Blackcurse


XV asrda Angliya qishloqlarining ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti



Yüklə 488,58 Kb.
səhifə7/9
tarix11.03.2018
ölçüsü488,58 Kb.
#31122
1   2   3   4   5   6   7   8   9

XV asrda Angliya qishloqlarining ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti .

XV asrda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish markazi yirik feodal yer egaliklaridan o’rta va mayda feodal pomestelariga va dehqon xo’jaliklariga ko’chadi. Domen xo’jaliklari saqlanib qolgan joylarda batraklarning yollanma mehnatidan foydalanilgan. Pomeshchiklar domen xo’jaliklarini yo’q’tib, yerni ijaraga tarqatib berganlar. Domen xo’jaliklari qisqargandan keyin XIV asr oxirida qisqa muddatli iqtisodiy tushkunlik sodir bo’ladi: ishlov beriladigan yerlar qisqaradi, uning evaziga yaylov kengayishi, yung eksporti qisqarashi va h. Qishloqlardagi ortiqcha aholi dehqon xo’jaliklari ko’payishi tufayli qisman yo’qoladi. Natijada qishloq xo’jalik mahsulotlari narxi tushib ketadi. XV asrda villanlarning asosiy qismi shaxsan qaramlikdan ozod bo’ladi. Huquqiy jihatdan dehqonlar endi ikki kategoriyaga bo’linadi: kopigolderlar (monarial sud protokolidan kopiya asosida yerga egalik qiluvchilar) – villanlarning avlodlari – shaxsan ozod bo’lib, lordga belgilangan renta to’lab, bazi majburiyatlarni o’taganlar. Ularning yerga egaligi qirol sudi himoyasiga kirmagan. Kopigolderlar siyosiy jihatdan ham to’la huquqli emas edilar – ular parlament saylovida qatnashmaganlar. Frigolderlar o’z yerlarining egasi bo’lib, yer uchun belgilangan pul to’laganlar. Frigolderlar qirol sudi himoyasida bolganlar. XV asrda dehqonlarning qatlamlarga ajralish jarayoni davom etadi. Ayrim dehqonlar boyib, kambag’allashgan dehqonlarning erlarini sotib olganlar, pomeshchik erlarini ijaraga olganlar. Boshqa bir qismi qishloq xo’jaligi ishlarida yollanib ishlovchilarga aylangan. XIV asr oxirida xo’jalik yuritishning barshchina usulini saqlab qolishga urinayotgan yirik feodallar va xo’jalikni yangicha tashkil qilgan o’rta va mayda feodallar o’rtasida ziddiyatlar keskinlashadi. “Eski dvoryanlar” deb ataladigan yirik feodallar xo’jalik yuritishning yangi sharoitlariga moslasha olmay, harbiy o’lja va davlat xazinasi hisobiga o’z daromadlarini ko’paytirishga harakat qilganlar. O’rta va mayda yer egalari va boyib ketgan dehqonlar va shaharliklar orasidan “yangi” dvoryanlar shakllanadi. Ular o’z xo’jaliklarini yangicha sharoitlarga moslashtirib olishga harakat qilganlar.


Yangi dvoryanlar kasod bo’lgan dehqon va yirik feodallar yerlarini sotib olib, mulklarini kengaytirganlar va qisqa muddatli ijaraga berganlar. Ijaraga oluvchi almashganda narxlar o’zgarishi mumkin bo’lgan. Yangi dvoryanlar mulklarining daromadliligini oshirish uchun ekin maydonlarini kengaytirganlar, tadbirkorlik bilan shug’ullanganlar, yollanma mehnatdan foydalanganlar. Ular bozor bilan mustahkam aloqa bog’laganlar, farzandlarini hunar va savdoga o’rgatish uchun shaharga o’qishga yuborganlar. O’z ahvoliga ko’ra shahar burjuaziyasiga yaqin bo’lganlar. XV asr II yarmida bu qatlamning ijtimoiy ahamiyati kuchayishiga qaramay, hali yirik feodallar mamlakat siyosiy hayotida tasirini saqlab qolgan edi.

XV asrda mamlakat xo’jaligida sanoatning ahamiyati orta boradi. Movut sanoatida ayniqsa rivojlanish kuzatiladi. Angliyada yuqori sifatli movut tayyorlanib, boshqa mamlakatlarga eksport qilingan. XV asrda bir qator eski shaharlarning tushkunligi (aholi ketib qolishi, savdo va ishlab chiqarish kamayishi) va mamlakat g’arbida sanoat bilan bog’liq yangi shaharlarning rivojlanishi seziladi.

Tsex tartiblariga qarshi o’laroq XIV asr o’rtalarida qishloq joylarida bozor uchun movut tayyorlash yo’lga qo’yiladi. Shahar boylari, savdogarlar bu ishni tashkilotchisi bo’lishadi. Shunday qilib shaharlardan tashqarida tarqoq manufaktura ko’rinishida kapitalistik ishlab chiqarishning birinchi belgilari paydo bo’ladi. Vaqtinchalik tushkunlikdan keyin XIV asrning II yarmidan boshlab Angliyaning tashqi savdosi jonlanib boshlaydi. Angliya xom ashyo eksport qilishdan movut eksport qilishga o’tadi. Mamlakat tashqarisiga eksport bilan shug’ullanish uchun tuzilgan savdogarlar kompaniyasi (“savdogarlar – avantyuristlar”) La – Mashq va Shimoliy dengiz hududi savdosini o’z qo’llariga oladilar, keyin ular Ganza savdogarlarini Angliya bozorlaridan mahrum qilganlar.

XV asrda Angliyada Lankasterlar sulolasi hukm suradi (Ular 1399 yildan boshlab Plantagenetlar o’rniga kelgan edi). Yuz Yillik urushda muvaffaqiyatsizliklar Lankasterlarning obruyini tushirib yuboradi. Feodal anarxiyasi boshlanadi: yirik feodallar qasrlar qurib boshlaydilar, vassallar to’plab, harbiy drujinalar yig’a boshlaydilar. Feodal urushlar va tartibsizlik yangi dvoryanlar, shaharliklar va dehqonlar manfaatiga zarar etkazadi. Urushda Angliyaning mag’lubiyati siyosiy inqirozini kuchaytiradi. Bundan tashqari, soliqlar o’sishi, savdoning izdan chiqqanligi, feodallar o’zboshimchaligi 1450 yil Kent grafligida qo’zg’olonga sabab bo’ladi. Boy frigolder Djek Ked boshchilik qilgan bu qo’zg’olonda dehqonlar, shaharliklar va ritsarlar qatnashadi. Qo’zg’olonchilar Londonni egallab hukumatdan soliqlarni kamaytirishni, markaziy va mahalliy boshqarishni tartibga solishni, qirolning bazi maslahatchilarini haydashni, “ishchi qonunlar”ni bekor qilishni talab qiladilar. Qo’zg’olonchilar York gersogini Qirollik Kengashiga kiritishni talab qiladilar.

Hukumat talablarni bajarishga rozi bo’lgach, qo’zg’olonchilar tarqalishadi. Shundan keyin ishtirokchilarga hujum qilib, ularni tor-mor keltirishadi. Ked asir olinadi va Londonga borishda halok bo’ladi. 1455 yil Angliyada uzoq davom etgan o’zaro urush boshlanib ketadi.

Lankasterlar sulolasi gerbida qizil, taxtni egallashga davogar Yorklar sulolasi gerbida oq Atirgul tasviri bo’lgani uchun bu urush Qizil va Oq atirgul urushi deb nom oladi. Lankasterlar sulolasidan mamlakatda norozilik kuchayganligidan foydalanib, Yorklar hokimiyatni o’z qo’llariga olishga harakat qiladilar. Angliyani Shimolidagi yirik feodallar Lankasterlarni qo’llaydi. Yorklarni esa mamlakatning iqtisodiy rivojlangan janubi-sharqidagi yirik feodallar, ularning qarindoshlari va kuchli qirol hokimiyatidan manfaatdor yangi dvoryanlar va shaharlklar qo’llaganlar. Bir necha qonli to’qnashuvlardan keyin Eduard York Londonni egallab, qirol deb elon qilinadi (1461-1483) Eduard IV o’rta va mayda dvoryanlarga Lankasterlarning musodara qilingan erlari hisobiga mulklar va unvonlar berib o’ziga yaqinlashtiradi, ularga tayanib o’zboshimcha baronlarni ayovsiz jazolaydi. Eduard IV mamlakat savdo va sanoatini rivojlantirishga harakat qiladi. Movutsozlikni rivojlantirish uchun xom-ashyoni eksport qilishni taqiqlaydi. Evropa davlatlariga Angliya movutini eksport qilishda Ganza va Venetsiya savdogarlari vositachiligiga chek qo’yishga choralar ko’radi. Eduard IV vafot etgach uning ukasi Richard Eduardning ikki yosh o’g’lini Tauerda qatl etib taxtni egallaydi. Richard III ning siyosati Lankasterlar va Yorklarning noroziligiga sabab bo’ladi. Ular birlashib Lankasterlardan bo’lgan Genrix Tudorni taxtga surishadi. 1485 yil Bosvort jangida Richard halok bo’ladi. Shu urush bilan Oq va Qizil Atirgul urushi tugaydi. Genrix VII Tyudor Eduard IVning qizi Elizavetaga uylanib, gerbida oq va qizil gul tasvirini birlashtiradi.

Genrix VII (1485-1603) yangi dvoryanlarga tayanib qirol hokimiyatini mustahkamlash uchun baronlarga qarshi kurash olib boradi. Bu vazifani bajarish Genrix VII ga shu bilan osonlashganki, urush davrida feodal aristokratlarning katta qismi bir-birirni qirib yuborib, ularning o’rniga yangi dvoryanlar va qirol hokimiyatini kuchayishidan manfaatdor burjua elementlari egallagan edi.

XIV-XV asrlarda ingliz millatini shakllanishi uchun shart-sharoitlar hududning umumiyligi, iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, til birligi paydo bo’ladi.



GERMANIYA XII – XIII ASRLARDA .

Reja :

  1. Ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti va agrar munosabatlar.

  2. Hududiy knyazliklar tizimi paydo bo’lishi.

  3. Nemis feodallarining Sharqqa va Italiyaga istilochilik yurishlari.

O’rta asrlar Germaniyasining tarixiy rivojlanishi o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. XIII asrgacha Germaniya Evropadagi eng kuchli davlatlardan biri edi. Keyinchalik boshqa Evropa mamlakatlari kuchli markazlashgan davlatlarga aylanganda, Germaniya ichki hududiy tarqoqlikning kuchayishi natijasida tushkunlikka yuz tutadi. XII-XIII asrlar Germaniya xo’jalik hayotining rivojlanish davri hisoblanadi. O’rmonlar tozalanib, botqoqliklar quritilib ekin maydonlariga aylantiriladi. Mamalakat janubidagi tog’lik rayonlar va Shimoliy dengizgacha bo’lgan hududlarda aholi manzilgohlari paydo bo’ladi. Boshoqli ekinlar turi ko’payadi, bog’dorchilik, uzumchilik maydonlari shimolga sari kengayadi, texnik ekinlarga va qo’ychilikka e’tibor ortadi. Qishloq xo’jaligi qurollari takomillashadi, yerga ishlov berishning yangi usullaridan foydalanishga o’tiladi (o’g’itlash uch dalali ekish) Otlarni taqalashga o’tilishi bilan ulardan ishchi kuchi sifatida foydalanish tarqaldi va bularning hammasi mehnat unumdorligini oshiradi.

Shunday qilib qishloq xo’jaligining rivojlanishi Evropaning boshqa davlatlarida bo’lganidek, hunarmandchilikning qishloq xo’jaligidan ajralishiga va shuning asosida o’rta asr shaharlarining rivojiga sharoit yaratadi. O’rta asr shaharlari Germaniyada dastlab Reyn havzasida (Kyoln, Koblens, Mayns, Vorms, Shpeyer, Strasburg, Bonn), Dunay bo’ylarida (Ulm, Regensburg, Donauvert) paydo bo’ladi. XII asrda agar shaharlar soni 50 ta bo’lsa, XIII asrda ularning soni 500ga etdi. XII-XIII asrlarda hunarmandchilik – savdo markazi bo’lib qolmasdan, keng tashqi savdo olib boradigan shaharlar paydo bo’ladi. M; Kyoln – Germaniyaning eng katta shahri. Bu shahar metallga va yungga ishlov berish bo’yicha mashhur bo’lib, mahsulotlari Evropaning barcha shaharlarida sotilgan. Kyolnning qulay geografik joylashuvi uning iqtisodiy rivojlanishiga yordam beradi.

Metallga ishlov berish, to’qimachilik, qurilish ishlari bilan bog’liq hunarmandchilik sohalari jadal rivojlanadi. XII asrdan boshlab texnika sohasidagi kashfiyotlar toshdan inshootlar qurishga keng imkon yaratdi. XII-XIII asrlarda konchilik rivojlanib, temir, mis, qalay, oltin, kumush qazib chiqarishda muvaffaqiyatlarga erishiladi, qazib olish jarayonining o’zi ham takomillashadi.

XI asning II yarmida Reyn shaharlarining senor – episkoplarga qarshi ozodlik kurashi boshlanadi. XI asr oxiri – XII asr boshlarida knyazlarga qarshi shaharlar va qirol hokimiyati ittifoqi yuzaga keladi, biroq keyinchalik yirik feodallarning harbiy yordamidan manfaatdorligi tufayli qirollar shaharliklarni qo’llamaydi. Shuning uchun faqat imperiya shaharlari – qirollik domenida joylashgan shaharlar to’la o’z-o’zini boshqarish huquqini oladilar. (Kyoln, Vorms, Shpeyer, Regensburg, Mayns) Episkopliklarda joylashgan ba’zi shaharlargina “erkin shahar” maqomini oladi. Shaharlarning ko’pchiligi knyazlar qo’l ostida qoladi. (Zem shaharlari) Shaharlar va qirol o’rtasida ittifoq bo’lmaganligi o’z navbatida markaziy davlat hokimiyatining tushkunligiga va siyosiy tarqoqlikning kuchayishiga sabab bo’ladi.

Shaharlarda hunarmandchilikning, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi agrar munosabatlar o’zgarishiga ta’sir etadi. Shaharlarning paydo bo’lishi bilan dehqonlar va feodallar xo’jaliklari tovar-pul munosabatlariga tortila boradi. Shahar va qishloq o’rtasida savdo munosabatlari o’rnatilib, shahar atrof qishloqlarning iqtisodiy markaziga aylana boradi. Qishloqlarning tovar-pul munosabatlariga tortilishi agrar tuzumning xarakterida, feodallar tomonidan dehqonlarning ekspluatatsiya qilishning shakl va metodlarida tub o’zgarishlarga olib keladi. Germaniyaning ko’plab rayonlarida XII-XIII asrlarda krepostnoy va qaram dehqonlarning barshchina mehnatiga asoslangan eski votchina tartiblarining emirilishi kuzatiladi. Shaharlar aholisining ko’payishi natijasida qishloq xo’jalik mahsulotlariga ehtiyoj ortishi feodallarni kamunum bo’lgan barshchina mehnatidan voz kechib, ishlab chiqarishning samarali usullarini topishga undaydi.

O’z mulkining daromadini oshirish uchungina, dehqonlardan olinadigan pul rentasini oshirish mumkin bo’lsagina feodal barshchinadan voz kechishi mumkin edi. XIII asrda feodalning votchina xo’jaligi uchastkalariga bolinib meyerlarga ijaraga beriladi.

Frantsiya va Angliyadan farqi: ularda domen xo’jaligi yo’qolgandan keyin dehqonlar o’z erlariga merosiy huquqqa ega bo’lganlar. Germaniyada dehqonlar qisqa muddatli ijarachilarga aylanadilar. Shu vaqtdan boshlab barshchina mahsulot obrogi bilan almashadi (¼dan ½gacha) Mahsulot bilan birga bazida pul ham to’langan. Bu jarayon quyi Saksoniya, Vestfaliya, Bavariya va Shvabiya yassitog’ligi hududlarida tarqaldi. Janubi-G’arbiy va O’rta Germaniyada (Alemaniya, Frankoniya, Reynbo’yi viloyatlari) eski votchina tartiblari saqlanib qoladi, lekin bu erda ham (XIII asr oxirlari) barshchina pul rentasi bilan almashinuvi tufayli shaxsan erkin dehqonlar tabaqasi paydo bo’lib, ular feodalga chinsh-pul obrogi to’lagan. Bunday joylarda dehqonlar erga merosiy huquqqa ega bo’lganlar.

Feodal rentasining shakli o’zgarishi nemis dehqonlarining ahvolida o’zgarish yasaydi. Krepostnoylikning og’ir shakllari yo’qolib, ular erkin bo’la boshlaydilar. XII-XIII asrlardan boshlab dehqonlar ahvoli yaxshilanishi deganda huquqiy ahvolini o’zgarishini nazarda tutish kerak. Krepostnoy qaramlikdan xolos bo’lish ko’p hollarda yerdan mahrum qilish bilan birga borgan. Qisqa muddatli ijaraning tarqalishi dehqonlarning yerga egalik qilishdagi ahvolini og’irlashtirdi, chunki har safar navbatdagi shartnoma tuzishda ijara haqi oshirilgan, yoki har xil to’lovlar qo’shilgan (shimoli-g’arbiy rayonlarda feodallar, ruhoniylar jamoa erlarini o’zlashtirib, dehqonlarni haydab yuborganlar). Feodal nizolar dehqonlar xo’jaligiga og’ir yuk bo’lib tushgan, uni qashshaqlanishiga va xonavayron bo’lishiga olib kelgan.

Agrar tazumdagi o’zgarishlar dehqonlarni tabaqalashuvini tezlashtirdi. Boy dehqonlar Ajralib chiqib yirik votchinalarni ijaraga olib, o’z qishloqlarining qashshoqlashgan aholisini yollanma mehnatidan foydalangan. Ersiz dehqonlar tabaqasi paydo bo’ladi va qishloqda yangi ijtimoiy tabaqa – kunbay ishlab kun ko’ruvchilar paydo bo’ladi.


Hududiy knyazliklar tizimi paydo bo’lishi .
Shunday qilib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyoti va uning natijasida jamiyatning ijtimoiy tarkibidagi o’zgarishlar mamlakat siyosiy rivojiga katta ta’sir ko’rsatadi. Biroq, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish Germaniyada (Frantsiya, Angliyadan farqi) mamlakatni tarqoqligining tarafdorlariga qo’l keladi. Evropaning boshqa mamlakatlarida davlat markazlashuvi borayotgan bir paytda Germaniyada knyazlar hokimiyati va feodal tarqoqlik kuchayadi. German imperatorlari Italiya va boshqa tobe hududlar ustidan hokimiyatni saqlab turish uchun knyazlarning harbiy yordamiga muhtoj bo’lganlar va ularga yon berganlar. Boshqa davlatlarda qirollar feodallarning siyosiy huquqlarini bekor qilgan bo’lsa, Germaniyada davlatning o’zi ularning huquqlarini qonun bilan rasmiylashtiradi. Bundaysharoitda qirollar mustaqilligini yo’qotib, yirik feodallarga qaram bo’lib qolishadi.

XII-XIII asrlarda iqtisodiy rivojlanish Parij yoki London kabi yagona iqtisodiy markazning shakllanishiga olib kelmadi . Yirik nemis shaharlari iqtisodiy jihatdan o’zaro emas, balki boshqa davlatlar bilan bog’langan edi . Yuqori Reyn va Dunay shaharlari Venetsiya bilan, Kyoln va b. Shampan va Flandriya bilan, Shimoliy Dengiz bo’yi nemis shaharlari Angliya va Skandinaviya, Boltiqbo’yi davlatlari bilan savdo aloqalari olib borishgan. Tashqi savdo bilan bog’langan bu shaharlarning byurgerlari uchun mamlakatning birlashtirilishiga zarurat bo’lmagan.

Lekin nemis shaharlari o’zlari atrofida joylashgan okruglarning iqtisodiy markazlari hisoblangan. Shaharning iqtisodiy markaz sifatidagi ahamiyati qanchalik katta bo’lsa, unga bog’langan okrug shunchalik kehgayib borgan, kichikroq shaharlar ham bog’lanib borgan. Bunday okrug ichida ma’lum markazlashuv sodir bo’lib, muntazam xo’jalik aloqalari o’rnatiladi. Bunday markazlashuv turli rayonlar o’rtasida iqtisodiy aloqalar o’rnatilishini ta’minlamadi. Shunga ko’ra mamlakat iqtisodiy rivojlanishining bu yo’li separatistik kuchlarga kuchli himoya bo’lib xizmat qilgan.

Germaniyada viloyatlar markazlashuvi hududiy knyazliklar deb ataladigan tizim rivojlanishining iqtisodiy asosi bo’lib xizmat qiladi. Territorial knyazliklar hududida ularning egalari to’liq siyosiy hokimiyatga ega bo’lgan. Germaniyada territorial knyazliklar belgilari XI asrdan paydo bo’la bordi, lekin ular XII-XIII asrlardagi iqtisodiy yuksalish asosida to’liq qaror topdi. Shaharlar rivoji knyaz uchun uning mustaqilligini mustahkamlash vositasi va daromad manbai bo’lgan. Ular o’z yerlarida shaharlar rivojlanishini rag’batlantirganlar, yangi savdo-hunarmandchilik markazlariga asos solganlar. Shuning uchun XIII asrdan boshlab yangi paydo bo’lgan shaharlarning hammasi knyazlar yerlarida paydo bo’lgan. Knyazlar imperiya shaharlarini ham bo’ysundirishga harakat qilganlar. Angliya va

Frantsiyada bo'l’anidek qirol hokimiyati va shaharlarning ittifoqi Germaniyada yuzaga kelmaydi, bu ittifoqning bo’lishi esa mamlakatda siyosiy tarqoqlikka barham berishning zarur shartlaridan biri edi.
Nemis feodallarining sharqqa va Italiyaga istilocilik yurishlari .
Nemis hududiy knyazliklarning kuchayishi ma’lum darajada ularning polab slavyanlari va Sharqiy Boltiqbo’yi xalqlariga qarshi harbiy yurishlari bilan bog’liq edi. Bu yurishlarning o’ziga xosligi shundaki , hujum imperator tomonidan emas, cherkov bilan ittifoqda bo’lgan feodallar tomonidan tashkil qilingan edi. Knyazlar imperiya hududida o’zlarining mustaqilliklariga asos bo’ladigan mulklar tashkil etishga harakat qilganlar. Mayda feodallar-ritsarlar bu yurishlarning asosiy harbiy kuchini tashkil qilgan. (Italiya va salib yurishlaridagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin qo’shni ma’jusiy xalqlarni istilo qilish orqali boyishni o’ylaganlar) Sharqda savdo imtiyozlari olishga uringan nemis shahrlari ham yurishda qatnashadi. Yurishlar xristianlikni tarqatish g’oyasi ostida olib borildi.

Nemis feodallarining Elbaning quyi oqimida istiqomat qiluvchi slavyanlarning obodrit qabilasiga qarshi yurishini Velflar urug’idan bo’lgan Bavariya va Saksoniya gersogi Genrix Sher boshqargan. 1170 yil obodritlarning yerlarida Genrix Sherga qarashli Meklenburg gersogligi tuzildi. Taxminan shu vaqtda lyutichlar yerlarida Albrext Ayiq rahbarligida Brandenburg grafligi tuzildi XIII asrda bu graflik markazi Berlin hisoblangan (Berlin birinchi marta 1230 yil eslatiladi).

Bosib olingan erlar aholisi qirib yuborilgan, omon qolganlari yaroqsiz erlarga ko’chirilib, u yerga ishlash uchun feodallar nemis kolonistlarini ko’chirib keltirishga. XIII asr boshlarida nemis feodallari Sharqiy Boltiqbo’yini zabt etishga kirishdilar. Shu maqsadda 1202 yili papa Innokentiy tomonidan ruhoniy-ritsarlarning qilichbardorlar ordeni tuzilgan. Bu orden XIII asr o’rtalarida hozirgi Latviya, sal keyin janubiy Estoniyani bosib olgan. 1226 yil papa tashabbusi bilan Tevton ordeni Falastindan Boltiqbo’yiga ko’chiriladi va prusslar yerlarini istilo etishga kirishadi. XIII asr oxirlarigacha davom etgan qarshilikdan keyin bu yerlar bosib olinid, prusslar ayovsiz qirg’in qilinadi. 1237 yil Tevton va Qilichbardorlar ordeni Tevton ordeniga birlashadi. Ordenning mulki Boltiq dengizining janubi-sharqiy qirg’og’ini deyarli hammasini o’z ichiga olgan edi. Nemis ritsarlsri shu yerdan Rus yerlariga hujum qilganlar. 1242 yil Chud ko’li ustida Novgorod knyazi Aleksandr Nevskiy ritsarlarni mag’lubiyatga uchratadi va keyingi yurishlar to’xtatiladi.

Elba orti yerlarida o’z hukmronliklarini mustahkamlash uchun feodallar imtiyozlar berib nemis dehqonlarini ko’chirib keltiradilar. Dehqonlarning ko’chirib keltirilishi Elba orti yerlarining iqtisodiy yunalishiga bir qadar ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Yangi shaharlar paydo bo’ldi, ishlov beriladigan yerlar kengaydi, Boltiq dengizi qirg’og’i bo’ylab savdo aloqalari izga tushdi.

Nemis feodallari slavyanlar yerlarini istilo qilib, shu vaqtda Italiya va papalikni ham bo’ysundirishga harakat qilganlar. Bu yo’nalishdagi harakatga nemis imperatorlari bosh bo’lganlar. Birinchi bo’lib Gogenshtaufenlardan bo’lgan Fridrix I Barbarossa (рижибородый) yurishni boshladi. Shimoliy va o’rta Italiya “Muqaddas Rim imperiyasi” tarkibida bo’lsa ham, amalda mustaqil edi. Lombardiya shaharlari kommunal kurashlar orqali mustaqil respublikalarga aylangan edilar. 1154 yilda Fridrix I Barbarossa rimga kirib keladi. Bu paytda Rimda papaga qarshi Arnold Breshian boshchiligida xalq qo’zg’oloni boshlangan edi. Isyonni bostirishdagi yordami uchun papa Fridrix I ni imperatorlik toji bilan siylaydi. Lekin Rimda ritsarlarining xulqi norozilik uyg’otadi va nemislar orqaga qaytishga majbur bo’ladilar.

1158 yil Fridrix I Barbarossa ikkinchi marta Italiyaga urush uyushtiradi. Ronkal vodiysida u Shimoliy Italiya shaharlaridan vakillar ishtirokida Seym chaqiriladi. Seymda Italiya shaharlari mustaqilligi bekor qilinadi, konsullar o’rnini imperatorlar podesta’lari egallashi e’lon qilinadi. Qarshilik ko’rsatgan Milan 1162 yilda 2 yillik qamaldan keyin qo’lga olinib vayron qilinadi. Shimoliy Italiya shaharlari 1167 yil imperatorga qarshi Milan boshchiligidagi Lombard Ligasiga birlashadilar. 1176 yil Lenyano jangida Liga va imperator qo’shinlari o’rtasidagi to’qnashuv nemis ritsarlarining mag’lubiyati bilan tugadi, Fridrix arang qochib qutiladi. Shimoliy Italiya shaharlarining mustaqilligi tiklanadi (1183 yilgi Konstans bitimi).

Shtaufenlarning buyuk davlatchilik siyosatining natijasida markaziy hokimiyat zaiflashadi, hududiy knyazliklar kuchayadi. Italiya siyosati bilan band bo’lgan imperatorlar o’zlariga tarafdorlar orttirish uchun knyazlarga yon berishga majbur bo’lganlar. Markaziy hokimiyatning zaifligini shu narsa ham ko’rsatadiki, imperatorlar o’z hokimiyatlarini meros qoldira olmaganlar, imperatorlik unvoni otadan o’g’ilga o’tishi yirik feodallar roziligi orqali amalga oshirilgan. XII asrda qirolning yirik feodallar tomonidan saylanishi qoidaga aylangan.

Mustahkam tayanchga ega bo’lmagan imperatorlar goh u, goh bu knyazga yon berishga majbur bo’lganlar, bu esa knyazlarning yanada kuchayishiga olib keladi. Hududiy knyazliklar tizimining to’la shakllanishida Fridrix II boshqaruvi davri alohida davrni tashkil etadi. Italiya yurishlarida Genrix Sherning qo’llashiga erishish uchun uning Saksoniya gersogligiga Bavariya va boshqa hududlarni qo’shib beradi, u bosib olgan slavyan yerlarida to’la mustaqil faoliyat yuritish huquqini beradi. Hamma knyazlarga alohida toifa sifatida imtiyozlar beriladi, ularga berilgan huquqlar qonuniy maqom oladi. Knyazlar sud qilish, pul zarb qilish, soliq joriy qilish, shaharlarga asos solish huquqini oldilar. Shaharlarning ittifoqlarga birlashishi va feodaliga qarshi kurashishi ta’qiqlandi. Germaniya amalda mayda knyazliklarga bo’linib ketib, ular imperator hokimiyatini nomigagina tan olganlar. XIII asr oxiridan boshlab Nassau, Lyuksemburg, Vittelsbax va Gabsburglar xonadoni navbat bilan imperatorlikka saylanganlar. Knyazlar imperatorlarning kuchayib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun sulolalarni navbat bilan almashtirib turganlar.


Germaniya XIV – XV asrlarda .


  1. XIV asrda Germaniyaning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishining xususiyatlari.

  2. Imperiyada siyosiy kurash.

  3. XV asrda Germaniya imperiyasi.

XIII-XIV asrlarda “Muqaddas Rim imperiyasi” parchalana boshlaydi. Uning hududida yangi davlatlar – Chexiya, Shimoliy Italiya davlatlari va XIII asr oxirida Shveytsariya ittifoqi tashkil topadi. Gabsburglarning Alp jamoalarini butunlay bo’ysundirishga harakat qilishi Shveytsariya Kantonlarini o’z mustaqilliklarini saqlab qolish uchun harbiy ittifoqqa birlashishga undaydi. 1291 yil o’rmonli kantonlar Shvits, Uri, Untervalden “abadiy ittifoq” tuzib, Gabsburglarga qarshi ozodlik kurashini boshlaydilar. 1315 yil Morgarten jangida shveytsariyaliklar nemis ritsarlarini tor-mor keltirdilar. Shveytsariya ittifoqi nomigagina “Muqaddas Rim imperiyasi” tarkibida bo’lsada, amalda mustaqil davlat bo’lib qoladi. Gabsburglarning Shveytsariyani bo’ysundirishga bo’lgan barcha urinishlari behuda ketadi. XIV asr oxirida Shveytsariya ittifoqi kengayadi.

XIV-XV asrlarda Germaniyada shaharlar yuksaladi, hunarmandchilik va savdo rivojlanadi (ayniqsa tashqi savdo) Boltiq va Shimoliy dengiz hududida joylashgan davlatlar va O’rta Yer dengizining yirik savdo markazlari o’zaro va Sharq mamlakatlari bilan Germaniya yerlaridan o’tgan yo’llar orqali bog’langan. Dunyo savdo yo’llarida qulay joylashuviga ko’ra Shimoliy german, Janubiy german va Reyn shaharlari XIV asrda Evropaning Sharq bilan, Shimoliy Evropaning Janubiy Evropa bilan savdosida faol ishtirok etadi. “Katta Reyn yo’li”da joylashgan Kyoln, Mayns, Strasburg, Ulm, Shpeyr Vorms kabi shaharlar vositachilik savdosi markazlari bo’lish bilan bir qatorda yung va zig’ir matolar tayyorlash, metallga ishlov berish markazlari ham hisoblangan. Biroq hali ham Germaniya shahrlari o’zaro aloqasi zaifligi iqtisodiy hayotning ajralib turuvchi belgisi edi. Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi umumgerman bozor aloqalari va yagona bozor aloqalari iqtisodiy markazning paydo bo’lishiga olib kelmadi.

XIV-XV asrlarda shaharlarda ijtimoiy nizolar kuchayib boradi, shahar patrisiati va tsexlar o’rtasida kurash avjiga chiqadi. Shaharlar knyazlar va ritsarlar bilan ham kurash olib borganlar. Imperator hokimiyati kuchsizlanishi bilan ritsarlar o’z boshlariga tashlab qo’yiladi. Urushlar yollanma qo’shin bilan olib boriladigan bo’lgandan keyin ular harbiy toifa sifatida ahamiyatini yo’qotadi. Shundan keyin qaroqchilik va talash ritsarlar uchun daromad manbai bo’lib qolgan edi. Kuchsiz imperator hokimiyati shaharlarni knyazlar zulmidan va ritsarlar hujumidan qo’riqlamaydi, tashqi savdoda nemis savdogarlari manfaatini himoya qila olmaydi. Bunday sharoitda shaharlarning o’zlari Germaniyada va uning tashqarisida manfaatlarini himoya qilishni o’z qo’llariga oladilar. Shu maqsadda ular ittifoqlarga birlashadilar. Bunday ittifoqlardan eng yirigi Shimoliy Germaniya shaharlarining Ganza (“Ittifoq”) ittifoqi bo’lgan. Dastlabki bitimni tuzgan Lyubek va Gamburg bu ittifoqni tashabbuschilari bo’lgan. (XIII asr o’rtalari) XIV asr o’rtalariga kelib, Ganza Shimoliy va Boltiq dengizlari bo’yidagi barcha german shaharlarini o’z ichiga kiritgan. Shtralzund, Rostok, Vismar, Lyubek, Gamburg, Bremen bu ittifoqning yadrosi hisoblangan. Ular Boltiq va Shimoliy dengiz havzasidagi va Rossiya bilan bo’ladigan vositachilik savdosini o’z qo’llariga olishga harakat qilganlar. Shu maqsadda Ganza Novgorod, Kaunas, Bergen, Stokgolm, Brugge, London va b. shaharlarda savdo idoralarini tuzadi.

Germaniyada hukm surayotgan feodal tarqoqlik sharoitida Ganza siyosiy va harbiy kuch sifatida faoliyat yuritgan. U urush olib borgan, sulh tuzgan, davlatlar bilan diplomatik aloqalar olib borgan. 1367 yil Ganza Shvetsiya va Meklenburg gersogligi bilan ittifoqda Daniyaga qarshi urush olib borgan. 1370 yilgi Shtralzung bitimiga ko’ra u Zund bug’ozi ustidan nazorat qilishni qo’lga oladi.

Ganzaning muhim masalalari shaharlar vakillarining s’ezdida hal qilingan. S’ezd qarori hamma uchun majburiy bo’lgan.

XIV asrning ikkinchi yarmida G’arbiy va Janubi-’arbiy Germaniya shaharlari ham ittifoqlarga birlasha boshlaydilar. XIV asrning 70-yillarida Shvab ittifoqi va Reyn shaharlari ittifoqi paydo bo’lib, 1381 yil ular birlashadilar. Knyazlar bu ittifoqning kuchayib ketishidan qo’rqib 1388 yili Vormsda ularni tor-mor keltirishadi (Bu dastlab feodal zulmga qarshi harbiy-siyosiy ittifoq sifatida paydo bo’lgan edi).


XV asrda sanoatdagi yangi o’zgarishlar .


Yüklə 488,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə