodiy dinamikasi belgilandi:
yuqori daraja 26%ga ortdi va o‘rta hisobda 40%ni tashkil etdi. O‘rta daraja ulushi
15%ga kamaydi, matematikaning past darajasini ko‘rsatgan bolalar aniqlanmadi.
Ushbu ishda tajriba muallifi sifatida bolalarning matematik qobiliyatlarini o‘yinlar va
interaktiv usullar vositasida aniqlash va rivojlantirishning o‘ta muhimligini
ta’kidlashga urinildi. Mashg‘ulotlarda matematik tushunchalardan muntazam
foydalanish bolalarda faoliyatning bu turiga qiziqishni rivojlantiradi.
Tarbiyalanuvchilarning matematik faolligi turli-tuman sharoitlarda: teatrlashtirilgan
faoliyatda, qurish-yasash o‘yinlarida, faoliyat markazlarida o‘stirildi. Bolalarning
namoyon bo‘lgan kuchli tomonlarini bilish nafaqat tahlil uchun muhim, balki ularda


kelgusida kasb tanlash, matematik qobiliyatlarni rag‘batlantirish istiqbollarini
belgilash imkonini beradi. Bolaning namoyon bo‘lgan qobiliyatini inobatga olish
nafaqat ularni rivojlantirish uchun, balki uning iste’dodini tegishli oqimga
yo‘naltirish uchun ham zarur. Ish natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘yinlar va interaktiv
usullar bolalarning matematik qobiliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi,
matematikada keng mo‘ljal olish va matematik taassurotlar zaxirasining to‘planishiga
sharoit yaratadi, “Ilk va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar rivojlanishiga
qo‘yiladigan davlat talablari” vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga yordamlashadi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə