Biotexnologiya asoslari


Suyuq oziqa muhitida o’stirish usulidagi fermentasiya



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   199
biotex

Suyuq oziqa muhitida o’stirish usulidagi fermentasiya 
 
Aspergillus niger
  zamburug’larini suyuq oziqada o’stirish orqali lizin olish jarayoni 100m
3
 
hajmdagi fermentyorlarda amalga oshiriladi. Ekish materiali sifatida 10m
3
 hajmdagi ekish 
fermentyorlarida olingan o’suvchan miseliylar qo’llaniladi.  
Melassa eritmasi ekish va ishlab chiqarish fermentyorlari uchun xuddi yuza qismda o’stirish 
usulidagidek olinadi, faqatgina suyuqlikda fermentasiya uchun dastlabki melassa eritmasi 4% dan 
kam bo’lmagan shakar saqlashi lozim. Agarda fementasiya jarayonida shakar miqdori keskin 
kamaysa, 25-28% shakar saqlovchi steril melassa eritmasi (quyuluvchi eritma) quyish amalga 
oshiriladi. Ushbu eritma shunday miqdorda quyiladiki, bunda fermentyordagi shakar miqdori 12-
15% ni tashkil etsin. 
Oziqa muhiti bilan to’ldirilgan ekish uskunasiga, dastlab termostatda 32
0
S haroratda 5-6 soat 
saqlangan konidiy suspenziyasi quyiladi. Kultura doimiy aralashtirish va aerasiyada 34-35
0



haroratda o’stiriladi. O’stirish jarayonida fermentatorga havo uzatilishi qat’iy nazorat qilinadi, ya’ni 
havoning sarfi fermentasiya oxirlariga borib deyarli 10 barovar oshadi. 
Jadal ko’piklanish davomida ko’p bo’lmagan miqdordagi kimyoviy penogasitel 
(ko’piksizlantiruvchi) solinadi (olein kislota). 
Miseliy etilish jarayoni 30-36 soatdan keyin kultural suyuqlik kislota miqdorini 1-2% 
saqlaganda tugallanadi. Etilgan miseliylar ishlab chiqarish fermentyoridagi oziqa muhitiga ekish 
uchun yuboriladi. 
 
 
 
1.7-rasm. 

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə